Научная статья на тему 'INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA TRANSPORT LOGISTIKA XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI'

INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA TRANSPORT LOGISTIKA XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
736
170
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovasion yondoshuv / logistika / mahsulot / xizmat ko‘rsatish / bozor konyukturasi / qo‘shimcha qiymat / eksport / import / iqtisodiy o‘sish. / innovative approach / logistics / products / services / market conditions / value added / exports / imports / economic growth.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Azizkulov, Baxtiyor, Tashmatov, Sharaf Urokboyevich

Maqolada innovasion yondoshuv asosida transport logistika xizmatlari samaradorligini oshirish orqali ichki va tashqi bozorlarning konyukturasiga mos keladigan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport va import qilish orqali mintaqaning ijtimoiy – iqtisodiy o‘sishining barqarorligini ta’minlaydigan asosiy yo‘llari aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF TRANSPORTATION AND LOGISTICS SERVICES ON THE BASIS OF INNOVATIVE APPROACH

The article outlines the main ways to ensure the sustainability of socio-economic growth in the region through the export and import of high value-added products that meet the conditions of domestic and foreign markets by increasing the efficiency of transport and logistics services based on an innovative approach.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA TRANSPORT LOGISTIKA XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI»

INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA TRANSPORT - LOGISTIKA XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Baxtiyor Azizkulov

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti, PhD baxtiyor! 00774@mail .ru

Sharaf Urokboyevich Tashmatov Samarqand iqtisodiyot va servis instituti sh.tashmatov@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada innovasion yondoshuv asosida transport - logistika xizmatlari samaradorligini oshirish orqali ichki va tashqi bozorlarning konyukturasiga mos keladigan yuqori qo 'shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport va import qilish orqali mintaqaning ijtimoiy - iqtisodiy o'sishining barqarorligini ta'minlaydigan asosiy yo 'llari aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: innovasion yondoshuv, logistika, mahsulot, xizmat ko'rsatish, bozor konyukturasi, qo 'shimcha qiymat, eksport, import, iqtisodiy o'sish.

ABSTRACT

The article outlines the main ways to ensure the sustainability of socio-economic growth in the region through the export and import of high value-added products that meet the conditions of domestic and foreign markets by increasing the efficiency of transport and logistics services based on an innovative approach.

Keywords: innovative approach, logistics, products, services, market conditions, value added, exports, imports, economic growth.

KIRISH

Ma'lumki, har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida uning qon tomiri bo'lgan transport-logistika tizimi juda muhim ahamiyatga ega.

Jahonda, ayniqsa globallashuv sharoitida milliy, mintaqa va xalqaro darajalarda transport-logistika xizmatlarini sifatli ko'rsatish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur jarayonda avtotransport xizmatlari bozori muhim segment sifatida o'rin tutib, "dunyoda yalpi ichki mahsulotdagi uning ulushi 6,8 foizini tashkil etdi" [3]. Bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarida transport infratuzilmasining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Mazkur soha faoliyatini takomillashtirish vazifalari Jahon transport va logistika tizimi (The global transport and logistic system) tomonidan amalga oshiriladi. Jahon

banki guruhi ma'lumotlariga ko'ra, jahon transport xizmatlarining YalM tarkibidagi miqdori 4,2 trln. AQSh dollari (6,8%) hajmida baholanib, yiliga 110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yo'lovchilar tashilgan, transport infratuzilmasida band bo'lgan xodimlar soni 100 mln. kishini tashkil etadi [9]. Shular bilan bir qatorda transport, jumladan, avtotransport sohasi energiya va tabiiy resurslarning katta qismini iste'mol qilinishi barobarida boshqa tarmoqlarning jadal rivojiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmoqda.

