TOSHKENT VILOYATIDA KICHIK BIZNESNING SANOAT TARMOG'IGA TA'SIRINING STATISTIK TAHLILI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10542275
Yuldasheva Nihola Tohir qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti E-mail: [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada Toshkent viloyati makroiqtisodiy ko'rsatkichlariga ta'sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri bo'lgan sanoat rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar statistik baholanib, uning rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o 'rni ayrim statistik tahlil usullarda baholangan. Shuningdek, sanoatning rivojlanishi hududning makroiqtisodiy ko 'rsatkichlari rivojlanishiga hamda natijada hududaholisi farovonligiga qay darajada ta'sir qilishi ilmiy asoslangan.
Kalit so'zlar: Milliy iqtisodiyot, makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, yalpi hududiy mahsulot, sanoat statistikasi, kichik biznes, kimyo sanoati, statistik guruhlash, tahlil va sintez.
Аннотация. В данной статье статистически оценены факторы, влияющие на промышленное развитие, которое является одним из основных факторов, влияющих на макроэкономические показатели Ташкентской области, а также с использованием некоторых методов статистического анализа оценена роль малого бизнеса и частного предпринимательства в его развитии. Также научно обоснована степень влияния развития отрасли на развитие макроэкономических показателей региона и, как следствие, на благосостояние жителей региона.
Ключевые слова: Национальная экономика, макроэкономические показатели, валовой региональный продукт, отрасли экономики, бизнес, химическая промышленность, статистическая группировка, анализ и синтез.
Abstract. This article statistically evaluates the factors influencing industrial development, which is one of the main factors influencing the macroeconomic indicators of the Tashkent region, and also, using some methods of statistical analysis, evaluates the role of small businesses and private entrepreneurship in its development. Also, the degree of influence of industry development on the development of macroeconomic indicators of the region and, as a consequence, on the well-being of the region's residents has been scientifically substantiated.
Key words: National economy, macroeconomic indicators, gross regional product, economic sectors, small business, chemical industry, statistical grouping, analysis and synthesis.
KIRISH
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari sanoat tarmog'ini yuksaltirish orqali yuqori darajada iqtisodiy o'sishga erishgan. Sanoat tarmog'ini rivojlantirishda, o'z navbatida, bozor talablaridan kelib chiqib tezkor moslanuvchan va moliyaviy risklarga bardoshli hisoblangan hamda ishsizlik muammosini asosiy yechimi bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi yillar davomida yanada yuksalib kelmoqda. Iqtisodiyot aniq raqamlar, hisob-kitoblar bilan birga, odamlar turmush tarzida yuz berayotgan real o'zgarishlar, natijadorlikni xush ko'radi1.
2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasining2 29-maqsadiga ko'ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning YaIMdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan.
Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni yanada barqaror qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan3. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investisiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investisiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi"4.
1 https://yuz.uz/uz/news/kichik-biznes-iqtisodiyotning-qon-tomiri
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Qarori. www.lex.uz
3 D.A. Ismailov. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Scientific Progress Volume 2 I Issue 7 I 2021 ISSN: 2181-1601
4 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.//Xalq so'zi, 29.12.2018 y
O'zbekiston iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o'tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo'llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi5.
Hozirgi vaqtda global iqtisodiyotni qayta qurish va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog'liq holda, neft-kimyo sanoatining uchinchi tuzilmasi aktivlarni qayta tashkil etishning asosiy biznesga kontsentratsiyasini va kapitalni ko'p talab qiladigan texnologiyadan texnologiyaga qadar rivojlanishni o'z ichiga oladi6.
USULLAR
Kimyo sanoatining rivojlanishiga kichik biznesning ta'sirini statistik tahlil qilish va statistik ma'lumotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida olib borilgan tadqiqot jarayonida statistik jadval va grafiklar, induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, ekspert baholash, ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, dinamik qatorlar va iqtisodiy indekslar kabi turli statistik tahlil usullaridan keng foydalanildi.
