Isayev A. A.
Rabiyev B.B.
Andijon davlat universiteti
XALQARO TURIZMNI RIVOJANTIRISHDA HAVO TRANSPORTINING AHAMIYATI
Annotatsiya. Maqolada havo transporti orqali sayohatlarni amalga oshirishda sharqiy Osiyo mamlakati aviakompaniyasi uning yo'lovchi tashish geografiyasi tahlil qilingan. Ayrim mamlakatlardagi havo transport aviachiptalari narxi o'rganilgan.
Kalit so'zlar. Havo transporti, aviachipta, parvozlar, sayohat, turizm, tashish xajmi.
Isayev A.A.
Rabiyev B.B.
Andijan State University
THE IMPORTANCE OF AIR TRANSPORT IN THE DEVELOPMENT
OF INTERNATIONAL TOURISM
Abstract. The article analyzes the geography of passenger transportation of the airline of the East Asian country in the implementation of air transport trips. The price of air transport air tickets in some countries has been studied.
Keywords. Air transport, air ticket, flights, travel, tourism, transport volume.
Hozirgi kunda hayotimizni samolyotlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, uzoq davlatga, uzoq masofalarga xizmat safari yoki sayohatni amalga oshirmoqchi bo'lganlarga bundan foydalanmaslikni iloji yo'q. Havo yo'llarini ikkita asosiy turi mavjud. Mahalliy ya'ni ichki havo yo'llar viloyat markazlarini bog'laydi va 500-1000 km radiusdagi masofalarga xizmat ko'rsatadi. Mamlakatlar aro havo yo'llari esa uzoq masofalarga parvoz amalga oshiriladi.
Dunyo bo'ylab xar kuni samolyotlar 120 mingdan ortiq parvozlarni amalga oshiradi, jahondagi fuqarolik aviatsiyasi xar yili 4.4 mlrd yo'lovchi tashiydi bu esa yer yuzi aholisini yarmiga tengdir.
Quyidagi ro'yxatda havo qatnovlari soni bo'yicha mamlakatlar ro'yxat i berilgan, ma'lumotlar xar yili to'planib mamlakatda ro'yxatga o'tgan yo'lovchilar bilan birgalikda ichki va xalqaro reyslar hisobga olingan[8]. bunday statistik tahlillar fuqaro aviatsiyasi uchun xalqaro standartlarni belgilaydi, xavfsizlik va samaradorlikni oshirish uchun uning rivojlanishini muvofiqlashtiradi, shuningdek
ma'lumotlarni yig'ishda jahon banki (world bank air transport registered carrier departures worldwide) ishtirok etadi.
1-jadvalda ko'rinib turibdiki, eng yirik davlatlardagi aviaqatnovlar va O'zbekistonga qo'shni mamlakatlar ko'rsatkichlari o'rganildi. Bundan maqsad O'zbekistondagi ichki imkoniyatlaridan kelib turizm salohiyatini oshirish, yurtimizga kelayotgan sayyohlarni sonini ko'paytirish, va aholini aviatransportdan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat. Amerika uchun aviaqatnovlar soni ko'p bo'lishi tabiiy holat maydon jihatdan kattaligi va aeroportlar hajmi bo'yicha xam birinchi o'rinda bo'lib, jami 19 633 aeroport mavjud.. Ulardan davlat tasarrufida 5082, xususiylar aeroportlar 14 551 tani tashkil etadi.[1]
Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida aholisi soni jihatdan 2 o'rinda (19 mln) turuvchi Qozog'istonda bir yilda 65 009-marta aviaqatnovlar amalga oshirilgan. Aholi soni va daromadi kam bo'lgan Qirg'izistonda bu ko'rsatkich 27 097 ta ga yetgan. O'zbekistonda esa parvozlar soni 21 730 ga teng bo'lgan. O'zbekiston mehnat migrantlarining ko'pchilik Rossiya va Turkiya davlatlarida ishlaydi. O'rganishlarga ko'ra boshqa davlatlarda ishlaydigan O'zbekiston fuqarolarining ko'pchiligi aynan Qozog'iston va Qirg'iziston havo transportida foydalanishni ma'qul ko'radi. Buning asosiy sabablaridan biri qo'shni mamlakatlarda aviachiptalarning nisbatan arzonligidir. Janubdagi qo'shni mamlakat Afg'oniston hududida xam 2020-yilda 23 682-marta parvoz amalga oshirilgan.
