Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YUK VA YOʻLOVCHI TASHISH GEOGRAFIYASIDAGI OʻZGARISHLAR'

OʻZBEKISTONDA AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YUK VA YOʻLOVCHI TASHISH GEOGRAFIYASIDAGI OʻZGARISHLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
354
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
hududiy tarkib / avtomobil transporti / yuk tashish / yoʻlovchi tashish / aholining transport harakatchanligi / territorial content / road transport / freight transport / passenger transport / transport mobility of the population

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Isayev A.A.

Ushbu maqolada Oʻzbekistonning avtomobil transporti ish natijasi boʻlgan yuk va yoʻlovchi tashishning hududiy tarkibi tahlil etilgan. Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchi tashish geografiyasi 2010-2021 yillardagi statistik koʻrsatkichlari asosida oʻzgarishlar bayon etilgan. Aholining transport mobilligidagi farqlar aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHANGES IN THE GEOGRAPHY OF CARGO AND PASSENGER TRANSPORT IN UZBEKISTAN

This article analyzes the territorial composition of cargo and passenger transport, which is the result of the work of road transport of Uzbekistan. The geography of cargo and passenger transport in automobile transport is described in the terms of changes based on the statistical indicators of 2010-2021. Differences in transport mobility of the population have been identified.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YUK VA YOʻLOVCHI TASHISH GEOGRAFIYASIDAGI OʻZGARISHLAR»

Isayev A.A.

Rabiyev B.B.

Andijon davlat universiteti geografiya kafedrasi dotsenti

O'ZBEKISTONDA AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YUK VA YO'LOVCHI TASHISH GEOGRAFIYASIDAGI O'ZGARISHLAR

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonning avtomobil transporti ish natijasi bo'lgan yuk va yo'lovchi tashishning hududiy tarkibi tahlil etilgan. Avtomobil transportida yuk va yo'lovchi tashish geografiyasi 2010-2021 yillardagi statistik ko'rsatkichlari asosida o'zgarishlar bayon etilgan. Aholining transport mobilligidagi farqlar aniqlangan

Kalit so'zlar: hududiy tarkib, avtomobil transporti, yuk tashish, yo'lovchi tashish, aholining transport harakatchanligi.

Isayev A.A.

Rabiyev B.B. associate professor Geography Department Andijan State University

CHANGES IN THE GEOGRAPHY OF CARGO AND PASSENGER TRANSPORT IN UZBEKISTAN

Annotation: this article analyzes the territorial composition of cargo and passenger transport, which is the result of the work of road transport of Uzbekistan. The geography of cargo and passenger transport in automobile transport is described in the terms of changes based on the statistical indicators of 2010-2021. Differences in transport mobility of the population have been identified

Keywords: territorial content, road transport, freight transport, passenger transport, transport mobility of the population.

Kirish. Transportai geografik o'rganishda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa tarmoqlaridan farqli ravishda uning tarkibiy tuzilishi va taqsimlanishi tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy geografik omillar va hududning o'zlashtirilganlik darajasidagi xususiyatlarni o'zida aks ettiradi. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, transporting joylanishi infratazilma doirasida tadqiq qilish biroz bo'lsa-da qulay, ammo uning asosiy ish natijasi bo'lmish yuk va yo'lovchi tashish nuqtai nazardan o'rganish nisbatan mushkulroq.

Asosiy qism. Avtomobil transportidan foydalanishning hududiy tarkibida o'zgarishlar tadqiqot natijasida aniqlandi. Mintaqalar bo'yicha yuk tashish hajmi ko'rsatkichlari tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, respublikada eng

yuqori ko'rsatkich 2000-2021 yillar oralig'ida Navoiy (24-32 foiz) eng baland 2015-yilda 32,6 foiz bilan ajralib turadi. Toshkent viloyatining hissasi 2000-2020 yillar davomida muttasil ko'tarilib borgan 2000-yil 11,5 %, 2015-yil 13,3 %,

