Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOT NATIJALARINING STATISTIK TAHLILI'

QISHLOQ XO‘JALIGIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOT NATIJALARINING STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
19
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xo’jaligi / dastlabki natijalar / hududlar / xo‘jalik toifalari / ishonchli va tezkor statistik ma’lumotlar / statistik ko‘rsatkichlar ko‘lamini kengaytirish / xulosalar. / agriculture / preliminary results / regions / economic categories / reliable and fast statistical data / expanding the scope of statistical indicators / conclusions.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Berdiqulov, Qobil G‘Ulomovich

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining 2023-yil yanvar-sentabr oylari yakuni bo‘yicha dastlabki natijalari hududlar va xo‘jalik toifalari bo‘yicha statistik tahlil qilingan, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha ishonchli va tezkor statistik ma’lumotlarni shakllantirish hamda statistik ko‘rsatkichlar ko‘lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biri ekanligi yoritib berilgan va qishloq xo‘jaligi statistikasini yanada takomillashtirish yuzasidan xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AGRICULTURAL REFORM STATISTICAL ANALYSIS OF RESULTS

In this article, the preliminary results of the agricultural network for the end of January-September 2023 are statistically analyzed by regions and economic categories, it is highlighted that the formation of reliable and fast statistical data on the agricultural sector and the expansion of the scope of statistical indicators are one of the urgent issues and sonclusions were made regarding the further improvement of agricultural statistics.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOT NATIJALARINING STATISTIK TAHLILI»

QISHLOQ XO'JALIGIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOT NATIJALARINING STATISTIK TAHLILI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10542941

Berdiqulov Qobil G'ulomovich

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig'i, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi (PhD)

Annotatsiya. Ushbu maqolada qishloq xojaligi tarmog'ining 2023-yil yanvar-sentabr oylari yakuni bo'yicha dastlabki natijalari hududlar va xojalik toifalari bo 'yicha statistik tahlil qilingan, qishloq xojaligi sohasi bo 'yicha ishonchli va tezkor statistik ma 'lumotlarni shakllantirish hamda statistik ko 'rsatkichlar ko 'lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biri ekanligi yoritib berilgan va qishloq xo'jaligi statistikasini yanada takomillashtirish yuzasidan xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, dastlabki natijalar, hududlar, xo'jalik toifalari, ishonchli va tezkor statistik ma'lumotlar, statistik ko'rsatkichlar ko'lamini kengaytirish, xulosalar.

СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННАЯ РЕФОРМА СТАТИСТИЧЕСКИЙ

АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ

Аннотация. В данной статье статистически проанализированы предварительные результаты работы агросети за период с января по сентябрь 2023 года по регионам и экономическим категориям, подчеркивается, что формирование достоверных и оперативных статистических данных по аграрному сектору и расширение объема статистических показателей являются одними из актуальных вопросов и сделаны выводы по дальнейшему совершенствованию сельскохозяйственной статистики.

Kлючевые слова: qishloq сельское хозяйство, предварительные итоги, регионы, экономические категории, достоверные и быстрые статистические данные, расширение сферы статистических показателей, выводы.

AGRICULTURAL REFORM STATISTICAL ANALYSIS OF RESULTS

Abstract: In this article, the preliminary results of the agricultural network for the end of January-September 2023 are statistically analyzed by regions and economic categories, it is highlighted that the formation of reliable and fast statistical data on the agricultural sector and the expansion of the scope of statistical indicators are one of the urgent issues and sonclusions were made regarding the further improvement of agricultural statistics.

Key words: agriculture, preliminary results, regions, economic categories, reliable and fast statistical data, expanding the scope of statistical indicators, conclusions.

KIRISH

Qishloq xo'jaligi sohasi mamlakatimizning yetakchi sohalaridan biri sifatida nafaqat aholini oziq-ovqat mahsulotlari hamda sanoatni esa xom-ashyo bilan ta'minlashda, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishda ham muhim o'rin egallaydi. Qishloq xo'jaligi sohasi yuqori salohiyatga ega bo'lib, unda ehtiyojlarni qondirish uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi korxonalarida samaradorlikni oshirish va aholi turmush darajasini yaxshilash uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Bugungi kunda respublika yalpi ichki mahsulotining 25 %, oziq-ovqat mahsulotlarining 90 % dan oshig'i aynan shu sohada yaratilmoqda.

