O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KIMYO SANOATI TARMOG'I RIVOJLANISH JARAYONLARINING IQTISODIY-STATISTIK TAHLILI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10542403
Yuldasheva Nihola Tohir qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti E-mail: [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi kimyo sanoatining rivojlanish holatini iqtisodiy-statistik tahlili, O'zbekistonda YalMning hududlar kesimida o'sishi, O'zbekistonda aholi jon boshiga YalM o'sishi dinamikasi, YalMni iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha o'sish sur'atlari tahlil qilingan. Shuningdek, O'zbekistonda sanoat tarmog'idagi korxonalarning erishayotgan ko'rsatkichlarini, ularning rivojlanish bosqichlari va ularga ta'sir qiluvchi omillarning o'ziga hos xususiyatlari, sanoat statistikasiga oid statistik ko 'rsatkichlar tizimini tahlil etishning xorij tajribasi talqin qilingan.
Kalit so'zlar: Makroiqtisodiyot, YaIM, sanoat, sanoat statistikasi, kimyo sanoati, iqtisodiy-statistik tahlil usullari, induksiya va deduksiya, ilmiy abstraksiyalash, statistik jadval va grafiklar, statistik guruhlash, ekspert baholash, dinamik qatorlar va iqtisodiy indekslar, tahlil va sintez
Аннотация. В данной статье проведен экономико-статистический анализ состояния развития химической промышленности Республики Узбекистан и регионального роста ВВП Узбекистана, динамика роста ВВП на душу населения в Узбекистане и темпы его роста по видам проанализирована экономическая деятельность. анализ экономической деятельности. Также интерпретируется зарубежный опыт анализа показателей, достигнутых предприятиями промышленного сектора Узбекистана, этапы их развития и особенности влияющих на них факторов, система статистических показателей, относящихся к статистике промышленности.
Ключевые слова: Макроэкономика, ВВП, промышленность, статистика промышленности, химическая промышленность, методы экономико-статистического анализа, индукция и дедукция, научное реферирование, статистические таблицы и графики, статистическая группировка, экспертная оценка, динамические ряды и экономические показатели, анализ и синтез.
Abstract. This article provides an economic and statistical analysis of the state of development of the chemical industry of the Republic of Uzbekistan and regional
GDP growth in Uzbekistan, the dynamics of GDP per capita growth in Uzbekistan and its growth rates by type, economic activity is analyzed. It also interprets foreign experience in analyzing the indicators achieved by enterprises in the industrial sector of Uzbekistan, the stages of their development and the features of the factors influencing them, the system of statistical indicators related to industrial statistics.
Key words: Macroeconomics, GDP, industry, industrial statistics, chemical industry, methods of economic and statistical analysis, induction and deduction, scientific abstracting, statistical tables and graphs, statistical grouping, peer review, time series and economic indicators, analysis and synthesis.
KIRISH
Kimyo sanoati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biridir. Hozirgi vaqtda global iqtisodiyotni qayta qurish va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog'liq holda, neft-kimyo sanoatining uchinchi tuzilmasi aktivlarni qayta tashkil etishning asosiy biznesga kontsentratsiyasini va kapitalni ko'p talab qiladigan texnologiyadan texnologiyaga qadar rivojlanishni o'z ichiga oladi. Mamlakat iqtisodiyotiga har tomonlama sanoat tarmog'ining rivojlanish darajasiga qarab baho berilishi ushbu tarmoqning iqtisodiyotda qay darajada tutgan o'rnini aniqlab beradi.
Hayot darajasiga qo'shgan hissasi tufayli zamonaviy hayotning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan kimyoviy moddalar oziq-ovqatdan tortib to toza suv ta'minoti, kiyim-kechak va maishiy, sog'liqni saqlash va transport, yarim o'tkazgich zanjirlari va texnologiyalari kabi sohalarda hal qiluvchi rol o'ynaydi1.
Kimyo sanoati - bu kimyoviy mahsulotlar va ularning hosilalarini ishlab chiqaradigan umumiy jarayonlar va muassasalar majmui hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishida kimyo sanoatini tutgan o'rnini yanada kengroq yoritish uchun, ushbu tarmoqning asosiy jihatlariga e'tibor qaratish zarur hisoblanadi. Ma'lumki, sanoat tarmog'i ishlab chiqaradigan sanoati va tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashga bo'linadi.