Tahlilning natijalariga ko'ra, rivojlangan mamlakatlarda mahsulot va xizmatlar tannarxida transport sohasining ulushi 8-9 foizni tashkil qilib, mazkur ko'rsatkich dengiz yo'llariga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyati bo'lmagan mamlakatlarda 1,5 barobargacha yuqori bo'lmoqda. Bular o'z navbatida transport-logistika korxonalarining raqobat salohiyatidan samarali foydalanish zaruratini yanada dolzarblashtirmoqda. Samarador transport-logistika tizimi ichki bozorda tayyor mahsulot va xom-ashyo harakatini optimallashtirish orqali tovar va xizmatlarning xaridorlar uchun qulay sharoit va arzon narxlarda yetkazib berilishini ta'minlaydi, bozordagi raqobatni rag'batlantiradi. Tashqi bozorda esa mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi va jahon iqtisodiyotiga integratsiya jarayonini tezlashtiradi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida yurtimizda transport-logistika tizimini takomillashtirish dolzarb masala ekanligi, dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda qiyinchiliklarning mavjudligi, tovarlari-mizni eksport qilish bo'yicha zamonaviy logistika yo'nalishlarini yaratishlari zarurligi, Vazirlar Mahkamasi esa eksport yuklarini qo'shni davlatlardan imti-yozli narxlarda o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib borishi kerakligi, shu bilan birga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi indeksi»dagi o'rnimizni kamida 20 pozisiya yuqoriga ko'tarish choralarini ko'rish masalalari ko'tarilgan edi. Bu belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlashda parlament nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanish doirasida mamlakatimizdagi transport logistika kompaniyalar mazkur sohada olib borilayotgan ishlar bilan birga bugungi kunning dolzarb masalalaridan ekanligini ta'kidlash mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Hozirgi globallashuv sharoitida dunyoda tezkor o'sish, yuksalishga yo'naltirilgan ko'plab yondashuvlar jamoaviy uyg'unlashuvni talab etmoqda. Ma'lumki, butun dunyoda erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, klasterlar,

korporatsiyalar kabi zamonaviy yondashuvlar bilan tashkil etilayotgan logistika

357

Scientific Journal Impact Factor

infratuzilmalarining soha va ixtisosliklar yuksalishidagi roli beqiyos. Har bir sohada innovatsion muhitning shakllanishi, rivoji bilan bog'liq qonuniyatlarni muntazam tahlil qilish hamda samarali foydalanish bugungi kun talabidir. Chunki, innovatsiya bilimlar tugal konsentratsiyalashgan integratsiyalashuv tufayli paydo bo'lgan g'oyadan boshlanuvchi ilmiy-tadqiqot, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning faol hamkorligi mahsuli, yangilanishlarga asoslangan to'kin va farovon hayot, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishni ta'minlovchi omildir. Shu nuqtai nazardan logistika masalalari bo'yicha ham xorijlik tadqiqotchilar ushbu ilmiy yo'nalishlarni alohida va tizimli tavsiflarda tasvirlaydi. Mukammal logistikaning nazariy jihatlari D. Bauersoks, M. Linders, Mirotin L.B., D. Uoters, K. Laynos, M. Djillingem, Dj.R. Stok, D.M. Lambert, A.M. Gadjinskogo, A.G. Kalchenko, T.V. Kosarev, M.A. Oklander, V.I. A.N. Rodnikov, Sergeyev, A.D. Chudakov, N.I. va boshqalar ishlarida yoritilgan.

Xususan, D. Bauersoksning fikricha, logistika infratuzilmasi ob'ektlari, axborot vositalari, transport kompaniyalari va ularning imkoniyatlari, ombor-xonalar, yuklarni tashish, qadoqlash, inventarizatsiyani boshqarish, yuklarni yuklash va tushirish terminallari va chakana do'konlarga tegishlidir. Muallifning fikricha, logistika infratuzilmasini tashkil etishda ma'lum geografik joyla-shuvi bo'lgan ob'ektlar (ombor komplekslari) sonini aniqlash va har bir joyda saqlanuvchi mahsulot zaxiralarini hisoblash kerak. Shu bilan birga muallif, transport tarmoqlari, transport vositalari va transport kompaniyalarini o'z ichiga olgan transport logistika infratuzilmasini alohida qayd etadi [2].

A.D. Chudakov logistika infratuzilmasi deganda moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilarning ta'minot zanjiri ishtirokchilari, tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va mahsulot iste'molchilarini tushunadi. Shu nuqtai-nazar-dan, logistika infratuzilmasida muallif logistikaning barcha sohalarini (quyi tizimlarini) o'z ichiga olishini ta'kidlaydi. Bular: moddiy-texnik ta'minot, transport va saqlash, inventarizatsiyani boshqarish, marketing faoliyatidir [7].

