Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MEVASABZAVOTCHILIKKA IXTISOSLASHGAN KORXONALAR IQTISODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

OʻZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MEVASABZAVOTCHILIKKA IXTISOSLASHGAN KORXONALAR IQTISODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

285
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamlashtirish / meva-sabzavotchilik / qishloq xo'jaligi / qishloq xo'jalik mahsulotlari / meva-sabzavotchilik korxonalari / statistik ko'rsatkichlar / modernizatsiya / iqtisodiy rivojlantirish. / digitization / fruit and vegetable growing / agriculture / agricultural products / fruit and vegetable enterprises / statistics / modernization / economic development

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Dilnoza Anvarjon Qizi Xudoyberganova

Maqolada Respublikamizda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan korxonalar faoliyati, sohada erishilgan natijalarning statistik ko'rsatkichlari va uning o'ziga xos jihatlari keltirilgan. Respublika miqyosidagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan korxonalar faoliyatidagi mavjud muammolar o'rganilib, ularni hal qilish hamda uni rivojlantirish yo'nalishlari ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents the activities of enterprises specializing in fruit and vegetable growing in the Republic, statistical indicators of the results achieved in the field and its specifics. The existing problems in the activities of enterprises specializing in fruit and vegetable growing in the country were studied, directions for their solution and development were developed.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MEVASABZAVOTCHILIKKA IXTISOSLASHGAN KORXONALAR IQTISODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-282-287

O'ZBEKISTONDA RAQAMLIIQTISODIYOT SHAROITIDA MEVA-SABZAVOTCHILIKKA IXTISOSLASHGAN KORXONALAR IQTISODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Dilnoza Anvarjon qizi Xudoyberganova

Farg'ona politexnika instituti o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada Respublikamizda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan korxonalar faoliyati, sohada erishilgan natijalarning statistik ko'rsatkichlari va uning o'ziga xos jihatlari keltirilgan. Respublika miqyosidagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan korxonalar faoliyatidagi mavjud muammolar o'rganilib, ularni hal qilish hamda uni rivojlantirish yo'nalishlari ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: raqamlashtirish, meva-sabzavotchilik, qishloq xo'jaligi, qishloq xo'jalik mahsulotlari, meva-sabzavotchilik korxonalari, statistik ko'rsatkichlar, modernizatsiya, iqtisodiy rivojlantirish.

ABSTRACT

The article presents the activities of enterprises specializing in fruit and vegetable growing in the Republic, statistical indicators of the results achieved in the field and its specifics. The existing problems in the activities of enterprises specializing in fruit and vegetable growing in the country were studied, directions for their solution and development were developed.

Keywords: digitization, fruit and vegetable growing, agriculture, agricultural products, fruit and vegetable enterprises, statistics, modernization, economic development

KIRISH

Mustaqilligimizdan so'ng, bog'dorchilikka yaratilgan imkoniyatlar natijasida sabzavot, poliz ekinlari, meva va uzumzorlar maydonlari yanada kengayib bormoqda. Ayni paytda iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida meva sabzavotchilik korxonalarini takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda Respublika hukumati tomonidan meva-sabzavotchilik mahsulotlariga bo'lgan iste'mol bozori talabini to'la qondirish, shu bilan birga eksport

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-282-287

hajmini ko'paytirish, sohani modernizatsiya qilishdek ustuvor vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalarni hal etish fermer xo'jaliklari tomonidan meva-sabzavotchilik va uzumchilik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va ularni sotish jarayonlarini samarali tashkil etish, hisobga olish va ular faoliyatini statistik jihatdan tahlil qilish tizimini takomillashtirish bilan bog'liq. Chunki hududiy darajalarda meva-sabzavotchilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari iqtisodiy faoliyatini ilmiy asosda o'rganish va ularni statistik tahlil qilishga yetarlicha e'tibor qaratilmagan.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, meva-sabzavotchilik faoliyatini statistik baholash, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari iqtisodiy faoliyatini statistik tadqiq etishni o'rganishning zarurati va amaliy ahamiyatga ega ekanligi, tanlangan tadqiqot ishining dolzarbligini belgilab beradi.

