Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI'

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

3917
384
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Biznes / Iqtisodiy ko‟rsatkichlar / elektron tijorat / YAIM / barqaror rivojlanish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gulnara Shodiyeva, Dilnoza Azamatovna Tog’ayeva, Beknazar Abduxalilovich Sultonov

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan samaradorligini oshirishni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan bir qancha farmon va qarorlarning ishlab chiqilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni samaradorlini oshirishga albatta xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI»

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA

TUTGAN O'RNI

Gulnara Shodiyeva

Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti professori.

Dilnoza Azamatovna Tog'ayeva

Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti magistranti

Beknazar Abduxalilovich Sultonov

TDIU Samarqand filiali assistenti

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan samaradorligini oshirishni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan bir qancha farmon va qarorlarning ishlab chiqilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni samaradorlini oshirishga albatta xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Biznes, Iqtisodiy ko'rsatkichlar, elektron tijorat, YAIM, barqaror rivojlanish.

Misol tariqasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 7 fevral № 4947 farmoni bilan 2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqlab berdilar

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali

ANNOTATSIYA

KIRISH

mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy

May, 2022

sarmoyalarni faol jalb etish".Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash imkonini bermoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

1-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi

Ko'rsatgichlari 2019 2020 2021 2021yil 2019 yilga nisbatdan o'zgarishi. +/- %

O'zbekiston Respublikasida YIM 56.0 55.7 54.9 -1.1 98

Sanoat 25.8 27.9 27.0 1.2 104.6

Qurilish 75.8 72.5 72.4 -3.4 95.5

Bandlik 76.2 74.5 74.4 -1.8 97.6

Eksport 27.0 20.5 22.3 -4.7 82.5

Import 61.6 51.7 48.7 -12.9 79

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasida YAIM 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 2 % ga kamaygan. Sanoatda esa bu ko'rsatgich 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 4.5 % ga kamaygan.

Bandlikda esa bu ko'rsatgich 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 2.4 % ga kamaygan. Eksportda esa bu ko'rsatgich 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 17.5 % kamaygan, dalolat beradiki chet el davlatlarida kichik biznesning YAIMdagi ulushini olib qaraydigan bo'lsak, Fransiyada bu ko'rsatkich 62 foizni, Italiyada - 60 foizni, Yaponiyada - 55 foizni, Germaniyada - 54 foizni, Buyuk Britaniyada - 53 foizni, AQShda - 52 foizni, Qozog'istonda - 25,6 foizni, Rossiyada - 20,0 foizni tashkil etadi (2-rasm).

Bunda turli davlatlarda sub'ektlarning kichik biznes sohasiga taalluqliligi mezonlariga ham e'tibor berish lozim. Masalan, AQShda xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik aylanmasi hajmi 3 dan 12 mln.AQSh.dollarigacha bo'lgan sub'ektlar kichik biznes sub'ektlari hisoblanadi. Xodimlar soni 100 dan 500 kishigacha bo'lgan sub'ektlar esa o'rta biznes sub'ektlari deb yuritiladi. Shuningdek, Rossiyada kichik biznes sub'ektlariga xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik tushum hajmi 400,0 mln.rublgacha bo'lgan sub'ektlar taalluqli bo'ladi.

May, 2022

611

2-rasm. Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning YAIMdagi ulushi (foizda)

Respublikamizda "ishbilarmonlik - biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug'dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim yo'nalishiga aylanmog'i zarur"

"...2016-yilda 32 ming taga yaqin yoki 2015-yilga nisbatan 18 foizga ko„p kichik biznes subektlari tashkil qilinishiga turtki bo'ldi. Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi". "...kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta'minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo„l qo'yilmaslik davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangani bu boradagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilganidan dalolat beradi."

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligida chuqur tarkibiy islohotlar o'tkazilib, sohada bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o'tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyatini yo'lga qo'yish kabi muhim masalalarni hal etishga katta e'tibor berildi. Bugungi kunda fermerlik farakati jadal rivojlanib, dehqonchilikda: g'allachilik, paxtachilik, sholikorlik, meva-savzavotchilik hamda chorvachilikda: qoramolchilik, qo'ychilik, qorako'lchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik yo'nalishlarida hamda mahsulotlarni qayta ishlash sohalarida faoliyat ko'rsatayotgan ko'p tarmoqli fermer xojliklari rivojlanib bormoqda.

Respublikamizda fermer xo'jaliklarining yuqori suratlarda rivojlanishi natijasida 2000-2016 yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 73,6 foizdan 98,2 foizga oshgan. (3-rasm).

May, 2022'

612

3-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qishloq xo'jaligidagi ulushi

120

2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil

XULOSA

Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo'lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o'rin tutmoqda. Shu sababli, kichik biznes sub'ektlari faoliyatini o'rganish va sohada mavjud muammolarni echish yo'llarini tadqiq qilish va ularning samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. Шадиева, Г. (2021). Инновацион ик;тисодиёт шароитида тадбиркорликни ривожлантиришнинг айрим назарий жихдтлари. Ик;тисодиёт ва таълим, (4), 210215.

2. SHADIYEVA, G. (2020). Social and economic concept of "Family economy", its devetopmert апё сопсерШа1 ways to raise we1fare. ЭКОНОМИКА, (9), 168-176.

3. Ma^ievm, S. G., & Bo1taevm, S. F. (2021). The го1е of pub1ic-private partпerships in attractmg iпvestшeпt pгojects in the tгaпspoгt sectoг. Jouma1 of Со^ешрогагу Issues iп Busiпess апё Govemmert Vo1, 27(6).

4. Shadieva, G. M., & Kuvaпdikov, S. O. (2021). " MAHALLABAY" APPROACH TO ASSESSING THE ROLE OF FAMILY ENTREPRENEURSHIP IN REGIONAL DEVELOPMENT. Экономика: анализы и прогнозы, (3), 122-126.

d ©

ф'

May, 20221

613

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.