Научная статья на тему 'Buxoro viloyatida kichik biznesni rivojlantirishni takomillashtirish yo’llari'

Buxoro viloyatida kichik biznesni rivojlantirishni takomillashtirish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
90
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kichik biznes / xususiy tadbirkorlik / aholi bandligi / daromad / ishbilarmonlik muhiti / kredit / byudjet tushumlari / kichik korxonalar / mikrofirmalar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gulrukh Djumanazarovna Khasanova, Sevara Normo’min Qizi Maxammadova

Maqolada iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy sektor hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuning bilan birgalikda, 2021 yilda Buxoro viloyati bo‘yicha kichik biznes faoliyati tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Buxoro viloyatida kichik biznesni rivojlantirishni takomillashtirish yo’llari»

Buxoro viloyatida kichik biznesni rivojlantirishni takomillashtirish yo'llari

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova Sevara Normo'min qizi Maxammadova Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Maqolada iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy sektor hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to'g'risida fikr yuritilgan. Shuning bilan birgalikda, 2021 yilda Buxoro viloyati bo'yicha kichik biznes faoliyati tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, aholi bandligi, daromad, ishbilarmonlik muhiti, kredit, byudjet tushumlari, kichik korxonalar, mikrofirmalar

Ways to improve small business development in Bukhara

region

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova Sevara Normomin kizi Makhammadova Bukhara Institute of Engineering and Technology

Abstract: The article discusses small business and private entrepreneurship, which are the main sectors that develop the economy. Therefore, in 2021, small business activities in the Bukhara region were analyzed.

Keywords: small business, private entrepreneurship, population employment, income, business environment, credit, budget receipts, small enterprises, micro-firms

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.

2022 yil 28 yanvarda "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni qabul qilinib, ushbu Farmonning VI. "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag'batlantiruvchi ishbilarmonlik muhitini yaratish" bo'limining 6.1. "Kichik biznesni rivojlantirish", 6 .2. "Litsenziyalash va ruxsat berishni soddalashtirish", 6.3. "Yer ma'lumotlarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash" punktlarida kichik biznesni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilganidan dalolat beradi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: "Faqat katta korxonalar

qurib, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, byudjet tushumlarini ko'paytirish masalalarini to'liq hal eta olmaymiz. Turmush darajasini yuksaltirishning eng muhim yo'li tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishdir" - deb ta'kidlaganlari bejiz emas.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro'yxatidan o'tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko'plab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.

Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga ko'maklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi faoliyati yo'lga qo'yilib, unga 200 milliard so'm va 50 million dollar mablag' ajratildi. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi.

Bunday amaliy choralar o'z natijasini bermoqda. 2021 yilda respublikamiz miqyosida kichik tadbirkorlik sub'ektlarining YAIM dagi ulushi 54,0% ni, mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 22,3% va importi hajmi 48,7% ni, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 27,0% ni, chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 82,1% ni, kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 72,4% ni, ko'rsatilgan xizmatlar umumiy hajmi 51,1% ni tashkil etgan.

1-diagramma

2021 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va

mikrofirmalarning ulushi (foizda)

Shu mezon asosida Buxoro viloyatida 2021 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga razm soladigan bo'lsak, 2022 yil 1 yanvar holatida ro'yxatga

olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlari (dehqon va fermer xo'jaliklarisiz) ning soni 29 538 tani tashkil qildi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 113,2 foizga o'sgan.

1-diagramma ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2021 yilda 6 418 ta kichik korxona va mikrofîrmalar (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 108,3 foizni tashkil etdi. Eng ko'p kichik korxona va mikrofîrmalar savdo (37,9 foiz), sanoat (17,7 foiz), qurilish (6,3 foiz), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi (11,3 foiz), yashash va ovqatlanish (8,3 foiz) va boshqa tarmoqlarda tashkil etilgan.

1-jadval

Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha yangi tashkil topgan kichik korxona va

mikrofîrmalar, birlikda

Ko'rsatkichlar 2020 yil 2021 yil 2021 yilda 2020 yilga nisbatan (+; -)

Jami 5 928 6 418 490

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi 992 726 -266

Sanoat 1 086 1 136 50

Qurilish 353 407 54

Savdo 2 044 2 434 390

Tashish va saqlash 264 380 116

Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 575 534 -41

Axborot va aloqa 62 102 40

Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish 104 154 50

Boshqa turdagi xizmatlar 448 545 97

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibc iki, viloyatda iqtisodiy faoliyat turlari

bo'yicha yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofîrmalar qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi sohasida 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 266 taga kamaygan. SHuningdek, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmat ko'rsatish o'tgan yilga nisbatan kamayganligini ko'rish mumkin.

2-diagramma

2021 yilda kichik tadbirkorlik sub'ektlarining soni

(har 1000 aholiga, birlikda)

2020 yil 2021 vil

2-diagramma ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, agar, 2020 yilda kichik tadbirkorlik sub'ektlarining soni (har 1000 aholiga, birlikda) 17,3 birlikni tashkil

etgan bo'lsa, 2021 yilda bu ko'rsatkich 18,0 birlikka etdi va 2020 yilning shu davriga nisbatan 0,7 birlik yuqori.

