Научная статья на тему 'LOGISTIKA MARKAZLARI TASHKIL QILISHNING JAHON AMALIYOTI VA UNI MAMALAKATIMIZDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI'

LOGISTIKA MARKAZLARI TASHKIL QILISHNING JAHON AMALIYOTI VA UNI MAMALAKATIMIZDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1799
166
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xususiy tadbirkorlik / logistic markazlar. / private entrepreneurship / logistics centers.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ismoil Ubaydullayevich Raximberdiyev

Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosida joylashgan globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin tarzda shakllanishiga sabab bo`lmoqda. Ko`pchilik ekspertlarning ta`kidlashicha, hozirgi keskin iqtisodiy tizimning kuchli globalizatsiyalashgan asosini o`zgartirish mumkin emas. Faqat ana shu jarayonlarga moslashgan holda uning tashkil qiluvchi elementlari hisoblangan asos sohalarni rivojlantirish bilan hozirgi vaziyatda raqobatbardoshlikni saqlab qolish mumkin. Hozirda ixtisoslashgan ishlab chiqarishni va jahon miqyosida hamkorlik aloqalarini chuqurlashishini shakllantiruvchi multimodal logistika markazlari va logistika sohasi muhim ro`l o`ynaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORLD PRACTICE OF ESTABLISHMENT OF LOGISTICS CENTERS AND ITS IMPORTANCE IN THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN OUR COUNTRY

Globalization and strong integration, which are the basis of modern international economic relations, are leading to the rapid and rapid formation of the economy. Many experts say that the strong globalization of the current acute economic system cannot be changed. Only by adapting to these processes can competitiveness be maintained in the current situation by developing key sectors that are its constituent elements. At present, multimodal logistics centers and the logistics sector play an important role in shaping specialized production and deepening cooperation around the world

Текст научной работы на тему «LOGISTIKA MARKAZLARI TASHKIL QILISHNING JAHON AMALIYOTI VA UNI MAMALAKATIMIZDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1606-1611

LOGISTIKA MARKAZLARI TASHKIL QILISHNING JAHON AMALIYOTI

VA UNI MAMALAKATIMIZDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Ismoil Ubaydullayevich Raximberdiyev

Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Toshkent davlat transport universiteti ismoilO 153 @gmail.com

ANNOTATSIYA

Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosida joylashgan globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin tarzda shakllanishiga sabab bolmoqda. Ko'pchilik ekspertlarning takidlashicha, hozirgi keskin iqtisodiy tizimning kuchli globalizatsiyalashgan asosini o'zgartirish mumkin emas. Faqat ana shu jarayonlarga moslashgan holda uning tashkil qiluvchi elementlari hisoblangan asos sohalarni rivojlantirish bilan hozirgi vaziyatda raqobatbardoshlikni saqlab qolish mumkin. Hozirda ixtisoslashgan ishlab chiqarishni va jahon miqyosida hamkorlik aloqalarini chuqurlashishini shakllantiruvchi multimodal logistika markazlari va logistika sohasi muhim ro'l o'ynaydi.

Kalit so'zlar: xususiy tadbirkorlik, logistic markazlar.

WORLD PRACTICE OF ESTABLISHMENT OF LOGISTICS CENTERS AND ITS IMPORTANCE IN THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN OUR COUNTRY

ABSTRACT

Globalization and strong integration, which are the basis of modern international economic relations, are leading to the rapid and rapid formation of the economy. Many experts say that the strong globalization of the current acute economic system cannot be changed. Only by adapting to these processes can competitiveness be maintained in the current situation by developing key sectors that are its constituent elements. At present, multimodal logistics centers and the logistics sector play an important role in shaping specialized production and deepening cooperation around the world.

Keywords: private entrepreneurship, logistics centers.

