Научная статья на тему 'QUDRAT VA FAROVONLIK OMILI'

QUDRAT VA FAROVONLIK OMILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
425
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
farovonlik / kambag‘al / xalq / turmush tarzi / Xitoy metodi / aholi jon boshi / yalpi ichki mahsulot / ijtimoiy ehtiyoj / ilmiy-texnik taraqqiyot. / prosperity / poverty / people / lifestyle / Chinese method / per capita / gross domestic product / social need / scientific and technological progress.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aliyev, Bekdavlat

Maqolada farovonlik xalqimizning azaliy maqsadi, mamlakat taraqqiyotining mezoni ekani o‘z ifodasini topgan. Aholi farovonligini oshirish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligini baholashning eng muhim mezonlari sifatida yoritib berilgan. Aholi farovonligi va taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadi ekani haqida fikr yuritilgan. Shu jumladan, aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun uning “turmush darajasi”, “xalq farovonligi” va boshqa shu kabi turli tushunchalar qo‘llanilgan. O‘zbekistonda aholini moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlarini qondirilish darajasi institusional taqqoslangan, istiqbolli fikrlar, mulohazalar, hamda takliflar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FACTOR OF POWER AND PROSPERITY

The article expresses that prosperity is the eternal goal of our people, the criterion of the country's development. Improving the well-being of the population is highlighted as the most important criterion for assessing the effectiveness of public socio-economic policy. It is believed that raising the welfare and development of the population to a new level is the main goal of social development. In particular, various terms were used to describe the level of well-being of the population, such as "living standards", "welfare of the people" and others. The level of satisfaction of material, spiritual and social needs of the population in Uzbekistan is institutionally compared, knows promising ideas, comments and suggestions.

Текст научной работы на тему «QUDRAT VA FAROVONLIK OMILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

QUDRAT VA FAROVONLIK OMILI

Bekdavlat Aliyev

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy-gumanitar kafedrasi" professori, falsafa fanlari doktori

ANNOTATSIYA

Maqolada farovonlik xalqimizning azaliy maqsadi, mamlakat taraqqiyotining mezoni ekani o'z ifodasini topgan. Aholi farovonligini oshirish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligini baholashning eng muhim mezonlari sifatida yoritib berilgan. Aholi farovonligi va taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadi ekani haqida fikr yuritilgan.

Shu jumladan, aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun uning "turmush darajasi", "xalq farovonligi" va boshqa shu kabi turli tushunchalar qo'llanilgan. O'zbekistonda aholini moddiy, ma'naviy, ijtimoiy ehtiyojlarini qondirilish darajasi institusional taqqoslangan, istiqbolli fikrlar, mulohazalar, hamda takliflar berilgan

Kalit so'zlar: farovonlik, kambag'al, xalq, turmush tarzi, Xitoy metodi, aholi jon boshi, yalpi ichki mahsulot, ijtimoiy ehtiyoj, ilmiy-texnik taraqqiyot.

Ташкентский государственный экономический университет, профессор

Для описания уровня благосостояния населения используются различные понятия, такие как «уровень жизни», «благосостояние народа» и другие. В Узбекистане термин «уровень жизни» более широко используется для описания уровня удовлетворения материальных, духовных и социальных потребностей населения.

Ключевые понятие: благополучие, бедность, народ, образ жизни, китайский метод, на душу населения, валовой внутренний продукт, общественная потребность, научно-технический прогресс.

ФАКТОР СИЛЫ И ПРОЦВЕТАНИЯ Бекдавлат Алиев

кафедры социально-гуманитарных наук, доктор философских наук

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

THE FACTOR OF POWER AND PROSPERITY Bekdavlat Aliev

Tashkent State University of Economics, Professor of the Department of Social

The article expresses that prosperity is the eternal goal of our people, the criterion of the country's development. Improving the well-being of the population is highlighted as the most important criterion for assessing the effectiveness of public socio-economic policy. It is believed that raising the welfare and development of the population to a new level is the main goal of social development.

In particular, various terms were used to describe the level of well-being of the population, such as "living standards", "welfare of the people" and others. The level of satisfaction of material, spiritual and social needs of the population in Uzbekistan is institutionally compared, knows promising ideas, comments and suggestions.