NATIJALAR.
Toshkent viloyatining asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari yillar davomida ijobiy o'sish sur'atlariga ega bo'lib kelmoqda. Buni YaHM, sanoat, qishloq xo'jaligi va tashqi savdo ko'rsatkichlarida kuzatishimiz mumkin bo'ladi(1-jadval).
1-jadval.
Toshkent viloyatining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari dinamikasi, %da7.
2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
YaHM 106,5 106,2 105,9 104,7 101,0 106,8 107,3 102,9 110,7 105,1
Sanoat 112,1 106,4 108,1 105,6 102,7 114,8 107,3 103,8 112,8 105,7
Qishloq xo'jaligi 103,3 104,0 103,7 101,6 97,1 99,2 100,6 102,1 104,0 108,6
Investitsiya 144,0 114,8 99,3 87,0 118,4 139,9 158,5 82,8 120,3 110,7
Xizmatlar 118,4 117,2 113,2 116,9 105,1 107,0 113,4 103,4 117,8 112,1
Eksport 95,7 115,2 85,5 67,4 127,5 109,2 116,0 100,3 112,6 101,6
Import 136,2 117,7 74,8 131,5 94,0 129,1 127,5 95,0 117,1 107,3
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkinki, Toshkent viloyatida YaHM hajmi 2013-2022-yillar davomida ijobiy darajada o'sib kelgan (mos ravishda 106,6% dan 105,1% gacha). Shu bilan birga, sanoat, qishloq xo'jaligi, asosiy kapitalga investitsiyalar va xizmatlarda ham ijobiy o'sishni kuzatishimiz mumkin bo'ladi.eksportning o'sishiga nisbatan importning yuqori darajada o'sishi mamlakatimiz tashqi savdo balansiga sezilarli darajada salbiy ta'sir ko'rsatgan bo'lsada, umumiy holat eksportning o'sishini ijobiy holat deb aytsa bo'ladi.
5 Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).
6 Li Q., Song J., Wang E., Hu H., Zhang J., Wang Y., 2014, Economic growth and pollutant emissions in China: a spatial econometric analysis. Stochastic environmental research and risk assessment, 28(2), 429-442, DOI: 10.1007/s00477-013-0762-6.
7 www.toshvilstat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Toshkent viloyatida 2022- yilda sanoat mahsuloti hajmi 93 002,3 mlrd. so'mni yoki o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 105,1 %ni tashkil etgan. Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulush Toshkent (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 90,6%) Parkent ( 86,6 %), Quyi Chirchiq (73,1 %) va Zangiota (86,1 %) tumanlarida hamda eng kichik ulush Olmaliq (2,1%), Bekobod (2,1 %)
shaharlarida kuzatilgan(1-rasm)8.
1-rasm. 2022-yilda hududlar bo'yicha kichik biznesning sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarishdagi ulushi, %da9.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Olmaliq (242 169,8 ming so'm), Chirchiq (183 709,4 ming so'm) va Bekobod (105 474,1 ming so'm) shaharlarida o'rtacha viloyat darajasi ko'rsatkichidan (31 354,3 ming so'm) ancha yuqoriligini ko'rsatmoqda. Buni sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida hududlarning ulushi orqali tahlil uchun yanada qukay ko'rinishga keltirishimiz mumkin (2-jadval).
