Научная статья на тему 'MEVA – SABZAVOT MAHSULOTLARINING SIFATI VA HAVFSIZLIGINI TA`MINLASH TO`G`RISIDAGI MULOHAZALAR'

MEVA – SABZAVOT MAHSULOTLARINING SIFATI VA HAVFSIZLIGINI TA`MINLASH TO`G`RISIDAGI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1647
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sifat va havfsizlik / eksport geografiyasi / tehnik reglament / identifikatsiya / Kodeks Alimentarius.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. P Parpiyev, M. S Ibragimova

Maqolada meva – sabzavot mahsulotlarining sifati va havfsizligini ta`minlash, meva sabzavot mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirish, qishloq ho`jalik mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi o‗rni, meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar, meva, sabzavotlar va rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarining xavfsizligiga bo‗lgan talablarni bartaraf etish yuzasidan mulohazalar olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEVA – SABZAVOT MAHSULOTLARINING SIFATI VA HAVFSIZLIGINI TA`MINLASH TO`G`RISIDAGI MULOHAZALAR»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-846-850

MEVA - SABZAVOT MAHSULOTLARINING SIFATI VA HAVFSIZLIGINI TAMINLASH TOGRISIDAGI MULOHAZALAR

M. P Parpiyev

"Qishloq hojaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash" kafedrasi

dotsenti t.f.n

M. S Ibragimova

"Qishloq hojaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash" kafedrasi 1- kurs

magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada meva - sabzavot mahsulotlarining sifati va havfsizligini taminlash, meva sabzavot mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirish, qishloq hojalik mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi o'rni, meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar, meva, sabzavotlar va rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarining xavfsizligiga bo'lgan talablarni bartaraf etish yuzasidan mulohazalar olib borilgan.

Kalit so'zlar: Sifat va havfsizlik, eksport geografiyasi, tehnik reglament, identifikatsiya, Kodeks Alimentarius.

KIRISH

Har qanday mamlakatda iqtisodiyotning muhim sektori bo'lgan, davlat hayotidagi barcha sohalarning eng aktual masalalaridan biri hisoblangan qishloq ho jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini tayyorlash sifati va havfsizligini taminlash hamda eksportini ko'paytirish borasida davlat dasturi doirasida bugungi kunda ko'plab mavjud muammolarni hal qilishga kirishilgan. Jumladan, hozirda jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun qishloq ho jaligi oziq-ovqat sanoati mahsulotlariga doir xalqaro standartlarni o'rganish va jarayonga joriy etish talablari tadbirkorlar hamda agromutaxassislar zimmasiga qo'yilgan dolzarb vazifa bo' lib qolmoqda.

So'nggi yillarda meva- sabzavot mahsulotlaridan samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo'yicha izchil islohotlar amalga oshirilayotganligini takidlash zarur.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-846-850

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatimizda yiliga o'rtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin go'sht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi o'rtacha 15 -20 foizni tashkil qilmoqda. Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport hajmi 1,4 mln tonnadan oshib, 2018-yilga nisbatan 1,5 barobarga o'sishga erishildi.

Shu bilan birga, jahon bozorida meva- sabzavot mahsulotlariga qo'yilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora ortib borishi, respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq hojalik mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi o'rnini mustahkamlash uchun qo'shimcha choralar ko'rishni talab qilmoqda.

Xususan, so'nggi yillarda bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Bularga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi "O'zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5388 va 2019 yil 23 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 -2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853 sonli farmonlari hamda 2018 yil 17 oktyabrdagi "Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3978, 2019 yil 14 martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4239 qarorlarini keltirish mumkin.

Eksport qilinadigan meva-sabzavotlarning asosiy qismini ishlab chiqaruvchi dehqon xo'jaliklarida mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatlari cheklanganligi katta yo'qotishlarga olib kelmoqda. Shuningdek, narxlarning mavsumiy keskin o'zgarishi va bozor sharoitlarining barqaror emasligi ham ular faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-846-850

So'nggi yillarda kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli moliyaviy manbalar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash uskunalari uchun investitsiyalar yo'naltirilmoqda. Shunga qaramasdan ular qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlardan ajralib qolmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kichik qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishning samarali mexanizmlari to'liq shakllanmaganligi sababli, ularning faoliyati tarqoqligicha qolmoqda.