Keywords: prosperity, poverty, people, lifestyle, Chinese method, per capita, gross domestic product, social need, scientific and technological progress.

O'zbek xalqi qadim-qadimdan yaxshi niyat, halol mehnat bilan farovon hayot kechirishga odatlangan. Hech qachon hayotdan nolimgan, chunki xalqimizni yer boqqan. Yer bilan tillasha olgan va qo'shimcha chorvachilik, parrandachilik, hunarmandchilik qilishi evaziga o'z mehnati bilan to'q, farovon yashab kelgan.

Lekin bugun zamon zayli bilan, ayniqsa, shahar tipidagi maskanlarda hayot tarzimiz bir qadar o'zgargan, bu hodisa bevosita integratsiya va global olam jarayonlari bilan ijobiy boqliq bo'lib, demografiya hisobiga yoshlarni doimiy ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, intellektual salohiyatini oshirish, intensiv sharoitda xo'jalik yuritishni taqozo etmoqda.

Xo'sh moddiy farovonlik nima? Bunga qanday erishish mumkin?

Moddiy farovonlik - bu, jamiyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruhlarning moddiy ne'matlar bilan ta'minlanganligi, kishilar moddiy ehtiyojlarining kondirilish darajasi hisoblanadi.

Aholi farovonligi davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligini baholashning eng muhim mezonidir. Aholi farovonligini oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. "Aholi farovonligi" tushunchasi zamonaviy talqinda inson faoliyatining barcha tomonlariga taalluqli bo'lgan keng qamrovli tushunchadir [1].

Sciences and Humanities, Doctor of Philosophy

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Aholi farovonligi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy ne'matlar va xizmatlar bilan ta'minlanganlik hamda ularni iste'mol qilish darajasi tushuniladi.

Farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "halq farovonligi" va boshqa shu kabi turli xil tushunchalar qo'llaniladi. Aholi farovonligi yoki uning turmush darajasi aholi ehtiyojlariga, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishiga, ilmiy-texnik taraqqiyotga, aholining ma'naviy ma'rifiy saviyasiga va boshqa shu kabi omillarga bog'liqdir.

Aholining farovonligi bir tomondan, muntazam o'zgarib turadigan turli ijtimoiy ne'matlarga bo'lgan ehtiyojlarining tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, u ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Biroq ish haqi miqdori ham, farovonlik darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari samaradorligining ko'lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma'rifiy saviyasi, milliy xususiyatlari siyosiy hokimiyatga bog'liq.

Xususan, G'arb mamlakatlari amaliyotida moddiy farovonlik aholi daromaddari darajasi bilan bog'lanib, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YalM) ko'rsatkichi asosida izohlanadi. Moddiy farovonlikni xalqaro taqqoslashlar uchun ham YaIM ko'rsatkichi qabul qilingan. Jumladan, YaIM mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim ko'rsatkichi bo'lsa-da, moddiy farovonlikni, uning moddiy asosini aniq va to'la ifodalamaydi [2].

Har qanday jamiyatda kishilar moddiy farovonlikning moddiy asosi shu mamlakatning milliy moddiy boyligidir. Jamiyatning, kishilarning moddiy farovonlik ularga tegishli bo'lgan, ular ixtiyoridagi moddiy ne'matlar yig'indisiga hamda joriy moddiy ishlab chiqarish darajasiga, olinayotgan daromadlarga, iste'mol qilinayotgan moddiy ne'matlar miqdori va sifatiga bog'liq.

