INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHMONXONA ZANJIRLARI SONINI OSHIRISH VA ULARNI RAG'BATLANTIRISH MEXANIZMLARI Sharipova Sevara Xushnud qizi
Urganch Davlat Universiteti Talabasi
Jumaniyazova Dinora Sanatbek qizi
Urganch Davlat Universiteti Talabasi Samandarova Mohinur Qadamboy qizi
Urganch Davlat Universiteti Talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7118759
Annotatsiya. Mehmonxona xojaligini rivojlantirishning xalqaro tajribasida xizmatlarini rivojlantirish va boshqarish sohasi juda dolzarb hisoblanadi. Mamlakatimizda ish o'rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta tushumlarini ko'paytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga ega bo'lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kalit so'zlar: diversifikatsiya, valyuta, sanoat, mahsulot, material, foiz, bank, infratuzilma sektor, sug'urta, lizing.
МЕХАНИЗМЫ УВЕЛИЧЕНИЯ КОЛИЧЕСТВА ГОСТИНИЧНЫХ СЕТЕЙ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН И ИХ СТИМУЛИРОВАНИЕ
Аннотация. Сфера развития и управления услугами очень актуальна в международном опыте развития гостиничного бизнеса. Мы последовательны в развитии туристической сферы, имеющей широкий потенциал для решения важнейших социально-экономических задач в нашей стране в ближайшей перспективе, таких как создание рабочих мест, диверсификация экономики, динамично развивающиеся регионы, увеличение валютных поступлений. , повышение доходов и уровня жизни населения, реализуются меры.
Ключевые слова: диверсификация, валюта, отрасль, товар, материал, процент, банковское дело, инфраструктурный сектор, страхование, лизинг.
MECHANISM FOR INCREASING THE NUMBER OF HOTEL CHAINS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN I IX INCENTIVES
Abstract. The sphere of development and management of services is very relevant in the international experience in the development of the hotel business. We are consistent in the development of the tourism sector, which has a wide potential for solving the most important socio-economic tasks in our country in the near future, such as creating jobs, diversifying the economy, dynamically developing regions, and increasing foreign exchange earnings. , increasing incomes and living standards of the population, measures are being implemented.
Keywords: diversification, currency, industry, commodity, material, percentage, banking, infrastructure sector, insurance, leasing.
KIRISH
Iqtisodiyotni isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o'zgartirishlaming o'rta muddatli dasturlari izchil amalga oshirilishi 2015-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmlarining yuqori o'sish sur'atlarini ta'minladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Xususan, 2015- yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2014- yilga nisbatan 8,0 foizga oshdi va 91,7 trln. so'mni tashkil etdi. Sanoatda yuqori o'sish sur'atlari asosan engil sanoat (16,6 foiz), qurilish materiallari ishlab chiqarish (14,1 foiz) hamda oziq-ovqat sanoati (14,4 foiz) tarmoqlarida kuzatildi. Bunda engil sanoat tarkibiga kiruvchi to'qimachilik sanoatida o'sish sur'ati 12,1 foizni, charm va poyabzal sanoatida 22,0 foizni hamda tikuvchilik sohasida 18,9 foizni tashkil qildi. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishda asosiy e'tibor ushbu sohada ham tub tarkibiy o'zgarishlarni davom ettirishga hamda qishloq xo'jaligida etishtirilgan mahsulotlarni chuqur qayta ishlash va ularni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga qaratildi. 2015- yilda qishloq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 6,8 foizga oshib, 42,3 trln. so'mni tashkil etdi.Bunda dehqonchilik 2015 yildagi makroiqtisodiy holat va real sektor tahlili 19 mahsulotlarini etishtirish hajmining o'sish sur'ati 6,7 foizni, chorvachilik mahsulotlarini etishtirish hajmining o'sishi esa 6,8 foizni tashkil etdi. 2015- yilda iqtisodiyotda pullik xizmatlar ko'rsatish hajmi 2014- yilga nisbatan 10,8 foizga o'sishi xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 54,5 foizgacha oshishini ta'minladi. 2015-yilda xizmat ko'rsatish sohasida yuqori o'sish sur'atlari moliyaviy xizmatlar (30,0 foiz), sog'liqni saqlash (17,3 foiz), aloqa va axborotlashtirish (15,4 foiz), savdo va umumiy ovqatlanish (18,1 foiz), maishiy xizmatlar (17,5 foiz), turistik xizmatlar ko'rsatish (15,9 foiz), qurilish (18,6 foiz), kompyuter dasturlash (13,4 foiz) hamda qishloq xo'jaligi texnikasini ta'mirlash (14,7 foiz) kabi sohalarda kuzatildi. Jumladan, bank, sug'urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari barqaror sur'atlar bilan rivojlanib borishi xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda. Xizmat ko'rsatish sohasida 80,4 mingta kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko'rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining 80 foizdan ortig'ini tashkil qiladi. 2015- yilda iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2014- yilga nisbatan 9,7 foizga o'sib, 36,2 trln. so'mni tashkil etdi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2014 -yilga nisbatan 17,8 foizga va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 3,6 foizga ortdi. 2016- yil 1- oktyabr holatiga faoliyat ko'rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 215801tani tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga o'sdi. Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta'minlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2016-yil yanvarsentyabr oylari davomida 23616 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini (dehqon va fermer xo'jaliklaridan tashqari) tashkil etish imkonini berdi.
