Научная статья на тему 'AHOLI TURMUSH DARAJASI KO’RSATKICHLARI: DAROMADLAR VA XARAJATLARNING STATISTIK TAHLILI'

AHOLI TURMUSH DARAJASI KO’RSATKICHLARI: DAROMADLAR VA XARAJATLARNING STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2982
291
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turmush darajasi / statistik baholash / aholi daromadlari / birlamchi daromadlar / aholi xarajatlari / inson tarraqqiyot indeksi / inson kapitali. / standard of living / statistical evaluation / population income / primary income / population expenditure / Human Capital Index / Human Capital.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sirojiddinov, Kamoliddin Ikromiddinovich, Zaidov, Islom Ibragimjonovich

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasini baholash, turmush farovonligini oshirish, aholi daromadlari va iste’mol harajatlari orasidagi bog’liqliklarni o’rganish va mavjud holatni tahlil qilish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIVING STANDARDS INDICATORS: STATISTICAL ANALYSIS OF INCOME AND EXPENDITURE

In this article, the issues of assessing the standard of living of the population in the Republic of Uzbekistan, increasing the welfare of the population, studying the linkages between the incomes and consumption expenditures of the population and analyzing the current situation are covered.

Текст научной работы на тему «AHOLI TURMUSH DARAJASI KO’RSATKICHLARI: DAROMADLAR VA XARAJATLARNING STATISTIK TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AHOLI TURMUSH DARAJASI KO'RSATKICHLARI: DAROMADLAR VA XARAJATLARNING STATISTIK TAHLILI

Sirojiddinov Kamoliddin Ikromiddinovich

Namangan davlat universitet, "Iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti Zaidov Islom Ibragimjonovich

Namangan davlat universitet, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

mutaxassisligi magistranti

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasini baholash, turmush farovonligini oshirish, aholi daromadlari va iste 'mol harajatlari orasidagi bog'liqliklarni o 'rganish va mavjudholatni tahlilqilishmasalalariyoritilgan.

Kalit so'zlar: turmush darajasi, statistik baholash, aholi daromadlari, birlamchi daromadlar, aholi xarajatlari, inson tarraqqiyot indeksi, inson kapitali.

В данной статье освещены вопросы оценки уровня жизни населения в Республике Узбекистан, повышения благосостояния населения, изучения взаимосвязи между доходами населения и расходами на потребление и анализа существующей ситуации.

Ключевые слова: уровень жизни, статистическая оценка, доходы населения, первичные доходы, расходы население, Индекс человеческого развития, человеческий капитал.

In this article, the issues of assessing the standard of living of the population in the Republic of Uzbekistan, increasing the welfare of the population, studying the linkages between the incomes and consumption expenditures of the population and analyzing the current situation are covered.

Keywords: standard of living, statistical evaluation, population income, primary income, population expenditure, Human Capital Index, Human Capital.

O'zbekistonning ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tishining asosiy maqsadlaridan biri aholi turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ijtimoiy soha yo'nalishlarini barqaror rivojlanishini ta'minlash hisoblanadi.

Dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tajribasidan ma'lumki, mamlakatning iqtisodiyoti uni rivojlantirishning obektiv qonuniyatlari, mavjud

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

iqtisodiy imkoniyatlar, ushbu davlatda yashayotgan xalqning o'ziga xos turmush tarzi, taffakkuri, milliy qadriyat va an'analari, iqtisodiy extiyojlaridan kelib chiqgan xolda puxta ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosat orqali amalga oshiriladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan mamlakatimizning ijtiomiy-iqtisodiy tarraqiyotini belgilab olishda xar tomonlama to'g'ri yo'l tutilgani, xalqimizning xayotiy manfaatlarini chuqur va xaqqoniy aks ettirgani bajarilayotgan ishlarining natijasidir.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat'iy nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi bo'lib yashashi - bizning bosh maqsadimizdir. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog'liq. Yoshlarimizga munosib ta'lim berish, ularning ilm-fanga bo'lgan intilishlarini ro'yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishimiz, o'rta va oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o'quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak. Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Nogironligi bo'lgan shaxslar, boquvchisini yo'qotganlar, yolg'iz keksalar, umuman, ko'makka muhtoj qatlamlarni qo'llab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz bo'lib qoladi.[1]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ushbu ko'zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun aholining ish xaqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste'mol bozorida narxlar indeksining nomutanosib o'sishini oldini olishga doir chora-tadbirlarni qo'llashimiz zarur.

