Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
FIRIBGARLIK JINOYATLARINING SABAB-SHAROITLARINING QIYOSIY-HUQUQIY VA ILMIY TAHLILI
Xakimov Dilshod Abdushukurovich
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Magistratura Tashkililiy-taktik boshqaruv 2-guruh tinglovchisi
Mazkur maqolada firibgarlik jinoyatlarining sabab-sharoitlarining qiyosiy-huquqiy va ilmiy tahlili bayon etilgan. Bunda xorij tajribasi ham o 'rganilgan bo 'lib, milliy muhitdagi firibgarlik jinoyatlarini turi kelib chiqish sabablari va sharoitlari ilmiy tahlil etilib, xulosa va takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: firibgarlik, jinoyat, profilaktika, penitensiar, xulq-atvor.
В данной статье проводится сравнительно-правовой и научный анализ причин мошенничества. Также изучается зарубежный опыт, научно анализируются причины и условия возникновения вида мошенничества в отечественной среде, делаются выводы и рекомендации.
Ключевые слова: мошенничество, преступление, профилактика, пенитенциарное учреждение, поведение.
This article provides a comparative legal and scientific analysis of the causes of fraud. It also studies foreign experience, scientifically analyzes the causes and conditions for the occurrence of a type of fraud in the domestic environment, draws conclusions and recommendations.
Keywords: fraud, crime, prevention, penitentiary, behavior.
Ijtimoiy turmushda insonlar o'zaro bir-birlari bilan muomala qilar ekan, ular orasida turli xil munosabatlar o'rnatiladi. Ayrimlar sof, halol yo'l bilan, o'zgalar haqidan qo'rqqan holda bu munosabatni o'rnatsa, ayrimlar insonlarning soddaligi, ishonuvchanligini suiiste'mol qiladi. Bunday toifa shaxslarni o'z nomi bilan firibgar va tovlamachi deb aytishlari ham bejizga emas. Ta'kidlash joizki, respublikamizda sodir etilayotgan jami jinoyatlar orasida firibgarlik jinoyatlarining salmog'i yildan-yilga o'sib borishi kuzatilmoqda. Tahlillarga ko'ra, 2016 yilda firibgarlik jinoyati jami sodir etilgan jinoyatlarning 11,7 foizini tashkil qilgan bo'lsa, 2017 yilda bu
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ko'rsatkich 13,1 foizni tashkil qilgan1. 2018 yilning 12 oyi davomida respublika bo'yicha sodir etilgan firibgarlik jinoyati(6483) 2017 yilning shu davriga nisbatan 32,78 foizga kamaygan bo'lsada, umumiy jinoyatlarda xissasi 15,1 foizni tashkil etmoqda. Firibgarlik jinoyatining salmoqli qismi Toshkent shahri (1296 ta yoki 20%) Farg'ona viloyati (840ta yoki 13%), Samarqand (632 ta yoki 9,7) va Toshkent (557 ta yoki 8,6) viiloyatlari hisobiga to'g'ri kelgan. Eng achirnarlisi, 2018 yilda sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining 7,4% (478ta) fosh etilmasdan qolgan.2
Firibgarlik jinoyatlarining kamaytirish masalasi HMQOlar oldida turgan eng muhim va ustuvor vazifalaridan bo'lib, mazkur vazifalarni amalga oshirish samaradorligini ta'minlash ko'proq ogoh etuvchi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishni hamda ularni amalga oshirishda qo'llanilayotganfiribgarlik jinoyatining barvaqt profilaktikasi mexanizmini muntazam ravishda takomillashtirib borishni taqazo etadi. Firibgarlik jinoyatining barvaqt profilaktikasi samaradorligini ta'minlash uchun eng avvalo mazkur turdagi jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, har qanday voqea, hodisa, jarayon yoki mavjudlikning mohiyatini o'rganish uning kelib chiqishi yoki sodir bo'lishiga turtki bergan sabablar, imkoniyat yaratgan shart-sharoitlar haqida aniq ma'lumotga ega bo'lishni talab etadi. Aksariyat huquqshunos olimlar huquqbuzarlikni kasallikka, huquqbuzar shaxsni bemorga qiyoslashadi va mazmunan ularni bir-biriga yaqin tushunchalar deb bilishadi. Darhaqiqat, tizimda jazo huquqbuzar shaxsni jazolashga emas, balki axloqan tuzatishga xizmat qilishi lozim degan qarash mavjud. Tibbiyot sohasida esa bemorni ham jisman, ham ruhan sog'lomlashtirishga e'tibor qaratiladi3.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, huquqbuzarliklarning barcha sabab va sharoitlari kishilar psixologiyasi va ongiga ta'sir ko'rsatib, ularda g'ayriijtimoiy qarashlarni, xulq-atvorni shakllantiradi yoki ularni oziqlantiradi, kuchaytiradi. Shuning uchun ham huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlari hamma vaqt ijtimoiy psixologik xususiyatga ega. Ijtimoiy-psixologik sabab va sharoit-lar ijtimoiy sharoitlardan kelib chiqqan bo'lib, ma'lum darajada mustaqildir.