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, bizningcha logistika aniq hisob-kitob qilish san'ati, oqilona boshqarish tizimi infratuzilmasiga, iqti-sodiyotning raqobatbardoshligini oshiruvchi, logistika faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan bino-inshoot, transport tizimlari, ishlab chiqarish ob'ektlari, yuk tashuvlari, omborxonalar majmuasi deb ta'rif berish mumkin.

Mamlakatimizda logistika tizimi samarador-ligini oshirish, ushbu jarayondagi muammolarni hal etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning logistika ko'rsatkichlari indeksi, logistika markazlari faoliya-tini qo'llab-quvvatlash tajribasini

tahlil qildik, qiyoslash, analiz, sintez usullari orqali ular faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlarini keltirdik.

NATIJALAR

Jahon transport tarmoqlarining umumiy uzunligi dengiz yo'llarini hisobga olmaganda 38 mln. kilometrdan oshiqni tashkil etadi: avtomagistrallar - 26 mln. km; temiryo'llar - 1,24 mln. km; quvurlar - 1,8 mln. km; havo yo'llari - 9,6 mln. km; daryo yo'llari - 0,57 mln.km. rivojlangan mamlakatlar transport tarmoqlarining uzunligi jahon transport tarmoqlari umumiy uzunli-gining 79 %ini tashkil etadi [4]. Barcha turdagi xizmatlarning jahon eksport va importida transport xizmatlari ulushi taxminan 25 % (5,5 trln. AQSh doll.)ni tashkil etadi. Jahon bozorida qiymat ko'rsatkichi bo'yicha transport-ekspedi-torlik xizmatlarini ko'rsatuvchilar faqatgina eng yirik tovar eksportchilaridan keyingi o'rinda turadilar [5].

Logistik xizmatlar ko'rsatuvchilarning eng yirigi AQSh hisoblanadi. Ular 80-90 mlrd. AQSh dollarlik transport-ekspeditorlik xizmatlarini eksport qiladilar. Ammo 90-100 mlr. AQSh dollari miqdoridagi transportekspeditorlik xizmatlarini import ham qiladilar. Mazkur xizmatning eng yirik eksportchi-lariga Germaniya (25-26 mlrd. AQSh doll.), Yaponiya (40-45 mlrd. AQSh doll.) hamda Buyuk Britaniya, Gollandiya, Gongkong (22-28 mlrd. AQSh doll.), Koreya v.b (4). Logistik xizmatlarni import qilishda AQShdan keyingi o'rinlarda Germaniya - 52 mlrd. AQSh doll. (7,56 %); Yaponiya - 42,3 mlrd. AQSh doll. (6,24 %i); Buyuk Britaniya - 35,8 mlrd. AQSh doll. (3,47 %i); Koreya Respublikasi - 29,9 mlrd. AQSh doll. (3,41%); Italiya - 22,6 mlrd. AQSh doll. (3,3%), Gollandiya - 16,6 mlrd. AQSh doll. (2,41 %) v.b [6].

Ushbu mamlakatlarning jahon bozorida transport xizmatlarini sotish va sotib olishdagi yetakchiligini ularning jahon tovar aylanmasi hamda xalqaro mehnat taqsimotidagi faol ishtiroki bilan izohlash mumkin. Ma'lumki, O'zbekistonda intermodal logistika xabida xizmat ko'rsatish jarayoni yil sayin takomillashib borayapti [9]. U Osiyoni Yevropa bilan bog'lovchi asosiy avtomobil hamda temir yo'l tarmoqlari chorrahasida, geografik jihatdan nihoyatda qulay nuqtada joylashganligi tufayli qisqa muddatda Markaziy Osiyodagi eng yirik yuk tranziti qo'nalg'asiga aylandi. Milan, Rim, Vena, Bryussel, Frankfurt, Incheon, Dubay, Xanoy, Tyanszin, Dehli, Mumbay kabi shaharlarning logistika markaz-lari bilan yaqindan hamkorlik o'rnatilgani, 2020 yilda jami yuk tashuvlarining hajmi 1,3 mlrd. tonna (o'tgan yilga nisbatan 104,6 foiz), yuk aylanmasi 40,1 mlrd. tonnani (101,8 foiz) tashkil etdi. Barcha transportda yo'lovchi tashish hajmi 5,26 mlrd. yo'lovchi (87,2 foiz), yo'lovchi aylanmasi 116,96 mlrd. yo'lovchi/km.ni (83,5 foiz) tashkil etdi.