1606

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1606-1611

KIRISH

Ushbu asos sohalardan biri sifatida tobora keskinlashib borayotgan jahon iqtisodiyoti mamlakatlar oldiga amalda iqtisodiy o'sishni taminlovchi omil va manbalarni guruhlash hamda iqtisodiy salohiyatni belgilab beruvchi sohalarni rivojlantirish kabi vazifalarni qo'ymoqda. Ushbu jarayonlarlar ochiq dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan Markaziy Osiyo davlatlari oldiga transport korridorlarini rivojlantirishdek muhim masalani qo'ymoqda. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy farovonlikni taminlovchi kalit vosita hisoblangan tranzit korridorlar va logistika markazlari tashkil qilish borasida Ozbekiston, Qozog'iston va Turkmaniston yetakchilik qilmoqda. Xususan, O'zbekistonning Navoiy viloyati hududida, Qozog'istonning Olma-ota va Ostona hududlarida va Turkmanistonning Ashhabod hududida logistika markazlari tashkil qilingan[1]. Ozbekiston va Qozog'istonda joylashgan logistika markazlari multimodal xarakterga ega. Multimodal logistika markazlari transport tizimini rivojlantirish bilan birga yangi ixtisoslashgan ishlab chiqarishni shakllantiradi, yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarishini va zamonaviy texnologiyalarning hududga ko'chishini taminlaydi. Barcha qo'shni sohalar: moliya sektori, sanoat, qishloq xojligi va ijtimoiy taminot sohalari foyda olishga qaratilgan, raqobatli va innovatsion taraqqiyot natijasida tez rivojlanadi. Bu esa oz navbatida hududda kapital, sifatli mahsulotlar va xom ashyo, to'planishiga va kompleks sanoat markaziga aylanishiga sabab boladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qozog'iston hududida tashkil qilingan multimodal logistika markazlari dengiz portlari asosiga qurilgan bolsa, Ozbekistonda tashkil qilingan ushbu markazlar "quruq portlar" asosiga tashkil qilingan. Logistika markazi Ozbekistonni va mintaqani jahon bilan bog'lash vositasi hisoblanadi. Uni qay tarzda rivojlantirish va unga qanday yondashish bizni bevosita jahon amaliyotini o'rganishga undaydi. Shu sababli xalqaro multimodal logistika markazlari tashkil qilish jahon tajribasiga biroz to'xtalib otamiz.

Jahonda logistika markazlari intermodal ravishda XX asr 80-90-yillarida Yevropaning eng yirik portlari Antverpen va Rotterdam (Gollandiya), Gamburg (Germaniya), London, Manchester (Buyuk Briyaniya), Lissabon(Portugaliya), Valensiya (Ispaniya), Rim (Italiya), Nant (Fransiya) kabi yirik port shaharlarda tashkil qilingan. 15-20 yil vaqt o'tib multimodal logistika markazlari butun dunyo bo'ylab rivojlandi va qamrovi oshdi. Hozirda dunyoda 4500 ga yaqin logistika

1607

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1606-1611

markazlari bo'lib, unda jahon YalM ining 15 % ini (6,5 trln.S) tashkil qiluvchi qiymat yaratiladi [2]. Logistika markazlarining asosini tashkil qiluvchi xususiy logistika kompaniyalari soni 3 000 dan ortiq bo'lib, ularning yillik daromadi 6 % yillik o'sish bilan 2008-yilda 3,6 trln. S ni tashkil qilgan [3]. Hisob-kitoblarga ko'ra ushbu ko'rsatkich 2013-yilga kelib, 3.9 trln.S ga yetadi [4]. Bundan ko'rinib turibdiki, logistika sohasi inqirozdan keyin muhim rivojlanish vositasi bo'lib qoladi. Yevropada logistika tizimining yadrosini Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya va Ispaniya beshburchagida joylashgan portlar tashkil qiladi. Yevropada logistika markazlari tashkil qilish tajribasi xususiy logistika firmalari asosida tashkil qiligan. Faqat Italiya va Ispaniyada logistika sohasi davlat korxonalari tomonidan boshqariladi. Umuman olganda, Yevropadagi yillik logistika xizmatlari € 800 mlrdni tashkil qiladi va yiliga 4-8 % o'sish bilan YaIM dan yuqori o'sishni ko'rsatmoqda[5].

AQSHda logistika markazlari asosini 2000 dan ortiq xususiy kompaniyalar tashkil qiladi. Dunyoda eng ko'p xususiy logistika kompaniyalar joylashishi bilan birga logistika sohasi boshqa sohalar bilan uzviy bog'langan va xususiy biznesni rivojlantirishning asosiy ozuqasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sektorining har bir bo'g'ini logistika bilan uzviy bog'langan. Multimodal logistika markazlarida tovar va xom-ashyo eltib berish, yuklash, qadoqlash, qayta ishlash, saqlash, bozorlashtirish ishlaridan to ularni bojxonadan o'tkazish, yig'ish va reklama qilishgacha logistika markazlari xizmatiga kiradi.

