Научная статья на тему 'YUQORI CHIRCHIQ TUMANI QISHLOQ XO'JALIGI TUZILISHI VA DINAMIKASI'

YUQORI CHIRCHIQ TUMANI QISHLOQ XO'JALIGI TUZILISHI VA DINAMIKASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
214
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Qishloq xoʻjaligi / Yuqori Chirchiq tumani / Toshkent viloyati / o'rmon va baliqchilik xoʻjaligi / dehqonchilik / chorvachilik. / agriculture / Yukori-Chirchik region / Tashkent region / forestry and fisheries / agriculture / animal husbandry.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — J. A. Namozov, Z. Y. Kanglibayeva

Maqolada Yuqori Chirchiq tumani qishloq xo'jaligi tarmoqlari va uning dinamikasi bayon qilingan, Mazkur sohaning Toshkent viloyatiga nisbatan tutgan o’rni va uning o’zgarish tendensiyasi ilmiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRUCTURE AND DYNAMICS OF AGRICULTURE OF YUKORI CHIRCHIK DISTRICT

The article describes the agricultural sector of the Yukori-Chirchik region and its dynamics, the role of this sector in relation to the Tashkent region and its tendencies in scientific analysis.

Текст научной работы на тему «YUQORI CHIRCHIQ TUMANI QISHLOQ XO'JALIGI TUZILISHI VA DINAMIKASI»

YUQORI CHIRCHIQ TUMANI QISHLOQ XO'JALIGI TUZILISHI VA

DINAMIKASI

J. A. Namozov Z. Y. Kanglibayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat Toshkent viloyati Chirchiq davlat

pedagogika instituti dotsenti pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Yuqori Chirchiq tumani qishloq xo'jaligi tarmoqlari va uning dinamikasi bayon qilingan, Mazkur sohaning Toshkent viloyatiga nisbatan tutgan o'rni va uning o'zgarish tendensiyasi ilmiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Qishloq xo'jaligi, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi, dehqonchilik, chorvachilik.

STRUCTURE AND DYNAMICS OF AGRICULTURE OF YUKORI CHIRCHIK

DISTRICT

ABSTRACT

The article describes the agricultural sector of the Yukori-Chirchik region and its dynamics, the role of this sector in relation to the Tashkent region and its tendencies in scientific analysis.

Keywords: agriculture, Yukori-Chirchik region, Tashkent region, forestry and fisheries, agriculture, animal husbandry.

KIRISH

Yuqori Chirchiq tumani Toshkent viloyatining markaziy qismida joylashgan bo'lib, shimoldan Bo'stonliq, shimoli-sharqdan Parkent, janub va janubi-sharqdan Ohangaron, janubi-g'arbdan O'rta Chirchiq, g'arbdan Toshkent hamda Qibray tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km2ga teng va Toshkent viloyatining 2,8 foizini egallaydi. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 38,6 ming gektar, shundan 25,5 ming gektari sug'oriladigan yerlar (66 %). Ekin yerlar umumiy maydonining 60 foizini egallaydi (23 ming ga), uning katta qismi, ya'ni 94 foizi sug'oriladigan ekin yerlardir. Ko'p yillik daraxtzorlar juda kam (462 ga), bo'z yerlar deyarli yo'q, pichanzor va yaylovlar maydoni ham kichik. Umuman olganda Yuqori Chirchiq tumani qishloq xo'jaligi yerlari bilan o'rtacha ta'minlangan hududlar sirasiga mansub hisoblanadi.

ASOSIY QISM

Tuman iqtisodiyoti, asosan, qishloq xojaligi ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Sug'oriladigan yerlarda paxta, bahorikor yerlarda donli ekinlar yetishtiriladi,

shuningdek chorvachilik, pillachilik rivojlangan. Tumanda foydalaniladigan yerlarning 6,3 ming gektariga paxta, 12,8 ming gektariga g'alla, 1,1 ming gektaeiga sabzavot ekiladi. Bundan tashqari tutzor, pichanzor va yaylovlar ham mavjud, bog'dorchilik va uzumchilik yaxshi tashkil etilgan. Tuman xo'jaliklarida 29,5 ming qoramol, 14,9 ming qo'y va echki boqiladi.

2020-yil Yuqori Chirchiq tumani qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 1457.0 mlrd.so'mni yoki qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o'sishi sur'ati o'tgan yilga nisbatan 101.2 foizni tashkil qilgan, shu jumladan tuman qishloq,o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulotlari-1542,5 mlrd.so'mni,o'tgan yilga nisbatan o'sish sur'rati foizda 101,7 foizni tashkil qilgan.