359

Jami xalqaro yuk tashuvlari hajmi (eksport, import va tranzit) 46,9 mln. tonnani yoki o'tgan yilning mos davriga nisbatan 108,5 foizni tashkil etdi. Eksport yuklari 13,2 mln. tonna (2019 yilga nisbatan 117,1 foiz), import 24,5 mln. tonna (102,4 foiz) va tranzit 9,07 mln. tonnani (114,7 foiz) tashkil etdi. Xalqaro tashuvlarda temir yo'llari 39,5 mln. tonna (112,7 foiz), avtomobil 7,3 mln. tonna (90,3 foiz), aviatashuvlar 60,6 ming tonnani (138,9 foiz) tashkil etishi va uning yildan -yilga ortgani ana shundan dalolat beradi. Biroq, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi mutaxassislarining tadqiqot-lariga ko'ra, jumladan, mamlakatimiz avtomobil transporti operatorlari tomonidan ko'rsatilayotgan yuk tashish xizmatlari tannarxi tarkibi rivojlangan mamlakat-larning o'xshash ko'rsatkichlaridan juda katta farq qilar ekan. Ayniqsa, tannarx tarkibida yonilg'i, amortizatsiya xarajatlari, soliq va yig'imlar ulushi bir necha marotaba yuqori bo'lib, rag'batlantirishning eng samarali vositasi hisoblanuvchi haydovchilar ish haqi ulushi 3 barobardan ham kamroq ekan [8].

Yevropa Ittifoqi davlatlari va O'zbekiston Respublikasida avtomobil

transportida yuk tashish tannarxining tarkibiy tuzilishi[8-9-10]

X arajatlar nomi, O'zbekiston, % da Evropa Ittifoqi, % da Evropa Ittifoqi davlat-larini O'zbekistonga nis-batan farqi, +;-

Tashish tannarxidagi ulushi 37 - 40 16 - 20 -19-20

Yoqilg'i moylash mate-riallari 2,0-2,5 2,0-3,0 -0,5

Haydovchining ish haqi 15-16 52-55 +37+39

Shina xarajatlari 2,0-2,5 1,0-1,1 -1,0-1,4

Amortizatsiya ajratmalari 10-12 5-6 -5,0-6,0

Soliq va yig'imlar 6-7 1,0-2,0 -4,0-5,0

Boshqa xarajatlar 20-21 16-17 -4,0

Quyidagi keltirilgan jadval ma'lumotlariga ko'ra, tashish xarajatlarining asosiy moddalari transport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish va yoqilg'i moylash materiallari hisobiga to'g'ri keladi. Respublika hududiy avtomobil transporti birlashmalarida ishlatilayotgan transport vositalarining eskirish darajasi ularning avtomobil transporti xizmati ko'rsatish bozoridagi raqo-batga bardosh bera olmasligining asosiy sabablaridan biri bo'lib qolmoqda.

Scientific Journal Impact Factor

Mamlakatimiz dengiz va okean portlariga bevosita chiqish imkoniyatiga ega emas. Shu munosabat bilan 1996 yil aprelda «TRASEKA» dasturiga muvofik idoralararo ishchi guruhi tuzilib, bu guruh transport koridorlarini tashkil qilish va ularni umumlashtirish masalalarini hal qildi. Ulardan quyidagi transport koridorlari qurilishi amalga oshiriladi [9]:

- Tashkent - Ashgabad - Turkmanboshi porti - Baku porti.

- Almata - Toshkent - Istambul avtomagistrali.

- Markaziy Osiyo mamlakatlari - Sharqiy Xitoyning portlaridan birigacha.