2020-yilga kelib, 18,5 % ga yetgan. Xuddi shunday tendensiya Toshkent shahriga ham tegishli bo'lib, mos ravishda 7,7 %, 13,0 %, 14,6 foizlarni tashkil etgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning avtomobil transporti yuk tashishdagi ulushi jihatidan aksincha, Toshkent shahri hissasi 16,8 foizga teng bo'lsa, Buxoro viloyati 10,1 foizga to'g'ri keladi. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlar tomonidan tashilgan yuklarni ulushi eng kam viloyatlar qatorida Navoiy viloyati (4,8 foiz) o'rin olgan. Bundan ko'rinadiki, Navoiy viloyati yuk tashish hajmida asosiy ulush konlardagi xom ashyolarni tashish hisobiga yuqori bo'lgan, shuningdek, og'ir sanoat jumladan, tog' kon sanoati boshqa mintaqalarga nisbatan yaxshi rivojlanganligi ta'sir ko'rsatgan. Biroq mazkur viloyatda 2019-yilda tashilgan yuklarning faqatgina 9,7 foizi tadbirkorlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Vaholanki, aksariyat viloyatlar ulushi bu tarmoqda 90,0 foizdan kam emas. Jumladan, Samarqand viloyatida jami tashilgan yukning 97,1 foizi (49,7 mln.t) kichik biznes egalari tomonidan amalga oshirilgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyati respublikaning eng yirik transport rayoni va transport tuguni ekanligidir. Shuning uchun ham barcha jo'natilgan yuklarning katta qismi mazkur mintaqalarga to'g'ri keladi.

Yuk tashish hajmining eng past ko'rsatkichlari esa Sirdaryo viloyatiga tegishli bo'lib, 2000-2020 yillarda davomida qayd etib kelmoqda (2,9-1,6%). Bu Navoiy viloyatidan qariyb 18 barobarga kam bo'lib, katta farqni keltirib chiqarmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yuk tashishdagi ulushi viloyatda 74,5 foizni tashkil qilmoqda. Viloyat yuk tashish geografiyasini o'rganish shuni ko'rsatadiki, 2010-yilda Guliston shahri (24,9 foiz), Sirdaryo tumani (18,8 foiz) va Xovos tumani (12,5 foiz) yuk tas hish hajmiga ko'ra yetakchi bo'lgan. Qolgan shahar va tumanlar hissasi 10,0 foizga ham yetmagan. 2019-yilga kelib yuk tashish hajmi 10 foizdan oshgan yuqoridagi tuman va shaharlarga Mirzaobod (12,0 foiz) qo'shilgan. Mirzaobod tumani 2010 -2019 yillar davomida yuk tashish hajmi qarib 5,4 martaga ko'paygan va 2127,4 ming tonna yuk tashilgan. Viloyatdagi eng past ko'rsatkich esa Sardoba (1,5 foiz) va Oqoltin (3,0 foiz) tumanlariga to'g'ri keladi. Sardoba tumani yuk tashish hajmi 2011 -yildan

2021-yilga qadar faqat pastlab borgan. Bundan ko'rinadiki, viloyatning ayrim tumanlarida sanoat tarmoqlari yetarli darajada rivojlanmayotgani ayrim hollarda esa orqaga ketish bo'layotganligini anglatadi. Natijada, viloyatning respublikada tutgan o'rniga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

O'rganilayotgan yillarda respublika avtomobil transportida yuk tashish hajmidagi ulushning yuqori suratda kamayishi Qoraqalpog'iston Respublikasiga to'g'ri kelgan. Bu yerda 2000-yil respublikaning 7,2 foizga teng bo'lgani holda 2015-va 2020-yillarda 2,2 hamda 2,6 foizga tushib ketgani kuzatiladi. Bunga asosiy sabab 2000-yilga nisbatan 2020-yilda avtomobil transportida yuk tashish hajmi pastlab 63,3 foizga tushgan. Ayrim viloyatlarda bu davr oralig'ida Buxoro

238,8 foiz, Surxondaryo 205,1 foizga ko'tarilgan. Qoraqalpog'iston respublikasida avtomobil transportida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2019-yilda 86,7 foizni tashkil etgan. Bu avvalgi yilga nisbatan 5,1 foizga kam bo'lgan. Aytish joizki, bu mintaqalarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi ulushi ham juda past (3 foizga ham yetmaydi). Bunday holat yuk tashish hajmida ham yaqqol sezilib turadi.

