Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING DAROMADLARINI STATISTIK TAHLILI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING DAROMADLARINI STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aholi / daromadlar / modernizatsiya / iste’mol narxlari indeksi / mutlaq va nisbiy miqdorlar / statistik tahlil. / Population / income / modernization / consumer price index / absolute and relative amounts / statistical analysis.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamatkulov, Baxtiyor Xalmuradovich

Ushbu maqolada aholining hayotiylk darajasi va sifatini ifodalashda jami aholining, oilalarning, alohida shaxslarning umumiy daromadlari muhim ahamiyatga ega ekanligi statistik tahlillar asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATISTICAL ANALYSIS OF THE INCOME OF THE POPULATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

In this article, it is explained on the basis of statistical analysis that the total income of the total population, families, and individuals is important in expressing the level and quality of life of the population.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING DAROMADLARINI STATISTIK TAHLILI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING DAROMADLARINI

STATISTIK TAHLILI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10529888

Mamatkulov Baxtiyor Xalmuradovich

Toshkent Moliya Instituti "Statistika va ekonometrika" kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) tel: +99890-910-74-28 elektron pochta: bmamatkulov@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada aholining hayotiylk darajasi va sifatini ifodalashda jami aholining, oilalarning, alohida shaxslarning umumiy daromadlari muhim ahamiyatga ega ekanligi statistik tahlillar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Aholi, daromadlar, modernizatsiya, iste'mol narxlari indeksi, mutlaq va nisbiy miqdorlar, statistik tahlil.

Аннотaция. В этой статье на основе статистического анализа объясняется, что общий доход всего населения, семей и отдельных лиц важен для выражения уровня и качества жизни населения.

Ключевые слова: Население, доходы, модернизatsiя, индекс потребительских цен, абсолютные и относительные величины, статистический анализ.

Abstract. In this article, it is explained on the basis of statistical analysis that the total income of the total population, families, and individuals is important in expressing the level and quality of life of the population.

Keywords: Population, income, modernization, consumer price index, absolute and relative amounts, statistical analysis.

KIRISH

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlari O'zbekiston Respublikasi aholisining daromadlarini statistik tahlil etishni talab etadi.

Aholi ishlab chiqaruvchi kuch va iste'molchi sifatida respublikamiz iqtisodiyotini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Insoniyat taraqqiyotidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolari aholi bilan chambarchas bog'liq bo'lib kelgan. Ushbu bog'liqlik turli mamlakatlarda turli hududlarida o'ziga hos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

"Aholining hayotiylk darajasini ifodalashda jami aholining, oilalaming, alohida shaxslarning umumiy daromadlari muhim ahamiyatga ega. 2022 yilda aholining umumiy daromadlari 634,8 trin. so'mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo'yicha гeal o'sish suг'atlaгini hisoblashda naгx omillaгi ta'siгini chiqaгib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko'гsatkichlaгining asosiy turiaridan biгi - iste'mol naгxlaгi indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste'mol naгxlaгining o'zgarishi sababli o'tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daгomadlarining real o'sish suг'ati 109,7 % ni tashkil etdi"1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022 — 2026 yiltoga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot stгategiyasi to'g'risida" gi PF-60-sonli Farmonining 21-maqsadida "Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish su^atlarini ta'minlash oгqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshiгish hamda "daгomadi o'rtachadan yuqoгi bo'lgan dav^tla^' qatoгiga kirish uchun zamin yaratish"2 - deb ta'kidlab o'tganlari be'jiz emas.

Ushbu ijobiy yutuq^ aholining xayotiylik darajasi jaгayonlaгini jadal suг'atlaг bilan ijobiy rivojlanishiga real umumiy daromadlarni statistik tahlil uchun statistika ma'lumotlaгining sifati va ishonchliligini oshirish imkoniyatini yaratadi.

"Mamlakatimizda statistika ma'lumotlaгining sifati va ishonchliligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, jumladan xalqaro tashkilotlarning maxsus nashrlaгi va ma'lumot^ bazalarida xolis va ishonchli aks ettiгishni ta'minlash choгalaгi ko'rilmoqda"3. Shu sababli, "Rasmiy statistikani tayyoгlovchilaг statistika ma'lumotlaгini ishlab chiqishda xalqaгo daгajada tavsiya etiladigan tushunchalarga, tasniflarga va uslubiyatga amal qiladi"4 .

