Научная статья на тему 'HOZIRGI KUNDA DUNYO MIQYOSIDA ORGANIK DEHQONCHILIKNI O‘RNI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

HOZIRGI KUNDA DUNYO MIQYOSIDA ORGANIK DEHQONCHILIKNI O‘RNI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2807
290
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
organik qishloq xo‘jaligi / tuproq unumdorligi / kimyoviy vositalar-pestitsidlar / defolyantlar / desikantlar / gerbitsidlar / noorganik moddalar / ekologik toza mahsulot / gen-modifikatsiyalangan. / organic agriculture / soil fertility / pesticides / defoliants / desiccants / herbicides / inorganic substances / environmentally friendly products / genetically modified.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Artiqboy Botirov, Xurmatoy Abdumutalipova, Botirov Shohjahon

Mazkur tadqiqot jarayonida organik qishloq xo‘jaligining asosiy maqsadi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish resurs tejovchi texnika va texnologiyalar bilan ishlash tizimlariga asoslangan agrotexnik, biologik va mexanik usullardan foydalangan holda ekologik toza va sof qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirib berish rexnologiyasi haqida fikrlar ilgari surildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot yoki xizmatni iste’molchilarga ko‘rsata bilish ham mahorat, bilim va o‘ziga xos yondashuvni talab etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF ORGANIC AGRICULTURE IN THE WORLD TODAY

The main purpose of this study is the main purpose of organic agriculture, ideas about the technology of growing ecologically clean and pure agricultural products using agro-technical, biological and mechanical methods based on resource-saving techniques and technologies of cultivation of agricultural crops. put forward. Being able to deliver a product or service to consumers in a market economy also requires skill, knowledge, and a unique approach.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI KUNDA DUNYO MIQYOSIDA ORGANIK DEHQONCHILIKNI O‘RNI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

Scientific Journal Impact Factor

HOZIRGI KUNDA DUNYO MIQYOSIDA ORGANIK DEHQONCHILIKNI O'RNI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Artiqboy Botirov Xurmatoy Abdumutalipova Botirov Shohjahon Andijon qishloq xo jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi

Annotatsiya: Mazkur tadqiqot jarayonida organik qishloq xojaligining asosiy maqsadi, qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish resurs tejovchi texnika va texnologiyalar bilan ishlash tizimlariga asoslangan agrotexnik, biologik va mexanik usullardan foydalangan holda ekologik toza va sof qishloq xojalik mahsulotlarini yetishtirib berish rexnologiyasi haqida fikrlar ilgari surildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot yoki xizmatni iste'molchilarga ko 'rsata bilish ham mahorat, bilim va o 'ziga xos yondashuvni talab etadi.

Kalit so'zlar: organik qishloq xo'jaligi, tuproq unumdorligi, kimyoviy vositalar-pestitsidlar, defolyantlar, desikantlar, gerbitsidlar, noorganik moddalar, ekologik toza mahsulot, gen-modifikatsiyalangan.

Аннотация: Основной целью данного исследования является основная цель органического сельского хозяйства, представления о технологии выращивания экологически чистой и чистой сельскохозяйственной продукции агротехническими, биологическими и механическими методами на основе ресурсосберегающих приемов и технологий выращивания сельскохозяйственных культур. выдвинул. Возможность предоставлять продукт или услугу потребителям в рыночной экономике также требует навыков, знаний и уникального подхода.

Ключевые слова: органическое сельское хозяйство, плодородие почвы, химические вещества - пестициды, дефолианты, осушители, гербициды, неорганические вещества, экологически чистые продукты, генетически модифицированные.

Abstract: The main purpose of this study is the main purpose of organic agriculture, ideas about the technology of growing ecologically clean and pure agricultural products using agro-technical, biological and mechanical methods based on resource-saving techniques and technologies of cultivation of agricultural crops. put forward. Being able to deliver a product or service to consumers in a market economy also requires skill, knowledge, and a unique approach.

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: organic agriculture, soil fertility, pesticides, defoliants, desiccants, herbicides, inorganic substances, environmentally friendly products, genetically modified.