2-jadval
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida hududlarning ulushi, %da10
Hududlar Ulushi Hududlar Ulushi
Nurafshon sh 1,8 Bo'ka 0,4
Olmaliq sh 35,6 Quyi Chirchiq 1,0
Angren sh 4,7 Zangiota 3,3
Bekobod sh 11,5 Yuqori Chirchiq 2,8
Ohangaron sh 5,1 Qibray 7,4
Chirchiq sh 8,0 Parkent 0,5
Yangiyo'l sh 0,8 Piskent 0,7
Oqqo'rg'on 0,9 O'rta Chirchiq 1,2
Ohangaron 6,0 Chinoz 0,8
Bekobod 0,3 Yangiyo'l 2,0
Bo'stonliq 2,6 Toshkent 2,6
8 www.toshvilstat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
9 www.toshvilstat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
10 www.toshvilstat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Viloyat bo'yicha ushbu korxonalarning ishlab chiqarish hajmi eng ko'p Olmaliq (salmog'i 35,6 %), Bekobod (11,5 %), Chirchiq (8,0 %) shaharlari, Qibray (7,4 %) va Ohangaron (6,0 %) tumanlariga to'g'ri keladi. O'tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi eng yuqori ko'rsatkichi Chinoz (120,2 %), Ohangaron (113,7 %) va O'rta Chirchiq (119,4 %) tumanlarida kuzatilgan.
Albatta, bozor iqtisodiyoti davrida kichik biznes subyektlari faoliyatini iqtisodiyotga ta'siri juda kuchli bo'lganligi sababli, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan korxonalarning demografik holatini tahli qilish orqali, sohaga ajratilayotgan imtiyozlardan qay darajada foydalanilayotganligini aniqlab olsa
bo'ladi(2-rasm).
55000 45000 35000 25000 15000 5000
t---■---
-t---f-
.1, .1. .11 .1. ^"--¡K
2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
♦ Ro'yxatga olingan 19971 21741 23102 23088 25128 29390 38006 45935 48294 53961
—■—Faol 17848 19009 19546 19458 21647 25410 32602 40223 44156 49145
* Nofaol 2123 2732 3556 3630 3481 3980 5404 5712 4138 4816
Yangi tashkil etilgan 2379 2549 2650 2891 3894 5080 9671 8331 7799 6799
)l( Tugatilgan 964 869 1331 2303 1933 1070 1564 848 5210 1212
2-rasm. Viloyatda kichik biznes korxonalarining demografik holati, birlikda11.
Yuqoridagi jadvaldan, Toshkent viloyatida 2022-yilda ro'yhatga olingan korxonalar soni qariyb 53961 ta ochilgan bo'lsa-da, nofaol korxonalar soni 4816 tani tashkil qilgan, 1212 ta korxoa tugatilganligini kuzatishimiz mumkin bo'ladi. Bunda, kichik biznes korxonalarini faoliyat yuritishi va ular faoliyatining to'xtalishi va bunga asosiy sabablarni tahlil qilish orqali ular faoliyati barqarorligini ta'minlash mumkin bo'ladi. Ushbu yangi tashkil etilgan kichik biznes korxonalarining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi tarmoqlarning istiqboldagi holatiga baho berish imkoniyatini oshiradi(3-rasm).
11 www.toshvilstat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
3-rasm. Yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari sonining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi12.
Yuqoridagi jadvaldan ko'rinadiki, eng ko'p kichik biznes subyektlari savdo (jami tashkil etilgan subyektlarning 35,8 %i), sanoatda (19,3 %), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi (12,7 %) sohalarida tashkil etilgan.
2022- yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
- YaHMning 46,5 %i (2021- yilda 45,6 %) kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan.
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 18 549,3 mlrd. so'mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 19,9 %) tashkil qilgan;
- qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklarining ishlab chiqarilgan (ko'rsatilgan xizmatlar) hajmi 30 568,4 mlrd. so'mni tashkil qilib, o'sish sur'ati 102,5 % (qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi yalpi mahsulotining 86,9 %) tashkil qilgan;
- 13 308,9 mlrd. so'mlik investitsiyalar (viloyat bo'yicha umumiy investitsiyalar hajmining 38,1 %i) o'zlashtirildi va 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 81,5 %ni tashkil qilgan;
- 9 111,1 mlrd. so'mlik qurilish-pudrat ishlari (umumiy qurilish-pudrat ishlari hajmining 75,0 %i) bajarildi va 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan
7.8 %ga oshgan;
- avtomobil transporti yuk aylanmasining o'tgan yilning mos davriga nisbatan
6.9 %ga kamaygan, (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 56,1 %), yo'lovchi aylanmasi esa 1,4 %ga (umumiy yo'lovchi aylanmasining 97,8 %) ko'paygan;
- chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 76,1 %ini yoki 24 098,4 mlrd. so'mini (o'sish 106,5 %) kichik biznes korxonalari shakllantirgan;
- xizmatlar umumiy hajmining 68,6 %i yoki 17 845,4 mlrd. so'mi (o'sish 108,9 %) kichik biznes subyektlari hissasiga to'g'ri keldi;
- 616,9 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 30,1 %i) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport hamda 1 719,5 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 48,4 %i) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi.