Kelajakda fan-texnika taraqqiyotiga, ilg'or texnologiyalarga asoslangan qayta ishlash sanoatining yuksalishi, aholi sonining o'sishi, tashqi bozor talabining o'zgarishi, ekologik talablarga javob beradigan qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish jarayonlari yanada rivojlantirilishini ob'ektiv zaruriyat sifatida taqozo etmoqda.

Qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan islohot natijalari statistik raqamlarda va ma'lumotlarda o'z aksini topadi. Shuning uchun qishloq xo'jaligi sohasi bo'yicha ishonchli va tezkor statistik ma'lumotlarni shakllantirish hamda statistik ko'rsatkichlar ko'lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

USULLAR

Qishloq xo'jaligi statistikasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan korxonalar va tashkilotlarning statistik hisobotlari, Qishloq xo'jaligi vazirligi ma'lumotlari, qishloq xo'jaligi va fermer xo'jaliklari kuzatuvlari asosida ishlab chiqariladi.

Bugungi kunda qishloq xo'jaligida faoliyat yuritayotgan barcha toifadagi xo'jaliklardan (dehqon va fermer xo'jaliklari hamda boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari) barcha turdagi statistik hisobotlarni elektron shaklda taqdim etishmoqda.

Qishloq xo'jaligi statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida ishonchli va keng qamrovli milliy qishloq xo'jaligi statistikasi tizimini ishlab chiqish, fermer va dehqon xo'jaliklari faoliyati unumdorligi bo'yicha ma'lumotlar ko'lamini oshirish, qishloq xo'jaligi kuzatuvining tashkiliy va metodologik asoslarini ishlab chiqish kabi muhim vazifalar belgilab olingan.

NATIJALAR

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 292,7 trln. so'mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar hajmi - 285,1 trln. so'mni, o'rmon xo'jaligi - 5,6 trln. so'mni va baliqchilik xo'jaligi - 2,0 trln. so'mni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlarning o'sish sur'ati o'tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 104,1 % ni (2022-yilning yanvar-sentabr oylarida mos ravishda 2021-yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan - 103,6 % bo'lgan), o'rmon xo'jaligi - 102,1 % ni (101,1 %), baliqchilik xo'jaligi - 110,9 % ni (118,1 %) tashkil qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining ijobiy o'sish sur'atiga, asosan paxta (xomashyosi) - 128,4 %, baliq - 110,5 %, go'sht (tirik vaznda) - 103,5 %, sut - 103,5 %, ozuqbop poliz - 103,4 % va donli ekinlar - 103,3 % kabi mahsulotlar bo'yicha 2022-yilning mos davriga nisbatan yuqori o'sish sur'ati qayd etilganligi orqali erishildi.

Paxta (xomashyosi) Baliq

Go'sht (tirik vaznda) Sut

Oziqbop poliz Donli ekinlar

2-rasm. 2023-yil yanvar-sentabr oylarida yuqori o'sish sur'ati qayd

etilgan mahsulotlar

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, yuqori o'sish sur'atlari Sirdaryo (106,8 %), Surxondaryo (106,5 %), Xorazm (106,3 %), Jizzax (105,2 %), Namangan (105,0 %)

viloyatlarida va Qoraqalpog'iston Respublikasida (104,4 %) qayd etildi. Toshkent (102,2 %), Samarqand (103,0 %), Farg'ona (103,3 %), Qashqadaryo (103,6 %), Buxoro (103,7 %)

va Navoiy viloyatlarida (103,7 %) esa aksincha o'sish sur'atlari pastligi kuzatildi.

