Научная статья на тему 'AHOLI TURMUSH DARAJASINI BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH'

AHOLI TURMUSH DARAJASINI BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1106
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aholi daromadlari / ish haqi / iqtisodiy resurslar / mehnat / kambag‘allik / mehnat staji / pensiya / soliq / tadbirkorlik / uy xo‘jaligi. / Income / wages / economic resources / labor / poverty / length of service / pension / tax / entrepreneurship / household.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jumayev, Rustambek Bahodir O‘g‘li

Mehnat va tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish, mehnatga layoqatli har bir kishiga o‘z mehnati bilan oilasining iqtisodiy farovonligini ta'minlash, omonatlarni shakllantirishni va ularni samarali investitsiylashni ta’minlashga imkoniyatlar yaratish asosida aholining turmush darajasi va sifatini oshirishdir. Mehnat faoliyati va uning natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-mehnat munosabatiari ish haqi va daromadlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat munosabatlarining rivojlanjshi ijtimoiy sherikchilik yangi shakllarining yuzaga kelishiga ijtimoiy himoyalanganlikning rivojlanishiga mehnat faoliyatidan qoniqishning oshishiga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING SALARY ACCOUNTING TO ENSURE SUSTAINABLE LIVING STANDARDS

Encouraging labor and entrepreneurial activity is to improve the living standards and quality of life of the population by creating opportunities for everyone who is able to work to ensure the economic well-being of their families through their labor, the formation of savings and their effective investment. Socio-labor relations related to labor activity and its results have a direct impact on the formation of wages and incomes. The development of labor relations leads to the emergence of new forms of social partnership, the development of social protection and an increase in job satisfaction.

Текст научной работы на тему «AHOLI TURMUSH DARAJASINI BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AHOLI TURMUSH DARAJASINI BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA MEHNATGA HAQ TO'LASH HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Jumayev Rustambek Bahodir o'g'li

Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Magistratura bo'limi "Buxgalteriya hisobi" yo'nalishi 2-kurs magistranti

Mehnat va tadbirkorlik faolligini rag'batlantirish, mehnatga layoqatli har bir kishiga o'z mehnati bilan oilasining iqtisodiy farovonligini ta'minlash, omonatlarni shakllantirishni va ularni samarali investitsiylashni ta'minlashga imkoniyatlar yaratish asosida aholining turmush darajasi va sifatini oshirishdir. Mehnat faoliyati va uning natijalari bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy-mehnat munosabatiari ish haqi va daromadlarning shakllanishiga bevosita ta 'sir ko'rsatadi. Mehnat munosabatlarining rivojlanjshi ijtimoiy sherikchilik yangi shakllarining yuzaga kelishiga ijtimoiy himoyalanganlikning rivojlanishiga mehnat faoliyatidan qoniqishning oshishiga olib keladi.

Kalit so'zlar: Aholi daromadlari, ish haqi, iqtisodiy resurslar, mehnat, kambag'allik, mehnat staji, pensiya, soliq, tadbirkorlik, uy xo'jaligi.

Encouraging labor and entrepreneurial activity is to improve the living standards and quality of life of the population by creating opportunities for everyone who is able to work to ensure the economic well-being of their families through their labor, the formation of savings and their effective investment. Socio-labor relations related to labor activity and its results have a direct impact on the formation of wages and incomes. The development of labor relations leads to the emergence of new forms of social partnership, the development of social protection and an increase in job satisfaction.

Keywords: Income, wages, economic resources, labor, poverty, length of service, pension, tax, entrepreneurship, household.

Стимулирование трудовой и предпринимательской активности заключается в повышении уровня и качества жизни населения путем создания возможностей для всех способных к труду обеспечивать экономическое благополучие своей семьи за счет своего труда, формирования сбережений и их эффективного инвестирования. Социально-трудовые отношения, связанные

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

с трудовой деятельностью и ее результатами, оказывают непосредственное влияние на формирование заработной платы и доходов. Развитие трудовых отношений приводит к появлению новых форм социального партнерства, развитию социальной защиты и повышению удовлетворенности трудом.

Ключевые слова: Доход, заработная плата, экономические ресурсы, труд, бедность, стаж, пенсия, налог, предпринимательство, домашнее хозяйство.

