Научная статья на тему 'XX ASRNING 80 – YILLARIDA BUXORO VILOYATI IQTISODIYOTIDA YUZ BERGAN INQIROZIY HOLATNING IJIMOIY HAYOTGA TA’SIRI'

XX ASRNING 80 – YILLARIDA BUXORO VILOYATI IQTISODIYOTIDA YUZ BERGAN INQIROZIY HOLATNING IJIMOIY HAYOTGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
914
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanoat / iqtisodiyot / ta’lim / qoramolchilik / reja / elat / inqiroz / ma’muriy buyruqbozlik. / industry / economy / education / cattle breeding / plan / crisis / administrative command.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shirinova, Firuza Inoyatovna

Ushbu maqolada 80 – yillar mamlakatimiz iqtisodiyotidagi oqsoqliklar, ularni keltirib chiqargan sabablar, bunday inqiroziy tanglikni xalq ijtimoiy hayotiga ko‘rsatgan salbiy ta’siri masalalari, shuningdek, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, hattoki xalq ta’limi sohasida yuz bergan inqiroziy vaziyatga sabab bo‘lgan ayrim jihatlar Buxoro viloyati misolida, arxiv ma’lumotlari yordamida qisman yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT OF THE CRISIS OF THE ECONOMY OF BUKHARA REGION ON SOCIAL LIFE IN THE 80S OF THE XX CENTURY

This article, based on archival data, presents the flaws in the economy of our country in the 80 s, the reasons for their occurrence, as well as the negative impact of the economic crisis on social life. Moreover, the causes of the crisis situation in industru, agriculture, the cultural sphere and public education are highlighted on the example of the Bukhara region.

Текст научной работы на тему «XX ASRNING 80 – YILLARIDA BUXORO VILOYATI IQTISODIYOTIDA YUZ BERGAN INQIROZIY HOLATNING IJIMOIY HAYOTGA TA’SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XX ASRNING 80 - YILLARIDA BUXORO VILOYATI IQTISODIYOTIDA YUZ BERGAN INQIROZIY HOLATNING IJIMOIY

HAYOTGA TA'SIRI

Ushbu maqolada XX asrning 80 - yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotidagi oqsoqliklar, ularni keltirib chiqargan sabablar, bunday inqiroziy tanglikni xalq ijtimoiy hayotiga ko'rsatgan salbiy ta'siri masalalari, shuningdek, ishlab chiqarish, qishloq xojaligi, madaniyat, hattoki xalq ta'limi sohasidayuz bergan inqiroziy vaziyatga sabab bo 'lgan ayrim jihatlar Buxoro viloyati misolida, arxiv ma 'lumotlari yordamida qisman yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: sanoat, iqtisodiyot, ta'lim, qoramolchilik, reja, elat, inqiroz, ma 'muriy buyruqbozlik.

В данной статье на основе архивных данных представлены изъяны экономики нашей страны в 80 - е годы XX века, причины их возникновения, а также негативное влияние экономического кризиса на социальную жизнь. Наряду с этим, на примере Бухарской области освещены причины кризисной ситуации, сложившейся в промышленности, сельском хозяйстве, культурной сфере и народном образовании.

Ключевые слова: промышленность, экономика, образование, сководство, план, кризис, административное командование.

This article, based on archival data, presents the flaws in the economy of our country in the 80 s of the XX centure, the reasons for their occurrence, as well as the negative impact of the economic crisis on social life. Moreover, the causes of the crisis situation in industru, agriculture, the cultural sphere and public education are highlighted on the example of the Bukhara region.

Keywords: industry, economy, education, cattle breeding, plan, crisis, administrative command.

