Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
QASHQADARYO VILOYATIDA O'SIMLIKCHILIK MAHSULOTLARINI YETISHTIRISHNING SAMARADORLIK KO'RSATKICHLARI TAHLILI
Jahongir Primqul o'gli Pirimqulov
QarMII 1-kurs doktoranti 2-yo'nalish. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari qiymat zanjiri va oziq-ovqat xavfsizligi
barqarorligini ta'minlash
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida keyingi yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishning holati va samaradorligi, aholining qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan qay darajada ta'minlangani, keyingi yillarda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining hosildorligi tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: o'simlikchilik, innovatsiya, innovatsion rivojlantirish, samaradorlik, hosildorlik.
This article analyzes the status and efficiency of crop production in Kashkadarya region in recent years, the extent to which the population is provided with agricultural products, and the productivity of agricultural products in recent years.
Keywords: plant breeding, innovation, innovative development, efficiency, productivity.
Kirish. Qishloq xo'jaligining asosiy va qadimgi tarmoqlaridan biri o'simlikchilik hisoblanadi. Ibtidoiy odamlar ham o'simlik o'stirish va undan o'z maqsadlari yo'lida foydalanishni o'rgana boshlagan. O'simlikchilik xalqning oziq-ovqat mahsulotlariga, chorvachilikning esa yem-xashakka bo'lgan talabini ta'minlash vazifasini bajaruvchi asosiy tarmoq sanaladi. Bunga g'alla, don-dukkakli ekinlari, paxta, zig'ir, kanop, kartoshka, poliz va yem-xashak ekinlari kiradi. Shuningdek, u ekologik muhitni yaxshilash va tabiat muhofazasida muhim ahamiyat kasb etadi. Insoniyat turli iqlim sharoitlarida, o'z tarixiy taraqqiyoti bosqichida extiyojlarini qondirish maqsadida madaniy o'simliklarning 20 mingdan ortiq turini o'stirishni
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
o'rganib olgan. Lekin, ular ichida 600-700 ta turlarigina asosiy hisoblanib, hozir kunda mamlakatimizda ularning 90-100 ga yaqini ekiladi1.
Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, qiyoslash, monografik kuzatuv, statistik guruhlash usullaridan foydalanilgan.
Olingan natijalar va ularning tahlili. So'nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar tufayli Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy ko'rsatkichlari ham ijobiy tarafga o'zgarib bormoqda. Birgina qishloq xo'jaligi tarmog'ining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi oxirgi o'n besh yillikda 10-12 baravar oshgan (2.1-jadval).
2.1-jadval.
Qashqadaryo viloyatida 2010-2022 yillarda iqtisodiy ko'rsatkichlarida o'simlikchilik tarmog'ining ulushi2
Ko'rsatkichla r Yalpi hududiy mahsulot O'lchov birligi 2010 2015 2020 2021 2022 O'zgarish i, % da
mlrd.so' m 6 944,1 17 247,7 35 605,3 42 560,2 49 520,8 +613,1
Qishloq xo'jaligi mlrd.so' m 2753,7 9089 23777,8 28275,6 32227,2 +1070,3
YHM ning qishloq xo'jaligidagi ulushi % da 39,7 52,7 66,7 66,4 65 +63,7
Shu jumladan, o'simlikchilik mlrd.so' m 1369,3 4047,5 9236,3 11332,1 13127,8 +858,7
O'simlikchilik mahsulotlarinin g ulushi % da 49,7 44,5 38,8 40 40,3 -19
2022 yilda ishlab chiqarilgan o'simlikchilik mahsulotlarining hajmi 13127,8 mlrd. so'mni yoki 2010 yilga nisbatan deyarli 10 barobar oshganligini ko'rishimiz mumkin. O'simlikchilik mahsulotlarining ulushi 2010 yilda 49,7 % bo'lsa, 2022 yilda bu raqamlar 40,7 % ni tashkil etmoqda. Bu esa yalpi hududiy mahsulotda
1 Abduraximov M. K. O'simlikshunoslik. Darslik. - Samarqand: SamDU nashri, 2021 yil - 5-7 bet.
2 Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
May 12-13
583
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
o'simlikchilikdan tashqari chorvachilik ham katta nisbatda odimlaganini ko'rsatadi. Yalpi hududiy mahsulot hajmi ham 2010 yil bilan taqooslaganda deyarli 7 barobar oshganligini ko'ramiz. Buning zamirida oxirgi yillarda viloyatda olib borilayotgan izchil islohotlar, sohalarning yangilanishi ya'ni eski korxonlar o'rnida zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish korxonlari ko'payganligini, shuningdek, ishlab chiqarish hajmi ham oshganligini ko'rsatadi.
2.2-jadval.