Xalqaro multimodal logistika markazlari tashkil qilish borasida Osiyo o'ziga xos yo'nalishga ega. Osiyo logistika tizimini ishlab chiqarish va transportai o'z ichiga olgan Yaponiya (Tokio), Xitoy (Guanjou, Shanxay, Gong-Kong, Pyanjin), Hindiston (Bangalor, Dehli), BAA (Dubay), Singapur(Singapur), Malayziya (Kuala-Lumpur) kabi yirik logistika markazlari yadrosi joylashgan davlatlar tashkil qiladi. Hozirda eng yirik logistika markazlari joylashgan xalqaro portlar transport logistikasi asosida yangicha ixtisoslashgan ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqda. Bu esa logistika markazlari joylashgan yirik portlar atrofida, qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan yangi tovar va xizmatlar tashkil qilish imkonini bermoqda. Buning natijasida multimodal logistika markazi kompleks holga keladi va samaradorligi yanada ortadi. Shu sababli Gong-Kong, Xitoy va Singapurdagi yirik markazlar ko'plab xalqaro korporatsiyalar va investorlarning e'tiborini tortmoqda. Quyidagi raqamlar va faktlar buning isboti bo'la oladi. Xususan, Singapurda logistika sohasida aholining 6 % xizmat qiladi va YaIM 10% dan ortiq qismi shu sohaga to'g'ri keladi[6]. Bundan tashqari, Hindiston logistika salohiyati juda yuqori bo'lgan davlat hisoblanadi.

1608

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1606-1611

So'nggi yillarda Hindiston logistika bozori qiymati $ 14 mlrddan $ 82,1mlrdga ko'paydi va yiliga 7-8 % o'sishni ko'rsatmoqda. Logistika sektori YalMning 6,2 % ni tashkil qiladi. Ushbu ko'rsatkich 2010-yilga kelib, 190-$ 200 mlrdni tashkil qilishi mumkin. Logistika sohasi eng yuqori darajada rivojlangan singapurda 2009-yilda ushbu sohaga $ 346,8 mln investitsiya kiritilgan bo'lib, shundan $ 149,2 mln faqat qo'shimcha qiymat hosil qiluvchi tovar va xizmatlarga ajratilgan[7]. Logistika sohasida raqobatni rivojlantirish maqsadida har yili Frost and Sallivan kompaniyasi tomonidan Osiyo logistika komaniyalari uchun turli yo'nalishlar bo'yicha mukofotlar e'lon qilinadi. Logistika sohasida yangicha yo'nalishga asos solgan, Xitoy, bu borada ko'plab ijobiy natijalarga erishgan. Multimodal logistika markazlari atrofida va ichki tumanlarda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish transport logistikasini komplekslashishiga olib keldi. Xususan, Gong-Kong, Tyanjin va Shanxay portlari bunga misol bo'la oladi. Xitoyda 3 PL logistikasi, taklif zanjiri boshqaruvi, bojxona boshqaruvi, tashqi hamkorlik, texnologiyali logistika, o'quv va qayta tayyorlash kabi logistikaning muhim yo'nalishlari shakllangan [8]. Osiyo logistika sanoati ishlab chiqarishni o'zida mujassamlashtirishi va tez o'sishi bilan Yevropa tizimidan tubdan farq qiladi. Davlat va boshqaruv organlari ushbu sohani doimiy qo'llab-quvvatlaydi. Singapur, Koreya va Xitoyda logistika tadqiqot institutlari tashkil qilingan bo'lib, bu doimiy innovatsion rivojlanish masalalarini hal qilishda ko'mak beradi.

Yuqoridagi Yevropa va Osiyo tajribasidan kelib chiqqan holda O'zbekiston hududida tashkil qilingan intermodal logistika markazining istiqbollarini ham ko'rsatib berish mumkin. Yurtimizda ko'o jihatdan Osiyo tajribasini mahalliy sharoitlarga moslashtirilib foydalanishga harakat qilinmoqda. Navoiy viloyatida tashkil qilingan xalqaro multimodal logistika markazi o'zida innovatsion-industrial, transport logistika va ijtimoiy rekreatsion hablarni mujassamlashtiradi. Ushbu kompleksda yuk tashish, yuklash va bo'shatish, qayta ishlash, yig'ish, turlarga ajratish, qadoqlash, markirovka, tanlab olish, ishlab chiqarish, mahsulot tekshirish, innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish, bozorlashtirish, marketing, ilmiy-tadqiqot ishlari, taqsimlash, eksport-import, yarmarka, reklama, yuzma-yuz savdo, moliyaviy operatsiyalar, o'quv va amaliyot, ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash va shu kabi bir qator xizmatlar amalga oshiriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bu hozirda mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biri bo'lib turgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiradi. Moliyaviy, industrial-innovatsion va