G'arb olimlari Torsteyn Bunde Veblen (1857 - 1929), Djon Rodjers Kommons (1862-1945), Uesli Kler Mitchell (1874-1948), Gobson Djon Atkinson (1858-1940), Uilyam Donald Gamilton (1936 -2000) lar ta'kidlashicha, har bir muayyan davrda butun jamiyat va uning barcha a'zolarining eng muhim moddiy ehtiyojlari, ya'ni hayotiy makonga va tabiiy resurslarga, ishlab chiqarish vositalariga, iste'molbop ne'matlarga bo'lgan moddiy ehtiyojlari shu jamiyatda mavjud bo'lgan jami moddiy-ashyoviy boylik bilan qondiriladi. Kishilarning tabiiy va ishlab chiqarilgan moddiy ne'matlar bilan umuman hamda aholi jon boshiga ta'minlanganligi, aholi moddiy farovonligining asosidir [3]. Shuning uchun hozirgi paytda dunyoda har bir mamlakat milliy boyligini, shu jumladan, milliy tabiiy va ishlab chiqarilgan boyligini hisoblashga alohida ahamiyat berilmoqda. Moddiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ashyoviy boylik tarkibidagi tabiiy boylikning va ishlab chiqarilgan (jamg'arilgan) boylikning alohida-alohida hisobga olinishi, tabiiy boyliklarni asrab-avaylab, undan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish, jamg'arilgan boylikning uzluksiz kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishi, ko'paytirilishi moddiy farovonlikni saqlash va oshirishning eng muhim shartidir.

Moddiy-ashyoviy boylikning hajmi va sifati, uning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlarda moddiy farovonlik ham, moddiy ishlab chiqarish samaradorligi ham, aholi daromadlari ham, iste'mol darajalari ham yuqoridir. Biroq, G'arb mamlakatlari statistikasi va iqtisodchilarining e'tirof etishlaricha, rivojlangan mamlakatlarning ko'pchiligida boylik va daromadlarning aholi o'rtasida taqsimlanishi favqulodda yoki juda notekisdir. Kam rivojlangan va possotsialistik mamlakatlarning ko'pchiligida milliy moddy ashyoviy boylik aholi jon boshiga juda past darajada. Shuning uchun ham dunyoda 1,2 mlrd. dan ortiqroq kishi juda ham kambag'allikda, qashshokdikda yashamoqda [2].

Milliy boylikni saqlash va ko'paytirishda, shu yo'l bilan moddiy farovonlikni ta'minlashda, oshirishda davlat va uning milliy ijtimoiy-iqtisodiy siyosati muhim o'rin tutadi. Davlat buyurtmalari va investisiyalari ish joylarini ko'paytirishga, aholi daromadlarining o'sishiga ijobiy ta'sir etadi. Soliqlarning va davlat harajatlarining optimallashtirilishi esa soliq yukini kamaytiradi, kishilar ixtiyoridagi daromadlarni ko'paytiradi. Moddiy farovonlikga ijobiy ta'sir etadi. Shu bilan birga, moddiy farovonlik, iste'mol bo'yicha optimal normativ va normalari, aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi hamda dasturlarining takomillashtirilishi katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori sur'atlarda barqaror o'sib borishi, byudjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorining muntazam qayta ko'rib chiqilishi, ta'lim, sog'liqni saqlash va ilm-fan sohalari xizmatchi-larining mehnatini rag'batlantirish, aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar, ayniqsa, oxirgi yillarda halqimizning hayot sifati izchil yuksalib borishini ta'minladi.

Masalalan, Xitoyni olaylik. Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasi birinchi yuz yillik maqsadni qanday qo'ydi?

Miqdoriy ko'rsatkichlar qanday?

Moddiy miqdoriy ko'rsatkich qanday baholandi?

Xitoy Fanlar akademiyasi xitoyshunoslik markazi direktori Xu Angang barcha jabhalarda, jumladan, to'rtta asosiy maqsad va ko'rsatkichlar - iqtisodiy rivojlanish,

1174

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

innovasion rivojlanish, xalq farovonligi, tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha o'rtacha farovon jamiyat qurish maqsadlarini umumlashtiradi.

2000-yildan beri Xitoy bir milliarddan ortiq odamga foyda keltiradigan mo''tadil farovon jamiyatni har tomonlama qurish bosqichiga kirdi. Har tomonlama o'rtacha farovon jamiyat qurish maqsadi uchta asosiy elementni o'z ichiga oladi: birinchidan, modernizatsiya elementlarini doimiy ravishda mustahkamlash; ikkinchidan, boshqaruvning sotsialistik elementlarining doimiy tarqalishi; uchinchidan, Xitoy madaniyati elementlarini hisobga olgan holda. Bu Xitoyning o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lgan sotsialistik modernizatsiyaning birinchi yuz yillik uchta tarkibiy qismidir.