Demak, bundan ko'rinib turibdiki raqamlashtirish sharoitida qishloq xojaligi sohasi ham yildan yilga rivojlanib mukammallashib bormoqda. Bunga misol qilib bir nechta omillarni ko'rsatishimiz mumkin. Xususan Xorijiy ekspertlarni jalb qilib, klaster tashabbuskorlari uchun qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil qilish, o'z navbatida, klasterlar tomonidan fermerlar uchun ilg'or texnologiyalarni qo'llash, intensiv bog'larni yaratish, shu yo'sinda eksportbop mahsulotlar yetishtirish va hosildorlikni oshirish kabi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ma'lumki, mamlakatimizdagi mavjud tabiy-iqlim sharoiti qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, xususan, meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish imkonini beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan sohani bozor munosabatlariga o'tish jarayonida meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida katta e'tibor qaratilmoqda. Zero, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish hisobiga mamlakat valyuta tushumining sezilarli qismi shakllanayotganligi ham sohani tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirishning ustuvorligidan dalolat beradi.

Meva-sabzavotchilik mahsulotlarini nobud qilmay qayta ishlash, mavsumiyligini uzaytirish ham foydalanilmagan imkoniyatlardan biridir. Yangiligicha saqlangan ho'l mevalar assortimenti mo'lligi bozorlarda shu turdagi mahsulotlarni tannarxining har yili qishki-bahorgi mavsumda sun'iy ravishda ko'tarilib ketishini oldini oladi hamda aholi ijtimoiy himoyasiga ijobiy ta'sir etib, turdosh mahsulotlar qishki mavsumdagi importiga hojat qolmaydi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-282-287

Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning assortiment tuzilmasini takomillashtirishning eng yuqori omillaridan biri ozuqaviy qo'shimchalarni mintaqamizda mavjud tabiiy xom ashyo zaxiralarini qayta ishlash asosida keng assortimentini tayyorlashni amalga oshirishdir. Misol uchun, shirin yaxna ichimliklar ozuqaviy qo'shimchalarning asosiy qismi chetdan valyuta hisobiga keltirilayotgan sun'iy xom ashyolar (nastoyka, ekstratlar) yordamida tayyorlanmoqda. Vaholanki, respublikamizda mavjud xom ashyo potensialini, ho'l mevalarni qayta ishlash asosida olinishi mumkin bo'lgan raqobatbardosh, tabiiy sof ozuqaviy qo'shimchalar xom ashyo bazasi yaxna ichimliklar assortiment turkumining o'nlab yangi qirralarini ochib berishi mumkin. Shu bilan birga, viloyatlarda import xom ashyoga valyuta mablag'i bo'lmagan yuzlab turli quvvatdagi yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari ish faoliyatini tiklash imkoniyati yaratilishi mumkin.

NATIJALAR

Bugungi kunda dunyo bozorlarida gilos, o'rik, olxo'ri, anor, uzum, bodom, sitrus mevalar kabi mahsulotlarga talab yuqori va ushbu mahsulotlar eksport tushumining asosiy qismini tashkil etmoqda.

O'zbekistonda bunday mevazorlar, ayniqsa intensiv usuldagi bog'lar yetarlicha tashkil etilmayotgani, bog' va tokzorlar yaroqsiz holatga kelib qolgani sababli ularning iqtisodiy samaradorligi o'ta past darajada qolayotgani, qator tumanlarda minglab gektar eski bog'lar yillar davomida hosil bermayotgani tanqid qilindi. Hanuzgacha "mahsulot yetishtirish - xarid qilish - saqlash va qayta ishlash - eksport" zanjirini tashkil etadigan kooperatsiya tizimi joriy qilinmagan.

"Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ-52,15.12.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-yanvardan:

• fermer, dehqon xo'jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga — meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, ko'katlar va dorivor o'simliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kredit ajratiladi;

• meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag'larni to'ldirish uchun yillik 14 foiz stavkada 12 oylik "revolver" kredit beriladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-282-287

Mazkur tadbirlarni moHyalashtirish uchun Jamg'armaga 2 trln so'm budjet ssudasi ajratiladi.

2022-yil 1-martdan:

• meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo'jaliklariga — eksport shartnomasi mavjud bo'lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug'urtalash xizmatidan foydalanganda to'langan sug'urta mukofotining 50 foizi, biroq sug'urta pulining 1 foizdan ortiq bo'lmagan qismi qoplab beriladi;

meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) — xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq xo'jaligi vazirligining tuman bo'limlari orqali kompensatsiya qilinadi.

Tahlillar natijasining ko'rsatkichiga ko'ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarining yildan-yilga oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog'idagi bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohani isloh qilishda zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tub burilishni amalga oshirishni talab etmoqda.