O'zbekiston Respubljkasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlaming bosh maqsadi barqarorlikka iqtisodiyotni yuksaltirishning ijobiy sura'tlariga erishish hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, ijtimoiy-mehnat munosabatlarining barcha jihatlari aholining turmush tarzi va daromadlariga bevosita ta'sir qiladi. Ijtimoiy jihatdan olib qaraganda davlat insonning munosib turmushi va erkin rivojlanishini ta'minlovchi sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni olib boradi. Bu siyosatning asosiy yo'nalishlaridan biri - mehnat va tadbirkorlik faolligini rag'batlantirish. mehnatga layoqatli har bir kishiga o'z mehnati bilan oilasining iqtisodiy farovonligini ta'minlash, omonatlarni shakllantirishni va ularni samarali investitsiylashni ta'minlashga imkoniyatlar yaratish asosida aholining turmush darajasi va sifatini oshirishdir. Mehnat faoliyati va uning natijalari bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy-mehnat munosabatiari ish haqi va daromadlarning shakllanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Mehnat munosabatlarining rivojlanjshi ijtimoiy sherikchilik yangi shakllarining yuzaga kelishiga ijtimoiy himoyalanganlikning rivojlanishiga mehnat faoliyatidan qoniqishning oshishiga olib keladi.

Bozor munosabatlarining chuqurlashishi bosqichida aholining turmush darajasi va daromadlarning tabaqalanishi markaziy muammo bo'lib qoladi. Ularning hal qilinishiga ko'p jihatdan keyingi tub o'zgarishlar yo'nalishi va sur'atlari hamda oqibat natijada jamiyatdagi siyosiy barqarorlik bog'liq bo'ladi. O'z navbatida. bu muammolarning hal qilinishi daromadlarning aniq ishlab chiqilgan siyosatini talab qiladi. Shuning uchun o'tkazilayotgan daromadlar siyosati aholining qatlam va guruhlarida, ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan tarkiblarida, davlat (hudud) hokimiyat organlarida, jamoat tashkilotlarida katta qiziqish uyg'otmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda aholining turmush darajasini obvektiv statistik ma'lumotlar asosida iqtisodiy tahlil qilisb, aholining pul daromadlari va xarajatlarini o'rganish, uy xo'jaliklarining iqtisodiyotda qatnashish darajasi va xarajatlar tasnifini tahlil etish dolzarb masala hisoblanmoqda. Respublikamizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ish haqi va boshqa pul daromadlarini bosqichma-bosqich oshib borishini

137

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ta'minlasb uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. o'z navbatida, aholi pul daromadlarining o'sishi, uning xarid qobiliyatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mamlakatdagi barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bozor iqtisodiyoti taqsimlash munosabatlari sohasidagi sodir bo'layotgan jarayonlarni nazariy jihatdan qayta tushunishni talab qiladi. Bu eng avvalo. "aholi daromadiari" tushunchasining ta'rifi, uning tabaqalanishiga va yuzaga kelgan aholi tabaqalanishiga, aholining turmush darajasidagi o'zgarishlarnmg yo'nalishlarini kuzatib borishga, aynan bir xil daromadlar siyosatini ohkazish asosida daromadlarning yuzaga kelishi va o'sishi masalalarini ko'rib chiqishni taqozo etadi.

Tadqiqotlarda aholi daromadiari uning yuzagakelishi yoki xo'jalikning turli sharoitlarida daromadlarning taqsimlanishi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqiladi. Ko'pincha ushbu masala faqat kambag'allik, qashshoqlik, aholini ijtimoiy himoya qilish bilan o'zaro bog'liqlikda tekshiriladi. Daromad o'lchamlarining miqdoriy va sifatiy o'zgarishi va taqsimlanish tamoyiilarining o'zgarishi umuman iqtisodiyot, daromadlar nazariyasi sohasi bilan o'zaro bog'liqlikda o'rganilishi kerak.