2020 yil 3 avgustdagi PQ - 4796-son "Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbiгlaгi to'g'гisida" qarorlari hamda mazkrn- faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu maqola muayyan darajada xizmat qiladi.

Usullar

Tadqiqot jarayonida ilmiy abstraktsiyalash, statistik kuzatish, mutlaq, nisbiy miqdorlar, statistik baholash, statistik jadvallar, elastiklik koeffitsiyenti kabi usullardan foydalanilgan.

1 www.stat. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlaгi.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni. 2022 yil 28 yanvar. // https://lex.uz/docs/5841063.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-son "Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbiriari to'g'risida"gi Qarari. www.lex.uz

4 O'zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to'g'risida" gi O'RQ - 707 - sonli qonuni. 2021 yil. 11 avgust. www.lex.uz

Natijalar

Bozor iqtisodiyotiga o'tishning zarur shartlaridan biri aholining real umumiy daromadlari darajasini oshirishdir. Birinchidan, bozor rivoji raqobat kurashining ta'siri ostida bo'lishi, ikkinchidan ishsizlikning oshib borishi, kambag'allikning paydo bo'lishi bilan bog'liq hisoblanadi. Bozor munosabatlari asoslangan iqtisodiyot tenglikni inkor etgan holda, tengsizlikni tasdiqlaydi. Ushbu tengsizlik standard holat bo'lib, yuksak daromad olish uchun harakat qilishga intilishni kuchaytiradi. Shu nuqtai nazardan, davlat ixtiyoridan daromad oluvchilar sonini kamaytirib, balki kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi tarmog'ini hududiy jihatdan rivojlantirishda fermer, dehqon va tomorqa xo'jaliklarini rivojlantirish, shu jumladan, daromadni asosini tadbirkorlikdan olish, mamlakatimiz aholisini bozor sharoitiga moslashtirish, iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo'lib hisoblanmoqda. Shu kabi ishlarni amalga oshirishda aholini hayotiylik sifati va darajasini rivojlantirish zarurati tug'iladi. Modellashtirish uchun yuqori variantli hisob-kitoblar olib borishga to'g'ri keladi. Shu boisdan, bozor munosabatlari sharoitida aholining hayotiylik sifati va darajasini rivojlantirishni davlat tomonidan ijtimoiy himoya tadbirlarini amalga oshirish uchun oldindan tezkor choralar ko'rish zaruriyatini hozirgi zamon talabi darajasidagi yaratilgan avtomatlashtirilgan hisoblash tizimlardan foydalanib, O'zbekiston Respublikasi aholisining daromadlarini statistik tahlili bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

"Aholining real umumiy daromadlari - bu aholining nominal umumiy daromadlarini tegishli davr uchun iste'mol narxlari indeksiga bo'lish yo'li bilan hisoblanadigan nisbiy ko'rsatkichi hisoblanadi.

Aholi ixtiyoridagi daromad - umumiy daromaddan to'g'ri soliqlarni (ularning qaytarilishini hisobga olgan holda), majburiy yig'imlar va jarimalar hamda bir uy xo'jaligiga boshqa uy xo'jaligi tomonidan berilgan moddiy yordam pullarini chegirish orqali hisoblanadi"5 [5,25 bet].

1-jadval

2022 yilda O'zbekiston Respublikasi hududlari kesimida aholining real umumiy daromadlarini o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati6

Ko'rsatkichlar Aholi Aholining real umumiy 2022 yilda 2021 Aholi jon boshiga 2022 yilda 2021

jon daromadlari jami, yilning yilning

o'rtacha,

boshiga mlrd. so'm mos davriga mos davriga

5 www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti ma'lumotlari

6 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining 2021-2022 yillar bo'yicha ma'lumotlari asosida muallifning hisob-kitoblari.

o'rtacha, ming so'm

O'zbekiston Respublikasi

Qoraqalpog' iston Respublikasi

2021y

2022y

nisbatan, % da

2021y

2022y

14864,47 15 979,3

nisbatan, % da

viloyatlar:

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10. 11. 12.