Firibgarlik jinoyatini sodir etish sababini o'rganish maqsadida shu turdagi jinoyatni sodir etib jazoni ijro etish muassasalarida jazo o'tayotgan mahkumlar
1Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH HHB AKageMHHCH H^MHH-aMa^HH TagKH^oraap MapKa3H Mat^yMOTH
2Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu HHB TeproB genapTaMemu MarnyMOTH
3 H. HcMannoB, /],. M. Mnpa iOB. C. MyxTopoB Ba ooluk. Xy kv koy' ¡a h k .i a p h h h r caöaö Ba mapoHTjiapHHH aHHiuaui. Taxin.i kh.ihlu Ba 6apTapa<|) 3thih: Ykyb nynnaHMa .-□ T.: Y36eicHCTOH PecnyÖJiHicacH HHB Ak;ucmh;ich.
2017 E-5.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
orasida o'tkazilgan anketa so'rovlari natijalari shuni ko'rsaktmoqdaki, so'rovda ishtirok etgan 1395 nafar mahkumlarning 30,5 foizi moddiy yetishmovchilik, 28,8 % ta'lim-tarbiyadagi kamchilik, 17% ishsizlik, 13,5 % huquqiy madaniyatning pastligi, 5,3 foizi profilaktik ishlari yetarli emasligi, 2,2 foizi huquqni muxofaza qiluvchi organlarning faoliyatidagi kamchiliklarni sabab sifatida e'tirof etishgan.
Yoshlar tomonidan firibgarlik jinoyatining sodir etilishi sababini o'rganish yuzasidan o'tkazilgan so'rovda ishtirok etgan mahkumlarning 38,1% ta'lim va tarbiyadagi sustkashlik, 32% ishsizlik, 14,9 % huquqiy madaniyatning pastligi, 5,4 % moddiy yetishmovchilik, 4,1 % oson yo'l bilan pul topish, 1,6 %ni ichkilik, 0,6 % internetning salbiy ta'siri deb belgilashgan.
Tahlillardan kuzatish mumkinki, firibgarlik jinoyatining sodir etilishining asosiy sabablardan biri shaxslardagi pulga bo'lgan extiyojning mavjudligidadir. Shuni unutmaslik lozimki, shasxlarda firibgarlik jinoyatini sodir etishga undovchi boshqa turdagi extiyojlar ham mavjud. Har qanday insonda jismoniy ehtiyoj qondirishga bo'lgan xoxish kuchliroq bo'ladi. Huquqshunos olimlarning fikriga ko'ra, ayrim toifadagi firibgarlar xayotda zaruriy ehtiyojni qondirish estagida firibgarlikka qo'l urishadi. Firibgarlar orasida spirtli ichimlikka ruju qo'ygan va giyohvandlikka chalinganlarda asosan bunday xolat kuzatiladi. Chunki, ularda hayotga, yaxshi yashashga bo'lgan qiziqish so'ngan bo'ladi. Ular faqatgina kundalik jismoniy ehtiyojini qondirish maqsadida bo'lishadi.
Umuman olganda, jinoyatni sodir etishi mumkin bo'lgan shaxslardagi extiyojlarni quyidagi toifalarga ajratib o'rganish mumkin:
- jismoniy ehtiyoj: ochlik, chanqoq, jinsiy xayrixoxlik;
- ijtimoiy ehtiyoj: ijtimoiy aloqalar, muloqot, bog'langanlik, boshqalar haqida qayg 'urish va o 'ziga nisbatan g 'amxurlik, hamkorlikdagi faoliyat;
- ruxiy ehtiyoj: iqrorlik, xoxish-istiak;
- ma'naviy ehtiyoj: o'zini o'zi hurmat qilish, boshqalar tomonidan xurmat qilinishi, natijadorlik va yuqori baxoga erishish, tan olinish;
- moddiy ehtiyoj: doimiy yashash sharoitiniyaxshilashga intilish.
Fengil pul topish, xayotda qiyinchilik ko'rmasdan kun kechirish, kiyinchiliklarni osonlik bilan yengib o'tishga o'rinish har qanday shaxsni o'ziga jalb etish ehtimoli yuqori. Biroq, shuni ta'kidlash joizki, shaxslardagi g'urur, insof, diyonat, vijdon kabi xususiyatlar hamda axloqiy tarbiya tamoyillari ko'pchilikni jinoyat sodir etishiga yo'l qo'ymaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi to'rt xolatda shaxs firibgarlikka qo'l uradi degan fikrdamiz:
- axloqiy tarbiyadagi kamchiliklar;
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
- pulga bo'lgan extiyoj qondirish zaruriyati;
- jismoniy ehtiyoj qondirish zaruriyati;
- boyib ketishga bo'lgan kuchli xoxish.