Aholining daromadlari aholi uchun shaxsiy ehtiyojlarini qondirishda, muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Shu sababli statistikaning turmush tarzini tavsiflovchi ko'rsatkichlar kompleksida aholi daromadlari ko'rsatkichlari aloxida o'ringa ga. Aholi daromadlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

- mehnati uchun olgan ish xaqi va boshqa to'lovlar;

- individual mehnat hamda tadbirkorlik faoliyatidan daromad;

- nafaqa, stipendiya va boshqa sotsial transfertlar, mulk daromadlari, renta, divident, ijara daromadlari;

- tuqlar, vorislik, sug'urta,qishloq xo'jalik maxsulotlari sotishdan tushumlar va boshqalar.

Aholi turmush darajasi sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi eng asosiy omillardan biri aholining umumiy va jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlari hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Aholining umumiy daromadlariga pul daromadlari va natura ko'rinishidagi daromadlar kiradi. Xalqaro statistika amaliyotiga muvofiq, umumiy daromad "birlamchi daromad" va "transfertlardan olingan daromadlardan" tashkil topadi.

Birlamchi daromad esa, ishlab chiqarishdan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlarga bo'linadi. Transfertlardan olingan daromadlar o'z ichiga ijtimoiy transfertlar (pensiya, stipendiya va h.k.) va boshqa joriy transfertlarni qamrab oladi[2].

O'zbekiston Respublikasida 2016-yildan 2021-yilgacha bo'lgan aholi umumiy daromadlari tarkibini o'rganib chiqamiz(1-jadval)[3].

1-jadval

O'zbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibi

% da

№t/r Ko'rsatkichlar nomi 2016 H. 2017 H. 2018 H. 2019 H. 2020 H. 2021 H.

Umumiy daromadlar - jami 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0

shu jumladan:

I. Birlamchi daromadlar 73,0 75,6 79,7 84,0 79,1 76,3

shundan:

1. Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar 70,3 73,2 76,9 80,9 75,8 73,3

2. Mol-mulkdan olingan daromadlar 2,8 2,4 2,8 3,1 3,4 3,0

II. Transfertlardan daromadlar 27,0 24,4 20,3 16,0 20,9 23,7

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2021-yilga dastlabki hisob- kitoblarga ko'ra aholi umumiy daromadlari tarkibida birlamchi daromadlar 76,3%ni, ishlab chiqarishdan olingan daromadlar ulushi esa 73,3 % ni, mol- mulkdan olingan daromadlar 3% ni tashkil qilgan. Birlamchi daromadlar 2019-yilga nisbatan 7.7% ga pasaygan.

Aholining pul daromadi uning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Daromadlar iste'mol tovarlari va xizmatlarni xarid etish, turli to'lovlarni to'lash, jamg'arma hosil etish uchun sarflanadi. Aholi xarajatlarining obyektiv chegarasi daromad bo'lsa, uning subyektiv chegarasi daromad egasining ehtiyojlaridan tarkib topadi. Shu tufayli daromad bir xil bo'lsada, xarajatlar tarkibi turlicha bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Daromad qanchalik ko'p bo'lsa, oziq-ovqat uchun sarflar qisqarib, sanoat mollari va xizmatlarni xarid etish xarajatlari, chunonchi, uzoq muddat xizmat qiluvchi qimmatbaho tovarlar xaridiga pul ko'proq sarflanadi. Shu jihatidan aholi turli toifalarining xarajatlari bir-biridan farqlanadi. Kam taminlangan oilalarda ovqatlanish xarajati ustivor bo'lsa, oziga to'q va boy oilalarda kiyinish, dam olish, sayohat qilish, qimmatbaho tovarlar xarid etish sarflari ustun turadi. Iqtisodiyoti rivojlangan va xalqi farovon yashaydigan mamlakatlarda aholining oziq-ovqat uchun sarflari qisqarib, minimal darajaga tushadi. Aholi xarajatlarida oziq-ovqat sarflari bilan bir qatorda, nooziq-ovqat tovarlarini xarid etish, pul jamg'arish va qimmatbaho qog'ozlarni orttirishga qaratilgan xarajatlar ham kuzatiladi.