Hozirgi kunda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari reklama qilinganida "ekologik toza mahsulot" jumlasi qulog'imizga tez-tez chalinib qolayapti. Shu o'rinda o'z-o'zidan savol tug'iladi? Ekologik toza mahsulot nima-yu, toza bo'lmagani qanaqa? Ularni iste'molchi bir-biridan qanday ajratib olishi mumkin? Ekologik toza mahsulotning afzalligi nimada?

Ekologik toza mahsulotning ilmiy sinonimi organik mahsulot, deb ataladi. Organik mahsulotlar deyilganda organik so'zi "cheklangan" ma'nosini anglatib, qo'shimcha mineral o'g'itlarsiz, zaharli ximikatlarsiz va boshqa texnogen ta'sirlarsiz mahsulot etishtirish yoki tabiiy toza xomashyolardan olingan, zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilgan mahsulotlardir.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada dunyo miqyosida organik dehqonchilikni o'mi va rivojlanish bosqichlari obyektiv ochib berildi.

Organik qishloq xo'jaligi - bu agro ekotizim, shu jumladan biologik xilma-xillik, biologik sikllar va tuproqning biologik faolligini rivojlantirishga yordam beradigan ishlab chiqarishni boshqarish tizimidir. Bu tabiiy resurslardan (ya'ni mahsulotlar va o'simlik mahsulotlari) foydalanish va sintetik o'g'itlar va pestitsidlardan foydalanishni rad qilishdir.

Organik qishloq xo'jaligining vazifalari:

• -organik qishloq xo'jaligi tizimida biologik xilma-xillikni oshirish;

• - tuproqning biologik faolligini oshirish;

• -uzoq muddatli istiqbol uchun tuproq unumdorligini oshirish;

• -qayta tiklanmaydigan resurslardan minimallashgan holda oziqaviy moddalarni tuproqqa qaytarish uchun o'simlik va hayvonlar chiqindilaridan qayta foydalanish;

• -mahalliy qishloq xo'jaligida qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish;

• -tuproqni, suvni va havoni muhofaza qilish, shuningdek qishloq xo'jaligining faoliyati natijasida ifloslanishning barcha shakllarini minimallashtirish;

• -qishloq xo'jaligining mahsulotlarini organik yaxlitligini va hayotiy xususiyatlarini saqlab qolish uchun ehtiyotkorlik bilan qayta ishlashga ko'maklashish;

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

• - kimyoviy vositalar-pestitsidlar, defolyantlar, desikantlar, gerbitsidlar va boshqa shunga o'xshash noorganik moddalarni asta sekinlik bilan voz kechish yoki me'yoridan ortiqcha qo'llamaslik;

• - GMO (geni modifikatsiya qilingan organizmlar)dan foydalanmaslik.

Organik dehqonchilik tirik organizmlarning tamoyillariga va mantiqlariga

asoslanadi, unga ko'ra barcha elementlar (tuproq, o'simlik, chorva hayvonlari, hasharotlar, dehqonlar va mahalliy sharoitlar) birbiri bilan chambarchas bog'liqdir. Bunga iloji boricha tabiiy ekotizimdan namuna sifatida foydalaniladigan prinsiplarga muvofiq agrotexnik, biologik va mexanik usullarni qo'llash orqali erishiladi.

1. Hozirgi kunda dunyo miqyosida organik dehqonchilikni o'rni.

Hozirgi kunda olingan ma'lumotlarga ko'ra G'arbiy Evropada-jumladan,

Gollandiya, Daniya, Belgiya, Germaniyada 1 ga. haydaladigan erga 400-600 kg. mineral o'g'it (ta'sir etuvchi modasi hisobida) berilsa, Belarusiyada bu ko'rsatgich-280 kg/ga.dan oshmaydi. (Tarasenko ma'lumoti). Belarusiyada 2006 yilda o'rtacha har bir gektar erga 185 kg/ga. mineral o'g'it qo'llanilgan. 1990 yillarda juda ko'p maydonlarda pestitsidlar umuman qo'llanilmadi.