Xalqaro standartlar va havfsizlik sifat talablariga javob beradigan ishlab chiqarish va sinov laboratoriyalar, ulgurji bozorlar va logistika markazlari, shuningdek, bojxona va chegara maskanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini fitosanitariya nazoratidan o'tkazish uchun jihozlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi " Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglament" 119-sonli qarorida tehnik reglamentning quyidagi maqsadi va qo'llash doirasi belgilab qo'yilgan:

- Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglament insonning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilishidan saqlash maqsadida meva, sabzavotlar va rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarining xavfsizligiga bo'lgan talablarni belgilaydi.

- Texnik reglamentning texnik jihatdan tartibga solinadigan obyektlariga ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, transportda tashish, saqlash va tashishga bo'lgan talablar o'rnatilgan meva va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlari kiradi.

Texnik reglament odamlarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish va sotib oluvchilarning (iste'molchilarning) adashishiga olib keluvchi harakatlardan ogohlantirish maqsadida obyektlarga nisbatan quyidagi talablarni o'rnatadi:

-mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlariga qo'yiladigan talablar;

-mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash va tashish jarayonlariga qo'yiladigan talablar;

-mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarini identifikatsiya qilish qoidalari;

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-846-850

-mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarini tamg'alashga qo'yiladigan talablar.

Texnik reglament shaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan va O'zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarish uchun mo'ljallanmagan hamda eksportga mo'ljallangan meva va (yoki) sabzavot va (yoki) rezavor mevalardan olingan sharbat mahsulotlariga tatbiq etilmaydi.

Oziq- ovqat mahsulotlari halqaro standartlarining toplami hisoblangan Kodeks Alimentarius haqida qisqacha tohtalib otishimiz maqsadga muvofiqdir.

Kodeks Alimentarius (lotincha "Codex Alimentarius " — Oziq-ovqat kodeksi) — FAO / JSST Xalqaro oziq-ovqat standartlari va qoidalari kodeksini amalga oshirish bo'yicha Xalqaro komissiya tomonidan qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining standartlari to'plami hisoblanadi. Kodeks standartlari asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlangan mahsulotlar, shuningdek, qayta ishlanmagan oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablarni o'z ichiga olganligini aytish zarur.

Kodeks Alimentarius xalqaro standartlari, ko'rsatmalari, qoidalari oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini ta'minlashga yordam beradi, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining adolatli savdosini rivojlantirishga ko'maklashadi. Kodeks yordamida iste'molchilar sotib olgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatiga ishonch hosil qilishlari, import qiluvchilar buyurtma qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining talab xususiyatlariga mos kelishiga amin bo'lishlari mumkin.Bir so'z bilan aytganda, Kodeks alimentarius har bir inson uchun hamma joyda xavfsiz va sifatli oziq-ovqat kafolati sanaladi.

Kodeks barcha oziq-ovqat mahsulotlari: ham qayta ishlangan, ham xomashyo mahsulotlarini tartibga soladi. Ushbu kodeks mahsulotlarning ayrim turlari uchun standartlardan tashqari mahsulotni etiketkalash, oziq-ovqat gigiyenasi, qo'shimchalari, xavfsizligi, biotexnologiyasini o'rganish qoidalarini tartibga soluvchi umumiy standartlarni o'z ichiga oladi.

XULOSA

-Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish, meva-sabzavotchilikni uzoq muddat barqaror rivojlanishini ta'minlab, tarmoq samaradorligini oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta'minlash, eksport geografiyasini kengaytirish hamda xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-846-850

-Ijtimoiy masalada, meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish samaradorligi, nafaqat qishloq aholisining turmush darajasiga, balki mamlakat barcha aholisining ijtimoiy farovonligini ham oshirishga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

Meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarining yildan-yilga oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog'idagi bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohani isloh qilishda zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tub burilishni amalga oshirishni talab etmoqda. xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etishga ko'maklashish mexanizmlarini ishlab chiqish zarur. Meva-sabzavotchilik tarmog'ini barqaror rivojlantirish uchun meva-sabzavot va qayta ishlangan mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga qo'yiladigan talablarni tartibga soluvchi huquqiy me'yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va unga amal qilish bugungi kunda muhim dolzarblik kasb etmoqda.

REFERENCES

1."O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 -2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853 sonli farmoni

2."Qishloq hojaligi mahsulotlarining sifat va havfsizlik ko rsatkichlari halqaro standartlarga muvofiqligini taminlashga doir qoshimcha chora- tadbirlar togrisida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PF-5995-sonli farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi " Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglament" 119-sonli qarori

4. Parpiev M.P, Nazarov A.M, Standartlashtirish asoslari. Oquv qollanma. T. TDAU:2021, 97 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.