Ma'lumki, 80 - yillarning o'rtalari Vatanimiz tarixi va iqtisodiyotidagi eng

murakkab davr hisoblanadi. Respublika iqtisodiyotini ko'tarishga mehnatkash

202

Shirinova Firuza Inoyatovna

Nav.DPI. Tarix fakulteti katta o'qituvchisi + 998 99 330 75 77. firuzashirinova.m@mail.ru

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

xalqning fidokorona mehnatigina sabab bo'layotgan edi. Vaziyat shunchalik keskinlashdiki, bu ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi muammolar, noxush holatlarning dahshatli ko'rinishi bilan namoyon bo'ldi. Respublika iqtisodiyotidagi tushkunlikni barcha viloyatlarda kuzatish mumkin edi. Ayniqsa, ma'lum ma'noda Respublika iqtisodiyotini yengil sanoat ishlab chiqarish hisobidan ko'tarishga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan Buxoro viloyatida bu salbiy jarayonlar bevosita iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga sezilarli darajada o'z ta'sirini ko'rsatdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1985 yil yakunida viloyat aholisi 1,017 million kishini tashkil etib, viloyatda 89 xil millat va elat vakillari istiqomat qilardi. Viloyatda 10 ta tuman, 10 ta viloyat tarkibidagi shahar, 3 ta shahar posyolkalar, hamda 84 ta qishloq sovetlari mavjud edi. Buxoro viloyatida 80 ta ishlab chiqarish korxonasi ish olib borardi. Eng qattiq zarbani viloyatning yengil sanoat tarmog'i - paxta tozalash va oziq - ovqat sohasi boshidan kechirdi. 1985 yilda aholi uchun ishlab chiqarilgan mahsulot 422 million so'mni tashkil qildi. Ayniqsa yirik ishlab chiqarish korxonasi sanalgan Buxoro tekstil korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot 172 million so'mdan oshib ketdi. Jami qishloq xo'jalik maxsulotlari 413 million tonnani tashkil etdi. 1984 yilning noyabr oyi hisobiga ko'ra viloyatda 384 ming tonna paxta yetishtirildi."1 [O. № 2084. (48)] Bir so'z bilan aytganda inqiroziy vaziyat vujudga keldi. Iqtisodiyotdagi siljish ancha pasaydi. Iqtisodiy islohotlar o'tkazish vaqti kelgandi. Xuddi shunday ko'rinishni 1920 yil, keyin esa 1960 yillarda xalqimiz boshidan kechirgandi. U vaqtda ham sanoat ishlab chiqarish butunlay markazga bo'ysundirilgan, nazorat qat'iy tekshiruv asosida, iqtisodiy reja va shartnomalar faqat bir tomonlama belgilab berilardi. 80 -yillarda yuz bergan iqtisodiy tanglik oldingilaridan tubdan farq qilib, endi ishlab chiqarish rejalari qayta qurish tadbirlariga amal qilardi. Buxoro viloyati ham Respublikaning boshqa viloyatlari kabi o'z tabiiy boyliklari, o'rmon va qo'riqxonalariga ega bo'lib, o'zi ularga o'zi egalik qila olmas edi. Ingichka tolali paxtaga yaxshi haq to'langanligi va viloyat ko'proq shu nav bilan xom ashyo yetishtirishga ixtisoslashtirilganligi uchun xo'jaliklar iqtisodi bir oz mustahkamlandi. Ya'ni paxtani qayta ishlash, ip yigirish, tola va bo'z tayyorlash tezlashdi. Afsuski, uning xaridori ham Markaz bilan "gaplashardi" Faqatgina bitta ijobiy tomoni bor edi, u ham bo'lsa, paxta maydonlarini kengaytirilishi, qishloq xo'jalik maxsulotlari turini ko'payishi natijasida dehqonchilik qiluvchi aholining asosiy qatlami ish bilan ta'minlandi. Buxoro tumanida uzumchilik, Vobkent va Shofirkon tumanlarida

1 ®OHg - № 2084. (48) Eyxopo bh^oot apxHBH.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

asalarichilik xo'jaliklarini tashkil etilishi ham aholi turmushini qisman yaxshilanishiga olib keldi. Belgilab berilgan reja bajarilib, ortiqcha mahsulotdan o'z ulushiga ega bo'lgan dehqon tirikchiligi o'zgardi desa bo'ladi.