1609

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1606-1611

rekreatsion hablarning konsentratsiyalashuvi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish muhitining 3 omili vujudga keladi:

1-omil: mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun kam xarajat sarf qilib, o'z mahsulotlari bilan ichki bozorni to'ldirish imkoniyati tug'iladi. Sababi kichik biznes unchalik katta kapital talab qilmaydi va arzon transport bilan Respublikaning istalgan joyiga tez va sifatli yetkazib berishni yo'lga qo'yish mumkin. Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalardan foydalanish, kapitalning ko'payishi va ichki bozorning to'yinishi natijasida keyinchalik tashqi bozorga chiqish va global miqiyosda faoliyat yuritish imkoniyati yuzaga keladi. XX asrning 50-70-yillarida Yaponiyada aynan shunday strategik usul "yapon mo'jizasi"ning yaratilishiga sabab bo'lgan.

2-omil: logistika markazlari asosida yuqoridagi xizmatlarni amalga oshirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki bo'ladi. Bundan davlat har tomonlama foyda ko'radi. Chunki ushbu soha har qanday iqtisodiy sharoitga 9 oyda moslasha oladi va bu inqiroz davrida eng kuchli rivojlanish instrumenti hisoblanadi. Bundan tashqari, aholi bandlik darajasi ortadi va yashash darajasi yaxshilanishi bilan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati ortadi. Hatto iqtisodiyot butkul to'yinib, o'sish deyarli nolga teng bo'lganda ham transport-logistika sohasi hisobiga qo'shimcha iqtisodiy o'sishni yuzaga keltirish mumkin. Hozirda Yevropada shunga o'xshash holat ro'y bermoqda.

3-omil:hablarning konsentratsiyalashuvi va raqobat natijasida yurtimizdagi xususiy logistika kompaniyalari rivojlanadi. Har qanday material oqimi tez va sifatli yetkazib berilishi hisobiga sohalar mobilizatsiyasi kuchayadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi omillar asosida multimodal logistika markazlarining istiqbollarini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Ushbu istiqbollar zamirida inqirozga qarshi muhim vositalardan biri bo'lgan logistika sohasi hozirda yurtimizda dolzarb masala hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga bevosita ijobiy ta'sir qiladi. Globalizatsiya jarayonlari avj olgan bir davrda, rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlar uchun ham multimodal logistika markazlarini rivojlantirish o'z ahamiyatini yo'qotmaydi.

1610

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1606-1611

REFERENCES

1. Arislanovna, Y. S., Bakhtiyorvich, G. B. (2021). Marketing And Information Support In Public Sector. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(1), 940-947.

2. Arislanovna, Y. S., Nematjanovna, K. M. (2021). Specifics Of Corporate Governance In Road Transport. Psychology and Education Journal, 58(2), 80278030.

3. Arislanovna, Y. S., Bakhtiyorvich, G. B. (2021). Using The Experience Of Developed Countries In Developing A Consortium Between Higher Education Institutions And Production. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(1), 819-825.

4. Yuldaheva, S. A., Malenkikh, D. A. (2018). Unctad methodology in globalization of the direct investment market. Актуальные проблемы экономики и управления на предприятиях машиностроения, нефтяной и газовой промышленности в условиях инновационно-ориентированной экономики, 1, 149-154.

5. Mukhitdinova, K., Yuldasheva, S. (2020). Development of transport and logistics services market. EPRA International Journal of Research and Development, 5(5), 464-466.

6. Yuldasheva, S. A., Murodov, B. X. ugli, Suvonqulov, S. I. ugli (2020). Negative consequences of monopoly and methods of regulation. 195-196.

7. Djurayeva, Y., Ayatov, R., & Shegay, A. (2020). Current Problems and Resolutions of Teaching English Grammar. Academic research in educational sciences, 1 (3).

8. Djurayeva, Y. A. (2021). Aesthetic Culture of a Translator. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammo va yechimlar, 210-212.

9. Djurayeva, Y. A. (2021). Using innovative methods in learning English. Экономика и социум, 11.

10. Djuraeva, Yu. A., Ayatov, R. I. (2021). Development of independent creative activity in the teaching process. Экономика и социум, 6-1, 85-88.

11. Djurayeva, Y. A. (2021). Teaching mixed -ability student in classroom. Academic research in educational sciences, 2(2), 1071-1075.

12. Djurayeva, Y. A. (2021). Enhancing English pronunciation in learning process. Academic research in educational sciences, 2, 302-306.

1611

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.