2000-2020 yillarda O'zbekiston avtomobil transportida yuk tashish hajmi 176,5 foizga ortgan. Tahlil qilinayotgan davrda, hududlar bo'yicha avtomobil transportida yuk tashish hajmining eng katta o'sish sur'atlari Toshkent shahrida (3,3 marta), Toshkent viloyatida (2,8 marta), Buxoroda (2,3 marta), Jizzax va Surxondaryo (2,0 marta) viloyatlarida kuzatildi.

Viloyatlar kesimida avtomobil transportida yuk tashish aylanmasi dinamikasini (2000-2021 yy.) tahliliga ko'ra, respublikada o'rtacha o'sish 181,6 foizni tashkil etadi, hamda ushbu davrda respublikaning barcha mintaqalarida avtomobil transportida yuk tashish aylanmasi sur'ati oshganligi ko'rinadi. Buxoro (4,0 marta), Jizzax (3,5 marta) va Qashqadaryo (2,3 marta), Farg'ona (2,1 marta) viloyatlarida avtomobil transportida yuk tashish aylanmasi respublika ko'rsatkichlariga nisbatan ancha yuqori bo'lgan. Toshkent viloyatida o'sish ko'rsatkichi 110,0 foizni va Namangan viloyati 128,4 foizni tashkil etgani holda respublikada eng kam ko'rsatkich bilan past darajani qayd etdi. Mintaqalar kesimida avtomobil transporti yuk aylanmasining eng katta ulushi 2000-yilda Toshkent viloyati (16,7 foiz) va Toshkent shahriga (14,9 foiz) tegishli bo'lgan. 2020-yilga kelib, Toshkent viloyati (10,1 foiz) Toshkent shahri (12,5 foiz) bilan o'rin almashgan holda yetakchi bo'lgan. Shuningdek, shu yili Buxoro (11,4 foiz), Farg'ona (9,1 foiz), Navoiy (10,2 foiz) va Qashqadaryo (7,1 foiz) viloyatlarining ulushi boshqa mintaqalarga nisbatan yuqori. Eng past ko'rsatkich Sirdaryo (1,7 foiz) va Namangan (3,7 foiz) viloyatlariga tegishli.

Respublikada avtomobil transportida yuk aylanmasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 76,5 foizni tashkil etadi. Shuning uchun xususiy yuk tashuvlar aylanmasidagi hududiy tafovutlarni ko'rib chiqish zarur. Unga ko'ra tadbirkorlar tomonidan tashilgan yuk aylanmasida Buxoro 12,6 foiz, Farg'ona 11,4 foiz viloyatlari alohida ajralib turadi. Buxoro viloyatida 2019-yilda tashilgan yuk aylanmasining 69,0 foizini xususiy tadbirkorlar amalga oshirgan Farg'onada bu ko'rsatkich 96,4 foiz bilan respublikada yetakchi bo'lgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati respublikadagi ulushi past bo'lishiga qaramasdan tadbirkorlar tomonidan tashilgan yuk aylanmasi hissasi 95,8 foizni va Namangan viloyati 93,1 foizni tashkil etib, xususiy avtotransportlarda yuk tashish nisbatan yaxshi yo'lga qo'yilgan. Xususiy sektor tomonidan Namangan viloyatida yuk tas hish aylanmasi bo'yicha avvalgi yilga nisbatan o'sish ko'rsatkichi eng yuqori ya'ni 116,5 foizga teng bo'lgan. Xususiy sektorda yuk tashish aylanmasida Toshkent shahri 86,7 foiz va Surxondaryo viloyati 101,4 foiz bilan eng past ko'rsatkichni qayd etgan. Us hbu tahlillar asosida aytish mumkinki, yuk tashish hajmi va yuk aylanmasida viloyatlar o'rtasida tafovutlarga hududning tashqi va ichki transport tarmoqlari

rivojlanganligida ko'rish mumkin. Masalan, Navoiy viloyati yuk tashish hajmida eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan holda yuk aylanmasida katta farq yo'q. Sababi, mazkur viloyat transporti asosan tuman yoki ishlab chiqarish korxonalari ichida yuk tashish baland, respublikaning qolgan viloyatlari hamda boshqa respublikalarga, uzoq masofalarga yuk tashish potensialidan to'la foydalanilmayotganligini bildiradi. Bu o'rinda Navoiy erkin iqtisodiy zonasi imkoniyatlari yuqori baholanadi. Qolgan mintaqalarning milliy iqtisodiyotga qo'shayotgan hissasi va ularning iqtisodiyotda tutgan o'rnini baholashda ham avtomobil transporti yuk aylanmasi indikator vazifasini bajarib beradi.