Moliya, bank, kredit masalalari ham to'ppadan to'g'ri markazga yo'naltirilgan, yillik qilinayotgan daromad qancha va uning ixtiyori masalasida gap bo'lishi mumkin emas edi. "Sobiq ittifoqdan mo'rt, zaif xom ashyo yetishtirishga yo'naltirilgan, arzon xom ashyo, hamda strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo'lib qolgan edi."2 [2. 6.] Katta yer osti zaxirasiga ega bo'lgan viloyatda iqtisodiy tanglik oldindan saqlanib kelayotgani sir emasdi. Masalan, "1953 yilda Stalan - tepa, keyinchalik, 1056 yilda Gazli makonidan topilgan 500 mlrd. m3 gaz zaxirasi Respublika aholisini gaz bilan ta'minlashga qaratilmasdan, Sobiq Ittifoqning Yevropa qismiga - Ural sanoat ob'ektlariga jo'natilishi natijasida"3 mahalliy aholining asosiy yoqilg'isi tezak va ko'mir bo'lib qolaverdi. Ilgari markazda hal etilgan ayrim mahalliy masalalar - boshqaruvni joylarda yaqinlashtirish, boshqaruv apparatini qisqartirish, korxonalarning xo'jalik mustaqilligini kengaytirish, tomarqalarni boshqarishning hududiy tartibiga o'tish tadbirlari boshlangandi. Eng yomoni bu tadbirlar iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning chuqur qatlamlariga borib yetmayotgandi. Yuqoridan belgilangan rejali ko'rsatkichlar qisqarib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar emas, realizatsiya qilingan mahsulot bilan ishlab chiqarish ko'rsatgichi belgilandi. Siyosiy vaziyat o'zgarayotgani bois iqtisodiy islohot o'tkazish zarurati ko'zga yaqqol tashlana boshladi. Buxoro aholisining asosiy katta qismi qo'l uchida tirikchilik qilishiga asosiy sabab mavjud tuzumning o'tkir ijtimoiy, ekologik muammolari ediki, yerlarining nihoyat darajada sho'rlanishi, yaqin masofadagi Orol dengizi muammosining kuchayib borayotgani iqtisodiy - ijtimoiy holatlarga sabab bo'layotgandi.

Respublika iqtisodiyotidagi tanglikni boshqa mintaqalar qatori Buxoro viloyati ishlab chiqarishi, sanoati va hattoki madaniy sohalarda ham kuzatish mumkin edi. Boshqaruvdagi ma'muriy buyruqbozlik siyosiy inqiroz ko'rinishlarini ham yuzaga keltira boshladi. "Butun o'sha davr to'g'risidagi haqiqatni xolisona aytadigan, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo'lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan, yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi".4 [3. 245.]

2 K. ycMOHOB, M. CogurçoB. Y36eKHCTOH Tapuxu. T. "fflap^" 2003 h. 245-6.

3 AMHHOBa. A.M. 3apa$moH 6yHuga caHoaT maxaprapHHHHr maraïaHumu TapuxugaH. "Yrnumra Ha3ap". 2021 h. № 4. 7- 6.

4 KapuMOB H. A. "Y36eKHCTOH XXI acpra umumMO^a". T.: Y36eKHCTOH, 1999, 6-6eT.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Belgilangan yillik va besh yillik rejada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy usullarga o'tish vazifalari qo'yilardi. Taraqqiyotdagi depsinishni, iqtisodiy holatdagi inqilobiy vaziyatni oddiygina ko'z bilan ko'rish mumkin edi. Butun respublikada milliy daromadning o'rtacha yillik o'sishi pasayib, aholi jon boiga to'g'ri keladigan milliy daromad 1965 yilgidan 1986 yilga kelib 7 barobarga kamaydi. Buxoro viloyatida yuz bergan katta xato shundan iborat ediki, viloyat nafaqat respublika, balki butun SSSR davlati miqyosida qishloq xo'jalik sifat ko'rsatkichi bo'yicha yetakchi viloyat sanalsada, viloyatda faqatgina Markazning buyutmasi hisobiga qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirilardi. "1985 - 1986 yillarda Buxoro, G'ijduvon, Shofirkon tumanlarida qoramol yetishtirish keskin kamayishini kuzatish mumkin. Qorako'l, Peshku, Vobkent tumanlarida sog'in sigirlar hisobidangina qoramolchilik sohasidagi ayrim nuqsonlar keskin ko'zga tashlanmasdi. 1986 yilning yanvaridan to avgust oyiga qadar viloyatning xo'jaliklararo tarmoqlarida jami 9275 tonna tirik vazndagi qoramollar yetishtirildi. Bu esa qabul qilingan yillik rejaning 62,2% ini tashkil etardi. Shuningdek sut yetishtirish 36235 tonna, ya'ni 68, 2 % foizni, 38735 ming dona tuxum, ya'ni rejaning 75,6% foizini tashkil etdi. Vobkent tumanida go'sht yetishtirishni 30 % ga, Sverdlov tumanida 20%, Romitan tumanida 17,5%, shuningdek, Buxoro shahrida 24 % ga keskin kamayib ketganini kuzatish mumkin"5 [O.. № 2157.] Mahsulot sifati ham markazda belgilanardi. Ishlab chiqaruvchi asosiy kuch yoshlar edi. Faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning xom ashyo sifati va miqdoriga e'tiborsizlik natijasida minglab yoshlar ishsiz qolishiga sabab bo'ldi. Boshqa sohalar qatori ishlab chiqarishda ham boshqaruv partiya qo'lida bo'lganligi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Shuni e'tiborga olish muhimki, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan agrar viloyatda asosiy mahsulot qishloqda yetishtiriladi. Shunday ekan, yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlari ish unumdorligi va aholi farovonligiga qaratilishi kerak.