13.

14.

Andijon Buxoro Jizzax

Qashqadaryo

Navoiy

Namangan

Samarqand

Surxondaryo

Sirdaryo

Toshkent

Farg'ona

Xorazm

Toshkent sh

41700,36 35587,9 18896,31 41060,02 25362,02 32902,58 51552,44 32064,22 11130,13 47402,06 43490,01 30078,36 86099,65

46 454,2 38 221,4 19 954,5 45 494,5 25 641,0 36 982,5 57 017,0 36 296,7 12 042,8 48 302,7

47 882,5 34 199,1 97 550,9

111,4 107,4

105.6 110,8 101,1 112,4 110,6

113.2 108,2 101,9 110,1

113.7

113.3

12949,59 18140,87 13248,16 12180,81 24766,8 11352,14 12919,85 11826,31 12799,81 16268,13

11273.4

15758.05 30513,38

14 128,0 19 174,9 13 672,1 13 204,0 24 543,9

12 476,0

13 992,2 13 079,9 13 567,8

16 284,4 12 164,0

17 617,5 33 534,2

109.1 105,7

103.2 108,4 99,1 109,9

108.3 110,6 106,0

100,1 107,9 111,8 109,9

ming so'm

519262,7

569 631,2

109,7

107,5

21850,47

23 292,6

106,6

11282,79

1 869,5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

105,2

Jadval ma'lumotlari tahlilidan ko'rinib turibdiki, 2022 yilda O'zbekiston Respublikasi hududlari kesimida aholining real umumiy daromadlari 569631,2 mlrd. so'mni, o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 9,7 foizni tashkil etdi.(1-jadval)

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning ma'lumotiga asosan, XXI asrning asosiy dolzarb muammolaridan biri, bu dunyo aholisining ortiqcha tana vaznidan azob chekishi bilan bog'liq hisoblanadi. Bugungi kunda, yuqorigina rivojlangan davlatlar aholisi o'rtasida noto'g'ri ovqatlanish, rafinadlangan (tarkibida tuz, yog' miqdori yuqori bo'lgan taom, qand va shirinliklar) ovqat moddalarini ortiqcha iste'mol qilinishi natijasida "semirish epidemiyasi" yuzaga keldi.

Mamlakatimiz aholisining "bir xil taomnoma" bo'yicha ovqatlanishi, vitamin va minerallar etishmovchiligiga sabab bo'lib, bu o'z navbatida yoshlarda ratsional o'sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa, yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o'sma kabi insonning erta o'limiga olib keluvchi qator kasalliklarning, afsuski, rivojlanishiga sabab bo'lmoqda. JSST prognoziga asosan, dunyo aholisining shunday

ovqatlanishni davom ettirsa, afsuski, 2030 yilda dunyo aholisining o'lim ko'rsatkichi 75 foizi ushbu kasalliklarning hissasiga to'g'ri keladi.

O'zbekiston Respublikasida keyingi yillarda aholining o'rtasida sog'lom hayotiylik sifati va darajasining tarzini shakllantirish va tibbiy madaniyatini oshirishning, xavfli omillarining tibbiy profilaktikaning yanada takomillashtirish, tibbiy patronaj xizmatining sifatini kuchaytirish kabi davlat dasturlari ishlab chiqilib, Prezidentimiz tomonidan e'tibor qaratib kelinmoqda. Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi "Aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4887-sonli Qarori bunga misol bo'ladi.

Ushbu qarorning imzolanishi jamiyatimizni sog'lom kelajak sari tashlangan qadamlaridan biri bo'lib, aholining o'rtasida sog'lom hayotiylik sifati va darajasi tarzini shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilganidan dalolatdir.

Aholi o'rtasida to'g'ri ovqatlanishning ko'nikmasini shakllantirish, jismoniy faollik darajasini oshirish, aholining pandemiya davridagi olgan saboqlarini inobatga olgan holda, ruhiy zo'riqishning salbiy oqibatida zararli odatlarni oldini olishga e'tibor qaratishimiz lozim.

