Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MEVA ISHLAB CHIQARISH VA AHOLI ISTE’MOLI TAHLILI'

O‘ZBEKISTONDA MEVA ISHLAB CHIQARISH VA AHOLI ISTE’MOLI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

195
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Meva ishlab chiqarish / iste‘mol me‘yori / trend modeli / Fruit production / consumption rate / trend model

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Fotima Jozilovna Saydullayeva, Bekzod Toshpo‘lot O‘g‘li Qudratov

Maqolada meva mahsulotlari mavjudligini O‗zbekiston Respublikasi misolida qishloq xo‗jaligi meva mahsulotlarini yillar bo‗yicha ishlab chiqarish holati va aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan mahsulot hajmi va ularning belgilangan tibbiy isteʼmol meʼyorlarga mos kelishi taqqoslama tahlil hamda trend modeli asosida baholangan. Tahlillar O‗zbekiston Respublikasi 1995-2021 yillarda qishloq-xo‗jaligi meva mahsulotlari aholi jon boshiga hisoblaganda tibbiy isteʼmol meʼyorlaridan kam miqdorda ishlab chiqarilganligini ko‗rsatdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xo‗jalik shakllari bo‗ yicha davriy o‗sib borish trendi 1,05 % tashkil etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MEVA ISHLAB CHIQARISH VA AHOLI ISTE’MOLI TAHLILI»

O'ZBEKISTONDA MEVA ISHLAB CHIQARISH VA AHOLI ISTE'MOLI

TAHLILI

Fotima Jozilovna Saydullayeva

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"

milliy tadqiqot universiteti tayanch doktoranti

Bekzod Toshpo'lot o'g'li Qudratov

"Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali" Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar kafedrasi assistenti

Maqolada meva mahsulotlari mavjudligini O'zbekiston Respublikasi misolida qishloq xo'jaligi meva mahsulotlarini yillar bo'yicha ishlab chiqarish holati va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan mahsulot hajmi va ularning belgilangan tibbiy iste'mol me'yorlarga mos kelishi taqqoslama tahlil hamda trend modeli asosida baholangan. Tahlillar O'zbekiston Respublikasi 1995-2021 yillarda qishloq-xo'jaligi meva mahsulotlari aholi jon boshiga hisoblaganda tibbiy iste'mol me'yorlaridan kam miqdorda ishlab chiqarilganligini ko'rsatdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xo'jalik shakllari bo' yicha davriy o'sib borish trendi 1,05 % tashkil etgan.

Kalit so'zlar: Meva ishlab chiqarish, iste'mol me'yori, trend modeli

In the article, the availability of fruit products in the case of the Republic of Uzbekistan is evaluated based on a comparative and trend analysis of the state of production of agricultural fruit products by years and the volume of products per capita and their compliance with established medical consumption norms. Analyzes show that in the period 1995-2021, the Republic of Uzbekistan produced agricultural fruit products per capita in quantities below medical consumption standards. The periodic growth trend of manufactured products by economic forms was 1.05%.

Key words: Fruit production, consumption rate, trend model

Kirish. Jahonda bugungi kunda to'yib ovqatlanmaslikning tarqalishi kabi muammolar mavjud bo'lgan sharoitda aholining oziq-ovqatga bo'lgan ehtijoylari o'zgarib bormoqda.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

October 5-6

Statistik ma'lumotlarga ko'ra 2020-yilda aholi orasida to'yib ovqatlanmaslikning tarqalishi O'zbekistonda 2.6 foizni tashkil qilgan. O'tgan 2018-yilga (6 foiz) nisbatan 2.5 barobarga qisqargan. Bu ko'rsatkich bilan O'zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog'iston (2.1 foiz) dan keyin ikkinchi o'rinni egalladi [1].

Bunga sabab mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan islohotlarni olib borilayotganligidan dalolat beradi. Avvalo mamlakatimiz mustaqillik yillarida g'alla mustaqilligiga erishgan holda bugungi kunda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarining, ovqatlanish tarkibi bo'yicha o'zgarishlari kuzatilmoqda.

Aholi orasida semizlik hamda ortiqcha vaznning ortishi bir qancha kasalliklarni vujudga keltirmoqda. Shu tufayli jahon tajribasidan ovqatlanish ratsionida meva mahsulotlari iste'molini ko'paytirish ushbu kasalliklar oldini olishga xizmat qilinishi keltirilgan.

Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi hamda Jahon sog'liqni saqlash tashkilotlari tomonidan bir kunda eng kamida 400 gramm meva-sabzavot iste'mol qilish taklif etilgan. Ushbu maqolada ovqatlanish ratsionida muhim ahamiyatga ega bo'lgan meva mahsulotlarining bugungi kundagi ishlab chiqarish dinamikasi hamda aholining meva iste'mol normalari bilan mos kelishi o'rganilgan.

Material va metodlar. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasining 1995-2021-yillardagi meva ishlab chiqarish va mos ravishda aholi soni bo'yicha olingan ma'lumotlaridan foydalanilgan.

Meva iste'mol qilish normalari esa aholining qishloq xo'jaligi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabi va sog'lom hayot kechirishini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi "Aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4887-sonli qarori [3] hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2020 yil 24 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi aholisining yoshiga, jinsiga va kasbiy faoliyati guruhlari uchun sog'lom ovqatlanishni ta'minlashga qaratilgan o'rtacha kunlik rasional ovqatlanish normativlari" to'g'risidagi 0007-20-son qarori [4] asosida taqqoslama va trend modelidan foydalanib tahlil qilingan.

Olingan natijalar va muhokama. 1-rasm ma'lumotlaridan aholi soni yildan-yilga o'sishi kuzatilgan bo'lib uning trendi y = 0.4599r + 21.899 ni tashkil qilgan.

