Xudayberganova R. T.
Urganch davlat universiteti o'qituvchisi
Adamboyev A.R.
Urganch davlat universiteti o'qituvchisi
Sharipova G.B.
Urganch davlat universiteti talabasi
O'zbekiston
O'ZBEKISTON SANOATINI MAHALLIYLASHTIRISH, MODERNIZATSIYA VA DIVERSIFIKATSIYALASHNING IQTISODIY-
GEOGRAFIK JIHATLARI
Annotatsiya. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida O'zbekiston Respublikasi sanoatini mahalliylashtirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish asosida innovatsion yutuqlardan samarali foydalanish yoritilgan. Maqolada statistik ma'lumotlar taqqoslanib sanoat tarmoqlari rivojlanishining iqtisodiy -geografik jihatlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Iqtisodiy rayon, urbanizatsiya, mahalliylashtirish, modernizatsiya, diversifikatsiya, klaster, mehnat resurslari.
Khudaiberganova R. T.
teacher
Urganch State University Adamboyev A.R.
teacher
Urganch State University Sharipova G.B. student
Urganch State University Uzbekistan
ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL ASPECTS OF LOCALIZATION, MODERNIZATION AND DIVERSIFICATION OF UZBEKISTAN
INDUSTRY
Abstract. In this scientific research work, the effective use of innovative achievements based on localization, modernization and diversification of the industry of the Republic of Uzbekistan is highlighted. The article compares statistical data and analyzes the economic - geographical aspects of the development of industrial sectors.
Key words: economic region, urbanization, localization, modernization, diversification, cluster, labor resources.
Dunyoning rivojlangan davlatlari iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilishning asosida fan-texnika, innovatsion yutuqlardan samarali foydalanish yotadi. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar yangi ishlab chiqarish tarmoqlarining vujudga kelishi, mavjud tarmoqlarda esa yangi texnologiyalarni jalb qilish negizida yuzaga keladi. Masalan o'tgan asr oxirlarida suv va o'rmo n resurslaridan boshqa tabiiy resurslariga kambag'al Finlyandiyada sanoat ishlab chiqarishida rejali inqilobiy o'zgarish yasalib uyali telefonlar ishlab chiqaradigan Nokia klasteriga asos solindi va qisqa muddatda mamlakat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo'shildi. Hududiy klasterlar, tez rivojlanib va turlanib borayotgan jahon bozorida o'z o'rnini topishning asosiy shartiga aylangan hozirgi davrda respublikamiz xo'jaligining asosiy tarmoqlariga modernizatsiyalashda hududiy klasterlarni yaratish dolzarb masalalardan sanaladi.
Sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning geografik jihati joylarning tabiiy va mineral xom ashyo bazasi, demografik vaziyati va mehnat resurslari, iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, investitsiya muhiti, infratuzilma holati, innovatsiyalarni joriy qilishga tayyorligi kabi mahalliy omillar ta'sirida shakllanadi. Bu borada, albatta, nisbatan keng tarqalgan va rivojlangan sanoat tarmoqlariga ega bo'lgan Toshkent shahri va viloyati, Farg'ona, Navoiy viloyatlarida ancha qulay imkoniyatlar mavjud. Ayni vaqtda sanoat salohiyati past, asosan yengil va oziq - ovqat sanoati korxonalari tashkil etilgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo, Namangan viloyatlarida esa zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini yangidan yo'lga qo'yish talab etiladi. Demak, ushbu mintaqalarda sanoat tarmoqlarini diversifikatsiyalash ustuvor vazifa hisoblanadi. Birinchi guruh hududlarida esa mavjud sanoat tarmoqlari ichida (tarkibida) u jarayon amalga oshirib boriladi.
Respublikaning yirik iqtisodiy rayonlari doirasida eng avvalo sanoat bazaviy asosini tashkil etuvchi yoqilg'i-energetika, metallurgiya, kimyo, qurilish tarmoqlari hamda ijtimoiy regulyator vazifasini o'tovchi qo'l mehnati talab yengil, mashinasozlik, yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish lozim. Hozirda bunday ishlab chiqarish majmuasini faqat Toshkent iqtisodiy rayonida ko'rish mumkin. Shuningdek, u qisman Zarafshon va Farg'ona mintaqalarida ham shakllanib bormoqda. Biroq, Farg'ona iqtisodiy rayonida elektr energetika, Zarafshonda - to'qimachilik birmuncha sust rivojlangan. Janubiy iqtisodiy rayon katta mineral xom ashyo resurslariga boy bo'lgan holda, bu yerda qurilish va to'qimachilik, Mirzacho'lda to'qimachilik, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida deyarli barcha bazaviy sohalar ancha zaif holda.