2021 yilda kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlari tomonidan:

-I- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 8116,9 mlrd. so'mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 39,0 foizi) yoki 2020 yil ga nisbatan fizik hajm indeksi 112,1 foizni tashkil qildi;

-I- 28 608,8 mlrd. so'mlik qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklarining ishlab chiqarilgan (ko'rsatilgan xizmatlar) tashkil qilib, o'sish sur'ati 103,7 foizni (qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari yalpi mahsulotining 98,1 foizi) tashkil qildi;

-I- 6 629,1 mlrd. so'mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 34,9 foizi) o'zlashtirildi va 2020 yilga nisbatan o'sish sur'ati 122,3 foizini tashkil qildi;

-I- 5 484,8 mlrd. so'mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 74,4 foizi) bajarildi va 2020 yilga nisbatan o'sish sur'ati 105,1 foizni tashkil qildi;

-I- avtomobil transporti yuk aylanmasining 104,9 foizni (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 79,5 foizi), yo'lovchi aylanmasining esa 109,4 foizni (umumiy yo'lovchi aylanmasining 97,9 foizi) tashkil qildi;

-I- 8 427,0 mlrd. so'mlik xizmatlar ko'rsatilib (jami xizmatlar hajmining 66,2 foizi) 2020 yilga nisbatan o'sish sur'ati 118,5 foizini tashkil qildi;

-I- chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 88,7 foizi yoki 12 752,8 mlrd. so'mi (o'sish sur'ati 12,5 foizni tashkil qildi) shakllantirildi;

-I- 119,2 mln.AQSH dollari (umumiy eksport hajmining 38,3 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, bu esa 2020 yilga nisbatan 18,2 mln.AQSH dollarga yoki 18,0 foizga ko'paydi, mos ravishda 397,9 mln. AQSH dollari (umumiy import hajmining 51,3 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi, bu esa 2020 yilning mos davriga nisbatan 117,5 mln.AQSH dollarga oshdi.

2-jadval

2021 yilda kichik tadbirkorlikning asosiy ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar O'lchov birligi 2020 yil 2021 yil 2021 yilda 2020 yilga nisbatan (+;-)

Faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni birlik 24 809 27 690 2 881

Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar birlik 5 928 6 418 490

YAHM foiz 75,6 75,4 -0,2

Sanoat foiz 35,4 39,0 3,6

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi foiz 98,4 98,1 -0,3

Investitsiya foiz 39,1 34,9 -4,2

Qurilish foiz 79,3 74,4 -4,9

Savdo foiz 84,8 88,7 3,9

Xizmatlar foiz 66,8 66,2 -0,6

Yuk tashish foiz 88,5 91,0 2,5

Yuk aylanmasi foiz 82,8 79,5 -3,4

Yo'lovchi tashish foiz 95,8 97,0 1,2

Yo'lovchi aylanmasi foiz 90,6 97,7 7,3

Eksport foiz 43,7 38,3 -5,4

Import foiz 46,7 51,3 4,6

2-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2021 yilda faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 2020 yilga nisbatan ko'paygan bo'lsa-da, lekin ko'pgina sohalarda kichik tadbirkorlikning ulushini kamayganligini ko'rish mumkin.

3-jadval

2021 yilda kichik tadbirkorlik sub'ektlari mahsuloti (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmidagi xususiy tadbirkorlikning (fuqarolar mulki) ulushi

Ko'rsatkichlar Kichik tadbirkorlik sub'ektlari Kichik tadbirkorlik sub'ektlari

mahsuloti (ish, xizmat) hajmi, mahsuloti (ish, xizmat) hajmida

mlrd.so'm xususiy sektor ulushi, foizda

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi 28 608,8 100,0

Sanoat 8 116,9 99,3

Qurilish 5 484,8 34,9

Chakana savdo 12 752,8 88,7

3-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, viloyatda 2021 yilda kichik tadbirkorlik sub'ektlari mahsuloti (ish, xizmat) hajmida xususiy sektor ulushining eng past ko'rsatkichi qurilish sohasida ekanligini ko'rish mumkin.

4-jadval

2021 yilda kichik tadbirkorlikning iqtisodiy tarmoqlardagi hududlar bo'yicha ulushi,

foizda

Sanoat Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi Investitsiya Qurilish Chakana savdo Xizmatlar

Buxoro viloyati 39,0 98,1 34,9 74,4 88,7 66,2

Buxoro sh. 56,4 96,8 30,0 84,1 80,1 44,2

Kogon sh. 37,9 95,2 42,6 25,7 98,9 77,7

tumanlar

Buxoro 99,7 99,6 86,4 91,1 99,4 83,2

Vobkent 99,9 99,2 90,0 100,0 68,0 59,3

Jondor 100,0 95,3 72,6 100,0 98,6 83,4

Kogon 98,5 98,0 33,8 74,5 61,6 79,2

Olot 41,3 97,7 28,5 78,9 98,0 88,4

Peshko' 63,1 99,5 84,1 100,0 98,6 84,6

Romitan 44,8 96,4 10,8 39,1 99,4 76,8

Shofirkon 82,6 99,5 71,1 93,9 98,7 80,9

Qorako'l 62,9 97,7 60,7 91,4 99,1 81,7

Qorovulbozor 1,6 96,2 24,5 28,3 99,1 52,2

G'ijduvon 47,2 99,6 79,5 96,8 91,8 84,9

4-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, hududlar bo'yicha sanoat sohasining yuqori ulushini Jondor (100,0 foiz), Vobkent (99,9 foiz), Buxoro (99,7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

foiz), Kogon (98,5 foiz), Shofirkon (82,6 foiz), Peshko' tumanlarida (63,1 foiz) va Qorako'l tumanlarida (62,9 foiz) tashkil etadi.

