Научная статья на тему 'XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR'

XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1136
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik biznes / tadbirkorlik / firmalar / mikrokorxona / ishlab chiqarish / moliya / fan / bozor infratuzilmasi

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Botir Tuhliyevich Normurodov

Maqolada jahon amaliyotini o„rganish orqali mamalakatimiz taraqqiyotini yanada rivojlantirishda xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantiriga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR»

XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR

Botir Tuhliyevich Normurodov

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi MBA yo'nalishi, 2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada jahon amaliyotini o'rganish orqali mamalakatimiz taraqqiyotini yanada rivojlantirishda xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantiriga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: kichik biznes, tadbirkorlik, firmalar, mikrokorxona, ishlab chiqarish, moliya, fan, bozor infratuzilmasi.

KIRISH

Jahon amaliyotida milliy iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishida tadbirkorlik faoliyati muhim o'rin egallab, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etishda etakchi o'rin tutadi. Jahon iqtisodiyotida bandlik, ijtimoiy himoya, mahsulot va xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqarishda bu soha muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan jahon amaliyotini o'rganish va mamalakatimiz taraqqiyotini yanada rivojlantirishda xususan, xususiy tadbirkorlik faoliyatining o'rni beqiyosdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Ma'lumki, rivojlangan mamlakatlarida qishloq xo'jaligi sanoat bilan integratsiyalash va savdo bilan qo'shilish orqali taraqqiy topmoqda. Shu bois jahon qishloq xo'jaligi bu sohaga aloqador bo'lmagan sohalar bilan qo'shib olib borish keng tarqalmoqda. Masalan, Yaponiyada shunday dehqon xo'jaliklari 80 foizni tashkil etadi. Amerika fermerlarining qishloq xo'jaligiga aloqasi bo'lmagan sohalardan olayotgan daromadlari o'rtacha 65 foiz, Xitoyda 68 foiz, Janubiy Koreyada esa 42 foizni tashkil etadi.

Zamonaviy texnika vositalari va biotexnologiyalarning rivojlanishi asosida qishloq xo'jaligi va sanoat o'rtasidagi munosabatlar murakkablashib bormoqda. Yaponiya hukumati o'tgan asrning 60 yillar yakuniga kelib, mamlakat hududini o'zlashtirishning uchinchi rejasi haqida qaror qilgan edi. Bu qarorda qishloq xo'jaligini sanoat bilan integratsiyalash zaruriyati ko'zda tutilgan. Yaponiyaning hamma joylarida qishloqni industrlashtirish orqali mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish rejalashtirilgan. 1978 yil "Qishloq joylarida sanoat korxonalarini rivojlantirish haqida"gi qonun e'lon

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

12

qilindi. Unda qishloq sanoatini tuzish tadbirlari tizimi ko'zda tutilgan edi. Shu qonun asosida "Har bir qishloqda bitta tovar" harakati boshlandi. Uning mazmuni shuki, har qaysi qishloqda raqobatbardosh sanoat mahsuloti ishlab chiqaradigan bitta korxona bo'lishi shart. Qishloq sanoatining rivojlanishi munosabati bilan "Bitta qishloqda yuzta tovar" shiorini ilgari surgan murakkab vazifa kun tartibiga qo'yildi.

AQSH iqtisodidagi kichik sektorning ulushi nafaqat yalpi ichki mahsulotda, balki unda ishlovchilar sonida ham katta. Kichik biznesni rivojlantirishning 900 dan ortiq markazlari kichik va o'rta firmalarga konsultatsiya beradilar, boshlovchi tadbirkorlarga biznes-rejalar tayyorlashda, davlat tashkilotlaridan moliyaviy yordam olishda ko'maklashadilar. 1,5 mingdan ko'proq kompaniyalarni birlashtirgan okrug kengashlari seminarlar o'tkazadilar, tadbirkorlarni o'qitadilar, kichik firmalar faoliyatini tashkil qilish bo'yicha ma'lumotnoma-qo'llanmalar tuzadilar.

Yaponiyada ham kichik biznes sezilarli rol o'ynaydi. Bunga kichik va o'rta kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab - quvvatlashning rivojlangan tizimi yaratilganligi imkon berdi. Shu narsa diqqatga sazovorki, Yaponiya qonunchiligi kichik va o'rta korxonalarni ular rivojining barcha bosqichlarida imtiyozli qarz va kreditlar berish, turli soliq, imtiyozlaridan foydalanish, texnika va maslahat yordami ko'rsatish, axborot xizmatini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish asosida rag'batlantirishni nazarda tutadi. Yaponiya sanoatining bu sektorida kichik biznes shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi muhim omil soliq, imtiyozlari va puxta moliya siyosati bilan bir qatorda kichik korxonalarga kredit beruvchi xususiy banklarga beriladigan kafolatlar tizimidir.