Ishlab chiqaradigan sanoat - bu tarmoq yangi mahsulot chiqarish maqsadida modda yoki komponentlarni, materiallarni, garchi ishlab chiqarishning ma'lum turi uchun birdan - bir to'liq me'zon hisoblanmasa ham, fizik yoki kimyoviy qayta ishlashni o'z ichiga oladi.
Tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash - tabiatda qattiq jinslar shaklida uychraydigan (ko'mir, ruda), suyuq holatda uchraydigan (neft) yoki gazsimon holatda uchraydigan (tabiiy gaz) foydali qazilmalarni qazib olishni o'z ichiga oladi. Sanoat
1 Ertek, E., (2014), Kimya Sektoru Raporu, TSKB Ekonomik Araçtirmalar, http://www.tskb.com.tr (5.03.2017).
tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to'g'ri kelib, 25,5 trln. so'mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 75,8 % ni tashkil etdi2.
Iqtisodiyotda qishloq xo'jaligida mineral o'g'itlardan tortib to xizmatlar sohasida ham tarmoqda ishlab chiqariladigan kimyoviy mahsulotlar nafaqat iqtisodiyotda, balki, ijtimoiy jihatdan hayotimizning barcha jabhalarida beqiyos ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuni inobatga olib mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda kimyo sanoatini yanada rivojlantirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan, "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlash maqsadida "Energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlarini ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste'mol normalarini kiritish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta'minlash, mis sanoati klasterini tashkil etish orqali mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar ko'paytirish kabi vazifalar belgilab berilgan3.
Hozirgi vaqtda global iqtisodiyotni qayta qurish va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog'liq holda, neft-kimyo sanoatining uchinchi tuzilmasi aktivlarni qayta tashkil etishning asosiy biznesga kontsentratsiyasini va kapitalni ko'p talab qiladigan texnologiyadan texnologiyaga qadar rivojlanishni o'z ichiga oladi4.
USULLAR
Kimyo sanoatida sodir bo'layotgan o'zgarishlarni statistik tahlil qilish va kelgusi davrlar uchun ushbu o'zgarishlarga ta'sir qilayotgan asosiy omillarni baholash va ularni zaruriy darajada bo'lishini ta'minlash orqali tarmoqda barqaror rivojlanishni ta'minlash zarur. Bunda, albatta, turli statistik usul va qoidalardan foydalanish zarur bo'ladi. Xususan, korrelatsion-regression tahlil, trendli tahlil, statistik kuzatish, guruhlash, mutloq, nisbiy va o'rtacha miqdorlar, grafik, matematik-statistika va ekonometrika usullardan foydalanib tadqiqot olib boriladi.
Tadqiqot jarayonida O'zbekiston Respublikasida kimyo sanoati va undagi o'zgarishlarning iqtisodiyotga ta'sirini statistik baholanib, kelgusi davrlarda tarmoqda barqaror o'sishni ta'minlash uchun, tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, ayrim ilmiy taklif va tavsiyalar keltirib o'tilgan.
2 www.stat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan.
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli farmoni. www.lex.uz
4 Li Q., Song J., Wang E., Hu H., Zhang J., Wang Y., 2014, Economic growth and pollutant emissions in China: a spatial econometric analysis. Stochastic environmental research and risk assessment, 28(2), 429-442, DOI: 10.1007/s00477-013-0762-6.
NATIJALAR.
Statistik ma'lumotla^a ko'ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 551,1 trin. so'mlik (dastlabki ma'lumotlaг bo'yicha) sanoat mahsulotlaгi ishlab chiqaгilgan bo'lib, 2021- yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi* 105,2 % ni tashkil etgan5. 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlaг hajmi 458,2 trin. so'mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 83,2 % ini tashkil etdi. Yuqoridagi ma'lumotlaráan ko'гinib turibdiki, sanoat taгmog'i гivojlanishi ijobiy holatda. Bu esa sanoatning iqtisodiyotga ta'sirini baholash oгqali makroiqtisodiy ko'гsatkichlaгga uning ta'sirini aniqlash imkonini beгadi. Sanoat taimog'i mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy taimog'iga aylanib, iqtisodiy baгqaгoгlikni ta'minlashda o'ziga xos o'ringa ega bo'lib kelmoqda. Buni quyidagi rasmda keltiгilgan ma'lumotlaT asosida ko'гishimiz mumkin bo'ladi(1 -
rasm).