Bunda "daromad" va "boylik" tushunchalarining o'zaro aloqasini qayd qilish muhim. Bizning fikrimizcha, "boylik" tushunchasi kengroq. Daromad jamiyat a'zolarining shu paytdagi pul, boylik va xizmatlar zaxiralaridan tarkib topadi va har doim ham iste'mol qilish orqali ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lmaydi. Daromad boylik yuzaga kelishining asosini tashkil qiladi va qandaydir vaqt oralig'i, odatda. bir yil ichida belglianadi, Daromadlarning o'sishi va boylikning ko'payishi har doim ham o'sha bitta yagona yo'nalishing o'zida o'zgarmaydi.Lekin,aholining daromadiari va boyliklari insonlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishning asosi bo'lib, jamiyat farovonligini oshirishning eng muhim omili sifatida maydonga chiqadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining mohiyatini belgilashga oid turlicha yondashuvlar mavjud va ularni tadqiq qilish darajasidan kelib chiqqan hoida turlicha talqin qilinadi. Bu yondashuvlarni umumlashtirib, qayd qilish mumkinki ularni tadqiq qilish ikki asosiy yo'nalishda o'tkazilgan. Iqtisodiyotda aks etgan birinchi yo'nalish doirasida miqdoriy o'zaro aloqalar ko'rib chiqiladi, ya'ni aholi daromadiari "vaqt birligiga pul tushumlari yoki naqd pul yig'indisi sifatida" belgilanadi. Bu yerda tadqiqotning mohiyati daromadlarning talab va taklifga ta'sir ko'rsatuvchi va o'z navbatida, talab va taklifning ishlab chiqarish omillariga o'zaro

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences A ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

nisbati bilan belgilanuvchi pul miqdori sifatida qabul qilinadigan miqdoriy xususiyatlarni o;rganishdan iborat.

Aholining umumiy daromadiga pul daromadlari va natura shaklidagi daromadlar kiradi, hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi hususiyatga ega bo'lgan. yillik yoki undan Kam vaqt oralig'idagi davrda uy xo'jaligi yoki uning alohida a'zolariga tushadigan tushumlardan tarkib topadi.

Ushbu tarifga muvofiq ravishda tushumlar "daromad" hisoblanishi uchun qator mezoitlarga muvofiq bolishi kerak (1.1-rasm).

1.1-rasm. Tushumlar "daromad" hisoblanishi uchun zarur mezonlar Mehnat faoliyatidan olingan daromad va sbaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlar ishlab chiqarishdan olingan daromadlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Mehnat faoliyatidan olingan daromad yollanma ishchilarning va mustaqil ravishda band bo'lgan aholining daromadidan tarkib topadi. Yollanma ishchilarning darornadi - bu mehnatga haq to'lashning yashirin (ya'ni, birlamchi va buxgalteriya hisobida aks ettirilmasdan ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan to'lovlar) qismini qo'shgan holda pul va natura (tovarlar yoki xizmatlar ko'rinishida) shaklida mehnatga haq to'lash ko'rinishidagi daromadlar. Mehnatga haq to'lash ko'rinishidagi daromadlarga ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan va tuzilgan mehnat shartnomasi yoki hususiyatiga ko'ra ish bajarish va xizmat ko'rsatish hisoblangan fuqarolik-huquqiy asoslardagi shartnomalar bo'yicha ish bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblangan jami ish haqi kiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Ish haqi tnehnat birligidan foydalanganlik uchun to'lanadigan narx hisoblanadi, Agar ish haqi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga nazar tashlasak. unda Konstitutsiyaning 37-38 moddalari va Mehnat kodeksining 153-156 moddalarida bar bir kishi qonun doirasida mehnat uchun mukofot huquqiga egaligj ta'kidlab o'tilgan, Mazkur qonunlarda mehnat haqinmg eng ma'qul miqdor; ish beruvchi va xodim o'rtasidagi kelishuvga muvofiq o'rnatilishi belgilangan. Shu bilan birga, mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo'shimcha to'lovlar, ustamalar rag'batlantirish tarzidagi to'lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa hujjatlarda qat'iy belgilanishi ta'kidlangan.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti ish haqini belgilashda to'rtta mezonga alohida e'tibor qaratgan:

1. Ish haqi mehnat qiluvchi va uning oilasini qoniqarli kun kechirishini ta'minlashi shart.

2. Ish haqini o'rnatish jarayonida kasb, korxona va tarmoqlarga bog'liq ravishda mehnat haqining taqqoslama darajasi ta'minlanishi shart, ya'ni ishning bahosiga teng ish haqi to'iovi tamoyiliga rioya qilinishi zarur.