MUHOKAMA

So'ngi yillarda qishloq xojaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo'lga qo'yildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xo'jaligi maydonlarining hajmi ekin turlari bo'yicha paxta-to'qimachilikda — 67 foizni, chorvachilikda — 8 foizni, meva-sabzavotchilikda — 7,5 foizni tashkil etmoqda.

Klaster usulida yetishtirilgan xomashyoni qayta ishlash natijasida tayyor mahsulot ko'rinishida iste'molchiga yetkazib berish imkonini bermoqda.

Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo'jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. 2010-yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2018-yilga kelib ushbu ko'rsatkich 1,6 foizgacha kamaydi.

Shu bilan birga, sohada ayniqsa meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo'lga qo'yilmaganligi, ilmiy yondashuvning yetarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra, 1 gektar maydonda

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-282-287

yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong'oqdan 5 baravar ko'p daromad olish imkoniyati mavjud.

XULOSA

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish, meva-sabzavotchilikni uzoq muddat barqaror rivojlanishini ta'minlab, tarmoq samaradorligini oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta'minlash, eksport geografiyasini kengaytirish hamda xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.

Yuqoridagi ishlarning samarali tashkil etilishi natijasida mevasabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarining iqtisodiy va mahsulot yetishtirish samaradorligini oshirishga erishish natijasida ularning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash mumkin. Respublikada mevasabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarning iqtisodiy barqarorligi oshishi, ularning mahsulot yetishtirish hajmlarining ko'payishi, mahsulotlarning sifatining halqaro darajalarga ko'tarilishi, yangi ish o'rinlari yaratilib, qishloq aholisining moddiy farovonligi oshishiga sabab bo'lib, pirovardida, hudud iqtisodiyotining barqarorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ular faoliyatini yo'lga qo'yish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi 2006 yil 10 martdagi 42-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2016 yil 19 sentyabrdagi PQ - 2603sonli qarori. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar" to'g'risida 11.12.2019 yildagi PQ-4549-sonli qarori.

2. Агаркова Л.В. Формирование механизма устойчивого развития плодоовощного подкомплекса: теория и практика. - Ставрополь: Ставролит, 2007. - с.168.; Баранов И.А. Совершенствование коммерческой работы торговых и заготовительных организаций потребительской кооперации. Автореф. дисс. дра

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-282-287

экон. наук. - М.: РГБ, 2003. - с.39.; Попов Н.А. Экономика сельского хозяйства. -М.: Дело и Сервис, 2005. - с.56.; Афанасьева А.В. Статистическая оценка динамики производства сельскохозяйственной продукции в системе государственного регулирования продовольственного рынка. Автореф. Дисс. на соис.канд. экон. наук. - Самара.2008. -c.26

3. Mirzayev M.M. Mevali daraxtlardan yuqori hosil yetishtirish. - T.- 2006.

4.Ochilov S., Ergasheva S. Qishloq va suv xo'jaligi statistikasi. O'quv qo'llanma. -T., -

2008.

5. Kurpayanidi, K. I., & Muminova, E. A. (2016). Modern approaches to defining the nature and function of national innovation system of the Uzbek economy. Theoretical & Applied Science, (1), 75-85.Муминова, Э. А., & Шарафуддинова, Н. Ф. К. (2019). К вопросам вхождения стран в Международный экономический форум (WEF). Проблемы современной науки и образования, (5 (138)).

6. Муминова, Э. А. (2020). Молиявий технология (fintex) лар ва уларни жорий этиш истщболлари: Япония тажрибаси. Экономика и финансы (Узбекистан), (3 (135)).

7. Усмонов, М. М. (2021). К АКТУАЛЬНЫМ ВОПРОСАМ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКИХ МОДЕЛЕЙ УПРАВЛЕНИЯ ПРЕДПРИЯТИЕМ. Наука сегодня: проблемы и перспективы развития [Текст]: ма, 47.

8. Рахмоназаров, П. Й. (2020). Ways to improve the management of economic and environmental systems. Экономика и предпринимательство, (7), 442-446.

9. Khudoyberganova, D. (2020). ТО THE PROBLEMS OF INNOVATION INTO THE EDUCATIONAL PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(10), 396-399.

10. Usmanova, Z. M. (2019). EFFECTIVE USE OF LABOR RESOURCES-TIME REQUIREMENT. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(5), 142-146.

11. Musaevna, U. Z., & Anvarjonqizi, X. D. (2021). To the Issues of Improving Personnel Motivation in Industrial Enterprises. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 1 , 70-80.

12. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida. Manba: www.stat.uz

13. O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi ma'lumotlari asosida. Manba: www.agro.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.