1-rasm. 2022-yilda O'zbekiston Respublikasining YaIM tarkibi, %da6 2000-yilda YaIM taTkibida sanoat 16,2 %ni tashkil qilgan bo'lsa, xizmatlar 42,5% ni tashkil qilib, bu eng yuqori ulush hisoblangan. 2022 —yilg akelib bu ko'reatkich sanoatda 26,7% ni tashkil qilgan bo'lsa, xizmat^ eng yuqori ulushga egalik qilishni saqlab qolgan (41,5%). Ushbu ko^sat^ch^ sanoatda ijobiy holatligini anglatadi, ammo, ushbu ko^satkichlaMa kimyo sanoati qay darajada o'ringa ega bo'layotganligini aniqlash uchun quyidagi raqamlami keltiгib o'tamiz. Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 17,2 % (2021 yilning yanvar'-dekabr' oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 109,2 %), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi - 9,2 % (2021 yilning yanvar'-dekabr' oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 97,7 %)ni tashkil etdi. Umuman olganda, sanoatning barcha
5 www.stat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan.
6 www.stat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan.
sohalariga va umumiy iqtisodiyot tarmoqlarida homashyodan to tayyor mahsulotni haridorga yetkazishgacha bo'lgan jarayonlarda kimyo sanoati juda katta xissaga ega hisoblanadi.
Minerai o'g'itlar - O'zbekiston kimyo sanoatining asosiy mahsulotidir. Tarmoq korxonalarida respublika qishloq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan ammofos, ammiak silitrasi, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak ishlab chiqariladi. Chunonchi, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Farg'ona azotli o'g'itlar, Navoiy kimyo birlashmalarida - azotli o'g'itlar, Qo'qon superfosfat zavodi, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq "Ammofos" birlashmasida - ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, quruq ammoniy kabi fosforli o'g'itlar ishlab chiqariladi. Respublika kimyo sanoati korxonalari bir yilda 2,8 mln. t. azotli, 1,2-1,3 mln. t. fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Mamlakat o'zining mineral o'g'itlarga bo'lgan ehtiyojini to'la qondiradi va ma'lum qism (o'rtacha yiliga 26-30 mln. AQSH dollariga teng miqdorda) o'g'itni chetga eksport qiladi. Biroq, O'zbekistonda kaliyli o'g'it ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun Qashqadaryo viloyatidagi kaliy tuzlari negizida Tubagatan kaliy zavodi qurilmoqda. Soda sanoatining Markaziy Osiyodagi yagona bo'lgan korxonasi Qo'ng'irot soda zavodi bo'lib, uning yillik loyiha quvvati 210 ming t. soda. Gidroliz korxonalariga Farg'ona furon birikmalari, Yangiyo'l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlari kiradi. Asosiy xom ashyo-chigit shulxasi, sholi qibig'idan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (xamirturush), furil spirti va boshqa mahsulotlar olinadi.
O'zbekistonda mahalliylashtirish dasturlari asosida belgilab berilgan avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga, eksport hajmini 2 baravarga ko'paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda Chirchiq shahrida qishloq xo'jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etishga mos ravishda kimyo sanoati korxonalarida mahalliylashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.
2-jadval
"Kimyosanoat" AJ korxonalarining mahalliylashtirgan mahsulotlari hajmi,
2022-yil holatiga7
№ Korxona nomi Mahalliylashtirilgan mahsulot nomi o'ichov birligi Hajmi Summa (mln.so'm)
1 "Maksam-Chirchiq" AJ Modifikasiyalangan g'avakli selitra tn. 1650,46 3919,71
2 "Maksam-Chirchiq" AJ Oltingugurt-magniy mikroelementi bilan boyitilgan karbamid tn. 2500 4400,49
3 "Maksam-Chirchiq" AJ Magniy nitrat tn.
