Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI'

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
5063
702
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik biznes / xususiy tadbirkorlik / eksport / sanoat / o’zini-o’zi band qilish / servis / bozor infratuzilmasi / малый бизнес / частное предпринимательство / экспорт / промышленность / самозанятость / сервис / рыночная инфраструктура.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xalilov Navruz Mansurovich

mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish holati, YaIM, eksport va sanoat kabi makroiqtisodiyot ko’rsatkichlaridagi ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo’llari bo’yicha takliflar ilgari so’rilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

в данной статье анализируется состояние развития малого бизнеса и частного предпринимательства, его удельный вес в таких макроэкономических показателях, как ВВП, экспорт и промышленность. Также были запрошены предложения по основным направлениям развития малого бизнеса и частного предпринимательства.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI»

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

Xalilov Navruz Mansurovich

SamISI magistri

Annotasiya: mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish holati, YalM, eksport va sanoat kabi makroiqtisodiyot ko'rsatkichlaridagi ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo'llari bo'yicha takliflar ilgari so'rilgan.

Kalit so'zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, eksport, sanoat, o'zini-o'zi band qilish, servis, bozor infratuzilmasi.

Аннотация: в данной статье анализируется состояние развития малого бизнеса и частного предпринимательства, его удельный вес в таких макроэкономических показателях, как ВВП, экспорт и промышленность. Также были запрошены предложения по основным направлениям развития малого бизнеса и частного предпринимательства.

Ключевые слова: малый бизнес, частное предпринимательство, экспорт, промышленность, самозанятость, сервис, рыночная инфраструктура.

Abstract: this article analyzes the state of development of small business and private entrepreneurship, its share in macroeconomic indicators such as GDP, export and industry. Also, proposals on the main ways of developing small business and private entrepreneurship were requested.

Key words: small business, private entrepreneurship, export, industry, self-employment, service, market infrastructure.

Kirish. O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri kichik biznesni ustuvor darajada rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlar o'tkazilib kelinmoqda, kichik biznesning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Kichik biznes faoliyatini tashkil etish, erkin faoliyat yuritishini kafolatlovchi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, kichik biznesga ko'maklashuvchi bozor infratuzilmasi shakllantirildi. Natijada bugungi kunga kelib, kichik biznes sub'ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda, iste'mol tovarlari, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda, servis xizmatlari ko'rsatish va turizm kabi sohalarda faoliyat ko'rsatmoqdalar.

Mamlakatimizda qisqa davrda to'plangan tajribalarimiz kichik biznes barqaror iqtisodiy o'sishning muhim omili ekanligini isbotladi. Ayniqsa, mamlakat iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o'zgartirishlar va diversifikatsiya sharoitida milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishi, uning raqobatbardoshligini oshishi hamda yuqori makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga erishishimizda kichik biznes muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 29-maqsadiga ko'ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Muhim vazifalar sifatida hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish, sharoiti og'ir bo'lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo'l ochish, iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabilar alohida belgilab qo'yilgan.

Mamlakatimiz hududlarida kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish, o'zini-o'zi band qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Asosiy natijalar. Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bo'yicha to'plangan tajribalar shuni ko'rsatadiki, korxonalarning raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning o'z faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini taqozo etadi. Lekin, kichik biznes sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida belgilangan imtiyoz va yengiliklarga ega bo'lish imkonini beruvchi korxonalarning miqdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu jarayonlarga to'sqinlik qilishi mumkin. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes sub'ektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko'plab korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o'z xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to'sqinlik qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida kichik biznes sub'ektlari rivojlanishi mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab hozirgi kungacha ma'lum bosqichlarni bosib o'tdi. Salkam 30 yil davomida kichik biznes sub'ektlari rivojlanishi borasida bir qator me'yoriy hujjatlar, huquqiy asoslar yaratildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar negizida kichik biznes sub'ektlari rivojlanish bosqichlarini tasniflab chiqdik (1-jadval).

1-jadval

O'zbekiston Respublikasida kichik biznes sub'yektlari turli

chegaralarining amal qilish bosqichlari1_

Bosqich Yillar Tegishli me'yoriy hujjat

I 19921995 "O'zbekiston Respublikasida kichik korxonalar to'g'risidagi Nizom" (Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 fevraldagi 85-son qaroriga 2-sonli ilova)

II 19951998 O'zbekiston Respublikasining "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish to'g'risida"gi

1 Muallifning adabiyotlar tahlili natijasida qayta ishlanmasi

Qonuni (1995 yil 21 dekabr)

III 19982003 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni (1998 yil 9 aprel)

IV 20032011 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlariga tegishli bo'lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori (2003 yil 11 oktyabr)

V 20112019 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlariga tegishli bo'lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi Qarori (2013 yil 14 iyun), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi (2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son Farmoni) Qarori (2014 yil 3 iyul), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi (2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni)

