Научная статья на тему 'YO'LOVCHI TASHUVCHI AVTOTRANSPORT KORXONALARINING SAMARADORLIGINI BELGILOVCHI OMILLAR TAHLILI'

YO'LOVCHI TASHUVCHI AVTOTRANSPORT KORXONALARINING SAMARADORLIGINI BELGILOVCHI OMILLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

1039
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtotransport / nozim / kompetensiya / malaka / yo‟lovchi tashish / yuk tashish / texnik parametr / texnika bazasi / harakat tarkibi / texnik xizmat ko‟rsatish va ta‟mirlash / avtotransport korxonasi / motor transport / dispatcher / competence / qualification / passenger transportation / cargo / technical parameters / technical base / rolling stock / maintenance and repair / motor transport company

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — Akmal Azimov, Abdukarim Muxtarov

Ushbu maqolada yo‟lovchi tashuvchi ATKlarning ish samaradorligini oshirishda harakat tarkibining texnik parametrlari saqlash va optimallashtirish, avtomobillardan samarali foydalanish texnologiyasini takomillashtirish juda muhim hisoblanishi va bu ishlarni tashkil etishda ATKning TXK va T, shuningdek nozimlik bo‟limlarini ish faoliyatini sifatli tashkil etish, umumiy korxonaning ishlab chiqarish texnika bazasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‟yicha aniq maqsadlar va takliflar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF FACTORS DETERMINING THE EFFICIENCY OF PASSENGER TRANSPORT ENTERPRISES

In this article, it is important to maintain and optimize the technical parameters of the rolling stock, to improve the technology for the effective use of vehicles in increasing the efficiency of passenger transport enterprises, as well as in organizing this work of the repair and maintenance services, as well as Specific goals and proposals for the high-quality organization of activities, modernization and improving the production and technical base of passenger transport enterprises in general.

Текст научной работы на тему «YO'LOVCHI TASHUVCHI AVTOTRANSPORT KORXONALARINING SAMARADORLIGINI BELGILOVCHI OMILLAR TAHLILI»

YO'LOVCHI TASHUVCHI AVTOTRANSPORT KORXONALARINING SAMARADORLIGINI BELGILOVCHI OMILLAR TAHLILI

Akmal Azimov

Transport vositalari muhandisligr kafedrasi Jizzax politexnika instituti [email protected]

Abdukarim Muxtarov

Avtomobil va avtomobil xo'jaligr mutaxassisligi magistranti Jizzax politexnika instituti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yo'lovchi tashuvchi ATKlarning ish samaradorligini oshirishda harakat tarkibining texnik parametrlari saqlash va optimallashtirish, avtomobillardan samarali foydalanish texnologiyasini takomillashtirish juda muhim hisoblanishi va bu ishlarni tashkil etishda ATKning TXK va T, shuningdek nozimlik bo'limlarini ish faoliyatini sifatli tashkil etish, umumiy korxonaning ishlab chiqarish texnika bazasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo'yicha aniq maqsadlar va takliflar keltirilgan.

Kalit so'zlar: avtotransport, nozim, kompetensiya, malaka, yo'lovchi tashish, yuk tashish, texnik parametr, texnika bazasi, harakat tarkibi, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash, avtotransport korxonasi.

ANALYSIS OF FACTORS DETERMINING THE EFFICIENCY OF PASSENGER

TRANSPORT ENTERPRISES

In this article, it is important to maintain and optimize the technical parameters of the rolling stock, to improve the technology for the effective use of vehicles in increasing the efficiency of passenger transport enterprises, as well as in organizing this work of the repair and maintenance services, as well as Specific goals and proposals for the high-quality organization of activities, modernization and improving the production and technical base of passenger transport enterprises in general.

Keywords: motor transport, dispatcher, competence, qualification, passenger transportation, cargo, technical parameters, technical base, rolling stock, maintenance and repair, motor transport company.

Avtomobil transportining tashish jarayonida asosiy sub'ekt sifatida avtotransport tarmoq korxonalari ishtirok etadi. Respublikamizda avtotransport tarmoq korxonalarini rivojlantirish, ko'rsatilayotgan xizmat sifatini jahon andozalari

ABSTRACT

KIRISH

darajasiga olib chiqish va ish samaradorligini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-mart, PQ-4230-sonli "Yuk va yo'lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga binoan transport xizmati ko'rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish va Respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirish borasida ko'plab maqsad va vazifalar belgilangan [1]. Qaror asosida "Yo'lovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish" bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi va shu asosida sohani rivojlantirish bo'yicha samarali ishlar olib borilmoqda.

Respublikamiz iqtisodiy o'sish sur'atiga erishgan sharoitda shaharlar aholisini transport bilan ta'minlash muammosi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat markazlarida yo'lovchilar transportining tegishli rivojlanishisiz tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ko'paytirish mumkin emas. Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi mehnatga yaroqli aholi farovonligining oshishiga olib keladi, bu esa o'z navbatida yo'lovchilarning transport sifatiga bo'lgan talablarini belgilaydi.