4 "Maksam-Chirchiq" AJ Ammiakli selitra uchun yopishqoqlikka qarshi reagent tn. 19,2 593,02
7 "O'zkimyosanoat" AJ ma'lumotlari asosida muallif hisob kitoblari
5 "Maksam-Chirchiq" AJ Zichligi past ammoniy nitrat eritmasi tn. 4027,99 5320,99
6 "Maksam-Chirchiq" AJ Nanometrik rux oksidi tn. 14,69 722,8
7 "Maksam-Chirchiq" AJ Granullangan uglerod oksidi tn. 31,29 68,12
8 "Maksam-Chirchiq" AJ Suvda to'liq eruvchan NPKMg o'g'itlari tn. 2 28,92
9 "Farg'onaazot" AJ Suyuq holatdagi murakkab o'g'it tn
10 "Farg'onaazot" AJ "S-Polyflok" markali yopishqoqlikka qarshi reagent tn. 25 71,12
11 "Farg'onaazot" AJ Uchlamchi natriy fosfat tn. 22,14 177,08
12 "Farg'onaazot" AJ Natriy bikarbonat tn. 996,3 3490,37
13 "Navoiazot" AJ Tiomochevina tn 549,24 17527,24
14 "Navoiazot" AJ Polivinilxlorid (PVX) tn 12334,2 146816,42
15 "Birinchi rezinotexnika zavodi"MChJ Avtomobil' shinalari ming dona 119,65 28472,85
16 "Birinchi rezinotexnika zavodi"MChJ Qishloq xo'jaligi texnikalari shinalari ming dona 0,9 626,09
17 "Birinchi rezinotexnika zavodi"MChJ Konveyer lentalari ming p/m 5,22 11630,45
18 "Jizzax plastmassa zavodi" AJ ND 710-1200 mm. polietilen fitinglar tn. 12 285
19 "Ammofos-Maksam" AJ Murakkab o'g'it - ammoniy sul'fat-fosfati tn.
20 "Ammofos-Maksam" AJ Donadorlangan sul'fat ammoniya tn. 8000 14430,4
21 "Qo'ng'irot soda zavodi" MChJ A markali kalsinasiyalangan soda tn.
22 "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ Kraxmal tn. 153,5 553,3
23 "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ Suyuq parafin tn. 3,94 42,8
Yuqorida keltirilgan mahsulotlar sanoat tarmog'i va qishloq xo'jaligida keng foydalaniladigan mahsulotlar hisoblanadi. Bu mamlakatimizda qo'shimcha ishchi o'rni yaratish bilan birga arzon homashyo bilan ta'minlanishni, eng asosiysi, xorijga iqtisodiy qaramlikni kamayishiga olib keladi. Shuningdek, mamlakatimizning valyuta zaxiralariga ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.
Qishloq xo'jaligini rivojlanishida ham kimyo sanoatining ahamiyati beqiyos. Chunki, minéral o'g'itlar va yoqilg'I moylash mahsulotlari ushbu tarmoqda eng asosiy o'ringa ega hisoblanadi. So'nggi yillarda minéral o'g'itlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, kimyo sanoati korxonalarining qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish yuzasidan ko'rilgan choralar ularni moliyaviy sog'lomlashtirishga va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga imkon berdi. Shu bilan birga, kimyo tarmog'ini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda
eksport hajmini kengaytirishga to'sqinlik qilayotgan tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, investitsion jozibadorlikning pastligi va tarmoqni rivojlantirish uchun o'z mablag'larining yetarli emasligi xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo'yicha ilg'or texnologiyalarni joriy qilish imkonini bermayapti, buning oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotda mineral o'g'itlar ulushining yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jahon kimyo sanoati rivojlanishining tendensiyalarini va respublikaning muhim xomashyo salohiyatini hisobga oluvchi fundamental ilmiy baza va zamonaviy loyiha-injiniring ishlanmalari mavjud emas.
Kimyo tarmog'ini yanada diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish uchun to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish, yetakchi xorijiy institutlarni jalb qilgan holda zamonaviy ilmiy va loyiha bazasini yaratish, shuningdek, "O'zkimyosanoat" AJ korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlari qabul qilindi.
MUNOZARA
AQSh kimyo iqtisodiyoti umumiy iqtisodiyotning katta qismini tashkil etadi, ammo uning muhim xususiyati iqtisodiyotning boshqa ko'plab tarmoqlariga, jumladan sog'liqni saqlash, ishlab chiqarish va boshqalarga ta'siridir. Qo'shma Shtatlardagi kimyo iqtisodiyotining ma'lum jihatlariga tayanadigan barcha tarmoqlar jami 5,2 trillion dollarni tashkil etadi. Fundamental tadqiqotlar AQSH kimyo iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u monumental o'zgarishlar bilan bir qatorda qo'shimcha bosqichlarni ham ta'minlaydi. Milliy fanlar, muhandislik va tibbiyot akademiyalari tomonidan kimyoviy bilimlar, mahsulotlar va jarayonlarning tarqalishi tufayli kimyo iqtisodiyotdagi bosqichma-bosqich yutuqlar umumiy iqtisodiyotga ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Kimyo sanoati yalpi ichki mahsulotga (YaIM), bandlikka va milliy raqobatbardoshlikka qo'shgan hissasi orqali iqtisodiyotga sezilarli darajada bevosita ta'sir ko'rsatadi8.