1-jadval

Yuqori Chirchiq tumani qishloq xo'jaligi dinamikasi

Yillar Q/x mahsuloti (mlrd so'm) O'sish sur'ati (oldingi yilga nisbatan) Q/x, o'/x va baliqchilik hajmi O'sish sur'ati. Ovlangan baliqlar.

2010 194,8 102,9 205,4 102,7 0,0

2011 285,0 104,4 306,0 104,5 39,0

2012 361,8 105,2 382,6 104,9 66,0

2013 419,9 103,8 442,0 103,9 170,0

2014 504,7 103,4 528,9 103,2 214,8

2015 604,7 104,1 625,2 104,3 316,0

2016 692,7 102,1 720,8 102,6 635,2

2017 904,2 101,7 950,5 102,2 562,1

2018 984,5 93,2 1075,5 95,0 1825,1

2019 1217,2 109,8 1286,6 106,5 73,3

2020 1457,0 101,2 1542,5 101,7 55,2

Manba: Yuqori Chirchiq tumani statistika boshqarmasi ma 'lumotlari.

Xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlillar, qishloq xo'jaligi mahsulotlar umumiy hajmining 67,8 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklariga, 23,5 foizi fermer xo'jaliklariga, 8.6 foizi qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g'ri kelishini ko'rsatmoqda.

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulotlari (xizmatlari) hajmi (12189 mlrd so'm). Qishloq, o'rmon va baliq mahsulotlariga ko'ra Toshkent viloyatida Parkent 9,5 % tumanidan keyin 2-o'rinda turadi 9 %. Qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti ulushining eng yuqori ko'rsatkichlari dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklariga to'g'ri kelishini kuzatish mumkin.

Dehqon (shaxsiy yordamchi)xo'j aliklari

Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

Fermer xo'jaliklari

1-rasm. Yuqori Chirchiq tumanida qishloq xo'jalik mahsulotlarining xo'jaliklar

bo'yicha taqsimlanishi

Manba: Yuqori Chirchiq tumani statistika boshqarmasi 2020yil ma'lumotlari Tuman qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining yarmidan ortig'i dehqonchilikka, qolgani esa chorvachilikka to'g'ri keladi.Tumanda 2018-yil 35,248 tonna don ekinlarini, 11,948 tonna kartoshka, 48,946 tonna sabzavot, 5,860 tonna mevalar va rezavorlar hamda 674 tonna uzum va 5,442 tonna poliz ekinlarini yetishtirilgan. 2019-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra Yuqori Chirchiq tumanida yirik qoramollar 60,1 mingni shu ndan sigirlar soni 27,6 ming, hamda qoylar 32,5 mingni tashkil qilgan.Parrandalar soni 1310,1 mingdan ortiq.Yirik shoxli qaramollar bosh soni to'g'risidagi ma'lumotlarni xo'jalik toifalari bo'icha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qaromollarning 8,3 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga, 87,1 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklariga 4,6 foizi qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g'ri kelishini qayd etib o'tish lozim.Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ko'rsatkichlari tahlil qilganda baliq yetishtirishda Quyichirchiq (4354,2 tonna), Zangiota (747 tonna) tumanlaridan keyingi 3-o'rinda turadi (607 tonna).Shu bilan birga tuxum (121316 ming dona), jun (32,3 ming tonna),sut(82,6 ming tonna), go'sht (17,9 ming tonna) mahsulotlarini ishlab chiqarish ko'rsatkichlari bo'yicha tumanlar orasida beshtalikka kiradi.

2-jadval

Yuqori Chirchiq tumani qishloq xo'jaligi Toshkent viloyatiga nisbatan tutgan

o'rni

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi (joriy narxlarda. mlrd. so'm) Qishloq xo'jaligi mahsuloti Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab

Yillar larining o'sish sur'atlari (o'tgan (amaldagi narxlarda, mlrd. chiqarishning o'sish sur'atlari

yilga nisbatan foizda) so'm.) (o'tgan yilga nisbatan foizda)

Toshkent viloyati Yuqori chirchiq Toshkent viloyati Yuqori chirchiq Toshkent viloyati Yuqori chirchiq Toshkent viloyati Yuqori chirchiq