October 5-6

40

y = 0,4599x+ 21,899

35

30

25

VI

^ 20 15

10

5

0

y, ■or-'SCiCiOi— N m Í ifl ,0r--scici0i—'(Nm^t-u-, i0i--scici©>—■ Os 0\ Os Os OS

c>c>c>c>c>oooooooooooooooooooooo

1-rasm. 1995-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasi aholi sonining o'sish dinamikasi Manba: O'zb Resp statistika qo'mitasi ma'lumotlari(1995-2021-yillar)

1-rasm ma'lumotlaridan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab 2021-yilgacha jadal o'sish suratlari qayd etilgan [2]. 1995-2021 yillar bo'yicha o'sib borish trendi 0,46% Qo'shimcha ma'lumotlar sifatida Davlat statistikasi qo'mitasining 2021 - yil oxirda Erkaklar soni 17744,2 ming kishi ayollar esa 17527,1 ming kishini tashkil etadi [5]. Band aholi sonining mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soniga nisbati 66,9 % tashkil etgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 dekabrdagi "Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4887-sonli qarori Meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, xizmat ko'rsatish va sotish (eksport qilish) jarayonlarini o'zaro integratsiya qilish, klasterlar (kooperatsiya) faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va eksport hajmini oshirish bo'yicha tartib o'rnatildiki bunga ko'ra 2021-yil 1 yanvardan fermer, dehqon ho'jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga — meva, uzum, sabzavot va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz

October 5-6

139

(shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga

invOt^OOONO^tNcn^-invOt^OOaNO^tNcn^-invOt^OOONO^ с^с^с^с^с^оооооооооооооооооооооо

-—I-—-—I-—-—^(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N

Mevalar

Линейная (Mevalar)

0

kreditlar ajratildi [6].

2-rasm. 1995-2021 yy Meva mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalarining tahlillari ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasi va klasterlarini rivojlantirish zarurati borligini ko'rsatmoqda, 2-rasm ma'lumotlaridan 1995 - 2021 yillar davomida meva mahsulotlari ishlab chiqarish oshib borib 28,525 yuz ming tonnaga yetgan [2]. O'sib borish trendi esa 1,05% ga oshganligi aniqlandi.

• О

October 5-6

Republican Scientific and Practical Conference

©

©

©

140

3-rasm. 1995-2021 yy Meva mahsulotlari yalpi yig'im-terimi aholi jon boshi dinamikasi

3-rasm ma'lumotlarida 1995-yilga nisbatan oshishi 2021 yilda meva ekinlari yetishtirish aholi jon boshiga 54,8 kg oshgan bo'lib [2], o'sib borish trendi shu davrga nisbatan 2,81% ga oshganini aniqlandi.

Bunda Meva mahsulotlarining o'rtacha kunlik ratsiondagi me'yori 90 kg etib belgilangan Ammo statistika ma'lumotlarga ko'ra 2021-yilda meva ekinlari 2852,5 ming tonna yetishtirilgan. Bunda ishlab chiqarish bilan iste'mol normalarini qaraganda kam ekanligini ko'rsatdi. Bunga o'xshash tadqiqotlarda ham oziq ovqat xavfsizligi tahlili o'rganilgan bo'lib [7;8;9;10] ushbu maqolada aynan meva mahsulotlari iste'moliga e'tibor qaratilgan.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda ushbu maqolada aholi jon boshiga meva ishlab chiqarish mamlakatimizda iste'mol normalariga nisabat kam ekanligini statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Ammo eksport-import bo'yicha ma'lumotlar yetishmasligi sababli aniq baholashning imkoni bo'lmasligi ushbu tadqiqotning kamchilik tomonini ochib beradi. Kelgusi tadqiqotlarni ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadga muvofiq bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib meva yetishtirishni oshirish o'sib borayotgan aholi iste'molini qondirish

October 5-6

141

imkoniyatini yaratadi. Bunda mavsumlarga nisbatan meva mahsulotlarini yetishtirishni diversifikatsiyalash yanada muhim bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. Uzreport news maqolasi. https://uzreport.news/society/ozbekiston-aholisining-2-6-foizi-toyib-ovqatlanmasligi-malum-qilindi;

2. Davlat Statistika Qo'mitasining 1995-2021-yillar kitobi;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi "Aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4887-sonli qarori;

4. O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2020 yil 24 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi aholisining yoshiga, jinsiga va kasbiy faoliyati guruhlari uchun sog'lom ovqatlanishni ta'minlashga qaratilgan o'rtacha kunlik rasional ovqatlanish normativlari" to'g'risidagi 0007-20-son qarori;

5. Davlat statistika qo'mitasining web-sayti: https : //stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demo graphy-2 ;

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 dekabrdagi "Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4887-sonli qarori. https://lex.uz/ru/docs/-5774700?ONDATE=27.04.2022 ;

7. Shukrullo Muratov, Shavkat Hasanov, Khusniddin Pardaev, Fotima Saydullaeva (2022) "Economic assessment of factors affecting income from the activities of household farms in rural areas: a case of Samarkand province." Economic Science for Rural Development Conference Proceedings, 535;

8. Fotima Saydullaeva, Khusniddin Pardaev, Shukrullo Muratov, Golibjon Tursunkulov (2022) "Empirical analysis of smallholder production effect to dietary diversity" Economic Science for Rural Development, 555;

9. Khusniddin Pardaev, Shavkat Hasanov, Shukrullo Muratov, Fotima Saydullaeva (2022) "Assessment of economic relations between actors of the tomato production chain." Economic Science for Rural Development Conference Proceedings, 55;

10. FJ Saydullaeva (2021) "Main directions of food security in Uzbekistan (the case of Samarkand province)" Irrigation and Melioration (3), 39-44.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.