Ushbu qarorda 6-23 oylik go'daklarga uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni mikronutrient kukuni asosida boyitish, 6 oydan 5 yoshgacha bolalar "A" vitamini, 2 yoshdan 10 yoshgacha bolalar geFmintoz profilaktikasi bo'yicha preparatlar bilan bepul ta'minlanishi ko'rsatib o'tilgan.

Inson salomatligining tug'ilgan davrdagi sog'lig'i holati bilan bog'liq hisoblanadi. Ayni paytda bolaning ota-onasi qanday darajada sog'lomligiga ham bog'liq hisoblanadi. Sog'lom barkamol ota-onadan tug'ilgan farzandlarimiz samarali parvarishga muhtojdir. Ularning iste'molidagi oziq-ovqat moddalari tarkibida etarli miqdorda mikronutrientlar, mineral va vitaminlar bo'lishi talab etiladi. Vitaminlar orqali bolalarning o'sishi va rivojlanishiga asosiy yuqori ta'sir etuvchi "A" vitamini sanaladi. U bolaning aqlan va jismonan barkamol bo'lib voyaga etishishida muhim hisoblanadi.

Aholining daromadlari darajasini izchillik bilan yuksaltirish uchun qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Vazirliklar, markaziy va mahalliy hokimiyat idoralarining kishilarning o'ziga baho berishi, o'zini aholining ma'lum guruhiga mansubligining anglashi hayotiylik sifati va darajasining yakuniy indikatori hisoblanadi.

Oiladagi orastalik va o'zaro muloqot davomidagi gigienik normalarga amal qilmaslik haqida ma'lumotga ega bo'lmaganligi tufayli o'zini himoyalash ko'nikmasi yo'qligi oqibatida kelib chiqadi.

Bola salomatligi bilan bir qatorda homilador va emizikli ayollar hamda 35 yoshgacha bo'lgan tug'ish yoshida bo'lgan ayollar temir kislotasi preparati bilan bepul ta'minlanishi belgilab berilgan. Ushbu chora-tadbirlar tug'ish yoshidagi bugungi kunda ayollarimizda uchrayotgan anemiya kasalliklarining kamayishiga va homilador ayollardan nogiron bola dunyoga kelishi ehtimolini kamaytirishga ko'maklashdi.

"Shu nuqtai nazardan, oziq-ovqat mahsulotlari talabining qondirilishi darajasi quyidagicha hisoblanadi:

MxÍ

Ktk -

M

(i)

m

bu yerda: Ktk - i mahsulotlarga bo'lgan talablikning qondirilish darajasi; Mxi - aholi jon boshiga to'g'ri keladigan haqiqiy iste'mol qilingan i mahsulot; Mni - aholi jon boshiga me'yor bo'yicha iste'mol qilinishi zarur bo'lgan i mahsulot miqdori"7.

2-jadval

O'zbekiston Respublikasi bo'yicha ovqat-ovqat mahsulotlari iste'moli va aholi jon boshiga real umumiy daromadlari 8

Ko'rsatkichlar 2021 yil 2022 yil

1. O'rtacha jon boshiga iste'mol (kg): - non mahsulotlari - sut mahsulotlari 110,0 296,0 116,0 288,9

2. Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar, (solishtirma bahoda), ming so'm 13416,8 15979,3

Elastiklik koeffitsiyenti quyidagi formula bilan hisoblanadi:

AÎST ADA ^

Ki=—\— (2)

ÍSTn

DA%

1. O'zbekiston Respublikasida non mahsuloti bo'yicha: ADA = A1- DA0 = 15979,3 - 15979,3 = 2562,5 min g

2. O'zbekiston Respublikasida sut mahsuloti bo'yicha: ADAqDA1 - DA0 = 15979,3 - 15979,3 = 2562,5 ming

so m

so'm

7 Statistika bo'yicha praktikum: o'quv qo'llanma // I.X. Xabibullayev, X. A.Shodiyev, B.Q.Utanov. -T.: «Nihol print» OK, 2022.312 b.