"1984 yil 26 - 27 - mart kunlari Moskvada bo'lib o'tgan Butunittifoq iqtisodiy qurultoyida aynan O'zbekiston Respublikasining Buxoro viloyati iqtisodiyoti masalalari; tajriba va qayta qurish masalalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek Buxoro viloyatida qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va xom ashyo bazasini kengaytirish masalasi muhokama etiladi."6 Xulosa esa o'sha aytilayotgan farovon turmush darajasiga borib taqaladi. Bu inqirozli holatni mavjud har bir sohada ko'p yoki yetarlicha holatda kuzatish mumkin edi.

5 Фонд - № 2157.(248) Бухоро вилоят архиви.

6 Газиянц. Э. И. Основные направления развития и рационального размыщения сельствохозяйственного производства. Авторефарат. М. 1986 г. Стр. 11.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Iqtisodiyotda yuz bergan inqiroziy holat xalq ta'limiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Garchi respublika maktablari umumiy o'rta ta'limga o'tishni yakunlagan bo'lsada, umumta'lim maktablari soni 20 yil ichida, ya'ni 1985 yilda 8716 tadan, 9188 taga yetgan bo'lsada, xalq ta'limidagi jiddiy muammolar hal etilmadi. Buni Buxoro viloyati misolida sinf xonalarining soni qanchalik oshmasin, bolalar sonining tabiiy o'sishidan orqada qolayotgani misolida ko'rish mumkin edi. Maktab binolarining yetishmasligi, moddiy texnik jihatdan zaif ekanligi achinarli edi. Maktablarning moddiy ta'minoti ham orqada bo'lib, belgilangan rejaga ko'ra amal qilinardi.

Buxoro viloyati xalq ta'lim sohasida yetakchi pedagoglar faoliyat ko'rsatsada, maktablardagi ta'lim - tarbiya ishlarining mazmuni o'sha g'alamis kommunistik mafkuraga bo'ysundirilgan bo'lib, ta'lim - tarbiyada milliy xususiyatlar, tarixiy -madaniy qadriyatlar, an'analar inobatga olinmasdi. Bu albatta xalq ta'limi sohasida yuz berayotgan inqiroz edi. Iqtisodiyotdagi keskin inqiroziy vaziyat qanchalar pinhon tutilmasin, moddiy ta'minotdagi yetar - yetmaslik, sun'iy qisib qo'yishlik maktab ta'limini oqsashiga sabab bo'layotgandi. Bu paytda mahalliy kadrlarni qo'llab -quvvatlash, aholi o'rtasida jipslik va ishchanlik ruhiyatini yaratish, intizomni mustahkamlash muhim masala edi. Bu masalaga yondoshadigan insonlar bor bo'lsada , ularni rag'batlantirish deyarli sezilmasdi. Umuminsoniy qadriyatlardan o'quvchilarni uzoqlashtirish uchun informatika, hisoblash kurslari o'qitilmadi. Buning asosiy sababi iqtisodiy tanglik, markazga tobelik edi. Bu paytda Yevropaning ilg'or bo'lmagan mamlakatlari ta'lim tizimi, yoki iqtisodiyoti ancha ilgarilab ketgan, ular maxsus kompyuter texnologiyalari asosida ta'lim va ishlab chiqarishni boshqarayotgan edi. Iqtisodiy inqiroz sabab bo'lgan bo'lsa kerak, maktab islohoti ijtimoiy tangliklar orasida qolib ketdi. Shu narsa ma'lum bo'ldiki, ta'lim tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga ko'tarish orzuligicha qolaverdi.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy zahiraga shunchalik boy bo'lishiga qaramay, olib borilayotgan islohotlar samarasizdek tuyulardi. "Iqtisodiyotni ko'tarish uchun qabul qilingan yillik rejaning bajarilmagani oqibatida yuz bergan oqibatni viloyatda faoliyat ko'rsatib kelayotgan DSK, "Uzradstroy", SIMK - 21 tresti, Trest № 20 boshqarmasi, ""Amubuxorokanalstroy", "MK-7, "Uzelektrostroy" kabi tashkilotlar faoliyatida ham ko'rish mumkin edi. Shuningdek, xom ashyoni tejash, mashinasozlik va mexanizmlarning qisqartirilishi oylik maoshni sezilarli darajada pasayishiga sabab bo'ldi"7[ O. № 24-CX.]