VI 2020-keyingi davrlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi (2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmoni), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi (2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmoni). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlar bilan 2022 yildagi "Ochiq muloqoti"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi (2022 yil 30 avgustdagi PQ-364-son Qarori)

Kichik biznesning asosiy xususiyatlaridan biri mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo'ladigan asosiy ko'rsatkichlarni qisqa muddat ichida ta'minlab berishi bilan ajralib turadi. Ya'ni kichik biznes mamlakat ichki bozorida taqchil bo'lgan tovar va xizmatlar bilan to'ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim soha hisoblanadi. Shuningdek mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun ish bilan bandligini va daromadlarini

oshirish hamda mulkdorlar sinfini shakllantirishda eng asosiy omil va manba bo'lib xizmat qiladi. Umuman kichik biznesning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati:

• mamlakat yalpi milliy mahsulotining tarkib va miqdor jihatdan ko'payishini ta'minlaydi;

• mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun zamin yaratib beradi;

• aholining joriy daromadlari va jamg'armalarining oshishiga hamda farovonlik darajasini ko'tarilishiga zamin yaratadi;

• sohaviy va mintaqaviy yakka hokimlikni bartaraf etishi;

• davlat byudjet mablag'larining bir me'yorda bo'lishini ta'minlaydi;

• tashqi iqtisodiy faoliyatda faol eshtirok etadi;

• resurslardan oqilona foydalanish;

• yangi texnika-texnologiya, asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga joriy etish va mehnat unumdorligini oshiradi.

Shuning uchun ham jahonning barcha mamlakatlarida kichik biznes milliy iqtisodiyotining poydevori hisoblanadi. Bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ham kichik korxonalarning soni ularda mavjud bo'lgan jami korxonalarning 70-80 foizini tashkil etmoqda. Masalan, Yaponiya aholisining esa 71,7 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqda.

Kichik biznes rivojlanishining iqtisodiy ahamiyatlaridan biri bu mamlakat yalpi ichki mahsulotini tarkib va miqdor jihatdan ko'payishini ta'minlashdan iboratdir. Keyingi yillarda kichik biznesni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi natijasida kichik biznesning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o'sib, 2021 yilda 54,9 foizni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotdagi ulushining 2010-2021 yillardagi holati (1-rasm)da keltirilgan.

000000000 60,8 61,9 60,8 60,9 61,9 64,5 66,8 65,3 62,4 56 55,7 54,9

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021

Manba: O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari

1-rasm. O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotida 2000-2018 yillarda kichik biznesning ulushi, %

Kichik biznes mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko'tarishi, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab-yashnashining o'ichovi bo'lganligi uchun O'zbekistonda ham kichik biznesning rivojlanishini rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunning asosiy ustivor vazifasidir. Kichik biznesga bo'lgan e'tiborning iqtisodiy sabablari:

• ichki bozorni mahalliy tovar va xizmatlar bilan to'ldirish;

• aholining harid qobiliyatini oshirish;

• mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish;

• ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;

• servis xizmatlari ko'rsatishni rivojlantirish;

• yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan ta'minlash;

• raqobat muhitini vujudga keltirish;

• mamlakat ichida kapitalning aylanuvchanligini ta'minlash kabilar.

Haqiqatdan ham kichik biznes sub'ektlari ichki bozorni mahalliy tovar va

xizmatlar bilan to'ldirayotgan, yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan ta'minlayotgan va mamlakat eksport salohiyatini oshirayotgan sohaga aylanib bormoqda. Buni mamlakat eksport salohiyatidagi o'rnini oshib borayotganidan ham ko'rish mumkin. Kichik biznesning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o'rni ham asta-sekin kengayib bormoqda. Uning eksport hajmidagi ulushi 2021 yilda 22,3 foizni tashkil etib, bu ko'rsatkich 2010 yilga nisbatan 8,6 foizga oshgan (2-rasm).

30 25 20 15 10 5 0

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 Manba: O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari

2-rasm. Kichik biznesning 2010-2021 yillarda mamlakat eksportidagi

ulushi, %

Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatida eksport muhim rol o'ynaydi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining ravnaqi eksport salohiyatining yuksalishiga ham bevosita bog'liqdir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning eksport salohiyati tubdan o'zgardi. Bunda kichik biznesning o'rni ham beqiyosdir. Kichik biznes sub'ektlari bugungi kunda ichki iste'mol bozorini import o'rnini bosuvchi tovarlar bilan

to'ldiribgina qolmay, balki yuqori sifatli, raqobatbardosh tovarlarni jahon bozoriga taklif etmoqda.