3. Mehnatga haq to'lash uchun iqtisodiyotning (korxona. tarmoq. davlat) qodirligi.

4. Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga mos holda ish haqini doimiy o'zgartirib turish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqining to'rtta vazifasi alohida ajralib turadi, bular:

1. Takror ishlab chiqaruvchi (ish haqi ishchi kuchi qiymatini qoplaydi. shu sababli uning ishiab chiqarish jarayonida va mehnat bozorida bevosita ishtirok etisbi ta'minlanadi);

2. Rag'batlantiruvchi (ish haqi ishchi kuchi to'lovini sarf bo'lgan mehnatning miqdori va sifati bilan o'zaro mutanosib ekanligini o'lchash orqali mehnat sarfini yanada ko'paytirishga ishchilarni undaydi);

3. Tartibga soluvchi (mehnat bozoridagi talab ish haqi darajasiga ta'sir etsa, mehnat haqi iste'mol va xizmatlar predmetlari narxiariga o'z ta'sirini o'tkazadi):

4. Ijtimoiy vazifa (ish haqi ishchi va uning oila a'zolariga turmush kechirishlari uchun minimal tarzda etarli sharoit yaratib beradi).

Eng kam ish haqi O'zbekiston Respublikasida Mehnat Kodeksiga muvofiq belgilangan haftasiga 40 soat, olti kunlik ish haftasida har kuni 7 soat, besh kunlik ish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

haftasida esa 8 soat ish vaqti me'yoridan kelib chiqqan holdahar bir soat. kun. hafta yoki oy uchun belgilanishi mumkin.

Eng kam ish haqini o'rnatishda quyidagilar hisobga olinadi:

- mehnatkashlar va ularning oila a'zolari ehtiyojlari;

- mamlakatdagi ish haqining umumiy darajasi;

- tirikchilik qiymati va undagi o'zgarishlar;

- ijtimoiy ta'minot bo'yicha nafaqalar;

- boshqa ijtimoiy guruhlar turmush darajasining taqqoslanmasi;

- iqtisodiy omillar, shu jumladan, iqtisodiy rivojlanishning ahvoli, mehnat unumdorligi darajasi, ish bilan bandlikni ta'minlash.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, bozor munosabatlarining chuqurlashishi bosqichida aholining turmush darajasi va daromadlarning tabaqalanishi markaziy muammo bo'lib qoladi. Ularning hal qilinishiga ko'p jihatdan keyingi tub o'zgarishlar yo'nalishi va sur'atlari hamda oqibat natijada jamiyatdagi siyosiy barqarorlik bog'liq bo'ladi. O'z navbatida. bu muammolarning hal qilinishi daromadlarning aniq ishlab chiqilgan siyosatini talab qiladi. Insonning o'ziga, uining hayotdagi o'rniga, inson kapitali va mehnat imkoniyatlariga (bilim, malaka. tajriba mashg'ulot turi, lavozim maqomi, mehnat xarajatlari va natijalariga, kasb va mansabda o'sish inavjudligiga, sarmoyaning uning istalgan kofiinishida (ta'lim, kasb, moliyaviy) mavjudligiga bogliq. Inson mehnat faoliyati bilan band bo'lgan ish joyi bilan: tarkibiga uning korxonasi, muassasasi, tashkiloti, firmasi kiradigan tarmoq bilan; korxonaning mulkchilik shakli bilan, uning tashkiliy-huquqiv shakli bilan; firmaning tovar, moliyaviy bozorlardagi va mehnat bozoridagi ofini bilan; korxonanning texnik jihozlanganligi bilan, uning joylashgan o'rni bilan; jamoadagi ijtimoiy- mehnat munosabatlarining rivojlanganligi bilan bog'liq.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Конституцияси. - Т': Узбекистон, 2012.

2. Узбекистон Республикасининг Мехнат кодекси. -X: Адолат, 2007.

3. Рахманов Ш.Р., Одинаев Д.Ш. Пенсия тизимини ривожлантиришнинг хориж тажрибаси: Дарслик - Т.: «Iqtisod-Moliya», 2018. 400 б.12.

4. Vaxabov A.V., Zahidova Sh.Sh., Baxtiyorov B.B., Odinayev D.Sh., Fayzullayev J.N. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta'minotga kirish: Darslik. - T.: «Iqtisod-Moliya», 2018.

XULOSA

168 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.