Ta'lim sohasida ham islohotlar o'tkazish vaqti kelib qolgan edi. Birgina 1985 yilda tayyorlangan oliy ma'lumotli mutaxasislar oliy o'quv yurtlari moddiy texnika

®OHg № 24 - CX. Eyxopo bh^oot apxHBH.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bazasining qoloqligi tufayli o'sish darajasi past mutaxassis bo'lib qolaverdi. Kadrlar tayyorlashning sifati o'smay, soniga e'tibor qaratildi. Boshqa hududlardagi kabi Buxoro viloyatida ham xalq xo'jaligining mutaxassislarga bo'lgan talabi to'g'ri o'rganilmadi. Buning oqibatida bilim saviyasi past bo'lgan yoshlarni oliy o'quv yurtlariga kirib qolish holati yuz berdi. Rossiya davlati shaharlariga to'quvchi, ip yigiruvchi, sotuvchi kabi mutaxassislarni tayyorlash odatga aylandiki, Buxoro viloyati tumanlarida ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar aynan shu joylarda ta'lim olgan kadrlar bilan to'ldirildi. Vaholanki, bunday korxona uchun mutaxassisni Buxoroda ham tayyorlash imkoniyati bor edi.

Bir so'z bilan aytganda, 1980 yillar Buxoro viloyati iqtisodiyotida uzoq davom etgan, ammo tan olinmagan inqiroziy vaziyat, ijtimoiy hayotga o'z ta'sirini ko'rsatmay qo'ymadi. Milliy qadriyatlar, urf - odatlar oyoq osti qilindi, ajdodlarimiz merosi yo'qotilishga urinildi, iqtidorlarimiz, ziyoli vatanparvarlarimiz xo'rlandi, tariximiz soxtalashtirildi, masjidlarimiz yopildi, ilm ahli qattiq nazoratga olindi, umumn haqiqat buzib ko'rsatildi. Bu esa albatta farovon turmush yaratish uchun qabul qilingan sotsialistik rejalarning buzilishi edi. Siyosiy - iqtisodiy tanglik ijtimoiy fojialarga olib keldi.

REFERENCES

1. Usmonov Q., Sodiqov M. O'zbekiston tarixi. T. "Sharq" 2003 y. 245 - b.

2. Aminova A.M. Zarafshon bo'yida sanoat shaharlarining shakllanishi tarixidan. "O'tmishga nazar". 2021 y. № 4. 7- b.

3. Karimov I. A. "O'zbekiston XXI asrga intilmoqda" T.: O'zbekiston, 1999, 6- bet.

4. Газиянц. Э. И. Основные направления развития и рационального размыщения сельствохозяйственного производства. Авторефарат. М. 1986 г. Стр. 11.

5. Фонд - № 2084. (48) Бухоро вилоят архиви.

6. Фонд - № 2157.(248) Бухоро вилоят архиви.

7. Фонд № 24 - СХ. Бухоро вилоят архиви.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.