12 www.toshvilstat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
MUNOZARA
Rossiyalik iqtisodchi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida bozor munosabatlarining shakllanishi, ishbilarmonlik muhiti sifatining yaxshilanishi, tadbirkorlikni rivojlantirishga yangicha yondashuvning vujudga kelishi "tadbirkorlik faoliyati" tushunchasini yangicha talqin qilishi aniqlangan. Ushbu kontseptsiyaning ta'rifidagi noaniqlik madaniyat, siyosat, mamlakatlar an'analari, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish amaliyotidagi farqlardan kelib chiqadi13.
Yana bir rossiyalik iqtisodchi olim M.M. Mahmudova har qanday davlat iqtisodiyotida kichik biznes uning rivojlanishini belgilovchi eng muhim iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omil hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda kichik va o'rta biznes o'rta sinfni shakllantirish, aholining salmoqli qismini ish bilan ta'minlash, mamlakat byudjetini to'ldirishda ulkan rol o'ynaydi degan fikrni bildirgan14.
B.K.G'oyibnazarov, H.O.Rahmonov, Sh.I.Otajonov, D.S.Almatova 15 [9]lar KBXT faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiyjihatlari, sohada mavjud bo'lgan muammolar va ulani bartaraf etish yo'llari, kichik biznes sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash mexanizmlari o'rganilgan.
Xitoylik iqtisodchi olimlardan Y. Yuan kichik biznes milliy iqtisodiyotda muhim o'rin tutadi va Xitoy yalpi ichki mahsulotining 50 foizdan ortig'ini tashkil qilishini aytgan16.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishida kimyo sanoatini tutgan o'rnini yanada kengroq yoritish uchun, ushbu tarmoqning asosiy jihatlariga e'tibor qaratish zarur hisoblanadi. Tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash-tabiatda qattiq jinslar shaklida uchraydigan (ko'mir, ruda), suyuq holatda uchraydigan (neft) yoki gazsimon holatda uchraydigan (tabiiy gaz) foydali qazilmalarni qazib olishni o'z ichiga oladi. Sanoat tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to'g'ri kelib, 25,5 trln. so'mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 75,8 % ni tashkil etdi.
Iqtisodiyotda qishloq xo'jaligida mineral o'g'itlardan tortib to xizmatlar sohasida ham tarmoqda ishlab chiqariladigan kimyoviy mahsulotlar nafaqat iqtisodiyotda, balki, ijtimoiy jihatdan hayotimizning barcha jabhalarida beqiyos ahamiyatga egadir17.
13 Х.П. Абулкосимов и др. Регулирование деятельности субъектов малого предпринимательства Р32 в начале XXI века: мировой опыт: коллективная монография-Томск: Издательский Дом Томского государственного университета, 2020. - 332 с. ISBN 978-5-94621-909-9
14 М.М. Махмудова, А.М. Королева. Анализ современного состояния малого предпринимательства в тюменской области. Вестник пермского университета. 2015 г. Экономика Вып. 1(24).
15 G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov Sh.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik -mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili. Monografiya. - T.: Fan, 2011. - 184 b.
16 Y. Yuan. (2013). The exploration of the causes of financing difficulties of China's small and micro businesses. Int. Bus. Manag. 3, 231 -247.