Axoli xarajatlariga quyidagilar kiradi:

1. Tovarlar va xizmatlarni sotib olish.

a) turli shoxobchalardan sotib olingan tovarlar;

b) xizmatlarni to'lash va boshka xarajatlar, shu jumladan,

- uy - joy va maishiy xizmatlar to'lovi;

- kommunal xizmatlar uchun to'lovlar;

- ta'lim xizmatlari uchun to'lovlar;

- dam olish, sanatoriya yo'llanmalari uchun to'lovlar;

- tibbiyot va turizm uchun to'lovlar;

- kino, teatr, turli tomoshalar uchun to'lovlar;

- transpot va aloka xizmatlari uchun to'lovlar;

- boshqa xarajatlar;

2. Maj buriy va ixtiyoriy tulovlar:

o solik va yigimlar;

o sug'urta uchun to 'lovlar;

o karzlarni to'lash.

o lotoreya biletlarini sotib olish;

o tovar krediti uchun foiz to'lovlari;

o nafaka fondi uchun to'lovlar;

3. Omonatga kuyilgan va kimmatli kogozlarga kilingan sarflarning o 'sishi:

a) banklarga kuyilgan omonatlarning o ' sishi;

b) bank bilan xisob- kitob kilish maksadida plastik kartochkalarni sotib

c) korxonalar aktsiyalarini sotib olish;

4. Uy - joy sotib olish;

5. Chet el valyutalarini sotib olish;

6. Pul o'tkazmalarini amalga oshirish.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Vaqt o'tishi bilan daromadning o'zgarmasligi sababli, iste'mol xarajatlari haqidagi ma'lumotlar (hozirgi daromadlar bilan taqqoslaganda) nafaqat uy xo'jaliklarining hozirgi turmush darajasining eng yaxshi ko'rsatkichi, balki uzoq muddatli farovonlikning etarlicha ishonchli ko'rsatkichi sifatida ham qo'llaniladi.

Bu omil aholi daromadlarining katta qismi statistik hisobdan yashirilgan mamlakatlar uchun ayniqsa muhimdir.Shu nuqtai nazardan, eng muhim markerlardan biri oziq-ovqat sarf-xarajatlarining dinamikasidir: u qanchalik yuqori bo'lsa, moddiy boylik past bo'ladi va aksincha. Uy xo'jaliklari tanlanma kuzatish statistikasiga ko'ra, aholining iste'mol xarajatlari tarkibi sezilarli darajada o'zgardi. Aholining iste'mol xarajatlari tarkibida oziq - ovqat mahsulotlariga bo'lgan xarajatlar ulushi 2020-yilda 46% ga kamaydi (2010-yilda 61% dan), nooziq-ovqat

mahsulotlari uchun to'lovlar ulushi 33% ga (26% dan), xizmatlar 20,0% ga (13% dan) oshdi. Shunday qilib, xarajatlar tarkibiy o'zgarishlar hayot standartlarining yuqori standartlarga erishish faktini tasdiqlaydi, lekin bu ko 'rsatkich bo'yicha biz oziq-ovqat xarajatlari ulushi 20% dan ortiq bo'lmagan Evropa mamlakatlari, ortda qolmoqdamiz(diagramma 1). 1-diagramma

ISTE'MOL XARAJATLAR TARKIBI, %

oziq-ovqat mahsulotlari

nooziq-ovqat mahsulotlari

I xizmarlar

16,6 25,3 1 18,3 23,6 1 19,9 26,9 1 20,3 28,3 1 20,1 27,9 1 20,6 30 1 20,7 29,9 1 20,5 31,1 1 20,4 32,3 1 20,3 33,5

58,1 58,1 53,2 51,4 52 49,4 49,4 48,4 47,3 46,2

2 0 10 Y I L 2 0 11 Y I L 2 0 1 2 Y I L 2 0 1 3 Y I L 2 0 14 Y I L 2 0 1 5 Y I L 2 0 1 6 Y I L 2 0 1 7 Y I L 2 0 1 8 Y I L 2 0 1 9 Y I

Yangi iste'mol modelining kuzatilgan shakllanishi iste'molni xizmatlarga yo'naltirishning aniq o'zgarishini aniqlash imkonini beradi, bu esa o'z navbatida omon qolish modelidan barqaror rivojlanish modeliga o'tishni bilvosita tasdiqlaydi, bu esa ta'lim va sog'liqni saqlash tizimiga sarmoya kiritish uchun manevr bo'lishi mumkin, bu esa inson kapitalining mutlaqo boshqa sifatini shakllantiradi.

Iqtisodiyotning asosiy ijtimoiy xizmatlarga, jumladan, sifatli ta'lim va sog'liqni saqlashga bo'lgan imkoniyatlarini kengaytirish barqaror o'sishning muhimbelgisidir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Hozirgi kunning o'ziga xos xususiyatlaridan biri - ta'limga qaralilgan xarajatlarining past darajadaligi( 1,5%, ta'lim tizimining barcha darajalarida to'lovlar

711

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mavjud bo'lsa-da), shuningdek, aholi to'laydigan sog'liqni saqlash xizmatlarining kam rivojlanishi va tarqalishi. 1990-yillarning boshlarida bepul bo'lgan tibbiy xizmatlar, hozirgi kunga kelib iste'mol xarajatlarining 0,9 foizini tashkil qilmoqda.

