Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON AHOLISINING BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI ISTE’MOLINING HOZIRGI HOLATI VA UNI OSHIRISH IMKONIYATLAR'

O‘ZBEKISTON AHOLISINING BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI ISTE’MOLINING HOZIRGI HOLATI VA UNI OSHIRISH IMKONIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

185
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Baliqchilik / ovlangan baliq / o‘sish / baliq mahsuloti iste’moli / suv havzalari / baliqchilik xo‘jaliklari / klasterlar / Fisheries / caught fish / growth / consumption of fish products / water bodies / fish farms / clusters

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Gulshoda Dadajon Qizi Hamrayeva

Mazkur maqolada Respublikamiz va hududlarda baliq mahsulotlarini yetishtirish hamda aholi jon boshiga o’rtacha baliq mahsulotlari iste’moli taqqoslama va dinamik o’zgarish tahlil usullaridan foydalanilgan. Baliq va baliq mahsulotlari kundalik iste’mol qilinadigan mahsulotlar guruhiga kiradi va qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari sirasiga kiradi. Baliq va baliq mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, methods of Comparative and dynamic change analysis of the production of fish products in the Republic and regions and the consumption of average fish products per capita were used. Fish and fish products belong to the group of products consumed daily and are among the main branches of Agriculture. Conclusions have been made regarding the increased efficiency of the production and production of Fish and fish products.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON AHOLISINING BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI ISTE’MOLINING HOZIRGI HOLATI VA UNI OSHIRISH IMKONIYATLAR»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'ZBEKISTON AHOLISINING BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI ISTE'MOLINING HOZIRGI HOLATI VA UNI OSHIRISH

IMKONIYATLAR

Gulshoda Dadajon qizi Hamrayeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agrobiznes va logistika fakulteti Iqtisodiyot (qishloq xo'jaligida) ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Respublikamiz va hududlarda baliq mahsulotlarini yetishtirish hamda aholi jon boshiga o'rtacha baliq mahsulotlari iste'moli taqqoslama va dinamik o'zgarish tahlil usullaridan foydalanilgan. Baliq va baliq mahsulotlari kundalik iste'mol qilinadigan mahsulotlar guruhiga kiradi va qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari sirasiga kiradi. Baliq va baliq mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida xulosalar berilgan.

Kalit so'z: Baliqchilik, ovlangan baliq, o'sish, baliq mahsuloti iste'moli, suv havzalari, baliqchilik xo'jaliklari, klasterlar.

ABSTRACT

In this article, methods of Comparative and dynamic change analysis of the production of fish products in the Republic and regions and the consumption of average fish products per capita were used. Fish and fish products belong to the group of products consumed daily and are among the main branches of Agriculture. Conclusions have been made regarding the increased efficiency of the production and production of Fish and fish products.

Keywords: Fisheries Icaught fish, growth, consumption of fish products, water bodies, fish farms, clusters.

Kirish. Dunyo aholisining o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishda mavjud resurslardan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirish[1], ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish faoliyat turlarini diversifikatsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bu borada, aholining qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish yoki oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda[2], ularning bandligi va faoliyatdan keladigan daromadi, farovonligini oshirishda qishloq xo'jalik tarmog' faoliyati samaradorligini oshirish borasida hukumatimiz

May 12-13

546

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

tomonidan tub islohotlar olib borilmoqda[3]. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi "Baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-83-sonli qarori baliqchilik sohasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, baliq yetishtirish va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini va eksport imkoniyatini oshirish, respublikada mavjud suv havzalaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirishni ko'paytirish hamda baliqchilik xo'jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash vazifalari belgilab berilgan. Mazkur qarorda baliqchilik klasterlarining aholi xonadonlari bilan kooperasiya asosida ishlashini yo'lga qo'yish[4] hamda "2022-yilda respublikada baliq yetishtirish hajmini 700 ming tonnaga yetkazish, qo'shimcha kamida 10 mingta aholi xonadonida intensiv usulda baliq yetishtirishni yo'lga qo'yish hamda yangi 15 ta baliqchilik klasterini tashkil etish, hosildorligi 25 sentnerdan past bo'lgan 31 ming gektar sun'iy suv havzalarida 78 mingta aerator moslamasini o'rnatish" vazifalari belgilab berilgan [1]. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivajlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" dagi PF-4947-sonli Farmoni va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish belgilangan [5].