17 Yuldasheva N.T. O'zbekistonda kimyo sanoati rivojlanish jarayonlarining iqtisodiy--statistik tahlili. O'zbekiston Statistika axborotnomasi. 2023-yil 2-son. www.statmirror.uz rasmiy sayti.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Kimyo sanoatini iqtisodiy-statistik tahlil qilish bo'yicha olib borgan tadqiqotlarimiz yakuniy natijasi sifatida sohaga tegishli statistik ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish ma'lumotlar bazasini yaratish orqali quyidagilarning rivojlanishiga ijobiy ta'sir qilishi aniqlandi:
kimyo sanoatining iqtisodiyotning real sektori korxonalari faoliyatidagi ahamiyatini inobatga olib, ushbu tarmoq bo'yicha shakllantirilayotgan statistik ko'rsatkichlarni xalqaro standartlarga mos va obyektiv ravishda shakllantirish orqali tarmoq haqida axborot iste'molchilariga yetarli ma'lumotlarni sifatli va tezkor yetkazib berish orqali investitsiya oqimini ortishiga ijobiy ta'sir qilishi mumkin;
kimyo sanoati korxonalari faoliyatini tadqiq qiluvchi iqtisodchi olimlar uchun yetarli darajada ma'luotlar manbai shakllangan bo'lar edi va bu ma'lumotlar asosida boshqa xorijiy davlatlar ko'rsatkichlari bilan qiyosiy tahlillar o'tkazish mumkin bo'lar edi;
statistika yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga xalqaro standartlar asosida bilim olishlarida yetarli darajada ma'lumotlar bazasi shakllantirilgan bo'lar edi va bu talabalarning amaliy tajribalarini xalqaro standartlarga to'liq mos holatda bo'lishini ta'minlagan bo'lar edi.
Shuningdek, mahalliylashtirish dasturlari asosida kimyo sanoatida ayrim import qilinayotgan mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yilishi yangi ishchi o'rinlari yaratilishiga zamin yaratish bilan birga qishloq xo'jaligini arzon kimyoviy minerallar bilan ta'minlagan. Kimyo sanoati tarmog'ida bu kabi mahsulotlarni mahalliylashtirishni kengaytirish mamlakatimizning valyuta pozitsiyasining ijobiy holatini barqarorlashuvini ta'minlagan bo'lar edi.
ADABIYOTLAR (REFERENCES):
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli farmoni. http//lex.uz
2. D.A. Ismailov. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Scientific Progress Volume 2 I Issue 7 I 2021 ISSN: 2181-1601
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.//Xalq so'zi, 29.12.2018 y
4. Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).
5. Li Q., Song J., Wang E., Hu H., Zhang J., Wang Y., 2014, Economic growth and pollutant emissions in China: a spatial econometric analysis. Stochastic
environmental research and risk assessment, 28(2), 429-442, DOI: 10.1007/s00477-013-0762-6.
6. Х.П. Абулкосимов и др. Регулирование деятельности субъектов малого предпринимательства Р32 в начале XXI века: мировой опыт: коллективная монография-Томск: Издательский Дом Томского государственного университета, 2020. - 332 с. ISBN 978-5-94621-909-9
7. М.М. Махмудова, А.М. Королева. Анализ современного состояния малого предпринимательства в тюменской области. Вестник пермского университета. 2015 г. Экономика Вып. 1(24).
8. G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov Sh.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili. Monografiya. - T.: Fan, 2011. - 184 b.
9. Y. Yuan. (2013). The exploration of the causes of financing difficulties of China's small and micro businesses. Int. Bus. Manag. 3, 231-247.
10. Yuldasheva N.T. O'zbekistonda kimyo sanoati rivojlanish jarayonlarining iqtisodiy-statistik tahlili. O'zbekiston Statistika axborotnomasi. 2023-yil 2-son. www.statmirror.uz rasmiy sayti.