Firibgarlikka oid jinoyat ishi materiallari tahlili shuni ko'rsatmoqdaki aksariyat hollarda jabrlanuvchilarning individual xususiyatlari (o'ta ishonuvchanligi) mazkur jinoyatning sodir etilishiga imkon yaratgan. Firibgarlik jinoyatlarini sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar tahlil qilinganida, 71,4 foiz holatda jabrlanuvchilarning o'ta shonuvchanligi, 16,3 foiz holatda jabrlanuvchilarning o'z maqsadlariga noqonuniy yo'llar bilan erishishga urinishlari, 6,9 foiz holatda jabrlanuvchilarning huquqiy bilimlari yetishmasligi mazkur jinoyatlarningsodir etilishiga sharoit yaratgan4.
Haqiqatdan ham yuqorida ta'kidlanganidek, firibgarlik jinoyatining sodir etilishida jabrlanuvchilarning muayyan darajada o'ziga xos xissasi mavjud. Chunki ular firibgarlarning aldovlariga ishonib, chuv tushib qolishmoqda.
Nazariyada firibgarlik jinoyatining sabab va sharoitlari kelib chiqishi bo'yicha asosiy va asosiy bo'lmagan sabab va sharoitlarga bo'lib o'rganiladi. Asosiy sabab va sharoitlar deb jamiyat rivojlanishining har qan-day bosqichi-da ham firibgarlikning ob'ektiv qonuniy hodisa sifatida mavjud bo'lishini taqozo qiluvchi, belgilab beruvchi hodisa, voqea va jarayonlar yig'indisiga aytamiz. Bunday sabablarga misol qilib ishlab chiqarish bilan iste'mol o'rtasidagi, jamoat manfaati bilan shaxsiy manfaat o'rtasidagi, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o'rtasidagi va shunga o'xshash jamiyat rivojlanishining ob'ektiv qonunlariga asosan har qanday jamiyatda, uning barcha bosqichlarida mavjud bo'lgan qarama-qarshiliklarni salbiy tomonlarini keltirishimiz mumkin. Asosiy bo'lmagan sabab va sharoitlar deb, jamiyat rivojlanishining ma'lum bir bosqichida paydo bo'lgan, vaqtinchalik va o'tkinchi xususiyatiga ega bo'lishini taqozo qiluvchi, belgilab beruvchi voqea, hodisa va jarayonlar yig'indisiga aytamiz. Asosiy bo'lmagan sabablarga misol qilib hozirgi vaqtda ishsizlik, yetishmovchilik, huquqiy madaniyatning pastligi, milliy valyutaning qadrsizlanishini, tashkiliy-boshqaruv sohasidagi yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarni keltirishimiz mumkin. Xorijiy mamlakatlarda sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatining sabablar o'rganilganda bir qator uxshash holatlarni kuzatish mumkin. Masalan, AQShda faoliyat olib borayotgan hind call-markazlari ishtirokida keng qamrovli firibgarlik jinoyati sodir etilgan bo'lib, jinoyatchilar o'z faoliyatini telefon va internet imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshirishgan. Mazkur
4Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH HHB AKageMuacu H^MHH-aMa^HH Tag^H^oraap MapKa3H Mat^yMora
589
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
jinoyatning qurbonlari asosan keksa yoshdagilar va muxojirlar bo'lishgan. Mazkur jinoyatdan jabrlanganlar soni 15 mingdan oshgan va ular jabrlanuvchilardan 250 ming AQSh dolloridan ortiq miqdorida pul undirishgan. Deyarli 4 yil davomida bu jinoiy guruh telefonda odamlarni aldash va tahdid qilish uchun turli usullardan foydalangan, asosiy tahdid - qamoq jazosi, deportatsiya va AQSh hukumati bilan bog'liq boshqa muammolar bo'lgan. Yuqoridagi misolda quyidagi sabab va sharoitlar firibgarlikning sodir etilishiga olib kelgan deb xulosa qilish mumkin:
- AQShda yashayotgan va mazkur jinoyatning qurboniga aylangan 15 mingdan ortiq fuqarolarning xulq-atvorida ishonuvchanlikning yuqoriligi;
- AQSh HMQOlar faoliyatida tashkiliy-boshqaruv soxasidagi yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar;
- fuqarolarda huquqiy madaniyatning yetarli emasligi;
- internet va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash imkoniyatining kengligi;
- AQSh moliya tizimida moliyaviy monitoringning bo'shliqning mavjudligi;
- HMQOlar tomonidan amalga oshirilayotgan nazoratning sustligi tufayli firibgar erkin harakat qilish imkoniyatining mavjudligi.