Kichik biznes mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida ham eng muhim sohaga aylanib bormoqda. Qishloq xo'jaligi, savdo, maishiy xizmat ko'rsatish, ovqatlanish, mehmonxona va turizm faoliyatlarida kichik biznesning salmog'i juda kattadir. Keyingi paytlarda sanoatda tarmoqlarida modernizatsiya, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan o'zgartirish, sanoatda chuqur tarkibiy o'zgartirishlar va diversifikatsiyani amalga oshirilishi natijasida qishloq joylarda ham sanoat tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Bunda esa kichik biznes asosiy yetkachilardan hisoblanadi. Sanoat ishlab chiqarishda ham kichik biznesning ulushi yildan-yilga oshib bormoqda.

Manba: O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari

3-rasm. Kichik biznesning 2010-2021 yillarda mamlakat sanoatida ulushi,

%

Kichik biznesni sanoat tarmoqlaridan oziq-ovqat sanoatida, qayta ishlash sanoati, yengil sanoatda ulushi yuqori bo'lmoqda. Asta sekinlik bilan kichik biznes sub'ektlari sanoatning boshqa muhim tarmoqlariga ham faoliyati oshishib bormoqda.

Kichik biznesni rivojlantirishdan yana bir maqsad mamlakatning ma'naviy-tarbiyaviy va madaniy ishlarini yuksaltirish. Chunki kichik biznes ma'naviy-tarbiyaviy va madaniy sohalarni rivojlanishiga ham o'z hissasini qo'shadi. Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirishning ma'naviy-tarbiyaviy va madaniy sabablari:

• an'anaviy xalq amaliy san'ati va badiiy hunarmandchilikning tiklanishiga ko'maklashish;

• sport va sog'lomlashtirish maskanlarini barpo etish;

• xususiy o'quv muassasalarini ochish;

• obodonlashtirish, ko'rkamlashtirish va ekologik tarbiyani yo'lga qo'yish;

• bolalar, o'smirlar hamda yoshlar lagerlarini tashkil qilish.

Keyingi 3-4 yil ichida mamlakat iqtisodiyotida davlat ulushini qisqarishi, erkin bozoro mexanizmlarini amal qilishi natijasida kichik biznesning rivojlanishida tub bo'rilish bo'ldi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi ham oshib bormoqda. Ayniqsa, kichik va xususiy korxonalarning ishlab chiqarish tarmoqlaridagi hissasi ortib bormoqda.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkin, milliy iqtisodiyotida kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish kambag'allikni qisqartirish, o'zini-o'zi ish bilan bandligini ta'minlash, mahallalarda xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish kabilarga erishishni ta'minlaydi. Mahaliy Institutlarning samaradorligi rolini oshirish - tadbirkorlarga yangi korxona yaratish uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etishi, shuningdek, uning keyingi faoliyati va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga inkoniyat beriishi lozim.

Xulosa.

1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun dastavval tadbirkorlik subyektlarini aniq moliyalashtirish manbalarini, shu jumladan aholi mablag'lari, byudjetdan tashqari jamg'armalar, tadbirkorlar, tijorat banklari va moliya institutlarining kreditlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning grantlari, xalqaro standartlarga muvofiq kredit uyushmalari faoliyatini yo'lga qo'yish.

2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlar o'z ehtiyojlari uchun ob'ektlar quradigan yangi tashkil etilgan kichik biznes sub'ektlariga yagona soliq to'lovi to'lash bo'yicha imtiyozlar yaratish.

3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yirik korxonalar o'rtasida ilmiy-texnika sohasida kooperasiyasini yo'lga qo'yish. Yirik korxonalarning buxgalteriya, marketing kabi xizmatlarini autsorsing asosida tashkil etish mexanizmlari bo'yicha huquqiy asoslarni mustahkamlash.

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirokini oshirish, tadbirkorlik sub'yektlarining davlat xaridlari sohasida yanada soddalashtirish deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "20222026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni// www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi "Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperasiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-99-son Qarori// www.lex.uz

3. Nikki LaMarko.https://smallbusiness.chron.com/problems-smallscale-businesses-12355.html

4. Jay Conrad Levinson, Paul R. J. Hanley. The Guerrilla Marketing Revolution: Precision Persuasion of the Unconscious Mind. — Piatkus Books, 2005. — 192 p. — ISBN 978-0749926113.

5. Kotler, P. (1998) Marketing Management: Analysis, Planning, Implementation, and Control. 9th Edition, Prentice Hall, Upper Saddle River.

6. Kholmamatov Diyor Haqberdievich, Boyjigitov Sanjarbek Komiljon ugli. Marketing Problems In The Development Of Export Activities Of Small Business Entities. International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS), 3139 pp, 2020

7. Kholmamatov Diyor Haqberdievich. Develop Criteria for Selecting Distribution Channels in Small Business. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 134-145 pp, 2022

7. Kholmamatov Diyor Haqberdievich. Promote Upgrade After-Sales Service Strategic Skills. Indonesian Journal of Law and Economics Review, 2019

8. Kholmamatov Diyor Haqberdievich. Development of Customer Service Delivery System in Wholesale Trade. Indonesian Journal of Law and Economics Review, 2019

9. www.stat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.