Avtomobil transportida yo'lovchi tashish geografiyasi 2015-2021 yillar oralig'ida ko'rsatkichlari sezilarli o'zgardi. Bir tomondan 2017-yildagi O'zbekistonning qo'shni mamlakatlar bilan integratsiyalashuvining kuchayishi, Qirg'iziston va Tojikiston bilan chegaralarni ochilishi, ikkinchi tomondan 2020-yil jahonda yuz bergan COVID-19 pandemiyasi tufayli kiritilgan cheklovlar nafaqat O'zbekiston balki butun dunyo davlatlariga birinchi navbatda avtomobil va jamoat transportiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Yo'lovchilar oqimini ta'minlaydigan turizm industriyasi juda katta yo'qotishlarga uchradi.

O'zbekistonda ham 2020-yilda avtomobil transportida yo'lovchi tashish hajmi avvalgi yillarga nisbatan kamaygan. 2015-2019 yillar davomida respublika bo'yicha o'sish ko'rsatkichi 111,7 foizni tashkil etgani xolda 2019 -yilda 5915,2 mln. yo'lovchi tashilgan bo'lsa, 2020-yil 5248,5 mln. yo'lovchi tashilib avvalgi yilga nisbatan 88,7 foiz yoki 2015-yil darajasiga tushib qolgan.

O'zbekistonda yo'lovchi tashishning hududiy xususiyatlari shu vaqtgacha deyarli ilmiy jihatdan o'rganilmagan soha hisoblaniladi. O'rganishlardan ko'rinadiki, 2015- yilda eng ko'p tashilgan yo'lovchi Toshkent shahriga (20,7 foiz), Toshkent (12,2 foiz), Andijon (11,8) va Farg'ona (11,1 foiz) viloyatlariga to'g'ri kelgan. 2020 -yilda Toshkent shahridan (19,2 foiz) keyin Andijon (12,4), Toshkent (11,4 foiz) va Farg'ona (11,1 foiz) bilan yetakchi bo'lib, jami respublikada tashilgan yo'lovchilarning 51,1 foizini tashkil qilgan. Biroq o'sish ko'rsatkichlari Toshkent (107,0 foiz) va Farg'ona (108,9 foiz) viloyatlari respublika o'rtacha ko'rsatkichlaridan past bo'lgan. Eng yuqori o'sishga Navoiy 129,3 foiz, Sirdaryo (125,3 foiz) viloyatlari va Qoraqalpo g'iston respublikasi (123,3 foiz) erishgan bo'lsa-da, Sirdaryo va Qoraqalpog'iston respublikasining avtomobil transportida yo'lovchi tashishdagi ulushi eng kam yani 1,5; 2,5 foiz bo'lgan. Yana bir quyi ko'rsatkich Jizzax viloyati 1,7 foiz bilan faqat Sirda ryo viloyatidan yuqori turadi. Avtomobil transportida yo'lovchi tashishdagi o'sish eng kam viloyatlar Surxondaryo va Samarqand viloyatlariga tegishli bo'lib, mos ravishda 102,3; 103,4 foizni tashkil qilgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining avtomobil transportida yo'lovchi tashish, yuk tashishdagidan farqli ravishda yo'lovchi tashishning o'rtacha 90,0 foizini qamrab oladi. Shuning uchun viloyatlarning avtotransportda yo'lovchi tashishuvida umumiy ko'rsatkichlarga xususiy sektordagi farq unchalik katta emas. Jumladan, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikda avtotransportda yo'lovchi tashish hajmi Toshkent shahri 18,0 foiz, Andijon 12,8 va Farg'ona 11,3 foiz bilan yetakchilik qiladi. Andijon viloyatining o'zida respublikaning Janubiy mintaqaning Qashqadaryo viloyatidan 2,5 marta, Surxondaryodan esa 3,1 martaga ko'p tashilgan. Samarqand va Namangan viloyatining respublikadagi ulushi teng bo'lib, 8,3 foizga to'g'ri kelgani holda 445,0 mln. yo'lovchi tadbirkorlar tomonidan tashilgan. Namangan viloyati esa kichik biznes egalari tomonidan yo'lovchi tashish ko'rsatkichi 96,5 foizga teng bo'lib, respublikada yetakchi. Xususiy tarmoqda yo'lovchilar soni jihatidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlari 1,5 va 1,7 foizni tashkil qilib, jami avtomobil transportida tashilgan yo'lovchilarning 95,0 foizini xususiy sektor qamrab olgan bu respublika o'rtacha ko'rsatkichidan (90,4 foiz) baland.

