Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISHDA XALQARO STANDARTLARNI
JORIY ETISH USULLARI
A.R.Sodiqov
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,Qarshi [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolani yoritish jarayonida, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda xalqaro standartlarni joriy etish orqali ichki bozorni zarur iste'mol tovarlari bilan to 'ldirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish zarurligi masalalariga e'tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: xalqaro Global G.A.P. standarti, ISO 9000, ISO 14000, ISO 22000, Qishloq xo'jaligi maxsulotlariga oid uyg'unlashtirilgan standartlar.
АННОТАЦИЯ
В статье делается акцент на необходимости наполнения внутреннего рынка необходимыми товарами народного потребления за счет внедрения международных стандартов в выращивании сельхозпродукции, углубления уровня локализации.
Ключевые слова: International Global G.A.P. стандарт, ISO 9000, ISO 14000, ISO 22000, гармонизированные стандарты на сельскохозяйственную продукцию.
ABSTRACT
The article focuses on the need to fill the domestic market with the necessary consumer goods through the introduction of international standards in the cultivation of agricultural products, to deepen the level of localization.
Keywords: International Global G.A.P. standard, ISO 9000, ISO 14000, ISO 22000, harmonized standards for agricultural products.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi faqat o'zi yetishtirayotgan paxta tolasi bilan emas, balki butun dunyo xalqlari yaxshi ko'rib iste'mol qiladigan mevalari, uzumlari, sabzavot va poliz mahsulotlari bilan mashhur bo'lib, ularning ko'pgina turlari va navlari boshqa mamlakatlarda uchraymadigan xammani o'ziga tortadigan ta'mi va xushxo'rligi bilan alohida ajralib turadi.
Scientific Journal Impact Factor
O
O'zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari iqlim sharoitining juda qulayligi tufayli mana shunday noyob bo'lganligi uchun ham jahon qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorida yuqori darajada raqobatbardoshdir.
Bugungi kunda O'zbekiston qishloq xo'jalik mahsulotlarining o'ta qimmatli navlarini yetishtirish va qayta ishlash, ularni eksport qilish sohasida katta salohiyatga ega. Agrar sektorda eksportga mo'ljallangan mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va uni qayta ishlaydigan sanoatni yetakchi o'ringa ko'tarish qishloq xo'jaligida barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi. Ushbu vazifani hal qilish, mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov bir necha bor ta'kidlagan, qishloq xo'jaligi mahsulotining sifatini hamda uni qayta ishlaydigan korxonalarning samaradorligini oshirishni, ichki va tashqi sotish bozorlarini yanada kengaytirishni talab qilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ayni vaqtda qishloq xo'jalik mahsulotlarining eksport salohiyatini hamda uni yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchilari faoliyatining samaradorligini oshirish birinchi navbatda qishloq va suv xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda halqaro standartlarni qo'llanilishini amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun ham agrar sohada faoliyat olib borayotgan qishloq xo'jalik maxsulotlarini yetishtiruvchi va ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish usullarini yaratish zarur.
Agrar sohani rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifatini oshirish ularni xalqaro raqobatbardoshligini ta'minlashda jahonda qishloq xo'jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda sifatni ta'minlashga yo'naltirilgan standartlarni o'rganish va tahlil qilish hamda qishloq xo'jalik maxsulotlari sifati va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha jahonda yuqori ko'rsatgichlarga ega xalqaro Global G.A.P. standartini O'zbekistonda joriy etishning ahamiyati va afzalliklarini o'rganib chiqish, ushbu standartni O'zbekistonda joriy etish bo'yicha usul va chora tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish maqolaning asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi.
Maqolaga qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish zarur:
- Respublikada amaldagi mavjud qishloq xo'jaligiga oid xalqaro, davlatlararo va milliy standartlarni aniqlash va tahlil qilish;
- Jahonda qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishda sifat va xavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan xalqaro sifat standartlarini o'rganish va tahlil qilish;
Scientific Journal Impact Factor
- Xalqaro va hududiy standartlarni O'zbekiston davlat standarti sifatida qabul qilish tartibi va usullarini ifodalash;
- O'zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta'minlashda xalqaro GLOBAL G.A.P standartini joriy etishning afzalliklari, o'rni va ahamiyatini o'rganib chiqish va tahlil qilish;
O'zbekistonda qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirishda GlobalG.A.P. xalqaro standartini O'zbekistonda joriy etish usulini yaratish va uni tavsiya qilish. GLOBALGAP(EUREPGAP) - butun jaxon bo'yicha qishloq xo'jaligi maxsulotlarini standartlash va sertifikatlashtirish bo'yicha xalqaro xususiy idora.