TADQIQOT NATIJALARI
2016- yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan iqtisodiyotga 13257,9 mlrd. so'mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo'yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmining 38,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, ular tomonidan 15674,7 mlrd so'mlik qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 70,0 foizi) yoki o'tgan yilning shu davriga nisbatan 21,1 foizga o'sdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasidagi qator farmon va qarorlari, xususan, 2015- yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-4725-sonli Farmoniga muvofiq, iqtisodiyotni liberallashtirish, biznes yuritish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
shart-sharoitlarini yanada engillashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi ortiqcha to'siq va g'ovlarni bartaraf etish bo'yicha keskin va ta'sirchan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi sohaning yanada rivojlanishiga zamin va turtki bo'lmoqda. Jumladan, xususiy mulkni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida 2015- yilda 55,7 mingta yangi korxonalar tashkil etilib, shundan 26,9 mingtasi kichik tadbirkorlik (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) subyektlaridir. Umuman olganda, mazkur yo'nalishda olib borilayotgan samarali islohotlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi barqaror oshib borib, 2015- yilda ushbu ko'rsatkich 56,7 foizga yetdi yoki 2014- yilga nisbatan 0,6 foiz bandga hamda 2000- yil bilan solishtirganda esa qariyb 26 foiz bandga oshdi.
MUHOKAMA
Hozirgi vaqtda mexmonxona industriyasining rivojlanishi dunyo turizm iqtisodiyotida borgan sari salmoqli o'rinni egallab bormoqda. Turistik daromad industriyalaridan davlat byudjetiga tushumlar dunyoning ko'pgina mamlakatlarida milliy daromadning eng salmoqli moddalaridan biriga aylangan. Turistik aloqalar dunyo mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda alohidada kasb 25 etmoqda. Turizm xalqaro ahvolni normallashtirish, dunyo xalqlari o'rtasidagi tinchlik, o'zaro tushunish, do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. O'zbekistonda ham xalqaro turizmning asosiy negizi bo'lgan mexmonxona industriyalarini rivojlantirish strategiyasi davlat tomonidan xal qilingan qarorlar tomonidan va ilmiy nazariyalarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Respublikamizda turizmni rivojlantirish strategiyasi hozirgi kunda hal qilingan turizm qonuniga va xalqaro turizmni 2022-yilgacha rivojlantirish strategiyasida hal qilingan rasmiy xujjatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy himoyaga va bozor munosabatlariga asoslangan strategiyaga ega. Respublikamizda turizm taraqqiyotining istiqbollari hukumat qarorlarida, farmonlarida va qonunlarida o'z aksini topmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lgan mexmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanmoqda. O'zbekiston Evroosiyo mintaqasida geopolitik joylashuvi, turistlar uchun yangi hududligi, xalqaro va mahalliy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bilan muhim ahamiyatga ega. Boy tabiiy, xom ashyo potenstiali, mehnat resurslarining mavjudligi, siyosiy barqarorlik hamda xalqaro avialiniyalar va aloqalar tarmog'ining mavjudligi bu o'lkada turizmning hamma ko'rinishlarini rivojlantirishga imkon yaratadi. Rangbarang tabiiy-iqlim sharoitlari, landshaftlar va issiq iqlim turistlarni yil davomida qabul qilish imkonini beradi. Tashqi turizm hajmi ichki va mahalliy turizm hajmidan sezilarli darajada yuqoridir. Bu esa mamlakatga kirayotgan turistlarga nisbatan chetga chiqayotgan turistlar sonining ko'pligini bildiradi. Bunday holat mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan keyin ijtimoiyiqtisodiy modernizastiyalash yo'lidan mustahkam bormoqda. Bunday modernizastiyalash jarayonlari O'zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotida o'z o'rnini egallashini ta'minlashga qaratilgan.
XULOSA
Mehmonxona industriyasi - bu korxonalarning o'ziga xos majmuasi bo'lib, uning uz ishlab chiqarish madaniyati bor, bu madaniyat yaxshi yoki yomon ta'sir qilishi mumkin, masalan, ishlab chiqarishga, ishchilar orasidagi munosabatlarga, ularning o'zini tutishiga, ularning shaxsiy ishlariga rahbarlar xizmat ko'rsatishga bog'liq bo'lgan shikoyatlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
muammolarini hal qilishga kamdan-kam intiladilar. Mijoz tomonidan bunday shikoyat tushganda, asosiy chora, sababni emas aybdorni qidirish bo'lib qoladi. Mehmonxona korxonasi rahbarining bilim va malakasi faoliyatining ba'zi yunalishlari bilimlari summasidan kengroq bo'lishi kerak.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi. -T.:0'zbekiston.2018 yil.
2. 2018-yil 3-fevral O'zbekiston Respublikasi PF-5326-son Farmoni; O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'icha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risda.
3. 2018-yil 6-fevral O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3509-son Qarori; Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida.
4. 2018-yil 15-fevral O'zbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasinng 120-son Qarori; Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to'g'risda.
5. Alieva M.T., Salimova B.X. «Mehmonxona menejmenti» Darslik T: «Moliya» 2005. -275b.
6. M^3aeB. Р. Солнце путешствует по миру чтобы рассеять Т:. Ипак «Шарк» 2005.- 230 б.
7. Raupov C., Malikov G., Zokirov J. DETERMINATION OF THE BOUNDARY OF THE LINEAR CREEP OF EXPANDED CLAY CONCRETE DURING COMPRESSION //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. A4. - С. 301-306.