Pandemiya davrida yo'lovchi tashish 2019-yilga nisbatan 2020-yilda 88,7 foiz bo'ldi. Bu davrda Respublika o'rtacha o'sish ko'rsatkichlaridan kam bo'lgan mintaqalar Toshkent shahri (82,2 foiz), Toshkent (86,5 foiz), Samarqand (87,8 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog'iston respublikasi (88,1 foiz) bo'lgan. O'rganishlar shuni ko'rsatadiki, bu davrda o'tgan yilga nisbatan barcha hududlarda kamayish kuzatilgan.

COVID-19 pandemiyasi aholining transport harakatchanlik ko'rsatkichlariga ham katta tasir ko'rsatganligi, yo'lovchi tashish va aholi soni ko'payishiga mos holda hududiy tafovutlar vujudga kelgan (1 -jadval).

1-jadval

O'zbekistonda aholining transport harakatchanlik ko'rsatkichidagi

o'zgarishlar

№ Viloyatlar Yo' lovchi tas min.kishr ish Aholining avto transporti harakat mobil tchanligi Doimiy aholi soni (ming kishi 2021 y.)

2015 y. 2019 y. 2021 y. 2015 y. 2019 y. 2021 y.

1 Qoraqalpog'iston Respublikasi 111,7 131,4 137,5 63 70 71,5 1923,7

2 Andijon 624,4 648,5 715,9 218,5 211 224,5 3188,1

3 Buxoro 260,5 267,7 278,4 146 141 143 1947,1

4 Jizzax 77,3 88,8 95,9 62 65,5 68 1410,5

5 Qashqadaryo 257,2 266,4 308,0 87 83 92 3335,4

6 Navoiy 132,1 158,3 171,0 144,5 161,5 169 1013,6

7 Namangan 391,8 414,2 447,1 153 150 156 2867,5

8 Samarqand 457,6 415,8 423,4 130 109,5 107 3947,7

9 Surxondaryo 237,7 225,0 265,1 101 87,5 99 2680,8

10 Sirdaryo 66,3 73,5 85,0 85 88,5 99 860,9

11 Toshkent 647,8 600,5 703,9 235 207 236,5 2975,9

12 Farg'ona 587,3 582,8 674,2 170,5 158 176,5 3820,0

13 Xorazm 346,3 368,4 437,6 202 200,5 231 1893,3

14 Toshkent shahri 1095,1 1007,2 1171,2 462 401 434,5 2694,4

Respublika bo'yicha 5293,2 5248,5 5914,2 170,5 158 171 34558,9

Jadval statistik ma'lumotlar asosida hisoblandi

Respublikada aholining transport mobilligi 2015-yilda o'rtacha 170,5 kishini tashkil etgan bo'lsa, pandemiya boshlanganda 158 ga tushib qolgan. Eng katta kamayish Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand viloyatlarida kuzatilgan. Ayrim viloyatlarda bu davrda o'zish kuzatilgan jumladan Navoiy viloyatida aholining harakatchanlik ko'rsatkichi 2015-yilda 144,5 bo'lgan bo'lsa 2019-yilda 161,5ni tashkil qilgan. Bundan ko'rinadiki Pandemiya davridagi transport cheklovlari mazkur viloyatda "engilroq" bo'lgan. Avtomobil transporti yo'lovchi aylanmasida ham juda katta hududiy tafovutlar ko'zga tashlanadi. Mazkur transport turida 2015-yilda 109,1 mlrd. yo'lovchi-km hajmda yo'lovchi tashilgan bo'lib, Toshkent (14,1 foiz), Samarqand (12,0 foiz), Farg'ona (11,5 foiz) viloyatlari ajralib turadi. Eng kam ko'rsatkich esa Sirdaryo (1,8 foiz), Jizzax (2,0 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog'iston respublikasi (3,1 foiz) da kuzatilgan. 20192020 yilga kelib, ham engko'p va eng kam yo'lovchi aylanmasiga ega viloyatlar saqlanib qoladi. O'sish ko'rsatkichlarida turli darajada tafovutlanadi. 