O'zbekiston uchun ta'lim xizmatlaridan foydalanish muammosining dolzarbligi, ta'limning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, O'zbekistonda maktab bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish (oliy ta'lim olish imkoniyati3) MDH mamlakatlari va dunyodagi eng past ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Agar 2000-yilda kollej va litseylarning yuzdan ortiq bitiruvchisidan o'n ikki kishi Oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirgan bo'lsa, ularning soni 2005-yilda o'n nafar bitiruvchi, 2012-yilda esa faqat to'qqiz nafar bitiruvchini tashkil qiladi. O'zbekiston bilan yaqin rivojlanish va iqtisodiyotni isloh qilish xususiyatlariga ega bo'lgan boshqa mamlakatlar uchun Malayziya va Qozog'istonda 41% dan, Rossiyada 76% gacha.

Bilamizki, aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri bo'lgan Inson taraqqiyoti indeksi (ITI) ko'rsatkichini hisoblashda BMT tomonidan hisobga olingan bu ko'rsatkich. O'zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqasi va MDHning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi, aholining o'rtacha ta'lim muddati ham yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar ko'rsatkichlaridan past (O'zbekistonda 12.04 yil, rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlarda kamida 13,6 yil, va rivojlangan mamlakatlarda 15 yildan ortiq)[4].

Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasida xususiy sektorni rivojlantirish, majburiy tibbiy sug'urta tizimiga o'tish (MTS) yoki ixtiyoriy tibbiy sug'urta (ITS) da aholining eng ko'p ta'minlangan toifalarini keng jalb qilish (amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va markazsizlashtirishning joriy jarayonlari sharoitida) davlat byudjetining cheklangan imkoniyatlari bilan iqtisodiy jihatdan foydalidir. Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun ta'lim va sog'liqni saqlashni jamoat institutlari va mahalliy hokimiyat organlari ishtirokida butun aholi uchun sifatli tibbiy va ta'lim xizmatlarini iste'mol qilish imkoniyatini ta'minlash maqsadida davlat nazorati ostida saqlab qolish zarur deb hisoblaymiz. Turmush darajasini sifatli tahlil qilish masalalari aholi turmush darajasini doimiy asosda monitoring qilishni davom ettirish, shuningdek, hayot darajasini monitoring qilish Milliy tizimini doimiy takomillashtirish bilan chambarchas bog'liq.

Uzoq muddatli istiqbolda inson kapitalining to'planishini faollashtirish va dinamik rivojlanayotgan mamlakatlarga mos keladigan maqsadli iste'mol

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

parametrlariga yaqinlashishi kerak bo'lgan mehnat unumdorligi darajasini yetarli darajada oshirmasdan turmush darajasini oshirish mumkin emas.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil uchun mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018

2. Yakubov I.O., G'oyibnazarov B.K., Abdusattorova X.M., Ochilov К.Т. Balans muammolari, O'quv qo'llanma O'z PYOUJ nashriyoti Т. 200437-49.

3. O'zbekiston Respublikasi Statistika Qo'mitasi ma'lumotlari. http://www.worldbank.org.

4. N. Ibragimova «Тенденции и приоритеты повышения уровня жизни населения. «Bozor, pul va kredit» jurnali, №9, 2018 y.

5. T.Turgunov, I.Jalolov "Aholi turmush darajasi rivojlanishi statistic baholash: milliy va xalqaro tajriba" - "Jamiyat va boshqaruv" №4, 2018y.

6. Файзуллаев, Улугбек Турсунбаевич and Умаркулов, Кодиржон Махамадаминович (2020) "Ёшларда тадбиркорлик крбилиятини шакллантиришнинг узига хос хусусиятлари," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 2 : Iss. 6 , Article 78. Available at: https: //uzj ournals.edu.uz/namdu/vol2/iss6/7 8

7. Kodirjon Maxamadaminovich Umarkulov, & Boburmirzo Botirjon O'g'li Muhammadjonov. (2021). The Role Of Free Economics In The Development Of The National Economy . The American Journal of Applied Sciences, 3(04), 145-151. https://doi.org/10.37547/tajas/Volume03Issue04-20

8. Kodirjon Maxamadaminovich Umarkulov, & Yulduz Shahabiddinovna Khayrullaeva. (2021). Ways To Effectively Use Industry Innovations . The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 3(04), 107-113. https://doi.org/10.37547/tajiir/Volume03Issue04-17

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.