Ikkinchidan Belorusiyaning intensiv texnologiya asosida dehqonchilik olib borayotgan xo'jaliklarida hosildorlik vaqtinchalik yuqori bo'lgan bo'lsada, keyinchalik tushib ketgan.

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, evropada ekologik toza qishloq xo'jalik mahsuloti narxi odatdagiga qaraganda 20% dan 100%gacha yuqori narxda narxlanadi.

Rossiyaning Omsk viloyatida 80 yillarda 16 ta xo'jalik don etishtirishda pestitsidlarni qo'llashdan voz kechishgan va natijada eng kam mehnat xarajatlari hisobiga viloyatda eng yuqori don hosil olishga erishganlar.

Organik qishloq xo'jaligi hisobiga AQSHda (Vashington shtati) bitta fermer 5 yil davomida o'rtacha 45 s/ga.dan bug'doy hosili olgan. Ushbu fermer xo'jaligining yonidagi pestitsid va kimyoviy o'g'itlar qo'llagan fermerlar 39,9-49,0 s/ga. hosil olgan. Shu bilan bir qatorda ushbu fermer xo'jaligida tuproqdagi gums miqdori boshqa xo'jaliklarga qaraganda ko'p bo'lib, eroziyaga kam berilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Dunyoda organik qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadigan mamlakatlarning maydoni

Jahon bozorida organik qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlanginlik ulushi

Dunyo organik qishloq xo'jaligining o'sib borishi

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

50

1999 2004 2009 2014

Organik qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadigan qit'alarning ulushi Organik qishloq xo'jaligi bilin shug'ullanadigan birinchi o'ntalikda turadigan davlatlar

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13fevraldagi 126-F sonli farmoishi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining 2017 yil 24-apreldagi 122-sonli buyrig'iga asosan 2017 yilning 22-23 avgust kunlari Toshkent shahrida va 24 avgust kuni Samarqand shahrida "O'zbekiston Respublikasi va Markaziy osiyoda organik qishloq xo'jaligini rivojlantirishning ilmiy va institutsional asoslari" mavzusidagi xalqaro anjuman bo'lib o'tdi.

Anjumanning asosiy va uni yuqori tashkiliy saviyada o'tkazilishini ta'minlashdan ko'zlangan maqsad respublikamizda xalqaro tajribalarga muvofiq qishloq xo'jaligining yangi yo'nalishlarini rivojlantirish uchun ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, jahonbozoriga yuqori sifatli, ekologik toza, raqobatbardosh "O'zbekbrendi" ostida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etkazib berishga bag'ishlangan.

Ma'lumki, qishloq xo'jaligida so'ngi yillarda kimyoviy vositalar pestitsidlar, defolyantlar, desikantlar, gerbitsidlar va boshqa shunga o'xshash noorganik moddalarni me'yoridan ortiqcha qo'llanishi mahsulot sifatiga ta'sirini sezilarli ravishda o'tkaza boshladi.

Bu esa o'z navbatida mahsulotni sifatini buzilishiga olib kelishi bilan ekologik toza mahsulot etishtirish talablariga mutloqa javob bermaydi.

Scientific Journal Impact Factor

SHu bilan birgalikda tuproqqa ishlov berishi jarayonida me'yoridan ko'p ximiyaviy vositalar-pestitsidlar, defolyantlar, desikantlar, gerbitsidlarni tuproqda akumilyasiya bo'lishi tuproq mikroflorasiga ta'sir etib,uni faoliyatini izdan chiqradi va nobud qiladi.

Buning natijasida tuproqning organik qismida biologik jarayon buziladi. Bularning barchasi tuproq unumdorligiga salbiy ta'sir ko'rsatib, uni yildan-yilga buzilishiga olib keladi.

Ma'lumki, organik fermer xo'jalilarida ekinlarni almashlab ekishni to'g'ri tashkil etish eng asosiy ko'rsatgichlardan biri bo'lib hisoblanadi.

To'g'ri almashlab ekish tizimi organik almashlab ekishning fundamenti hisoblanadi. Fermer xo'jaliklari shuni anglashlari kerakki,almashlab ekish asosiy hosilni etishtirishda muhim omil hisoblanadi. Fermer xo'jaliklari o'zlarining almashlab ekish sxemasini tuzishda asosiy maqsad qilib:

1) naqd pul mablag'larini ishlashni;

2) tuproq unumdorligini yaxshilashni ko'zlaydilar.