Xitoyning iqtisodiy qudrati sezilarli darajada oshdi. 2020 yilda YaIM 2000 yilga nisbatan 5,28 baravar ko'p bo'lib, "to'rt baravar" ko'rsatkichdan oshadi va uning CAGR 8,7 foizni tashkil etadi, bu AQSh (1,3 foiz), Yaponiya (0,6 foiz) va Yevropa Ittifoqi (0,9 foiz) dan tezroq. Xitoyning jahon iqtisodiy o'sishiga qo'shgan hissasi qariyb 30 foizga yetdi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotga eng katta hissa qo'shuvchi davlatga aylandi. Xitoy, shuningdek, jahon miqyosidagi zamonaviy shaharlarning o'ta miqyosli klasterini qurdi va bu Xitoyning iqtisodiy rivojlanishining eng katta harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi [7].

Xitoyning ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflangan xarajatlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati sezilarli darajada oshdi va 2020 yilga kelib 2,4 foizni tashkil etdi. Ammo mamlakat ilmiy-tadqiqot ishlari intensivligi bo'yicha 2,5 foizlik maqsadni bajara olmadi. Patent talabnomalari soni sezilarli darajada oshdi, Xitoy dunyoda birinchi o'ringa chiqdi. Xitoyda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ulushi keskin o'sdi va innovasion rivojlanish samara berdi. Ruxsat etilgan keng polosali ulanish abonentlari soni rivojlangan mamlakatlarning o'rtacha darajasiga yaqin. Xitoy dunyodagi eng yirik axborot, tarmoq va raqamli jamiyatga aylandi. Umuman olganda, Xitoyning 2020 yilga mo'ljallangan fan va texnologiyani rivojlantirish bo'yicha umumiy maqsadi muvaffaqiyatli amalga oshirildi [4].

Xitoyning aholi jon boshiga daromadi sezilarli darajada yuqorilab va xususiy iste'molning xarid qobiliyati paritetidan kelib chiqqan holda, Xitoyning aholi jon boshiga kunlik daromadi 2,75 xalqaro dollardan 20,9 xalqaro dollargacha ko'tarildi. Bu dunyodagi eng past qashshoqlik darajasidan xalqaro o'rta darajagacha, daromad darajasi sanaladi. Mehnatga layoqatli aholining o'rtacha ta'lim muddati yuksaldi. Shaharlarda yangi ish o'rinlari soni ortib, to'rtta "besh yillik" rejada belgilangan ko'rsatkichlardan ancha oshib ketdi va Xitoyning butun dunyo bo'ylab yangi ish o'rinlarini yaratishga qo'shgan hissasi qariyb 30 foizga yetdi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2020 yilga kelib qishloq joylarda qashshoqlik darajasi nolga tushiriladi. Demak, Xitoy ekologik qashshoqlik muammosini hal qildi, ming yillar davom etgan mutlaq qashshoqlikka chek qo'ydi va qashshoqlikni bartaraf etish tarixida mo'jiza yaratdi. Qarilikning asosiy sug'urtasida ishtirok etish darajasi sezilarli darajada oshdi va 1 mlrd. aholi o'rtacha umr ko'rish 2000 yildagi 71,4 yoshdan 2020 yilda 77,5 yoshga ko'tarildi. Xitoy asosiy sog'liqni saqlash va sog'liqni saqlash xizmatlaridan universal foydalanishga erishdi va shu bilan birga, butun aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish qamrovni egalladi.