Hounshell va Smit (1988) tomonidan ta'kidlanganidek, ushbu yangilikning muvaffaqiyati DuPont'da tadqiqotga asoslangan yondashuvni rag'batlantirdi. Neylon ishlab chiqarishdan tashqari, sanoat kimyogarlari tomonidan olib borilgan asosiy tadqiqotlar poliester, turli akril, neopren va boshqa ko'plab polimerlar kabi ko'plab polimerlarni kashf qilish va ishlab chiqarishga olib keldi.
8 Ertek, E., (2014), Kimya Sektorü Raporu, TSKB Ekonomik Araçtirmalar, http://www.tskb.com
AQSh kimyo sanoati kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirishda ham ahamiyatli bo'ldi. Kimyoviy ishlab chiqarishni kengaytirish, masalan, oltingugurt kislotasi yoki o'g'itlar, kimyoviy tadqiqotchilar va muhandislar o'rtasidagi samarali hamkorlik edi9.
Srodowiska R.O. o'zining tadqiqotlarini Yevropa Ittifoqida kimyo sanoatining iqtisodiy va ekologik samaradorligini aniqlash ustida olib borgan. U Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kimyo sanoatining eng yuqori iqtisodiy va ekologik samaradorlik darajasini, ularda ro'y berayotgan kimyo sanoatining iqtisodiy va ekologik samaradorliklaridagi o'zgarishlar hamda ular unumdorligi ortishiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlashga harakat qilgan10.
Yevropa Ittifoqida kimyoviy ishlab chiqarish uchta mahsulot sohasini, ya'ni, asosiy kimyoviy moddalar, maxsus kimyoviy moddalar va iste'molchi kimyoviy moddalarni qamrab oladi11.
Xalq xo'jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lgan kimyo sanoati xalq xo'jaligi va xalq hayoti bilan chambarchas bog'liqdir. Bu har bir mamlakat uchun milliy iqtisodiyotning muhim asosiy sanoati va xomashyo yetkazib beruvchisi hisoblanadi12.
Kimyo majmuasi korxonalari sanoat ishlab chiqarishining barcha sohalari uchun, shuning uchun xom ashyo, oraliq mahsulotlar, turli materiallar (plastmassa, kimyoviy tolalar, shinalar, laklar va bo'yoqlar, bo'yoqlar, mineral o'g'itlar va boshqalar) yetkazib beruvchi soha bo'lganligi bois ular iqtisodiy tarmoqlarning rivojlanish ko'lami va yo'nalishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatishi mumkin13.
Kimyo sanoati bizni hayotning barcha sohalarida mavjud bo'lgan mahsulotlar bilan ta'minlaydi. Kosmetika, avtomobilsozlik, qurilish, farmasevtika, oziq-ovqat va boshqa ko'plab sohalar xom ashyo va kimyoviy komponentlarsiz mavjud bo'lolmaydi. Shunday qilib, kimyo sektori dunyodagi yeng yirik va yeng muhim sanoat tarmoqlaridan biridir14.
Sanoatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan kimyo sanoati jahon iqtisodiyotini rivojlantirishda, qurilish va ishlab chiqarishning xom ashyo bazasini kengaytirishda muhim rol o'ynaydi. Bugungi kunda kimyo majmuasi atrof-muhitni
9 Arora, A., and A. Gambardella. 2010. Implications for Energy Innovation from the Chemical Industry. Working Paper 15676. National Bureau of Economic Research. https://www.nber.org
10 Srodowiska R.O. Economic and Environmental Efficiency of the Chemical Industry in Europe in 2010-2016. Middle pomeranian scientific society of the environment protection. Volume 21. Year 2019 ISSN 1506-218X p.1393-1404
11 Cefic. (2017). Facts & Figures 2017 of the European Chemical Industry. Cefic: Brussels.
12 Garcia-Lopez MA., Muniz I., 2013, Urban spatial structure, agglomeration economies, and economic growth in Barcelona: An intra-metropolitan perspective, Papers in Regional Science, 92(3)
13 Arora, A., and A. Gambardella. 2010. Implications for Energy Innovation from the Chemical Industry. Working Paper 15676. National Bureau of Economic Research. https://www.nber.org
14 Hounshell, D. A., and J. K. Smith. 1988. Science and Corporate Strategy: Du Pont R&D, 1902-1980. Cambridge, UK: Cambridge University Press.
