Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA ILM-FAN YUTUQLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

O’ZBEKISTONDA ILM-FAN YUTUQLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
351
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik biznes / marketing / raqamli marketing / raqamli marketing samaradorligi / innovatsion texnologiyalar / small business / marketing / digital marketing / digital marketing efficiency / innovative technologies

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xolmamatov Diyor Haqberdiyevich, Ergashev Jahongir Baxodirovich

Mazkur maqolada O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarini sohada samarali joriy etish imkoniyatlari keltirib o’tilgan. Qolaversa, usbu sohada raqamli marketing samaradorligini oshirish yo’nalishlari keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents the opportunities for the development of small business and private entrepreneurship in Uzbekistan, the opportunities for the effective introduction of scientific achievements and innovative technologies in the field. In addition, there are ways to increase the effectiveness of digital marketing in this area.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA ILM-FAN YUTUQLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

O'ZBEKISTONDA ILM-FAN YUTUQLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Xolmamatov Diyor Haqberdiyevich

SamISI, Marketing kafedrasi dotsenti, PhD Ergashev Jahongir Baxodirovich

SamISI, MMR-120 guruh magistri e-mail: xolmamatov_d@mail .ru

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarini sohada samarali joriy etish imkoniyatlari keltirib o'tilgan. Qolaversa, usbu sohada raqamli marketing samaradorligini oshirish yo'nalishlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kichik biznes, marketing, raqamli marketing, raqamli marketing samaradorligi, innovatsion texnologiyalar.

Abstract: This article presents the opportunities for the development of small business and private entrepreneurship in Uzbekistan, the opportunities for the effective introduction of scientific achievements and innovative technologies in the field. In addition, there are ways to increase the effectiveness of digital marketing in this area.

Keywords: small business, marketing, digital marketing, digital marketing efficiency, innovative technologies.

Kirish. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma'lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta'minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o'rin tutmokda.

Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon'yunkturasi o'zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish sharoitida yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantirmoqda.

Adabiyotlar sharhi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021 yil 12 noyabrdagi "Germaniya Taraqqiyot Banki ishtirokida "Kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quwatlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-9-sonli Qarori asosida O'zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida tuzilgan moliyaviy hamkorlik kelishuviga asosan KfW tomonidan O'zbekiston Respublikasida "Kichik va o'rta biznesni moliyaviy

qo'llab-quvvatlash" loyihasini (keyingi o'rinlarda - Loyiha) moliyalashtirish uchun yillik 2 foizli stavkada, 10 yillik imtiyozli davrni o'z ichiga olgan holda 30 yil muddatga kredit ajratish bo'yicha qarz va grant bitimlari imzolanganligi belgilab berilgan.

Shu asosida mamlakatimizda kichik biznes sohasidagi qilinishi dolzarb ishlar belgilab berilganligi, sohada marketing faoliyatini yanada takomillashtirish, kredit liniyalarini iste'molchilarga to'g'ri yo'naltirish tizimini joriy qilish, kredit liniyalarini iste'molchilarga yetkazishda raqamli marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish yo'llari maqsad qilib olingan.

Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta'minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo'lgan o'rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo'lib borishiga erishilmoqtsa.

Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko'paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo'naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o'tish masalasiga alohida e'tibor qaratishimiz darkor.

Tahlil va natijalar. Yurtimizda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining innovatsion rivojlanish yo'llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida o'zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo'lgan e'tibor yildan-yilga oshib bormoqda.

Bugungi kunda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha maqsadli loyihalar amalga oshirilmoqtsa.

Kichik biznes sub'yektlari eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet-el bozorlarida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko'rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi kichik biznes subektlarining tashqi bozor konyukturasi o'zgarishlari xavf-xatardan ishonchli himoya qilishni taminlash maqsadida "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining eksportini qullab-quvvatlash jamgarmasi" tashkil etildi.

Buning natijasida, o'tgan yilning o'zida fond tomonidan 2162 ta kichik biznes sub'yektlari va tadbirkorlik sub'ektlariga o'z tovar va xizmatlarini eksport qilishda xuquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko'rsatilgan, jumladan 1767 ta tadbirkorlik subektlariga tashqi bozorlarni o'rganishda, 127 ta kichik biznes subektlariga xorijiy hamkor topishda, 135 ta tadbirkorlik subektlariga xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etish, xalqaro sertifikatlar olish va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirishda ko'mak berilgan. Buning natijasida o'tgan yilning to'qqiz oyi yakunlari bo'yicha 395 ta tadbirkorlik subektlari tomonidan 1093 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, kichik biznes subektlarining oldida turgan qator muammolarni bartaraf etishga ko'maklashish natijasi o'laroq kichik biznes va tadbirkorlik

subektlaririvojlanishi iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligining oshishiga zamin bulib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar eksportning mamlakatimiz umumiy eksportidagiulushi oxirgi 15 yilda 3 marotaba oshgan va bugungi kunda 27 foizga etgan. Keyingi 5 yilda esa, eksport faoliyati bilan shug'ullanadigankorxonalar soni 1,5 barobar, kichik biznes subektlari soni 1,6 barobarga oshgan.