Hozirga kelib O'zbekistonga havo transportida tashish hajmi koronavirus pandemiyasidan oldingi darajadan 115 foizga oshgan bo'lsa-da Rossiya sayohat agentligi hisobotiga ko'ra O'zbekistonga kelib ketish xarajati boshqa davlatlarga nisbatan qimmat hisoblandi va turistlar oqimi uchun maxsus chegirmalar mavjud emas va aviobiletni qaytarish yoki uchish sanasini o'zgartirish xam qiyin va to'lov qaytarilishida muammolar mavjud[4].
1- jadval
Havo transportida ayrim jahon mamlakatlarida 2020-yilda amalga
oshirilgan parvozlar soni
№ Mamlakat nomi Parvozlar soni
1 Amerika 9 639 096
2 Xitoy 4 359 033
3 Kanada 1 443 818
4 Buyuk Britaniya 1 210 165
5 Yaponiya 1 035 522
6 Hindiston 1 029 961
7 Indoneziya 916 377
8 Rossiya 815 708
9 Malayziya 432 454
10 Saudiya Arabistoni 270 924
11 Filippin 369 158
12 Qozog'iston 65 009
13 Tojikiston 5 283
14 Qirg'iziston 27 097
15 O'zbekiston 21 730
16 Afg'oniston 23682
Jadval 2020-yil ma'lumotlari asosida
Dunyo miqyosida 2022-yilda yo'lovchilar soni 2021 -yilga nisbatan 47% ga o'sgan va bu esa Covid-2019 dan keyin aviaqatnovlarni qayta samarali yo'lga qo'yilgandan dalolatdir. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi hisobotida aytilishicha transport vositasi sifatida samolyotlarni tanlagan sayohatchilar soni 6,9 foizga oshgan. Shu bilan birga, bozor uchun arzon (lowcost) aviakompaniyalarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Hozirgi kunda O'zbekistonda har kuni o'rtacha 12,5 ming yo'lovchi aviatransport turidan foydalanmoqda [5]. 2018- yilda dunyo aviakompaniyalari 4,4 milliard yo'lovchini tashigan. Bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 6,9 foizga ko'p yoki samolyotda 284 million sayohat qilgan. Shu bilan birga, arzon havo transport segmentining rivojlanishi yo'lovchi havo transportining boshqa turlarini ortda qoldirishda davom yetmoqda. Arzon aviakompaniyalarning sig'imi qariyb 13,4 foizga o'sdi, bu yo'lovchi havo transporti segmentining umumiy o'sish sur'atini (6,9 foiz) deyarli ikki barobarga oshirdi.[6]
Arzon sayohatlar global havo qatnovi sig'imining 21 foizini tashkil yetmoqda. Taqqoslash uchun, 2014-yilda uning ulushi atigi 11 foizni tashkil yetgan bo'lsa 2018-yilda arzon aviakompaniyalarning ulushi 29 foizni tashkil qiladi (2004-yilda bu ko'rsatkich 16 foiz). Shuni alohida aytib o'tish kerakki, hozirda faoliyat yuritayotgan 290 ta xalqaro aviatsiyaga a'zo aviakompaniyalardan taxminan 52 tasi o'zini arzon va boshqa yangi modellar bilan ajralib turadi.