24.8
30.0 20.0 10.0 0.0
15.6
11.311.7 11.2
6.12.87.22.26.52.34.82.22
14.3
14.7 15.0
9.5 .5
10.2
.12.45.52.47.12.35.63.37.52.44.229..195.82.04.03.3 2.34.42.46.7 .0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0
10.3
.3
13.2
2.5
1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0 1.0
7.2 427..246.7
2021 y. 2018 y. 2014 y. 2010 y.
v>u C$0
nST
o ér cP^
Rasm. Respublika hududlarida iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sish sur'atlari (marta, 2010 y. = 1, 0).
Rasm muallif tomonidan statistik ma'lumotlar asosida tuzilgan.
Yuqoridagi rasm ma'lumoüaridan ko'rish mumkin xususan 2010-2021 yillar oralig'ida iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish 11 martadan ortiq o'sdi. Taqqoslanayotgan davrda, keng xalq iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish respublikaning Xorazm (10, 3), Andijon (7, 5), Surxondaryo (7, 2), Navoiy va Samarqand (7, 1) viloyatlarida eng yuqori ko'rsatkichlarni qayd etdi. Bunda respublika sanoatining 15-17 foizini beradigan oziq-ovqat sanoati mahsuloti iste'mol mahsulotlari tarkibidagi 1/3 ni tashkil etmoqda.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoatining tarkibi ancha rivojlandi, diversifikatsiyalandi. Mahsulot hajmi bo'yicha metallurgiya sanoati (sanoat mahsulotidagi hissasi (21, 2 %)), mashinasozlik va metallni qayta ishlash (14, 9 %), yengil sanoat (14, 5 %), oziq-ovqat (13, 3 %) oldinda turadi. Shuningdek, yoqilg'i va elektroenergetika tarmoqlarining ulushi ham sezilarli darajada yuqori. Ayniqsa mashinasozlik sanoatining ko'rsatkichlari ancha tez ko'tarilib bormoqda. Sanoat tarmog'i ulushi 2014 yilda 90-yillar boshiga qaraganda deyarli ikki marta ortdi. 2015-2017 yillardagi qisqa tushkunlikdan sanoat tarmog'i yana o'z salohiyatini tiklamoqda. Sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishiga 2014 yildan MDH shu jumladan O'zbekistonda milliy valyutalarning AQSh dollari va boshqa zaxira valyutalarga nisbatan deyarli 2, 5 marta qadrsizlanishi aholining xarid qilish qobiliyatinig deyarli shuncha marta pasayishiga va nisbatan qimmat iste'mol mahsulotlari, shu jumladan yengil avtomobillarga bo'lgan talabning kamayishiga olib keldi. Bu o'z navbatida
eksportga yo'nalgan milliy avtomobilsozlik va tabiiy ravishda mashinasozlik ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Qolgan sanoat tarmoqlarida ham innovatsion mahsulot turlarini yaratish ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga xizmat qiladi. Masalan, respublikamizda rivojlanib borayotgan yog'ochni qayta ishlash va sellyuloza -qog'oz sanoatida, qurilish mahsulotlari sanoatida yangi - yangi mahsulot xillarini tayyorlash, canoat ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilishga olib keladi. Shuningdek, an'anaviy yengil sanoat tarkibida paxta tozalash tarkibining ulushini kamaytirish, to'qimachilik, tikuv va trikotaj korxonalarini ko'paytirish, mavjud mahalliy xom ashyo asosida meva - konserva, vino sanoatini qayta tiklash sanoat ishlab chiqarishini yangi texnika va texnologiya yordamida turlantirish, uning to'liq siklga ega bo'lishining muhim omilidir.
Umuman olganda, undiruvchi sanoat bilan qayta ishlovchi sanoat, og'ir sanoat bilan yengil sanoat nisbati mamlakat sanoat tarmog'i tarkibining faollik darajasini ifodalaydi. Xususan, elektr - energiya, mashinasozlik va kimyo sanoati bu ishlab chiqarish tizimining ilg'or tarmoqlari sanaladi.
Mamlakat sanoat tarmoqlar tizimi tahlili shuni ko'rsatadiki, ayrim hududlar faqat tog' - kon ya'ni xom ashyo qazib olishga ixtisoslashgan, boshqalarida esa asosan yengil, oziq - ovqat sanoati rivojlangan. Vaholanki, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashda ko'p ukladli sanoat ishlab chiqarishini shakllantirish katta ahamiyatga ega.
Alohida ta'kidlash lozimki, respublika sanoatining hozirgi tarmoqlar tarkibi to'laligicha shakllanmagan, unda texnologik jarayonning uzluksizligi ham mavjud emas. Bunday sharoitda sanoat siyosatini energiya ishlab chiqarish sikllarini vujudga keltirishga qaratilishi katta samara beradi. Jumladan, gidromelirativ, agroindustrial, tekstil industrial, qora metallurgiyaning pirometallurgiya, neft - gaz - kimyo, gaz - kimyo, rangli metallurgiya va boshqa energiya ishlab chiqarish sikllarini joriy etish imkoniyatlari mavjud.