TADQIQOT VA USULLAR

Aholi farovonligi davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligini baholashning eng muhim mezonidir. Aholi farovonligini oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. "Aholi farovonligi" tushunchasi zamonaviy talqinda inson faoliyatining barcha tomonlariga taalluqli bo'lgan keng qamrovli tushunchadir. Aholi farovonligi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy ne'matlar va xizmatlar bilan ta'minlanganlik hamda ularni iste'mol qilish darajasi tushuniladi. Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "halq farovonligi" va boshqa shu kabi turli xil tushunchalar qo'llaniladi. O'zbekistonda aholini moddiy, ma'naviy, ijtimoiy ehtiyojlarini qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo'llaniladi. Aholi farovonligi yoki uning turmush darajasi aholi ehtiyojlariga, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishiga, ilmiy-texnik taraqqiyotga, aholining ma'naviy ma'rifiy saviyasiga va boshqa shu kabi omillarga bog'liqdir. Aholining farovonligi bir tomondan, aholining muntazam o'zgarib turadigan turli ne'matlarga bo'lgan ehtiyojlarining tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, u ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Biroq ish haqi miqdori ham, farovonlik darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari samaradorligining ko'lami, ilmiy-texnik taraqqiyot 7 darajasi, aholining madaniy-ma'rifiy saviyasi, milliy xususiyatlari va siyosiy hokimiyatga bog'liq. Sobiq ittifoq davrida "aholi farovonligi" tushunchasi keng qo'llanilgan va bunda hayot faoliyatining sifat ko'rsatkichlari "aholining turmush tarzi", miqdor ko'rsatkichlari esa "aholining turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining farovonlik darajasini tavsiflovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Aholi farovonligi darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: aholi farovonligi -bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi umumiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ijtimoiy - iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin aholi farovonligi darajasining sifat va miqdor ko'rsatkichlarini yanada to'liqroq ifodalashga imkon yaratadi. Aholi farovonligi konsepsiyasi tamoyillar va ko'rsatkichlar tizimiga asoslanuvchi, aholining farovonlik darajasini oshirishga qaratilgan g'oyani ifodalaydi. Aholi farovonligi darajasining konsepsiyasi ko'zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish strategiyasi va yo'nalishlari, bosqichlarini belgilab beradi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida O'zbekistonda yangi ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarga javob beradigan aholi farovonligi darajasi konsepsiyasini yaratishga zarurat tug'ildi. Mazkur konsepsiyani shakllantirishda so'nggi yillarda jahon amaliyotida keng qo'llanilayotgan "turmush sifati" konsepsiyasining ayrim qoidalaridan foydalanish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka yerishganidan keyingi mamlakatdagi barcha tabiiy ne'matlar (yerlar, yer osti va yer usti boyliklari va boshqalar) umumilliy mulkka, boylikka aylandi, jamiyat a'zolari yesa uning ham mulkchilari hisoblanadi. Shu bilan birga, ular xususiylashtirilgan mulkchilariga aylandilar; yerga va boshqa mulklarga ijara asosida egalik joriy etildi; urlar yakka, GRUH, shirkat, jamoa, korporativ xo'jalik yuritish uchun, fermerlik va dehqon xo'jaliklari tashkil etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga taqsimlab beriladi. Mamlakatning ishlab chiqarish va jamg'arilgan moddiy boyliklari ko'paydi va takomillashdi; aholining nominal va real daromadlari o'sdi, kundalik iste'molbop mollar va uzok, muddatga chiqarilgan mahsulotlar bilan ta'minlanganligi oshdi. Shu bilan birga, aholining keskin va katta darajada tabaqalanishining olish hamda milliy moddiy boylik farovonlikni yuksaltirish bo'yicha ijtimoiy ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston olib boradigan tashqi siyosat, qo'shni mamlakatlar bilan munosabatlar qariyb 70 millionlik aholisi bo'lgan butun mintaqa taqdiriga daxldorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida kichik biznes, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doimiy ye'tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida kichik biznes, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doimiy e'tibor qaratilmoqda. Ushbu tarmoq yangi ish o'rinlari yaratish, oilalarning barqaror daromad manbasini shakllantirish va farovonligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida" gi Qonuni bu borada muhim dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda.

Tadbirkorlik qilish istagi bo'lgan shaxs ishni avvalo nimalardan boshlash kerakligini bilishi, sohadagi maxsus bilimlar, tadbirkorlik ko'nikmalaridan tashqari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bank sohasidagi moliyaviy bilimlarning yetarliligiga e'tibor qaratishi muhim. Zero, tijorat banklari hisobidan ajratilgan kreditning to'g'ri ishlatilishi tadbirkorga daromad olib kelishdan tashqari biznesini kengaytirishga yo'l ochadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabr kuni "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori qabul qilindi. Unda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish mexanizmini soddalashtirish, aholining bandligini oshirish, daromad manbaini kengaytirish va mehnat faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadi etib belgilangan.