Centre for aviation aviatsiya markazi hisobotiga ko'ra, 2019 -yilda arzon aviakompaniyalarning jahon bozoridagi ulushi 32,9% ni tashkil yetdi, bu 2018-yilga nisbatan yuqori. Shunisi e'tiborliki arzon aviakompaniyalar eng katta ulushi Yevropaga to'g'ri keladi. U yerda mahalliy aviakompaniyalar tomonidan tashilgan yo'lovchilar umumiy sonining 41,7 foizi bu arzon aviatransportdan foydalanilgan. Mazkur ko'rsatkich Lotin Amerikasi — 39,6 %, Shimoliy Amerika — 30,4 % va Osiyo-Tinch okeani — 29,7%. Rossiyada yagona arzon aviakompaniya "Pobeda" kompaniyasining ulushi 2019 -yilda 8 foizni tashkil etdi[6].
Dunyoning turli qismlarining havo transport bozoridagi ulushi geografiyasida ham hududiy tafovutlar katta. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi aviakompaniyalar eng ko'p yo'lovchi tashiydi. Mintaqaviy reytinglar (shu hududda ro'yxatdan o'tgan aviakompaniyalar tomonidan rejalashtirilgan
reyslarda tashilgan yo'lovchilarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda) quyidagicha taqsimlangan:
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi jahon havo sayohatlari bozorining 37,1 foizini egalladi (1,6 milliard yo'lovchi, 2017-yilga nisbatan 9,2 foizga ko'p)
Yevropaning ulushi 26,2 foizni tashkil yetadi (1,1 milliard yo'lovchi, bu 2017-yilga nisbatan 6,6 foizga ko'p)
Shimoliy Amerika — bozorning 22,6 foizi (989,4 million yo'lovchi, bu 2017-yilga nisbatan 4,8 foizga ko'p)
Lotin Amerikasi bozor ulushi — 6,9% (302,2 million yo'lovchi, 2017-yilga nisbatan 5,7% ko'p)
Yaqin Sharq bozorining 5,1 foizi (224,2 million yo'lovchi, bu 2017 -yilga nisbatan 4,0 foizga ko'p)
Afrika bozori ulushi 2,1% (92 million yo'lovchi, 2017-yilga nisbatan 5,5 foizga ko'p).[1]
Osiyo mintaqasida aholi zich joylashgan bo'lib yer yuzi aholisini 4/3 qismi istiqomat qiladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, to'rt "Osiyo yo'lbarslari" ham shu hududda joylashgan, shunday ekan mintaqada arzon aviatransportni joriy qilish aholi va mamlakatlar o'rtasida turizm, savdo va diplomatik aloqalarni yaxshilashga, o'rtacha va kam daromadli aholini xam boshqa davlatlarga sayohat qilish imkonini beradi. Masalan arzon havo transport xizmati ko'rsatuvchi aviakompaniyalardan biri Filippin davlatiga tegishli Cebu pacific (1988-yilda tashkil etilgan) aviakompaniyasi Osiyo mintaqasida o'zini arzon xizmatlarini taqdim etadi 2012-yilda 12.5 mln yo'lovchi tashib Osiyo mintaqasida rekord natija o'rnatgan.
•Vancouver_______
•Toronto
1-rasm. Cebu pacific aviakompaniyasining Xalqaro yo'nalishlar kartasi. [7] (International route map of Cebu Pacific. Based on the flight schedule at the Cebu Pacific)
2-rasm Cebu pacific aviakompaniyasining mahalliy aviaqatnovlari (Domestic Philippines route map of Cebu Pacific as of August 2015. Based on the flight schedule at the Cebu Pacific)
Cebu pacific aviakompaniyasi 1-2-rasmlardan ko'rinib turibdiki xalqaro va mahalliy reyslar geografiyasi juda keng bo'lib, yirik aviakompaniya sifatida rivojlanmoqda. Tadqiqot davomida 2023-yilda ushbu aviakompaniya xizmatidan foydalanib, dastlab Tokiodan Filippin poytaxti Manillaga safar qildik. 2999 km masofaga atigi 60 AQSH dollari evaziga 5 soatlik parvoz amalga oshirildi, aynan shu aviakompaniyadan foydalanib, Manilladan Indoneziya davlati Bali orollarigacha davom ettirdik. Bunda masofa 2635 km ga teng bo'lib 87 AQSH dollari transport xarajati qilindi. Parvoz vaqti 4 soatdavom etdi. Balidan Malayziya davlatiga 105 dollarga 3 soatlik parvoz 1926 km ni tashkil qilmoqda. Parvoz davomida reyslarda 400 gr taom va 0.5 litr miqdorda plastik idishda suv beriladi. Ko'rinib turibdiki havo transporti narxlari xar qanday odamni sayohat qilishga va ta'til davrida ko'p davlatlarga borishga imkon beradi. Malayziyadan Toshkentga esa 5375 km bo'lib, 550 AQSH dollari sarflanmoqda. Bundan ko'rinadiki, o'rtacha daromadli sayyoh uchun O'zbekistondan ko'ra SHarqiy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilish bir muncha qulay hisoblanadi.