2010 102,7 102,7 3 848,0 205,4 3617,8 194,8 102,9 102,9

2011 104,1 104,5 5 519,4 306,0 5148,2 285,0 103,7 104,4

2012 104,0 104,9 6 852,3 382,6 6484,4 361,8 104,1 105,2

2013 103,3 103,9 7 869,8 442,0 7475,2 419,9 103,3 103,8

2014 104,0 103,2 9 521,9 528,9 9069,2 504,7 104,1 103,4

2015 103,7 104,3 11 263,2 625,2 10735,5 604,7 103,3 104,1

2016 101,6 102,6 12 578,7 720,8 12034,2 692,7 101,9 102,1

2017 97,1 102,2 16 378,5 950,5 15594,8 904,2 96,9 101,7

2018 99,2 95,0 19 541,2 1 075,5 18359,1 984,5 98,8 93,2

2019 100,6 106,5 21 632,7 1 286,6 20417,1 1217,2 101,1 109,8

2020 102,1 101,7 25 814,6 1 542,5 24351,7 1457,0 101,8 101,2

NATIJALAR

Tumaning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, joriy narxlardagi ko'rsatkichlar muntazam o'sib borganini kuzatish mumkin. Biroq bu jarayon agrar sohaning har doim rivojlanishda bo'lganini anglatmaydi. Sababi ushbu vaqt davomida inflyatsiya darajasi ham o'sib borgan. 2010 yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish summasi deyarli 195 mlrd so'mga teng bo'lgan bo'lsa, 10 yildan so'ng 1457 mlrd so'm bo'ldi. Inflyatsiya deyarli 200 foizga, samaradorlik shundan kelib chiqib, 2,7 martaga oshgan. Bu o'sish Toshkent viloyati o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori, chunki tahlil qilinayotgan vaqtning dastlab yillarida viloyatning 5,4 foiz mahsulotini bergan bo'lsa, oxirlarida 6 foizga yetdi yoki 115 foizga o'sdi. Yuqori Chirchiq tumani qishloq xo'jaligi asosan mahalliy ehtiyojlarni qondirishga yo'naltirilgan tarmoq bo'lganligi uchun, uning ko'rsatkichlarini o'rtacha baholash mumkin.

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xizmatlarining hajmi ham oz bo'lsada ortib borgan. Ya'ni 2010 yilda 205,4 mlrd so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilda 1542 mlrddan ortib ketdi. Mazkur holatda ham o'sish 2,5 martadan ko'p bo'lgan. Yillar bo'yicha tahlil qilinganda eng yuqori o'sish 2016 yilga to'g'ri keldadi (132 %), eng kam o'sish esa 2017 yilda kuzatilgan (113 %). Viloyat ko'rsatkichi bilan taqqoslaganda ham

o'sish 5,3 foizdan 6 foizgacha o'zgargan. Mazkur ko'rsatkich bo'yicha ham aksariyat hollarda o'rtada bo'lganligini kuzatish mumkin. XULOSA

Yuqoridagi statistik raqamlar va ularning qisqacha tahlilidan ko'rinib turibdiki, tuman qishloq xo'jaligi mahsulotlarining hajmi yildan yilga o'sib borayotganini kuzatish mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat bashqaruvi tizimini takommillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini mustahkamlash,sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hammda qishloq ho'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

REFERENCES

1. Soliyev A.S. O'zbekiston geografiyasi (O'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi). - T.: Universitet, 2014.

2. Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari (www.toshvilstat.uz). - T., 2020 y.

3. Yurori Chirchiq tumani statistika bo'limi ma'lumotlari, 2020 y.

4. O'zbekiston Respublikasining yer fondi. - T.: O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,kartografiya va davlat kadastr davlat qo'mitasi, 2020.

5. Саттаров Абдисамат Умиркулович, Намозов Джурабек Абдуазизович, Раджабов Фуркат Туракулович. (2021 год). Влияние пастбищного животноводства на сельскохозяйственные угодья Самаркандской области. Annals of the Romanian Society for Cell Biology , 25 (2), 447-451. Получено с http://annalsofrscb.ro/index.php/journal/article/view/969

6. Sangirova, U., Namozov, J., Ahmedov, U., & Dusmuratov, G. R. Xakimov Features of GIS application in agriculture. Journal of Xi'an University of Architecture & Technology, 12, 305308.

7. Фуркат Ражабов, Лобар Джураева, & Асрор Махмадалиев (2020). УЗБЕКИСТОН ФЕРМЕР ХУЖАЛИКЛАРИ: РИВОЖЛАНИШИ, ИХТИСОСЛАШУВИ, ГЕОГРАФИЯСИ. Academic research in educational sciences, (3), 674-686.

8. Мудаммадисмоил Мухитдинович Махмудов (2021). ИКТИСОДИЁТНИ МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА АНДИЖОН ВИЛОЯТИДА ТУРИЗМНИ ДИВЕРСИФИКАЦИЯ КДЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2 (2), 880-891. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00277

9. Ibroimov Sherzod Ibroim Ogli, & Ismoilov Azamat Adxamovich (2021). O'ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TARIXIGA NAZAR. Academic research in educational sciences, 2 (10), 999-1007.

10. Namozov, J. A. (2015). About the importance of the Zarafshan River of Samarkand region's socio-economic development. Akta NUUz, (3/1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.