Respublikamizda baliq yetishtirish dinamikasi tahliliga ko'ra, 2000-yilda 9870 tonna baliq yetishtirilgan bo'lsa, 2018-yilga kelib bu ko'rsatgich 90984,3 tonnani tashkil etdi va 2000-yilga nisbatan baliq yetishtirish 9,2 barobarga ortgan.[6]

Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi - hududlarda baliq mahsulotlarini yetishtirish va aholi jon boshiga baliq mahsulotlari iste'molini tahlil va xulosa berish.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi(stat.uz)ning yillik statistik to'plam materiallaridan foydalanilgan holda mamlakatimiz viloyatlariga to'g'ri keladigan ovlangan baliq mahsulotlari 2018-2021-yillarda o'zgarish hamda aholi jon boshiga o'rtacha baliq mahsulotlari iste'moli taqqoslama va dinamik tahlil usullaridan foydalanildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Dunyoning ko'plab mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi muammosini hal etadigan yo'nalishlaridan biri-baliqchilik sohasi hisoblanadi. Ko'payib borayotgan aholi ehtiyojlariga mos ravishda sifatli hamda to'yimli iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish bugun ko'plab davlatlar uchun o'ta dolzarb masalalardan biridir.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Mamlakatda baliq yetishtirishning ustuvorligi oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlagan holda aholini baliq tarkibidagi yuqori sifatli oqsillar bilan ta'minlash imkonini beradi. Tadqiqotchilarning ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston uchun baliqni iste'mol qilishning minimal me'yor miqdori bir yilda bir kishi uchun 13,5 kilogrammni tashkil qiladi. Dunyo bo'ylab bu ko'rsatkich bir kishi uchun 16,6 kilogrammni tashkil etadi. Mamlakatimizda 36 milliondan ortiq aholining baliq iste'mol qilish me'yori esa 384 ming tonnani tashkil etadi.[7]

1-jadvalning birinchi ustinida respublika va viloyatlar nomlari, ikkinchi ustinida 2018-yilda respulika va viloyatlarga to'g'ri keladigan ovlangan baliq soni(tonna), uchinchi ustinda 2019-yilda respulika va viloyatlarga to'g'ri keladigan ovlangan baliq soni(tonna), to 'rtinchi ustinda 2020- yilda respulika va viloyatlarga to'g'ri keladigan ovlangan baliq soni(tonna), beshinchi ustinda 2021- yilda respulika va viloyatlarga to'g'ri keladigan ovlangan baliq soni(tonna), shu kabi ma'lumotlar o'z aksini topgan. Ushbu jadval orqali mamlakatimizda ovlangan baliq mahsulotlari ko'rsatgichlarini ko'rishimiz mumkin, jadvalimizda respublika va viloyatlarimizda ovlangan baliqlar soni(tonna) qaysi viloyatlarimiz yuqori va pastligini ko'rib o'tishimiz mumkin.

2018-2021-yillarda O'zbekiston respublikasi hududlarida ovlangan baliqlar hajmi,

1-jadval

tonna

Hududlar

2018-yil 2019-yil 2020-yil 2021-yil

O'zbekiston Respublikasi

Qoraqalpog'iston

Respublikasi

Andijon

Buxoro

Jizzax

Qashqadaryo

Navoiy

Namangan

Samarqand

Surxandaryo

Sirdaryo

90984,3 121717 144102,6 171933,1

9856,7 12847 14441,9 12637,3

10224 11048,6 17414,6 20178,1

3737,9 5798,3 7082 10887

7151,5 10314,9 13117,9 13687,2

4796,1 5714,4 5441,5 5323,3

10882,4 11997,6 12468,2 12769

5360 6931,6 8740,2 11997,1

4006,1 8974,1 12725,1 19534,9

3815,9 3610,8 4497,2 5476,9

5375,9 9994,1 5551,1 6434,7

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Toshkent 9867,2 7896,6 9726,9 13239

Farg'ona 6430,3 10567,7 11151,7 12155,7

Xorazm 9480,3 16021,4 21754,3 27622,9

Yuqoridagi jadvalda shuni ko'rishimiz mumkinki, 2018-yilda ovlangan baliqlar soni bo'yicha 1-o'rinni Navoiy viloyati, 2-o'rinni Andijon viloyati, 3-o'rinni Toshkent viloyati egallab kelgan. 2021-yilga kelib, 1-o'rinni Xorazm viloyati, 2-o'rinni Andijon viloyati, 3-o'rinni Samarqand viloyati hissasiga to'g'ri kelgan. 2018-yil bilan 2021-yilni taqqoslasak, 2018-yil ovlangan baliq soni 2021-yilga kelib qarib 2 barobarga oshdi.