Mazkur idora (EUREPGAP) -Euro-RetailerProduceWorkingGroup - oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi masalalari bo 'yicha yevropa ishchi guruhi) tomonidan 1997 yilda Garmaniyada tashkil etilgan. GLOBALGAP ning asosiy faoliyat turi butun jaxon bo'yicha qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish jarayonlariga standartlar ishlab chiqish va sertifikatlashtirishga talablarni o'rnatishdir. Bu idoraning asosiy boshqaruv tarkibi Rais, Kotibiyat, Milliy texnik texnik ishchi guruh, Sertifikatlashtirish va boshqa sohalar bo'yicha texnik qo'mitalardan iborat.
Hozirgi kunda GLOBALGAPga jahonning 100 dan ortiq davlat va oziq-ovqat savdosi bilan shug'ullanuvchi yirik firma, korxona va uyushmalar a'zo hisoblanadi.
GLOBALGAP xalqaro standartlarini joriy etish majburiy emas. Har bir mamlakat bu standartlarni xususiy idoraga a'zo bo'lish va kelishuv orqali butunligicha yoki ayrim bo'limlarini qabul qilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida xalqaro standartlarni qo'llash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Global miqiyosda qo'llanilayotgan GLOBAL GAP (Qishloq xo'jalik amaliyotini yaxshilash) xalqaro standartini yurtimizda joriy etish bo'yicha 2011 yilning 4-6 may kunlari GLOBAL GAP standartlashtirish va sertifikatlashtirish talablari bo'yicha Belgiyalik xalqaro ekspert K.Petrov respublikamizga taklif etildi va seminar treyning o'tkazildi. Ushbu o'quv kursida Qishloq va suv xo'jaligida standartlashtirish markazi, "O'zstandart" agentligi, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini eksport qiluvchi Univeg ASIA MChJ va KATRI VOSTOK konsalting kompaniyalardan 17 nafar xodim ishtirok ishtirok etib, Global GAP xalqaro sertifikatlashtirish idorasining tegishli sertifikatga ega bo'ldilar.
O'quv treyning davomida ishtirokchilar Global GAP xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish idorasiga a'zo bo'lish, ushbu standart talablarini o'rganish bilan
Scientific Journal Impact Factor
о
birga uni respublikamiz fermer xo'jaliklarida qo'llash imkoniyatlari xaqida tushunchalarga ega bo'ldilar.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish korxonalari hamda agrar sohada faoliyat olib borayotgan tashkilotlarni qo'llab quvvatlash, ularning mavqeyini yanada oshirish bo'yicha bir qancha chora-tadbirlar amaliyotga joriy etilmoqda.
Jahonda qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlashda sifatni ta'minlashga yo'naltirilgan xalqaro standartlar o'rganildi va tahlil qilindi. O'rganish va tahlil qilish natijasida qishloq xo'jalik maxsulotlari sifati va xavfsizligini ta'minlashda jahonda yuqori ko'rsatgichlarga ega xalqaro Global G.A.P. standartini O'zbekistonda joriy etish bo'yicha takliflar berildi. Ushbu standartni O'zbekistonda samarali joriy etish bo'yicha usul va chora tadbirlar rejasi loyihasi ishlab chiqildi. Bular esa respublikamiz qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifati va raqobatbardoshligini ta'minlash hamda eksportbop mahsulotlarning hajmini oshirishda yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi korxonalarning halqaro sifat standartlarini o'zida joriy etish va ular asosida qishloq xo'jalik maxsulotlarini sertifikatlashtirish bo'yicha ishlarni tashkillashtirishda amaliy yordam beradi.
REFERENCES
1. Karimov I.A., "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari", O'zbekiston: Toshkent, 2009y., 486 b.
2. O'zbekiston Respublkasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. - T.:2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli Farmoni.
3. Ismoilov B.X. "O'zbekiston respublikasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda xalqaro standartlarni joriy etish usullari" Toshkent, 2012y
4. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.
5. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).
XULOSA