Shu o'rinda 2019-yilda Respublikamiz miqyosida turli transportda yuk va yo'lovchi tashish aylanmasi bo'yicha statistika qo'mitasi taqdim etgan ma'lumotlarini tahlil qiladigan bo'lsak, umumiy tashilgan yo'lovchilar soni 5951,5 mln yo'lovchini tashkil etib, shundan, 5852,8 yo'lovchi yoki 98%i, tashilgan yuklarning umumiy hajmi 1243,0 tonnani tashkil etib, shundan, 1102,2 mln tonnasi yoki 88%i aynan avtomobil transporti hissasiga to'g'ri kelishi avtomobil transporti mamlakatimiz iqtisodiyotining naqadar muhim o'rinni egallashini belgilab beradi.

Transport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil transportida yuk va yo'lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlarga to'g'ri keladi.

2021 -y. yanvar-mart

1-rasm. 2021- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transporti xizmatlari.

2021- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yo'lovchi tashish xizmatlarining ulushi 67,7 % ga yetdi (1-rasm) [3].

Transporting ushbu turi boshqa transport turlari bilan taqqoslanganda uning moslashuvchanligi va ko'rsatilayotgan xizmatlarning nisbatan arzonligi sababli yu-

qori talabga ega hisoblanadi.

Yo'lovchi tashish bilan shug'illanuvchi avtotransport korxonalari (ATK) o'z xizmatlarining samarali, sifatli va qulay tashkil etishi juda muhim hisoblanadi. Bu asosan, ATKning asosiy bo'limlari faoliyatining puxta va ishonchli tashkil etilishi bilan ta'minlanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yo'lovchi tashish ATKlarining ish samaradorligini oshirish va ish jarayonlarini optimallashtirish borasida respublikamiz va xorijiy adabiyotlarda ko'plab tadqiqotlar, izlanishlar olib borilgan va adabiyotlar yaratilgan.

Xususan, M. Z. Musajonov, Abduvaliyev M. A., Siddiqnazarov Q. M., M.A.Ikramov va boshqalar tomonidan, avtokorxonalarda yuk va yo'lovchilarni o'z vaqtida tashish uchun mavjud avtomobillarning texnik tayyorligini yuqori darajada, eng kam mablag' sarflagan va ekologik talablarni bajargan holda ta'minlab turish zarurligi, buning uchun ularga muntazam texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari (TXK va T) ni olib borish, ularni saqlash joylari, zaxira qism va avtoekspluatatsiyaga oid materiallar bilan ta'minlash va boshqa xizmatlar majmuini amalga oshirish lozimligi ta'kidlangan.

Avtotransport korxonalari samaradorligi uning texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash bo'limini qay darajada tashkil etilishiga va aynan bu ishlarida muhandislik faoliyatini takomillashtirishning turli nazariy va amaliy yo'llari orqali erishilishiga bog'liqligini xorijiy olimlardan G.V.Kramarenko, N.Ya.Govorushchenko, B.S.Klayner, E.S.Kuznetsova, N.P.Pankratova, I. Primakov, V. Chepurniy va boshqalarning asarlarida takidlab o'tilgan. Ular muhandis-texnik ishchilar faoliyatini takomillashtirish masalalarini ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa ishlab chiqarish tashkilotlari ishtirokida ko'rib chiqildi.

NATIJALAR

Yo'lovchi tashuvchi ATKlar mijozlarga sifatli va qulay xizmatni tashkil etish uchun avvalo samarali o'zining ish faoliyatini takomillashtirishi, moddiy texnika bazasini tubdan qayta jihozlashi, harakatlanuvchi tarkibni ko'paytirishi, uning tarkibini yangilashi va texnik holatini doimiy yaxshilab borishini talab etadi.

Barcha yuk va yo'lovchi tashuvchi ATKlaming ish samaradorligini oshirishda ikkita asosiy strategik yo'nalishni ta'kidlab o'tish lozim:

- harakat tarkibining texnik parametrlari samaradorligini oshirish va optimallashtirish;

- ATKlarda harakatlanuvchi tarkibdan samarali foydalanish texnologiyasini takomillashtirish.

Harakat tarkibining texnik parametrlarini oshirish va optimallashtirishda, ularga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash, texnik nazorat va diagnostikalash shu bilan birga bu ishlarni amalga oshiruvchining kasbiy kompetensiyaga egaligi juda muhim hisoblanadi.