Baliq va baliq mahsulotlari inson ozuqasida muhim o'rinni egallaydi. Sog'liqni saqlash vazirligi bergan tavsiyalarga asosan, har bir organizm sog'lom rivojlanishi uchun uning kundalik ozuqasi tarkibida odamning yoshiga qarab 10 grammdan 50 grammgacha baliq mahsuloti bo'lishi kerak. Baliq go'shtida boshqa hayvon organizmlarida uchramaydigan aminakislotalar, vitaminlar, mikro va makroelementlar mavjud. Hozirgi baliqchilik sohasida bunday to'yimlilikka ega bo'lgan baliq go'shti mahsulotlarini sifatli va ko'plab ishlab chiqarishda sovuq suvli baliqchilik xo'jaliklarini tashkil etish ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Sovuq suvli baliqchilik deganda to'liq yoki qisman sun'iy sharoitlarda harorati +18°C dan oshmagan suvda baliq ko'paytirish tushuniladi. Demak, sovuq suvli baliqchilik ob'ektlari sovuq suvda o'sadi [8].

2-jadvalda 2022-yilda aholi jon boshiga o'rtacha umumiy baliqlar soni Xorazm viloyatiga (15,37 kg) hamda Navoiy viloyatiga (13,54 kg), Jizzax viloyatiga (9,69 kg), Sirdaryo viloyatiga (7,51 kg), ushbu viloyatlar yuqori natijalarni qayd etgan. Bunga hududlar aholi baliq mahsulotini iste'moli yuqoriligi ko'rishimiz mumkin.

2-jadval

Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan baliq mahsulotlari, kg

Hududlar 2011-yil 2022-yil O'zgarishi, (+, -)

Ozbekiston Respublikasi 0,59 5,03 8,50

Qoraqalpog'iston Respublikasi 0,66 5,72 8,65

Andijon 0,27 6,74 24,65

Buxoro 0,34 4,97 14,70

Jizzax 2,50 9,69 3,87

Qashqadaryo 0,33 1,51 4,57

Navoiy 1,77 13,54 7,64 ® O

1 May 12-13

549

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Namangan Samarqand Surxondaryo

Sirdaryo Toshkent Farg'ona Xorazm

0,28 0,16 0,21 0,21 1,28 0,32 2,02

4,83

4.17 2,19 7,51

5.18 3,33 15,37

17,00 26,61 10,55 35,73 4,04 10,37 7,61

Xuddi shu yilda aholi jon boshiga o'rtacha umumiy baliq mahsulotlarining iste'moli bo'yicha Qashqadaryo (1,51 kg), Surxandaryo (2,19 kg) va Farg'ona (3,33 kg) viloyatlari past ko 'rsatkichni qayd etgan. Ushbu jadvalda tahliliga ko'ra, eng katta o'sish Sirdaryo, Samarqand, Andijon viloyatlariga to'g'ri kelyapti.

Xulosalar. O'zbekiston Respublikasida 2018-yilda ovlangan baliq soni 90984,3(tonna), 2021-yilga kelib 171933,1(tonna)ga oshgan. 2018-yil ovlangan baliq soni 2021-yilga kelib, qariyb 2 barobarga oshganini ko'rishimiz mumkin. Ushbu yillar oralig'ida eng katta natijalarga Xorazm, Andijon va Samarqand viloyatlari erishgan. Bu viloyatlarimiz 2018-yilda ovlangan baliq soni past bo'lgan, 2021-yilda ovlangan baliq soni oshgan. 3 yil ichida bu naijalar sezilarli.

Shuningdek, respublikamizda 2011-yilda aholi jon boshiga baliq mahsuloti

0.59 kgdan to'g'ri kelyapti. 2022-yilga kelib esa aholi jon boshiga baliq mahsuloti 5,03 kg. Bu natijalardan shuni ko 'rishimiz mumkinki, 11 yil ichida aholi jon boshiga baliq mahsuloti 8,50 martaga oshgan.

REFERENCES

1. Alimov D. O. Qishloq hududlarida aholi daromadlari holati va oshirish istiqbollari //Academic research in educational sciences. - 2022. - №. Conference. -

2. Saydullaeva F. J. Main directions of food security in Uzbekistan (the case of Samarkand province) //Irrigation and Melioration. - 2021. - Т. 2021. - №. 3. - С. 3944.

3. Muratov S. A. The Economic Assessment Of Factors Affecting Small Household (Tomorka) In Rural Areas And Their Income //Irrigation and Melioration. - 2021. -Т. 2021. - №. 3. - С. 45-51.

4. Пардаев Х. SmallholdersPreferences for Contract Design Attributes, A case of Samarkand province //Экономика и образование. - 2021. - №. 5. - С. 59-66.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi "Baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishning

С. 79-85.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-83-sonli qarori. www.Lex.uz

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni. www.Lex.uz

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. 3prameB P.X., XanHKOB C.P., BeraaeB y.X. BanHKHunuK HKTHCoguëTH -(gapcHHK),-T.:2020. -292 6.

8. Javxarov.O.Z, Mahmudova.I.U Daryo foreli biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.