8 www.stat. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

Demak, aholi jon boshiga real umumiy daromadlarning 1% oshishi natijasida non mahsulotlari iste'moli 0,3 % ga oshgan, sut mahsulotlari iste'moli 0,12 % ga kamaygan.(2-j adval)

Munozara

To'g'ri ovqatlanishda bug'doy va yormalar muhim o'rin egallagan. Davlatimiz aholi uchun ommabop bo'lgan 1 navli bug'doy uni mikronutrientlar bilan to'ldirib borilishi ta'minlab kelmoqda. (75 foiz). 1 navli bug'doy uni bilan bir qatorda oliy navli bug'doy un ham zaruriy vitaminlar va minerallar bilan to'yintirilishi (90 foiz) yo'lga qo'yilmoqda. Respublikamizning aksariyat holatlarda qishloq aholisi tegirmon unidan iste'mol qiladi, bug'doy uni mikronutrientlarga boy kepakli un hisoblanadi. Aksariyat shahar aholisi do'konlardan sotib olayotgan noni ham endilikda, mikronutrientlarga boyitilgan bug'doy unidan ishlab chiqariladi.

Yuqoridagi belgilangan chora-tadbirlar axborot vositalarida targ'ib qilinishi, jamiyatning tibbiyot xodimlari, faol fuqarolari tomonidan to'g'ri ovqatlanish shartlari tushuntirib borilishi lozim. Oilamizda oziq-ovqatning turli xilligi, oqsil, uglevodlar, yog' bilan to'yinganligi insonning jinsi, yoshi, tana tuzilishlari mehnat faoliyatini hisobga olgan holda balanslashganlgi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Aholining besh mahal kundalik ovqatlanish rejimiga o'rgatish, salomatligiga e'tibor qilishning ko'nikmalari shakllantirish lozim. Kun tartibiga qatiy rioya qilishi, to'g'ri ovqatlanishi, ruhiy va jismoniy faollikka erishishiga harakat qilishi talab etiladi.

O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tishi aholining hayotiylik darajasini oshirish, ijtimoiy soha yo'nalishlarining rivojlanishini ta'minlash hisoblanadi.

Xulosalar

Yuqoridagi e'tirof etilgan xulosalar orqali respublikamiz aholisining real daromadlari darajasini oshirish bo'rtasida quyidagi takliflarni amaliyotga tadbiq qilish maqsadga mufofiq deb hisoblaymiz:

- republikamiz aholisining real umumiy daromadlarini tartibga solinmagan turlarini hisobga olish, ularni albatta litsenziya olib ishlashi, belgilangan standartlar va sanitariya talablariga amal qilishini ta'minlash zarur, ularga ko'mak berish, ularning statistik hisobotini yaxshi yo'lga qo'yish bo'rtasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

- aholi jon boshiga to'g'ri keladigan real daromadlar darajasini oshirish;

- aholining manfaatlarini to'liq ta'minlash uchun huquqiy bazani mustahkamlash;

- shahar va qishloq joylaridagi infratuzilma xizmatlarini yanada rivojlantirish;

- shahar va qishloq aholisining aholi jon boshiga to'g'ri keladigan real daromadlar darajasini yangi pog'onaga ko'tarish;

- aholi o'rtasida yoshlarni ish bilan ta'minlash, odamlarning daromadi va darajasini oshirish.

- mamlakatimiz aholisining real ummiy daromadlari hajmini jadal rivojlantirish, shaxsiy sug'urta darajasini oshirish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-sonli Farmoni. 2022 yil 28 yanvar. // https://lex.uz/docs/5841063.

2. O'zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to'g'risida" gi O'RQ - 707 -sonli qonuni. 2021 yil. 11 avgust. www.lex.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-son "Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. www.lex.uz.

4. Statistika bo'yicha praktikum: o'quv qo'llanma // I.X. Xabibullayev, X. A.Shodiyev, B.Q.Utanov. -T.: «Nihol print» OK, 2022.-312 b.

5. MnponHMOB, M. (2023). TomKeHT bhhooth Mexpar pecypcnapHHHHr 6aHgnHK gapa^acH CTamcTHKacu. Iqtisodiyot Va ta'lim, 24(3), 234-238. https://doi.org/10.55439/ECED/vol24 iss3/a36

6. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti ma'lumotlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.