Sanoat tarmoqlar tarkibini diversifikatsiyalash mintaqalar miqyosida ham katta ahamiyatga ega. Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rish mumkinki, Toshkent shahri va Toshkent, Farg'ona, Samarqand viloyatlarida sanoat turlanganlik darajasi ancha yuqori. Ayni vaqtda Navoiy, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Qoraqalpog'iston Respublikasi sanoati bir tomonlama rivojlangan. Ushbu viloyatlarda sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiya darajasini oshirish zarur.
Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishida muammolar ham bor. Bugungi kunda vujudga keltirilgan sanoat salohiyatidan hali yetarlicha va to'liq darajada foydalanilmayapti. Ishlab chiqarish quvvatlari, yuqori malakali ishchi kuchi, qulay iqlim sharoitlari mavjud bo'lgani holda, tayyor sanoat mahsulotining ko'pgina turlari, xom ashyo va materiallar, yetarli darajadagi manfaatdorlikning yo'qligi sababli, ko'pincha xorijdan qo'shimcha transport xarajatlari va valyuta sarflab olib kelinadi. Shu bois respublikada xom ashyo bazasi mavjud xorijdan keltirilayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish (lokalizatsiyalash) bo'yicha ham qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
respublikada tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi doirasida 2000 yildan buyon qiymati 5, 5 mlrd AQSh dollaridan ortiqroq 2, 8 mingdan ziyod mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirildi, ilgari import bo'yicha keltirilgan 4, 8 mingdan ziyodroq yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Natijada mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining umumiy hajmida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushi 20 foizdan oshdi.
Yuqoridagi ishlarni amalga oshirishni davom ettirish yuzasidan 2016 yil 26 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida PQ-2698-sonli qarori qabul qilindi. Dastur 1146 ta loyihani qamrab oladi va dasturdan tashqari 122 turdagi mahsulotni mahalliylashtirish ham tavsiya etilgan. Bunda qarorda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keltiriladigan xorijiy texnologiyalarni soliqdan ozod qilish belgilangan.
Mahalliylashtirish dasturlari mazmun va mohiyatiga ko'ra mamlakat korxonalarida zamonaviy talablarga javob beruvchi, raqabotbardosh va import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, asossiz import hajmini qisqartirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, yangi ish joylarini yaratishga imkoniyat yaratadi.
Sanoat ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishda eng avvalo mavjud qazilma boyliklar hamda mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan yuksak texnologik mahsulotlar ishlab chiqaradigan tarmoqlarni rivojlantirish zarur. Bu borada mamlakatda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar alohida mazmun kasb etadi. Jumladan, 2016 yilda sanoat ishlab chiqarish tarkibida yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan tayyor mahsulotning ulushi 50 foizdan ziyodni tashkil etdi. Sanoat korxonalari tomonidan yangi tovar va mahsulotlar, mutlaqo yangi rusumli "Ravon" yengil avtomobillar, "MAN" yuk avtomobillari, energiya tejaydigan lampalar, "LG", "Samsung", "Royal" rusumidagi maishiy elektrotexnika mahsulotlari, kaliy o'g'itlari va boshqa muhim mahsulotlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, urbanizatsiyalashuv jarayonining klassik holda rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotini sanoatlashtirish yoki xizmat ko'rsatish sohalari rivojlantirish bilan kechmadi. Shu bois, yaqin keljakda yangi 1080 shaharchalarni sanoat korxonalarini joylashtirish ob'ekti sifatida qarash va ular ichidan sanoat o'sish qutblarini tanlash lozim.
Bunda respublikaning urbanistik, sanoat salohiyati past hududlari sanoatini rivojlantirish shu jumladan keyingi yillarda yirik sanoat loyihalari amalga oshirilayotgan Quyi Amudaryo mintaqasida iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, sanoat ishlab chiqarishi hududiy tarkibini takomillashtirish texnik va texnologik tarafdan modernizatsiyalash va yangi quvvatlarni barpo etish asosida
industrial rayonlarni shakllantirish muhim masalalardan sanaladi. Ushbu amaliyotlar yaqin kelajakda mintaqa va mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Липец Ю.Г., Пуляркин В.А., Шлихтер С.Б. География мирового хозяйства. - М.: Владос, 1999. - 400 с.
2.Салиев А.С., Янчук С.Л. Размещение производительных сил и поляризованное развитие экономики республики Узбекистан. -Т.: Университет, 2005. - 173 с.
3.Soliyev A. Hududiy majmualarning nazariy asoslari. O'quv qo'llanma. -Т.: Universitet, 2007. - 91 b.
4.Soliyev A., Nazarov M., Qurbonov Sh. O'zbekiston hududlari ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishi. -Т.: Mumtoz so'z, 2010. - 344 b.