Organik qishloq xo'jaligi tuproq hayoti va biologiyasi tushunchalarini qo'lga kiritdi. Organik amaliyotlar o'z ichiga ushbu almashlab ekishni oladi va bular tuproqni yaxshilashni kuchaytirishga umid qilindi. Organik qishloq xo'jaligining asosiy prinsipi biologik jarayonlar va tuproqning organik tarkibi bo'lib hisoblanadi.

Fermerlar tuproqda organik moddalar ko'payishi tuproqning biologik holatini va unumdorligini yaxshilashga ishonadilar.Tuproq biologik faoliyatida bir qancha o'g'itlar, zarakunandalar va kasallik muammolari mavjud.

3. O'zbekistonda Organik dehqonchilik faoliyatining ob'ektlari:

-atrof muhitni o'rab turgan organik olam;

-organik dehqonchilik va oziq ovqat xavsizligi omillari;

-organik dehqonchilik va oziq ovqat xavsizligini ta'minlashda innovatsion texnologiyalar;

-tuproq hayoti va biologiyasi;

-organik dehqonchilik qilinadigan tuproqlar

-organik dehqonchilik tizimlari va almashlab ekish;

- qishloq xo'jalik ekinlari va navlarini iqlim tuproq sharoitlari bo'yicha joylashtirish;

-organik va siderat o'g'itlar;

-turli xildagi agrorudalar;

-kompost va har xil organik aralashmalar;

Scientific Journal Impact Factor

-biologik va mikrobiologik asosda yaratilgan o'g'itlar; -organik dehqonchilikda resurstejamkor-texnologiyalar -o'simliklarni biologik himoya qilish;

-o'simlik kasallik va zararkunadalariga qarshi biologik kurash;

- tomchilatib sug'orish texnologiyasi; -o'simliklarni ildizdan tashqari oziqlantirish; -o'simliklarni oziqlantirishda vermikultura mahsulotlari;

- sug'orish suvlarining sifat nazorati; -atrof muhit himoyasi;

-o'simliklar seleksiyasi va urug'chiligini tashkil etish; -tuproq, suv va mahsulotlar sifatini nazorat qilish; -ekotizimning biologik xilma-xilligini va- ekologik barqarorlik; Organik dehqonchilikda muammolar va yechimi:

YUqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib,tuproqqa ishlov berishi jarayonida me'yoridan ko'p ximiyaviy vositalar-pestitsidlar, defolyantlar, desikantlar, gerbitsidlarlarni me'yorini keskin kamaytirish, ayrim holatlarda butunlay ta'qiqlash masalasi kun tartibida turibdi.SHu o'rinda ushbu muammolarni echimi mavjudmi degan savol tug'iladi.Albatta bunga bir ovozdan bor degan javobni bergan bo'lari va ular quyidagilardan iborat desak yanglishmaymiz.

-qishloq xo'jaligida tuproq unumdorligini boshqarish,tuproqqa ishlov berish, almashlab ekish, zararli organizmlardan o'simliklarni himoya qilish usullari va ularda kimyoviy vositalardan hamda gen-modifikatsiyalangan organizmlardan foydalanishni taqiqlash;

-o'simliklar seleksiyasi va urug'chiligini tashkil etish;

-qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun fermer xo'jaligining ishlab chiqarish holati, tuproq, suv va mahsulotlar sifatini nazorat qilish, etishtirish agrotexnologiyasi, erdan foydalanish va tuproqlarning tarixini o'rganish maqsadida kompleks va ko'chma laboratoriyalarni tashkil etish;

-qishloq xo'jaligida o'g'itlash, qishloq xo'jalik ekinlarini yovvoiy o'tlar, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish,organik qishloq xo'jaligida almashlab ekishni tashkil etish; -qishloq xo'jaligida seleksiya va urug'chilik boshqarish; -mahsulotlarga dastlabki ishlov berish va chuqur qayta ishlashni boshqarish; -ishlab chiqarish bo'yicha qonunchilik va davlat standartlarini ishlab chiqish;