1-jadval. 2022-yil yanvar-sentabr oylarida hududlar bo'yicha yetishtirilgan

qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmi, o'sish sur'ati va ulushi

Hajmi mlrd. so'm O'sish sur'ati, % da Jamiga nisbatan ulushi, % da

O'zbekiston Respublikasi 292 729,2 104,1 100,0

Qoгaqalpog'iston Respublikasi 9 159,1 104,4 3,1

Andijon 29 209,8 103,8 10,0

Buxoro 26 568,5 103,7 9,1

Jizzax 18 904,5 105,2 6,4

Qashqadaryo 28 093,4 103,6 9,6

Navoiy 13 700,2 103,7 4,7

Namangan 21 700,4 105,0 7,4

Samarqand 36 373,6 103,0 12,4

Surxondaryo 24 248,4 106,5 8,3

Sirdaryo 10 152,3 106,8 3,5

Toshkent 28 128,6 102,2 9,6

FaTg'ona 27 210,5 103,3 9,3

Xorazm 19 279,9 106,3 6,6

Respublika qishloq xo'jaligi mahsulotining umumiy hajmida eng yuqori ulushni Samarqand viloyati (12,4 %) tashkil etgan bo'lsa, eng kam ulush Qoгaqalpog'iston Respublikasi (3,1 %) qayd etildi. MUNOZARA

Qishloq xo'jaligi iqtisodiyotning muhim sektoгi bo'lgani bois ishonchli va keng qamrovli milliy qishloq xo'jaligi statistikasiga ehtiyoj katta.

Bizning fikrimizcha, qishloq xo'jaligi statistikasini xalqaro talablarga moslashtirish va yanada takomillashtirish uchun milliy qishloq xo'jaligi statistikasi tizimini ishonchli va keng qamrovli bo'lishini ta'minlash, qishloq xo'jaligi kuzatuvlarining tashkiliy va metodologik asoslarini yanada takomillashtirish, qishloq xo'jaligida kuzatilayotgan tendensiyalarni doimiy tahlil qilib borish zarur.

XULOSALAR

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan islohot natijalari tezkor, aniq va haqqoniy statistik raqamlarda o'z ifodasini topadi. Statistik raqamlarning haqqoniy va shaffof bo'lishi hukumat tomonidan qishloq xo'jaligini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni manzilli ishlab chiqilishiga xizmat qiladi.

Shundan kelib chiqib, agrar sohada amalga oshirilayotgan islohot natijalarini statistik hisobini takomillashtirish yuzasidan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

- qishloq xo'jaligi sohasida tanlanma kuzatuvlarni amalga oshirish uchun statistik ma'lumotlar bazasini yaratish maqsadida qishloq xo'jaligi sohasida yalpi ro'yxatga olishni o'tkazish;

- ro'yxatga olish natijalarining to'liqligini ta'minlash, ularni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun zarur infratuzilmani yaratish va yangi texnologiyalarni (masalan, mobil qurilmalar, geomanzilli axborot tizimlari va boshqalar) joriy qilish;

- qishloq xo'jaligi statistikasi ko'rsatkichlarining sifati, ishonchliligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida ma'lumotlarni toza sof choraklar bo'yicha hisoblash usulini joriy qilish tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son farmoni// Xalq so'zi, 24.10.2019-yil.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4796-son qarori// Xalq so'zi, 04.08.2020-yil.

3. Ergashev R.X., Xamrayeva S.N. Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. O'quv qo'llanma, -T.: Yangi avlod, 2012 y.

4. Маркова А.И., Афанасьев В.Н. Статистика сельского хозяйства: Учеб. пособие. - М.: Финансы и статистика, 2003. - 272 с.

5. Афанасьев В.Н. Многомерный статистический анализ факторов уровня

6. и устойчивости урожайности сельскохозяйственный культур. - СПб.: Изд-во СПбАУ, 1995.

7. Афанасьев В.Н. Методика определения эффективности устойчивости сельскохозяйственного производства. - Оренбург: Изд-во ОГАУ, 1995.

8. "O'zbekiston qishloq xo'jaligi" statistik to'plami. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi. Toshkent - 2022 y.

9. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'luшotlari milliy bazasi: https://lex.uz/.

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy veb-sayti: https://stat.uz/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.