Xayotda uchrayotgan bir qator omillar borki ularning mavjudligi firibgarlik kabi jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratadi. Tahlillarga asoslanib ularni quyidagi toifalarga ajratgan holda o'rganish asoslantirildi:
- shaxs yashayotgan va uni o'rab turgan ijtimoiy muhit bilan bog'liq omillar (kattayoki kichkina muhitdagi salbiy holatlar);
- tabiiy omillar (tabiiy iqlim sharoiti, radiatsiya, tabiiy va texnogen vaziyatlar, suv toshqini, zilzilalar, ko 'chkilar, jamiyat va davlat rivojlanishidagi beqarorliklar);
ijtimoiy-demografik omillar(ishsizlik, turar joyga ega bo'lmaslik, aholi sonini o'sishi, davlatning ijtimoiy siyosati (sog'liqni saqlash, sport, ta'lim, madaniyat, oillarni qullab quvvatlash va b)ning samarasizligi);
iqtisodiy omillar (ishlab chiqarishda raqobatbardoshlik, ishlab chiqarish imkoyatlarining eskirishi va mahsulot tan narxining oshishi, monopoliyaning mavjudligi, ish haqining pastligi, yuqori darajadagi pulning qadrsizlanishi, oziq-ovqat yetishmasligi va boshqa iqtisodiy muammolar, aholining qashshoqlik darajasi, ularni mahsulot bilan ta'minlash muammolari, xufiyona iqtisodiyotning mavjudligi)
siyosiy omillar(korrupsiyaning avj olishi, ijtimoiy guruhlarning keskinlashuvi, hokimiyat tomonidan fuqarolarning xohishlari rad etilishi, hokimiyat uchun kurash)
huquqiy omillar: (qonun normalaridagi bo'shliqlar yoki huquqiy ziddiyatlar, qonun normalari hamda qonunosti huquqiy hujjatlarning talablari ijrosini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ta'minlashga qaratilgan mexanizmning ishlamasligi, sodir etilgan g'ayrihuquqiy qilmishlarga nisbatan jazo muqarrarligining to 'liq ta 'minlanmasligi);
tashkiliy boshqaruv: (ijroiya hokimiyat organlari faoliyati ustidan nazoratning yo'qligi, moddiy oqimning mavjudligi, ijroiya hokimiyat organlarining HMQOlar bilan hamkorligining yo 'qligi, davlatning kadrlar masalasidagi siyosatining samarasizligi, davlat va mahalliy organlar faoliyati ma'muriy buyruqbozlikka asoslanganligi, ijro intizomining pastligi, jinoyatlarning fosh etish darajasining pastligi, jinoyat sodir etgan shaxslarda jazoning muqararligini ta 'minlanmaganligi) psixologik va ma'naviy-ruhiy xarakterdagi omillar(jamiyat a'zolari o'rtasida vahimaga va jazavaga tushish holatining kuchayishi, odamlar orasida ertangi kunga ishonchsizlikning rivojlanishi, kelajagidan xavotirlanishi va qo'rqish holatining mavjudligi, siyosiy, diniy va boshqa motivlardan qo 'rqishi).
Firibgarlik bilan bog'liq jinoyatchilikka qarshi kurashning eng muhim va asosiy yo'nalishlaridan biri mazkur turdagi jinoyatlarning barvaqt profilaktikasidir. Ushbu profilaktikaning o'ziga xos jihatlaridan biri sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatlarining sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko'rishdir. Shuningdek, profilaktik chora-tadbirlarni qo'llash samaradorligi huquqni muxofaza qiluvchi organlarning keng jamoatchilik bilan hamkorligining to'g'ri tashkil etilganligiga bog'liqdir.
Yuqoridagi omillarni bartaraf etmay turib biz jamiyatda uchraydigan salbiy holatlar, shu jumladan firibgarlik jinoyatlarini oldini olishda natijalarga erishib bo'lmasligini anglashimiz lozim. Shu boisdan, bugungi kunda mamalakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda aholining kam ta'minlangan qatlamini ijtimoiy qo'llab quvvatlash, yangi ishchi o'rinlarini yaratish, "uyushmagan yoshlar"ning mavjud muammolarini aniqlash va bartaraf etish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish borasida ko'zga ko'rinarli ishlar amalga oshirildi va ular davom ettrilmoqda.
REFERENCES
1. Ismailov I., Mirazov D. M., Muxtorov J. S. va boshq. Huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish: O'quv qo'llanma .- T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017 B-5.
2. O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi ma'lumoti
3. O'zbekiston Respublikasi IIV Tergov departamenti ma'lumoti
XULOSA