2019 -yilga kelib, jami 124,1 mlrd. yo'lovchi-km yo'lovchi tashilib o'rtacha o'sish 113,7 foiz bo'lgan. Mazkur ko'rsatkich yuqori viloyatlar Navoiy (120,1 foiz), Sirdaryo (118,7 foiz), Namangan (116,4 foiz) va Andijon (116,1 foiz) sifatida ko'rish mumkin. E'tiborli jihatlardan biri 2020-yil pandemiya davrida ham Sirdaryo viloyati (94,2 foiz)da bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan. Shu yili barcha mintaqalarda kamayish bo'lgan bo'lsa, birgina Jizzax viloyati yo'lovchi aylanmasi 2019 -yilga nisbatan 103,4 foiz o'sishga erishgan. Vaholanki, 2020-yilda respublikada yo'lovchi aylanmasi 113,2 mlrd. yo'lovchi-km yo'lovchi-km ga kamayib ketgan. Avvalgi yilga nisbatan eng katta kamayish Navoiy (87,5 foiz) va Toshkent (88,4 foiz) hamda Surxondaryo (89,8 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. 2022-yiga kelib 131,0 mlrd. yo'lovchi-km ni tashkil qilgan.

2019-yilda avtotransportda 124,1 mlrd. yo'lovchi-km hajmda yo'lovchi tashilgan bo'lsa, xususiy tadbirkorlar tomonidan bajarilgan ishlar 117,4 mln. yo'lovi-km ga teng bo'lgan. Xususiy sektorda tashilgan yo'lovchi aylanmasining14,2 foizi Toshkent, 12,3 foizi Samarqand viloyatlariga to'g'ri kelib, eng yuqori ko'rsatkichni tashkil etadi. Sirdaryo va Jizzax viloyatlari 2,0 foiz, Navoiy va Qoraqalpog'iston respublikasi 3,2 foiz bilan eng oxirgi o'rinlarni egallaydi. Tadbirkorlarning yo'lovchi aylanmasidagi ulushi jihatdan Toshkentda 96,0 foizni Samarqand viloyatida esa 97,2 foizni tashkil qiladi. Eng kam ko'rsatkichga ega bo'lgan Sirdaryo va Jizzaxda 97,5 foiz yo'lovchi aylanmasi xususiy tarmoqqa tegishli. Bu jihatdan ikkala viloyatdagi holatni ijobiy baholash mumkin.

Hulosa yuqorida o'tkazilgan tahlillardan ko'rinadiki temir yo'l transportida yuk tashish, yuk aylanmasida ham yo'lovchi tashish hajmi va uning aylanmasida ham hududiy tafovutlar katta. Yirik sanoat markazlarida, tog' kon sanoati rivojlangan hududlarda yuk tashish ko'rsatkichlari yuqori bo'lsa, temir yo'lda yo'lovchi tashish va uning aylanmasi aholi zich, aglomeratsiya darajasi yuqori bo'lgan joylarda o'sish kuzatilmoqda. Avtomobil transporti asosiy transport sifatida barcha ko'rsatkichlarda temir yo'l transportidan oldinda turibdi.

Lekin turli tabiiy ofatlar, kutilmagan karantinlar vaqtida mazkur transport turiga katta ta'sir ko'rsatmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Isayev A.A. Transport geografiyasi. O'quv uslubiy qo'llanma. -T. 2019. -148 b. URL: https://library.samdu.uz/files/fc62be19b010d868a7f8d8bd8be22935_taransport %20geografiyasipdf.pdf

2.Казанский Н.Н., Варламов В.С., Ганкин М.Х и др. География путей сообшения. -М.: Транспорт, 1980. -223 с.

3. Karrieva B. K. O'zbekistonda logistika va transport infratuzilmalarini rivojlantir ish yo'nalishlari // Academic research in educational sciences. 2021. № 4 (2). C. 1241-1245.

4. Конова Г.А Экономика автомобильного транспорта — Кононова Г.А. // Экономический портал [Электронный ресурс]. URL: https://institutiones.com/download/books/3241-ekonomika-avtomobilnogo-transporta-kononova.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.