- Markaziy Osiyo mamlakatlari-Tedjen-Seraxs-Mashhad-Bandar Abbas porti.

- Markaziy Osiyo mamlakatlari - Eron Islom Respublikasi - Turkiya Istambul

porti.

Bugungi kunda xalqaro yuk tashuvlari bilan shug'ullanayotgan tashqi iqtiso-diy faoliyat qatnashchilari quyidagi transport koridorlaridan foydalanib kelmoqdalar:

1-yo'lak - Boltiqbo'yi davlatlari portlari yo'nalishida (tranzit bilan Qozog'iston va Rossiya orqali) - Klaypeda (Litva), Riga, Liepaya, Ventspils (Latviya), Tallin (Estoniya);

2-yo'lak - Belarus va Ukraina orqali (tranzit bilan Qozog'iston va Rossiya orqali) - Chop (Ukraina) va Brest (Belarus) chegara o'tishlari, keyinchalik Yevropaga;

3-yo'lak - Ukrainaning Ilichevsk portiga (tranzit bilan Qozog'iston va Rossiya orqali), Qora dengizga chiqish bilan;

4-yo'lak - Gruziyaning Poti va Batumi portlariga (tranzit bilan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali), Qora dengizga chiqish bilan, TRASEKA yo'lagi deb nom olgan;

5-yo'lak - Eronning Bandar-Abbos portiga (tranzit bilan Turkmaniston orqali) Fors ko'rfaziga chiqish bilan;

6 - yo'lak - Sharqiy yo'nalishda Xitoy orqali (tranzit bilan Qozog'iston orqali) Sariq dengizga;

7- yo'lak - sharqiy yo'nalishda Uzoq Sharqning Naxodka va Vladivostok portlari orqali (tranzit bilan Qozog'iston va Rossiya orqali) Sariq dengizga.

8-yo'lak - Turkiya va Yevropaga ("Baku-Axalkalaki-Kars" yangi temir yo'lida tranzit bilan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali);

Hozirgi kunda yana quyidagi yo'nalishlar rivojlantirilmoqda:

- Yevropa va Janubii-sharqiy Osiyo yo'nalishida (Turkiyaning Mersin porti orqali tranzit bilan Turkmaniston va Eron orqali);

- Xitoy portlariga (tranzit bilan Qirg'iziston orqali) Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy-Xitoy dengizlariga chiqish bilan;

Scientific Journal Impact Factor

- Afg'on muammosini tartibga solinishi munosabati bilan tranzit bilan Afg'oniston orqali Eronning Bandar-Abbos va Chaxbahor portlariga chiqadigan janubiy muqobil transport yo'laklarini ishlab chiqish bo'yicha yangi istiqbollar ochilmoqda.

MUHOKAMA

Ekspertlarning tahliliga ko'ra, iqtisodiyotning o'sish sur'atlari transport xizmatlari taraqqiyoti bilan uyg'un ravishda kechadi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotning yiliga o'rtacha 8 foizdan barqaror yuksalishi uchun yuk tashish hajmining o'sishi 10 foizdan kam bo'lmasligi, transport tarmog'iga yo'naltirila-digan investisiyalar miqdori esa o'tgan yildagiga nisbatan 15 foizdan ziyodroqni tashkil qilishi lozim. Ma'lumki, mamlakatimizda mazkur sohaga har yili juda katta mablag' sarflanmoqda. Prezidentimizning "2015-2019 yillarda muhandis-lik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va moder-nizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi qaroriga ko'ra esa, umumiy qiymati 10 milliard dollarlik 150 dan ortiq loyiha amalga oshiriladi. Albatta, bunday ishlarning bajarilishi esa zamonaviy logistika tizimini hayotga yanada kengroq tatbiq etish, mavjudlarini tubdan takomillashtirish hamda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Transport-logistika xizmat ko'rsatish tizimi salohiyatidan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq qilinib, ularning raqobat salohiyatini oshirishning metodologik tamoyillari aniqlandi, ularda raqobat salohiyatining shakllanishi va jamlanma iqtisodiy salohiyatga ta'siri mexanizmi ochib berildi. Shu bilan birga mamlakat transport-logistika tizimida avtomobil transportining o'rni, transport xizmatlari ko'rsatish salohiyatining zamonaviy rivojlanish holati o'rganildi, unga iqtisodiy baho berildi. Xususan, transport-logistika salohiyatini asosi sifatida resurslardan foydalanish darajasi tahlil etilib, qo'shimcha o'sish sur'atiga asosan ekstensiv o'sish omili kuchliroq ta'sir etganligi qayd etildi. Bundan transport-logistika salohiyatini oshirish uchun intensiv omillarning mavjud zaxiralaridan to'liq foydalanilmayotganligi aniqlandi.