Investitsiyada eng yuqori ulushlarni Vobkent (90,0 foiz), Buxoro (86,4 foiz), G'ijduvon (79,5 foiz), Peshko' (84,5 foiz) va Jondor (72,6 foiz) tumanlari tashkil etadi.

Qurilishda Vobkent (100,0 foiz), Peshko' (100,0 foiz), Jondor (100,0 foiz), G'ijduvon (96,8 foiz), Qorako'l (91,4 foiz) va Shofirkon tumanlari (93,9 foiz) tashkil etadi.

Chakana savdoda Kogon shahri (98,9 foiz), Romitan (99,4 foiz) Qorovulbozor (99,1 foiz) va Buxoro (99,4 foiz) tumanlari tashkil etadi.

Xizmatlar sohasida Olot (88,4 foiz), G'ijduvon (84,9 foiz) va Peshko' (84,6 foiz) tumanlari tashkil etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning erkin rivojlanishi milliy iqtisodiyot taraqqiyotining muhim belgisi bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi mavqeini yanada oshirish uchun quyidagi muammolarni bartaraf etish maqsadga muvofiqdir:

> kichik biznes sub'ektlarining huquqiy madaniyatini oshirish, o'z huquqlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish;

> ularning moliyaviy, moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlanishidagi muammolarni hal etish;

> past rentabelli, zarar ko'rib ishlayotgan kichik korxonalarga investitsiyalar jalb etish yo'llarini takomillashtirish va hokazolar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni.

2. Xasanova G.D. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini rag'batlantirish. "Iqtisodiy oqimlar doiraviy aylanish jarayonining ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdagi roli: nazariy qarashlar va zamonaviy talqinlar" mavzusidagi oily o'quv yurtlariaro respublika ilmiy-amaliy seminari materiallari. Toshkent. 2009. 262-264 b

3. Xasanova G.D. Innivatsion samaradorlikni oshirishda kichik biznesning roli. "Jamiyat va boshqaruv" Ilmiy-siyo'siy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-tarixiy jurnal. 2010. 2-son.77-78 b.

4. Xasanova G.D., Usmonov B.B. Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va tadbirkorlikning roli (Buxoro viloyati misolida). "Texnika va texnologiyalarni rivojlanishi muammolari va istiqboliy yo'nalishlari" mavzusida "So'g'lom bola

yili"ga bag'ishlangan professor-o'qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va magistrlar ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Buxoro. 28-30 aprel, 2014. 310-311 b.

5. Xasanova G.D., Usmonov B.B. Tadbitkorlik - iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismidir. "O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish va inson taraqqiyoti darajasini oshirishning ijtimoiy psixologik yo'nalishlari" O'zbekiston oily o'quv yutrlariaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Buxoro. 2014. 89-93 b.

6. Xasanova G.D., Usmonov B.B. O'zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanishi (Buxoro viloyati misolida). "Zamonaviy ishlab chiqarishning muhandislik va texnologik ilmiy-amaliy muammolari" mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Buxoro. 2015. 236-239 b.

7. Xasanova G.D. O'zbekiston Respublikasida kichik biznesni rivojlantirishda innovatsiyalarni joriy etishning iqtisodiy samarasi. "Учёный XXI ВЕКА".Научный журнал. 2017. № 2-2. С.109- 111.

8. Xasanova G.D. Buxoro viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari. "Biznes-Ekspert" jurnali. 2017. № 9. 70-73 b.

9. Xasanova G.D. O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish - davr talabi (Buxoro viloyati misolida). Научный журнал "Интернаука". Часть 2. Москва. 2019. № 9 (91). С.34-36.

10. Xasanova G.D. Hududlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda innovatsiyalarning ahamiyati. "oily ta'lim innovaton faoliyati va faol tadbirkorlik integratsiyasi rivojlanishining muammolari" mavzusida professor-o'qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar va talabalarning ilmiy-amaliy anjumani materiallari, II-tom. Buxoro, 2019 yil 17-19 aprel, 172-173-betlar.

11. Xasanova G.D. The oretical basis of small scale business management in increasing population employment. "Актуальные проблемы развития национальной и региональной экономики". Сборник научных трудов XIV Международной научно-практической конференции для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых. г.Белгород, 29 апреля 2021 г. Стр.124-129.

12. Buxoro viloyatining statistik axborotnomasi. Buxoro, 2022 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.