Xususan, unda 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining resurslari banklarga yillik 10 foizda joylashtiriladi. Bu haqda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid Prezident qarorida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:

a) maqsadli jamg'armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining resurslari banklarga yillik 10 foizda joylashtiriladi;

b) imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

- oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug'ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub'ektlariga - 3 oydan 6 oygacha bo'lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

- chorvachilik (qoramol, qo'y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo'nalishi) uchun - 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

- bog'dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo'jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun - 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

- "Hunarmand" uyushmasi a'zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob -uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, "usta-shogird" maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun - 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi;

v) kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi o'rinlarda - hokim yordamchisi) o'ziga biriktirilgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi;

g) chorvachilikni rivojlantirish yo'nalishida kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qo'y, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;

d) "etakchi" tadbirkorlik sub'ektlariga dehqon xo'jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag'larni to'ldirishga kreditlar ajratiladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi dasturlar doirasida "Agrobank" ATBga ajratilgan 2,9 trillion so'm va "Mikrokreditbank" ATBga ajratilgan 1,3 trillion so'm miqdoridagi resurslarni mazkur banklarning ustav kapitalini oshirishga yo'naltiradi hamda vakolatli banklarga dastur koordinatorlarining taqsimotiga muvofiq 3,65 trillion so'm miqdordagi kredit resurslarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratadi.

TAHLILLAR

Sobiq ittifoq davrida "aholi farovonligi" tushunchasi keng qo'llanilgan va bunda hayot faoliyatining sifat ko'rsatkichlari "aholining turmush tarzi", miqdor ko'rsatkichlari esa "aholining turmush darajasi" bilan ifodalangan.

Shuningdek, aholining farovonlik darajasini tavsiflovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Aholi farovonligi darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: aholi farovonligi - bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi umumiy ijtimoiy - iqtisodiy kategoriyadir.

Bunday talqin aholi farovonligi darajasining sifat va miqdor ko'rsatkichlarini yanada to'liqroq ifodalashga imkon yaratadi. Aholi farovonligi konsepsiyasi tamoyillar va ko'rsatkichlar tizimiga asoslanuvchi, aholining farovonlik darajasini oshirishga qaratilgan g'oyani ifodalaydi. Aholi farovonligi darajasining konsepsiyasi ko'zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish strategiyasi va yo'nalishlari, bosqichlarini belgilab beradi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida O'zbekistonda yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga javob beradigan aholi farovonligi darajasi konsepsiyasini yaratishga zarurat tug'ildi.

Mazkur konsepsiyani shakllantirishda so'nggi yillarda jahon amaliyotida keng qo'llanilayotgan "turmush sifati" konsepsiyasining ayrim qoidalaridan foydalanish mumkin. Tarixan ushbu konsepsiya aholi hayot faoliyatining iqtisodiy parametrlarini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