Zamonaviy turizm millatlar aro birlik va hurmatni ta'minlashning muhim vositadir. Bu borada o'zaro turistik oqimlarini ko'paytirish, sayyohlik sohasida qo'shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, ushbu ustuvor yo'nalishdagi hamkorlikni faollashtirish uchun O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida turizmni rivojlantirish yili, deb e'lon qilishni taklif etdi (16.09.2022).
Bizningcha Markaziy Osiyo mintaqasi va jumladan O'zbekiston hududida xam Cebu pacific aviakompaniyasi singari arzon aviaqatnovlarni joriy qilish zarurati mavjud. Ularni tajribasini o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ichki va tashqi turizmni takomillashtirish, isloh qilish inson kapitalini rivojlantirish uchun sayohat qilish muhimdir. Tarixiy turizm shakllangan O'zbekistonga xam boshqa xorijiy arzon aviakompaniyalarni jalb qilish orqali erkin raqobatni yo'lga quyish mumkin. Bu esa boshqa turizm jabhalarini xam rivojlanishiga yo'l ochib beradi.
40 mln ga yaqin aholi istiqomat qiladigan mintaqada xorijda ishlovchilar, davolanish, o'qish, sayohat, yashash, savdo-sotiq va boshqa sabablar tufayli havo transportdan foydalanuvchilar anchagina. Bular uchun arzon, qulay narxlar joriy qilish mumkin.
Xorijiy sayyohlarni jalb qilishni eng muhim yo'llaridan biri arzon biletlar taqdim qilish ekanligi ma'lum bo'ldi. O'zbekistonga kelayotgan turistlarini ikkinchi marta kelishi uchun ham mazkur omil muhim hisoblanadi. Chunki, O'zbekistonda Yevropa va rivojlangan davlatlardagi aviatransportga nisbatan narxlarni yuqoriligi salbiy omil sifatida qaraladi. O'zbekistondagi aviakompaniyalarga barqaror narx belgilash yurtimizga keladigan sayyohlar oqimini ko'paytiradi, va aholini xorij sayohatiga chiqish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Количество рейсов по странам URL: https://torise.ru/kolichestvo-reysov-po-stranam/
2. Рейтинг стран по количеству авиарейсов
URL :https://nonews. co/directory/lists/c ountries/air-departures
3. В ICAO спрогнозировали увеличение в 2023 году мирового пассажиропотока авиакомпаний URL:https://tass.ru/ekonomika/17001391
4. Объемы авиаперевозки в Узбекистан выросли на 115% от доковидных. Сколько стоят туры? URL:https://www.atorus.ru/node/53547
5. Более 12 тысяч человек каждый день пользуются самолетами в Узбекистане
URL:https://nova24.uz/uzbekistan/bolee-12-tysyach-chelovek-kazhdyj-den-polzujutsya-samoletami-v-uzbekistane/
6. Филева объяснила нежелание S7 становиться лоукостером Подробнее на РБК:
https://www.rbc.ru/business/04/12/2020/5fc9de349a79474df5f78dd0 URL:https://www.rbc.ru/business/04/12/2020/5fc9de349a79474df5f78dd0
7. http://www.cebupacificair.com/Pages/RouteMap.aspx
8. Сборомданни Заниматся международная организация Международной организации гражданской авиации (ИКАО)