Janubiy Koreya, Singapur va Gonkongda kichik va o'rta korxonalarga zarur kapitalning 50 foizgachasi davlat tomonidan berilgan, shuningdek davlat uzoq, muddatli kreditlar bo'yicha foizlar summasining yarmini to'lashni ham o'z zimmasiga olgan. Quyidagilar ham kichik korxonalarni qo'llab-quvvatlovchi muhim tadbirlar turiga kiradi: xomashyo va asbob uskunalarni qat'iy baholarda etkazib berish kafolatlangan davlat xaridi.

Lotin Amerikasi mamlakatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni turli moliya-kredit muassasalari: Peruda Rivojlanish moliya korporatsiyasi, Boliviyada Los va Andes Omonat kassasi va Birdamlik banki, Urugvayda Milliy rivojlanish korporatsiyasi, Kolumbiyada milliy Kafolat fondi va boshqalar qo'llab-quvvatlaydilar.

Kichik tadbirkorlik sektori turli mamlakatlar iqtisodiyotida

nihoyatda muhim vazifani bajarmoqda. Ushbu sektor iqtisodiyotni

February, 2022

modernizatsiyalash sharoitida zarur tezkorlikni ta'minlaydi, ishlab chiqarishda chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani yaratadi. Zero, bularsiz yuksak samaradorlikka erishib bo'lmaydi. Masalan, AQSHda turli yo'nalishdagi 19 mln.dan ortiq mustaqil firmaning 90 foizdan ziyodi mayda korxonalarni tashkil etadi. Yaponiyada o'rta va kichik korxonalar tarkibiga kiradigan 10 mln.dan ortiq mustaqil kompaniyalar mavjud bo'lib, ularning 99 foizi kichik biznes sektorida faoliyat ko'rsatar ekan, AQSH va Yaponiyada ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 60 foizdan ortig'i ana shunday korxonalar hissasiga to'g'ri kelmoqda.

AQSHda yangi ishchi o'rinlarining 3 dan 2 qismi mayda firmalarda tashkil etadi. Masalan, 1970 yilda 264 mingta, 1980 yilda 532 mingta, 1988 - 1990 yillarda 682 mingta kichik korxona va firmalar tashkil topishi aholini ish bilan ta'minlashda katta imkoniyat yaratdi. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik AQSH taraqqiyotida muhim o'rin tutadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari barqaror iqtisodiy o'sishning asosiy omili, iqtisodiy kon'yunkturaning o'zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni doimiy ravishda talab qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori bo'lgan xo'jalik sub'ektlari sifatida keng faoliyat yuritmoqda.

Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini izchil rivojlantirish natijasida aholini yangi ish joylari va daromad manbai bilan ta'minlash, joylarda tashabbuskorlikni rag'batlantirish orqali aholi orasida tadbirkorlik ko'nikmalarini ommalashtirish imkoniyatlari paydo bo'ladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari milliy iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bois, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatda o'rta mulkdorlar sinfmi shakllantirish, ichki bozorni nisbatan arzon va sifatli zaruriy tovar va xizmatlar bilan to'ldirish, yangi ishchi o'rinlarini yaratishga, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo'naltirish orqali mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda biz turli manbalarni o'rganish asosida rivojlangan va rivojlanish bosqichiga kirayotgan bir necha xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalarini o'rganish va tahlil etish asosida ulardan mamlakat iqtisodiyotini

rivojlantirishda kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy

February, 2022

tadbirkorlikning salmog'ini oshirishga tadbiq etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Darhaqiqat, mamlakatimizda 2019 yil davomida 92,9 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (dehqon va fermer xo'jaliklaridan tashqari) tashkil etildi va bu ko'rsatkich 2018-yildagiga nisbatan 1,9 barobar ko'pdir. Kichik korxonalar va mikrofirmalarning eng ko'p soni savdo (39,1 %), sanoat (21,0 %), qurilish (9,4 %), qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (8,0 %), yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar (7,8 %), tashish va saqlash (3,2 %) sohalarida tashkil etildi. 2019 yil yakunlari bo'yicha, kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlari tomonidan 262 984,4 mlrd. so'm miqdorida qo'shilgan qiymat yoki iqtisodiyotda yaratilgan jami qo'shilgan qiymat hajmining 56,5 %i yaratildi. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo'yicha yalpi qo'shilgan qiymatda kichik tadbirkorlik (biznes) ning ulushi qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida 98,6 %, qurilishda 78,7 %, xizmatlar sohasida 40,7 % va sanoatda 31,1 % ni tashkil etdi.

2020 yilda esa yangi kichik korxona va mikrofirmalar soni 46,6 mingtani(dehqon va fermer xo'jaliklaridan tashqari) tashkil etdi. Kichik korxona va mikrofirmalar soni savdoda (35,6 %), sanoatda (20,9 %), qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida (18,3 %), qurilishda (7,1 %), yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar (5,3 %), tashish va saqlash (2,5 %) sohalarida tashkil etildi.

Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash davlat ahamiyatiga ega bo'lgan majmuaviy kompleks tuzilma bo'lib, bunda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish qonuniy asoslab qo'yilgan hamda tadbirkorlar imtiyozli sur'atda kredit resurslari imkoniyatlaridan foydalanadilar. Imtiyozli soliq to'lash imkoniyatlariga ega, ishlab chiqarish, moliya, fan, bozor infratuzilmasidagi jami afzalliklar va yangiliklardan, o'zlariga manfaatli bo'lgan iqtisodiy o'sishga ko'maklashuvchi barcha omillardan foydalanadilar. SHuni alohida ta'kidlash o'rinliki, biror bir mamlakatda davlat kichik biznesni qo'llab-quvvatlashga doir maqsadli va qat'iy iqtisodiy siyosat yuritar ekan, albatta o'z hududida yashovchi aholining iqtisodiyotdagi tuzilmalarining o'ziga xos xususiyatlarini, mentalitetini va shu kabi boshqa omillarni ham hisobga olishi zarur .

Jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, rivojlangan mamlakatlarda ham dastavval kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o'rniga alohida ahamiyat berilgan. Yaponiya ham iqtisodiyotda kichik biznesni jadal rivojlantirishi natijasida "yapon mo'jizasi"ni yaratib, dunyoda bu boradagi eng yuksak natijalarni qo'lga kiritdi, ya'ni, Yaponiyada aholi jon boshiga 38000 AQSH

dollari hisobida daromad kela boshladi, xolbuki, kichik biznesni

February, 2022

rivojlantirish borasidagi islohotlar boshlanishidan avval bu ko'rsatkich atigi 600 AQSH dollarini tashkil etardi, xolos. Jahon sanoatida etakchi o'rinda turadigan Yaponiyaning "Yamaxa" transmilliy kompaniyasi butun dunyo bo'yicha yiliga bir necha o'n milliard AQSH dollariga teng mahsulot ishlab chiqarmoqda, xolbuki mana shu "nahang", kompaniya ham o'z faoliyatini 40 yillar oxirida 7 nafar odam ishlaydigan velosiped ta'mirlashni amalga oshiruvchi kichik kooperativ (ustaxona) shaklida boshlagan edi.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida Janubiy Koreya, Isroil, Malayziya va Iordaniya davlatlarida ham foydali tajribalar to'plangan.

Xorijiy mamlakatlar tajribalarida, birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda muhim iqtisodiy omillardan biri, bu kichik biznes rivoji bo'lib, bu boradagi har qanday umummanfaatini ko'zlagan samarali faoliyatlar davlat ahamiyatiga ega bo'ladi va qo'llab-quvvatlanadi. Zero, kichik biznes faoliyati o'sib, yanada samarali biznesga aylanishi, mamlakat ichki bozorini tovar hamda xizmatlar turlari bilan to'ldirishi, shu tariqa eksport salohiyati rivojiga hissa qo'shilishi, aholining ish bilan bandligi muammosi echilishiga ko'maklashuvi, aholining real daromadi o'sishiga, pirovard natijada aholinining turmush darajasini yuksalishiga olib keladi.

Ikkinchidan, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida, jahon bozorida raqobat kuchayayotgan bir paytda, yirik korxonalardan ko'ra aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida raqobatga dosh berish, manevrlar qilish, ishlab chiqarish yo'nalishini o'zgartirish kabi iqtisodiy chora tadbirlar ko'rish oson kechadi.

Ko'rinib turibdiki, xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning rivojlangan tizimi mavjud bo'lib, bu hol raqobatning kuchayishi sharoitida ijtimoiy-itisodiy muhitning barqaror taraqqiy etishini ta'minlaydi. Bu esa, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmining to'laqonli rivojlanganligidan dalolat beradi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, jahon amaliyotida hamda rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, yangi ish o'rinlarini barpo qilishda, bozor o'zgarishlariga nisbatan tez moslashishda va mulkdorlar sinfini shakllantirishda alohida ahamiyatga va yuqori samaradorlikka ega ekanligini tasdiqlamoqda. Ko'pchilik mamlakatlarda kichik biznesning

XULOSA

iqtisodiyotda tutgan o'rniga, uning kichik biznes va xususiy

February, 2022

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

REFERENCES

1. G'oziyev D. G. Chet el investitsiyalaridan foydalanish samaradorligi Toshkent; Moliya, 2019.

2. Узоков А., Эргашева Ш. Инвестицияларни ташкил этиш ва молиялаштириш. Укув кулланма. - Т: "Иктисод-Молия" 2017. - 213 бет.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.