Xulosani shakllantirish orqali transport - logistika xizmatlari samara-dorligini oshirish uchun quyidagi takliflarni amalga oshirishni lozim deb hisobladik:

- transport-logistika tizimiga xorijiy va mahalliy investisiyalarni keng jalb qilish orqali mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy logistika markazlarini barpo etish va ulardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni jadal sur'atlarda davom ettirish ko'zlangan natijaga erishishni ta'minlaydi;

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

- mahalliy, eksport-import va tranzit tovar aylanmasini rivojlantirishga ko'maklashuvchi logistika markazlari tashkil etishni o'z ichiga oluvchi transport infratuzilmasi va xizmatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish;

- xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish, mamlakatning transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub'ektlarining logistika xizmatlari xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlarni amalga oshirish.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi - http:// strategy. regulation. gov.uz/uz/document/2

2. Бауэрсокс Д. Логистика. Интегрированная цепь поставок. — М.: -Бизнес,

3. Владимиров С.А. Мировая транспортная система и логистика: основные направления развития //Региональная экономика и управление: электронный научный журнал // Номер журнала: №2 (46), 2016

4. Желябин И.В. Доставка от двери до двери/ Бюллетень транспортной информации. 2011. № 5. с. 21. - URL: http://www.dap.ane.ru/_PRIVATE/Fapo/htm.

5. Зарькова А.Г. Как выбрать экспедитора//Международный бизнес в России 2010 г. №3. С.42

6. Зеленец М.В. Экспедирование грузов в транспортных компаниях/ Международный бизнес России. 2012 г. №3. С.39

7. Чудаков А.Д. Логистика. — М.: Рдл, 2001

8. Оптимизация транспортных расходов - важный фактор устойчивого развития экономики: проблемы и решения. Аналитический доклад Центра экономических исследований. -Т., No 09/2013, 49 с.

9. Urokboyevich, T. S. (2021). TURIZMNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1128-1132. 10. Узбекистон Республикаси Давлат статистика кумитасининг йиллик хдсоботлари. www.stat.uz

REFERENCES

1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi - http:// strategy. regulation. gov.uz/uz/document/2

2001.

Scientific Journal Impact Factor

2. Bauersoks D. Logistika. Integrirovannaya sep postavok. — M.: -Biznes, 2001.

3. Vladimirov S.A. Mirovaya transportnaya sistema i logistika: osnovnie napravleniya razvitiya //Regionalnaya ekonomika i upravleniye: elektronniy nauchniy jumal // Nomer jumala: №2 (46), 2016

4. Jelyabin I.V. Dostavka ot dveri do dveri/ Byulleten transportnoy informatsii. 2011. № 5. s. 21. - URL: http://www.dap.ane.ru/_PRIVATE/Fapo/htm.

5. Zarkova A.G. Kak vibrat ekspeditora//Mejdunarodniy biznes v Rossii 2010 g.

6. Zelenes M.V. Ekspedirovaniye gruzov v transportnix kompaniyax/ Mejdunarodniy biznes Rossii. 2012 g. №3. S.39

7. Chudakov A.D. Logistika. — M.: Rdl, 2001

8. Optimizatsiya transportnix rasxodov - vajniy faktor ustoychivogo razvitiya ekonomiki: problemi i resheniya. Analiticheskiy doklad Sentra ekonomicheskix issledovaniy. -T., No 09/2013, 49 s.

9. Urokboyevich, T. S. (2021). TURIZMNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1128-1132.

10. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining yillik hisobotlari. www.stat.uz

№3. S.42

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.