ifloslantiruvchi asosiy vositalardan biri bo'lishiga qaramay, u sanoat chiqindilarini zararsizlantirish yoki ulardan foydalanishga qodir texnologiyalarni yaratishga asoslangan15.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra, sanoat (qurilishni qo'shganda) da yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat 2021-yilda 186 978,2 mlrd. so'mni tashkil qilgan bo'lsa, 2022-yilda ushbu ko'rsatkich 220 704,3 mlrd. so'mni tashkil qilgan. Bunga, albatta, tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash hamda ishlab chiqaradigan sanoat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmining ortishi orqali erishilgan. Shundan kelib chiqib, sanoat tarmog'ining samaradorligiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiluvchi asosiy vositalarning zamon talabiga mosligini inobatga olib, tarmoqni rivojlantirish uchun kiritilayotgan investitsiyalar tarkibida asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning ulushini oshirish maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari faoliyatida asosiy o'ringa ega bo'lggan kimyo sanoatini rivojlantirish uchun "Kimyosanoat" AJga kiruvchi korxonalarga kiritilayotgan investitsiyalar tarkibida zamonaviy texnika va asosiy vositalarning ulushini oshirish maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Kimyoviy moddalar kundalik hayotimizda muhim rol o'ynaydi. Ular har kuni biz tayanadigan mahsulotlarning qurilish bloklari bo'lib, ular oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo'shadi va ba'zi hollarda hatto salomatligimizni himoya qilishga yordam beradi. Shu bilan birga, ular salbiy ta'sirga ham ega hisoblanadi. Kimyoviy moddalar keng tarqalgan foydalanishga ega va kundalik hayotimizda shunday muhim rol o'ynaganligi sababli, barqaror foydalanishni ta'minlash bilan birga inson va atrof muhitga zararli ta'sirlarni kamaytirish kerak. Shuningdek, iqtisodiy jihatdan yuqori samara olishni maqsad qilgan holda kimyoviy unsurlarni me'yoridan ortiqcha miqdorda ishlatish va qazilma boyliklardan isrofgarchilik bilan foydalanish kelgusi davrlarda o'zining salbiy oqibatlarini namoyon etadi.
ADABIYOTLAR (REFERENCES):
1. Ertek, E., (2014), Kimya Sektorü Raporu, TSKB Ekonomik Araçtirmalar, http://www.tskb.com.tr (5.03.2017).
2. www.stat.uz rasmiy sayt ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli farmoni. www.lex.uz
15 National Academies of Sciences, Engineering, and Medicine. 2022. The Importance of Chemical Research to the U.S. Economy. Washington, DC: The National Academies Press. https://doi.org/10.17226/26568
4. Li Q., Song J., Wang E., Hu H., Zhang J., Wang Y., 2014, Economic growth and pollutant emissions in China: a spatial econometric analysis. Stochastic environmental research and risk assessment.
5. Ertek, E., (2014), Kimya Sektoru Raporu, TSKB Ekonomik Ara§tirmalar, http: //www.tskb .com
6. Arora, A., and A. Gambardella. 2010. Implications for Energy Innovation from the Chemical Industry. Working Paper 15676. National Bureau of Economic Research. https://www.nber.org
7. Srodowiska R.O. Economic and Environmental Efficiency of the Chemical Industry in Europe in 2010-2016. Middle pomeranian scientific society of the environment protection. Volume 21. Year 2019 ISSN 1506-218X p.1393-1404
8. Cefic. (2017). Facts & Figures 2017 of the European Chemical Industry. Cefic: Brussels.
9. Garcia-Lopez M.A., Muniz I., 2013, Urban spatial structure, agglomeration economies, and economic growth in Barcelona: An intra-metropolitan perspective, Papers in Regional Science, 92(3)
10. Arora, A., and A. Gambardella. 2010. Implications for Energy Innovation from the Chemical Industry. Working Paper 15676. National Bureau of Economic Research. https://www.nber.org
11. Hounshell, D. A., and J. K. Smith. 1988. Science and Corporate Strategy: Du Pont R&D, 1902-1980. Cambridge, UK: Cambridge University Press.
12. National Academies of Sciences, Engineering, and Medicine. 2022. The Importance of Chemical Research to the U.S. Economy. Washington, DC: The National Academies Press. https://doi.org/10.17226/26568
13. www.stat.uz rasmiy sayti.