aks ettiruvchi "global ish bilan bandlik", "turmush darajasi" kabi konsesiyalarning rivojlanishi asosida yuzaga kelgan. Bu konsepsiya inson jamoalarining jismoniy, aqliy va ijtimoiy barkamolligini belgilovchi shartlarni shakllantiradi. Bu yerda gap faqat 8 turmush sifatini baholovchi ob'ektiv omillar, ya'ni ovqatlanish, uy-joy, ish bilan bandlik, ta'lim darajasi haqida emas, balki aholi tomonidan o'zining farovonligi, baxt, qoniqish, rohat kabi tushunchalarni sub'ektiv his etish to'g'risida ham boradi. Masalan, salomatligi va sog'lig'i darajasi, oilaviy munosabatlari, ishi, moddiy ahvoli, yaratuvchanlik qobiliyati va boshqa shu kabilardan qoniqish hosil qilishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shunday qilib, turmush sifati konsepsiyasi insonning atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlarini ham o'z ichiga oladi. Bu munosabatlar ehtiyojlarning qondirilganligi va mavjud imkoniyatlarni kutilgan imkoniyatlarga mosligi darajasini xarakterlaydi. Farovonlik darajasi aholi hayot faoliyatining ma'lum bir qirrasi to'g'risida tasavvur beradigan ko'rsatkichlar tizimi bilan belgilanadi. Aholining farovonlik darajasi to'g'risida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, iste'mol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va boshqa imkoniyatlar bilan ta'minlanganlik darajasini chuqur o'rganish lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2020 yil 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo'yicha videoselektor yig'ilishida kambag'allik darajasi chuqurlashib ketganligini aytib, "...biz shu paytgacha aksariyat fuqarolarimiz haqiqatan ham kambag'al ekanini ko'rib-ko'rmaslikka, eshitib-eshitmaganlikka oldik. Bu noto'g'ri. Afsuski, dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, xalqimizning 4-5 foizi kambag'al ekani aniqlandi. Endi yashirish kerak emas, og'ir sharoitlarda yashayotgan odamlarimizning asl muammosi, vaziyatini tushunishimiz, barcha toifadagi rahbarlar dunyoqarashimizni o'zgartirishimiz lozim bo'ladi. Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, Qashqadaryo viloyati kambag'allik muammosi bo'yicha eng og'ir hudud hisoblanadi. 700 ming aholi kambag'al. Bu jami aholining qariyb 21 foizini tashkil etmoqda. Bu vaziyatda Qashqadaryoda rahbarlar bir joyda o'tirishi mumkin emas. Odamlarimizni bunday og'ir sharoitdan qanday chiqarib olamiz, degan savolni o'ziga berishi lozim. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida 500 ming, Surxondaryo viloyatida 500 ming, Namangan viloyatida 400 ming, Jizzax viloyatida 210 ming va Sirdaryo viloyatida 130 ming aholi kambag'al. Bu raqamlarni mahallalar kesimida olsak, yanada og'ir raqamlarga guvoh bo'lamiz. Masalan, Parkent tumanining «Yangiobod» mahallasida 1039 nafar kam ta'minlagan va kambag'allar bor. Oltinsoy tumani «Mirshodi» mahallasida 906 nafar, Boysun tumani «To'da» mahallasida 504

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nafar fuqarolarimiz og'ir ahvolda" yashayotganini ochiq oydin ta'kidladi. Bu ko'rsatmalar farovonlikni oshirishda muhim statistik real ko'rsatkichlar hisoblanadi.

Albatta, farovonlikni oshirishda davlatimiz tomonidjan qishloq xo'jaligida olib boriladigan o'zgarishlarning barchasi fermer xo'jaliklari faoliyati bilan bog'liqdir. Shu jihatdan, fermer xo'jaliklarini qishloq xo'jalik ishlab chiqarish sohasining yetakchi bo'g'iniga aylantirib borish maqsad qilingan va buning uchun sohada olib boriladigan ishlar strategiyada aniq belgilab berilgan: aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash; qulay agrobiznes muhitini va qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish; soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investisiyaviy jozibadorlikni oshirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash; davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;

tarmoqni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;

qishloq xo'jaligida ilm-fan, ta'lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;

qishloq hududlarini rivojlantirish;

tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.

Chunonchi, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali:

- o'rta mulkdorlar sinfi shakllanadi; - makroiqtisodiy beqarorlik, ishsizlik va taqchillik kabi iqtisodiy muammolar barham topadi; - sog'loq raqobatchilik muhitining yaratilishi orqali YalMning miqdor va sifat jihatidan o'sishi kuzatiladi;

- ichki bozor zarur tovar (xizmat)lar bilan to'yinadi va ularning sifati oshadi;

- va pirovardida aholi turmush darajasining o'sishiga erishiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-31-sonli

"Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur qarorga binoan respublikadan hududlarga biriktirilgan vakillar eng avvalo hokimning birinchi o'ribosari va hokim yordamchilariga ko'maklashish bilan birga, har kuni bitta mahallaga chiqqan holda kamida o'nta xonadonga shaxsan

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tashrif buyurib, mavjud holatni hokim yordamchilari bilan birga o'rganadi. Aholining quyu tizimlariga tushib, joylarda amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntiradi, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini ko'radi.