Bugungi kunda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 52,5 foizdan ko'prog'i kichik biznes sub'yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotganiga qaramay, yuqori texnologik jarayonlarni talab etadigan sanoat tarmog'idagi (19,6 %) va eksportdagi (13,4 %) ulushi kichik biznesning mavjud salohiyati darajasida emas. Mazkur soha va tarmoqlarda kichik biznes taraqqiyotini ta'minlash, umuman, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini barqaror rivojlantirishning asosiyyo'nalishlaridan biri sifatida innovatsion jarayonlarni faollashtirish, ayniqsa, kichik biznes sub'yektlarining innovatsion faoliyatini rag'batlantirish yuqori samara beradi.

Kichik biznes sub'yektlarida yangi texnika va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga yuqori tavakkalchiliklarsiz joriy etish, yangi ishlab chiqarish kuvvatlarini barpo etib, undan samarali foydalanish jarayoni yirik korxonalarga nisbatan tezroq ro'yobga chiqadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan so'nggi yillarda kichik biznes sohasi bo'yicha qabul qilinadigan davlat dasturida asosiy ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida yuqori texnologiyalarni talab etadigan iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion texnologayalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo'l ochib berishga alohida e'tibor qaratish zarurligi ko'rsatib o'tsak maqsadga muvofiq.

Hozirgi vaqtda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosan savdo-sotiq, xizmat va aloqa sohasida, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha ko'proq rivoj topmoqda.

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi va raqobat muhiti kuchayib borishi, mahsulotlar hayotiylik davri keskin qisqarishi, bozor kon'yunkturasi va iste'molchilar ehtiyojlari tez o'zgarishi jarayonlari bugungi kunda har bir xo'jalik yurituvchi sub'yektdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning tashkiliy-iqgisodyy mexanizmlarini ishlab chiqishni hayotiy zaruratga aylantirmoqda. Bu esa ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish va samarali boshqarishni talab etmoqda.

Shu jihatdan, yuqori texnologiyalarni talab etadigan zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etishda, innovatsion va nanotexnologiyalar, farmakologiya va farmatsevtika, axborot-kommunikatsiya tizimi, biotexnologiya, muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida, muxtasar qilib aytganda, ilg'or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish o'zining ijobiy samarasini beradi.

Kichik biznes sub'yektlaryushng innovatsion faoliyati, eng avvalo, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchqtsan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularning iste'mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borishni talab etadi. Kichik biznes sub'yektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab

chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.

Xulosa. Fikrimizcha, O'zbekistonda ilg'or ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish quyidagi takliflarni hisobiga muhim zarurat hisoblanadi:

birinchidan, kichik biznesning bozor kon'yunkturasi o'zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olish xususiyatlariga ega ekanligi innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yirik korxonalarga nisbatan yuqori tavakkalchilikning pastligi jihatidan yaxshi samara beradi;

ikknnchidan, kichik biznes sub'yektlari faoliyatiga innovatsion texnologiyalar joriy etilishi ularning yuqori transaktsion xarajatlarini kamaytirib, rentabellik ko'rsatkichlarini oshiradi;

uchinchidan, kichik biznes sub'yektlarining yangiliklarni tezkorlik bilan o'zlashtira olish salohiyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish imkoniyatini beradi;

to'rtinchidan, kichik biznes sub'yektlari faoliyatiga boshqaruvning innovatsion texnologiyalari joriy etilishi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish, tovar va xizmatlar nomenklaturasini oshirish, yangi tovarlar turlarining sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o'zlashtirish hisobiga ularning eksport salohiyati va raqobatbardoshligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" PF-4947-son Farmoni

2. Blythe, Jim. Essentials of marketing / Jim Blythe.- 3-rd ed. 2005. - 375 pages.

3. Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. -T.TDIU, 2011.-202 b.

4. Introduction to Marketing Concepts. Graeme Drummond, John Ensor, Oxford, 2005. 282 pages.

5. John Burnett. Core Concepts of Marketing: A Global Text. 2008.- 298 pages.

6. Marketing management/ Philip Kotler, Kevin Lane Keller. - 14th ed. Pearson Education, Inc. 2012 y - 657 pages.

7. Marketing Research: Tools and Techniques. Nigel Bradley. 3-rd edition, Oxford University Press. 2013 y-527 pages.

8. Sanjarbek B. The Role of High-Tech Marketing in Improving the Efficiency of Marketing Services in Enterprises //EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 120-125.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.