Har qanday ATKning ishlab chiqarish-texnika bazasida harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash (TXK va T), saqlash uchun mo'ljallangan bo'limlardan iborat bo'ladi. Ularning vazifasi avtomobillarning doimiy holatda texnik sozligini ta'minlash, texnik parametrlarini saqlash va ekspluatatsiya davomida nosozligini bartaraf etishdan iborat bo'lib turli diagnostikalash-sozlash texnologik jihozlari hamda ishchi postlardan iboratdir. Bu talab bo'yicha belgilanib, barcha yuk va yo'lovchi tashuvchi ATKlar mana shunday jihozlanadi.

ATKlarning TXK va T bo'limlarida harakatlanuvchi tarkibning texnik parametrlarini samaradorligini oshirish va optimallashtirishda quydagilar ta'minlanishi zarur:

- avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish ishlarini nazorat qilish va boshqarish bo'yicha kasbiy kompetensiya ega malakali mutaxassisni jalb qilish va xodimlarning malakasini doimiy oshirishni tashkil etish;

- avtomobillarning ekspluatatsiya davomida texnik nosozliklar va ularning oldini olish, bartaraf etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- TXK va T bo'limidagi ustaxona va postlarni zamonaviy diagnostikalash-sozlash jihozlari bilan ta'minlash;

- avtomobillarga TXK ishlarini turlari bo'yicha tizimli va kompleks tarzda amalga oshirish;

- avtomobillarni saqlash joylarida, ularning texnik parametrlarini yo'qotmasligini ta'minlaydigan sharoitni yartish.

ATKlarda harakatlanuvchi tarkibdan samarali foydalanish texnologiyasini takomillashtirishda nozimlik bo'limining o'rni juda muhim hisoblanadi. Harakatlanuvchi tarkibdagi avtomobillar yo'nalishga chiqishi vaqti, yo'nalishdagi harakat intervallarini to'g'ri tashkil etish, texnik tayyorgarlik koeffitsientini oshirish, yo'nalishda avtomobil harakatini boshqarish, harakatdagi avtomobilni joriy

ta'mirlashni samarali tashkil etilganligi va shu kabi ishlarning samarali tashkil etilganligi nozimlik bo'limi nozimlarini kasbiy kompetensiyasi, malakasi bilan belgilanadi.

MUHOKAMA

Avtotransport vositalarining samaradorligini oshirish uchun ularning texnik holatini yaxshilashga ko'proq e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlanmoqda.Bu muhim masala hisoblanadi, ini hal qilishda asosiy vazifa avtotransport korxonalarining texnik xizmatiga alohida ahamiyat berishdir. Bunda asosiy vazifa sifatida - harakat tarkibining ekspluatatsiya davrida nosozlikka uchramasligi va nosozliklarning oldini olish, ularni bartaraf etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakdir.

ATKlarda barcha bo'limlar faoliyatining samaradorligi shu bo'limda ishlovchi xodimlarning kasbiy mahoratiga bog'liqdir, albatta ishchi xodimlarning, texnik muhandislarning kompetentli va malakali bo'lishi ish samaradorligini oshirishda eng asosiy jihat hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yo'lovchi tashuvchi ATKlarning ish samaradorligini oshirishda harakat tarkibining texnik parametrlari saqlash va optimallashtirish, avtomobillardan samarali foydalanish texnologiyasini takomillashtirish juda muhim hisoblanadi. Bu ishlarni tashkil etishda ATKning TXK va T shuningdek nozimlik bo'limlarini ish faoliyatini sifatli tashkil etish, umumiy korxonaning ishlab chiqarish texnika bazasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish kerak bo'ladi. ATKlarning ish faoliyatini amalga oshiruvchi texnik-muhandis va ishchi xizmatchilarning kasbiy mahorati va malakasi barcha ishlarning samaradorligini oshirib, tashish xizmatlari sifatini oshishda muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-mart, PQ-4230-sonli "Yuk va yo'lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori.

2. M. Z. Musajonov. Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash/ - 2-nashri.- T.: A. Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2011. - 320 b.

3. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi (https : //www.stat.uz /images/uploads/reliz2021/xizmatlar_mart_uz.pdf).

4. Azimov, A., & Muxtarov, A. Avtotransport korxonalarida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishchilarini kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash va malakasini oshirish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 2(1) 2021, 258-265. 5.

5. Азимов, А., & Хамроев, Д. (2021). Диагностика двигателя автомобиля по стандартным нормам шума. Academic research in educational sciences, 2(3), Vol. 2, No. 3, 2021, 165-173. (https://doi.org/10.24411/2181-1385-2021-00382 ).

6. Azimov A. "Avtomobilsozlik sanoatida polimer va kompozit materiallardan foydalanishning samaradorlik ko'rsatgichlari", ООО «Academic Research», Vol. 1 No. 1, 2020, (DOI: https://doi.org/10.24411/2181-1385-2020-00010).

7. A. Azimov. Factors affecting noise reduction on automobile roads. Scientific and technical journal of namangan institute of engineering and technology. NamIET, Publishing Department, Том 3, 2020, 328 pages.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.