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

-qishloq xo'jaligi sohasiga mutaxassislar tayyorlash, fermer va boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun joylarda seminarlar va o'quv kurslarini tashkil etish;

-qishloq xo'jaligida organik dehqonchilikni joriy qilish natijasida atrof muhitning barqarorligini ta'minlash,insoniyat va hayvonot olami sog'ligini mustahkamlash;

5. Respublika qishloq xo'jaligini barqaror rivojlantirishda organik dehqonchilikning hissasi:

Mavjud mammolarni hal qilishni uchta asosiy tomonlariga e'tiborni qaratish maqbul.

-iqtisodiy jihatidan: Respublikada etishtirilayotgan organik qishloq xo'jalik mahsulotlarini rasmiy kafolatlanishi va jahonda organik mahsulotlar bozorini o'sishi;

-qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining xorijiy bozorlarga kirishini engillashtirish va eksport geografiyasini kengaytirish;

-ishlab chiqilgan mahsulotlarni nisbatan yuqori narxlarda sotish hisobiga ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini ko'tarish;

-ijtimoiy jihatidan: -kelajak avlodning salomatligi to'g'risida qayg'urish va barkamol avlodni tarbiyalash uchun sog'lam turmush tarzini mustahkamlash;

-qishloq xo'jalik mahsulotlarini tabiyilik,ta'm va foydalik tavsiflari bo'yicha sifatini oshirish;

-ekologik jihatidan: Atrof muhitga salbiy ta'sirlarni kamaytirish hamda tuproq unumdorligi degradatsiyasini oldini olish;

-ekotizimning biologik xilma-xilligini, ekologik barqarorligi va tengligini saqlab qolish;

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki organik dehqonchilik sohasini rivojlantirishga e'tibor qaratilsa natijada dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari sifati yaxshilanadi tuproq unumdorligi ko'tariladi, madaniyligi yaxshilanadi o'z navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotini yahshilaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES) 1. Сергей Коршунов. Органическое сельское хозяйство и биологизация земледелия в России. // Председатель Правления Союза органического земледелия. Февраль 2017 - март 2018 года. http://www.eurasiancommission.org/ru/act/prom i agroprom/dep agroprom /actions/Documents.pdf

Scientific Journal Impact Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. А. Любоведская; С. Коршунов. Правильный подбор технологий органического земледелия // член Общественного совета МСХ РФ, председатель правления Союза органического земледелия. Научный журнал Агро бизнес №6, 11 июня 2020

3. Г.Абдуназарова. Органик дехдончилик: истидбол сари дадам // Солик; ва божхона хабарлари молиявий-идтисодий газета. №35-сон, 2014 йил.

4. ^Мирзажонов, Р.Рахмонов. Органик дехдончилик бизга керакми? // Agroolam.uz, 29-июн, 2018 йил. https://agro-olam.uz/organik-dehqonchilik-bizga-kerakmiA

5. С.Содидова. Экологик тоза махсулот нима? // Адолат ижтимоий-сиёсий газетаси. №24-сон, 2016-йил.

6. Ф.Х.Саримсадов. Дунё ва Узбекистонда органик дишлод хужалиги ва унинг бугунги холати // "Ахборотнома" илмий-амалий журналининг 2/2020-сони 12 июль, 2020 йил.

7. Q.Mirzajonov, R.Raxmonov. Organik dehqonchilik bizga kerakmi? // Agroolam.uz, 29-iyun, 2018 yil. https://agro-olam.uz/organik-dehqonchilik-bizga-kerakmi/

8. S.Sodiqova. Ekologik toza mahsulot nima? // Adolat ijtimoiy-siyosiy gazetasi. №24-son, 2016-yil.

9. F.X.Sarimsaqov. Dunyo va O'zbekistonda organik qishloq xo'jaligi va uning bugungi holati // "Axborotnoma" ilmiy-amaliy jurnalining 2/2020-soni 12 iyul, 2020

yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.