Hokim yordamchilari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo'yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo'nalishlarini belgilaydi, xonadonbay ro'yxat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlaydi hamda oyma-oy amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.

Natijada har bir mahallaning «o'sish nuqtasi» dan kelib chiqib, yetakchi tadbirkorlar va hokim yordamchilari taklif etayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga ko'maklashadi, mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan xizmatlar turlarini rivojlantiradi.

Aholini, birinchi navbatda ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish hamda ularning bandligini ta'minlash ishlarini tashkil qiladi.

Tuman (shahar) hokimlari hamda tuman fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanib, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug'chilik, ko'chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo'lga qo'yishga ko'maklashadi.

Bir so'z bilan aytganda olib borpilayotgan samrali ishchan islohotlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat davlat va jamoat taraqqiyotida, balki xar bir insonning yuksalib borayotgan xayotiy extiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega, ya'ni xizmat ko'rsatish, chakana savdo, oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish kabi soxalarda ushbu faoliyat yaqqol namoyon bo'ladi.

Ayni paytda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal o'sishini ta'minlash, xususiy mulkni ximoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi ba'zi ma'muriy to'siqlarni bartaraf etish, respublikamizda investisiya va ishbilarmonlik muhitini sifat jixatidan yangi bosqichga ko'tarish orqali xalqaro me'yorlarga to'liq javob berishini ta'minlashda o'z aksini topadi.

2021 yil yakuniga iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi sharoitida, YalM o'sishi 7 foiz (2020 yilda 1,7%) miqdorida prognoz qilinmoqda. 2022 yilda iqtisodiy o'sish prognozi 6,0 foizni tashkil etadi va iqtisodiyotning o'sish sur'atlari 2024 yilga kelib, 6,6%gacha o'sishi kutilmoqda.

2022 yilda YalM o'sishining asosiy omillari bo'lib, iqtisodiyot tarmoqlari o'sish sur'atlarining inqirozgacha bo'lgan davr qiymatlariga qadar bosqichma-bosqich

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tiklanishi, uy xo'jaliklari yakuniy iste'molining o'sishi, asosiy kapitalga investisiyalar, shuningdek, tashqi savdo faoliyatini tiklanishi asnosida eksport-import operatsiyalari hajmining o'sishi hisoblanadi.

REFERENCES

1. Economic Impact [Электронный ресурс] / World Travel and Tourism Council. -Режим доступа: https://www.wttc.org/economic-impact/. - Дата доступа: 02.09.2019.

2. Country Data [Электронный ресурс] / World Travel and Tourism Council. -

3. Режим доступа: https://www.wttc.org/economic-impact/country-analysis/country-data/. -Дата доступа: 02.09.2019.

4. Малое предпринимательство: организация, экономика, управление: Учеб пособие. / Под ред. А. Д. Шереметова. - М.: ИНФРА-М, 2009. - 480 с.

5. Ракамли иктисодиёт: Узбекистонда ривожлантириш истикболлари ва жахон амалиёти. Халкаро илмий-амалий онлайн конференция материаллари -Тошкент: Бинзес ва тадбиркорлик олий мактаби 2020. - 979 б.

6. Ходжаев Р., А.Эгамбердиев, ФД. Шоюсупова. Кичик бизнесни бошкариш. ТМИ Укув куланма. Т.: "IQTISOD - MOLIYA", 2008

7. Umarjonov, S. S. O. G. L. (2021). IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O 'QITISHDA FAHRIDDIN ROZIYNING ONTOLOGIK QARASHLARINING O 'RNI VA AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.

8. el.tfl.uz>in^ages/2019_Инновацион_иктисодиёт_

9. Umarjonov, S. (2021) Ijtimoiy fanlarni o'qitishda Fahriddin Roziy asarlarining o'rni va ahamiyati. Yangi O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy-innovatsion yo'nalishlari Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 116-123.

10. Umarjonov, S. S. O. G. L., & Safarov, M. K. O. G. L. (2021). FAHRIDDIN ROZIYNING "LATOIF UL-G'IYOSIYOT" QO'LYOZMA ASARIDA AQL VA E'TIQOD MASALASINING QO'YILISHI VA UNING DINIY-FALSAFIY GERMENEVTIK TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.