2010-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining xo'jalik toifalari bo'yicha taqsimlanishi3
Ko'rsatkichlar 2010 yil 2015 yil 2020 yil 2022 yil 2022 yilning 2010 yilga nisbatan o'zgarishi, % da
shu iumladan shu iumladan shu umladan shu umladan
Jami, ming tonna Fermer xo'jaliklari, % Dehqon va tomorqa xo'jaliklari, % Qishloq xo'jaligi taoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, % Jami, ming tonna Fermer xo'jaliklari, % Dehqon va tomorqa xo'jaliklari, % Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, % Jami, ming tonna Fermer xo'jaliklari, % Dehqon va tomorqa xo'jaliklari, % Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, % Jami, ming tonna Fermer xo'jaliklari, % Dehqon va tomorqa xo'jaliklari, % Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, %
Don va dukkakli ekinlar 995,9 74,3 13,4 12,3 1062,6 71,9 14,5 13,6 885,7 87,1 10,7 2,2 777,1 81,4 11,5 7,1 78
Kartoshka 97,7 23,5 74,3 2,2 165,9 19,7 79,0 1,3 176,7 15,1 84,5 0,4 180,2 17,0 82,3 0,7 184
Sabzavot 321,4 27,7 70,4 1,9 491,0 21,9 76,6 1,5 495,6 24,6 73,6 1,8 518,3 24,5 73,7 1,8 161
Poliz 86,1 48,7 50,2 1,1 141,2 48,1 51,0 0,9 168,0 46,4 52,4 1,2 183,1 49,1 50,1 0,8 213
Meva 73,4 50,4 45,2 4,3 129,9 51,8 44,6 3,6 163,2 56,4 41,2 2,4 167,3 51,7 45,3 3 8 2 2
Uzum 49,8 38,2 58,3 3,5 94,4 39,1 59,5 1,4 93,8 39,0 59,0 2,0 105,1 43,1 55,1 1,8 211
Qashqadaryo viloyati aholisi, ming kishi 2616,1 2958,9 3280,4 3408,3 130
Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida o'simlikchilik mahsulotlarining ulushi 2022 yilda 40,7 % ni tashkil qilgan. Shundan barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 777,1 ming tonna don va dukkakli ekinlar (2010- yilda 995,9 tonna o'sha yilga nisbatan 1,3 marta kam) ishlab chiqarilgan. Don va dukkakli ekinlar ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, 2022 yilda umumiy hajmidan 81,4 % i yoki 632,4 ming tonna fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2010 yilda 74,3 % ni yoki 739,9 ming tonnani tashkil qiladi. Dehqon xo'jaliklari 2022 yilda jami ishlab chiqarilgan don va dukkakli ekinlar mahsulotlarining 11,5 % ini yoki 89,3 ming tonnani tashkil qilgan bo'lsa, 2010 yilda bu ko'rsatkich 13,4 % ni yoki 134 ming tonnani tashkil etgan. Shuningdek, 2022 yilda qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jami don va dukkakli ekinlar mahsulotlarining 7,1
3 Qashqadaryo viloyati qishloq xo'jaligi boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi mi muallif tomonidan ishlab chiqilgan
May 12-13
584
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
iy
% i yoki 55,4 ming tonna ishlab chiqarilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2010 yilda 12,3 % ni yoki 122 ming tonnaga to'g'ri kelishini ko'rsatmoqda.
2022 yilda barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 180,2 ming tonna kartoshka (2010 yilda 97,7 ming tonna o'sha yilga nisbatan 1,8 martaga ko'p) ishlab chiqarildi. Kartoshka ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, 2022 yilda kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 82,3 % i yoki 148,3 ming tonna dehqon va tomorqa xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2010 yilda 74,3 % i yoki 72,6 ming tonnani tashkil etgan. Fermer xo'jaliklarida kartoshka ishlab chiqarish 2022 yilda 30,6 ming tonna yoki jamiga nisbatan 17 % ini tashkil qilib, bu ko'rsatkich 2010 yilda 23,5 tonna yoki jamiga nisbatan 23 % ni tashqil qilgan. Shuningdek, 2022 yilda qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jami kartoshkaning 1,3 ming tonnasi yoki 0,7 % i ishlab chiqarilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2010 yilda 2,2 ming tonnani yoki 2,1 % ni tashkil qilgan.
2022 yilda Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 518,3 ming tonna sabzavotlar (2010 yilda 321,4 ming tonna o'sha yilga nisbatan 1,6 marta ko'p) ishlab chiqarildi. Sabzavot ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, sabzavot ishlab chiqarish umumiy hajmidan 73,7 % i yoki 382 ming tonnasi dehqon va tomorqa xo'jaliklari hissasiga to'g'ri keladi. 2010 yilda esa 226,3 ming tonna yoki 70,4 % ni tashkil qilgan. 2022 yilda fermer xo'jaliklari tomonidan 128,3 ming tonna yoki jami sabzavotlarning 24,8 % i yetishtirilgan bo'lsa, 2010 yilda 89,1 ming tonna yoki jamiga nisbatan 27,7 % ni tashkil qilgan. Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 2022 yilda 8 ming tonna yoki jami mahsulotning 1,5 % i ishlab chiqarilgan 2010 yilda esa 6 ming tonna yoki jamiga nisbatan 1,9 % ga teng.
2022- yilda Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 183,1 ming tonna poliz (2010 yilda 86,1 ming tonna o'sha yilga nisbatan 2,1 martaga ko'p) ishlab chiqarildi. Poliz ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, poliz ishlab chiqarish umumiy hajmidan 50,1 % i yoki 91,8 ming tonna dehqon va tomorqa xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelib bu ko'rsatkich 2010 yilda 43,3 ming tonna yoki 50,2% ni tashkil qilgan. Fermer xo'jaliklari esa 2022 yilda 49,1 % ni yoki 90 ming tonna poliz mahsulotlari ishlab chiqargan bo'lsa, 2010 yilda ular 42 ming tonna yoki 48,7 % ni tashkil qilgan. Qishloq xo'jaligi
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
iy
faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 2022 yilda 1,3 ming tonna yoki jamiga nisbatan 0,8 % ni tashkil qilgan. 2010 yilda ular 0,8 ming tonna yoki 1,1 % ini ishlab chiqarganlar.
Shuningdek, 2022 yilda barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 167,3 ming tonna mevalar (2010 yilda 73,4 ming tonna o'sh yilga nisbatan 2,3 marta ga ko'p ) ishlab chiqarildi. Meva ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, meva ishlab chiqarish umumiy hajmidan 51,7 % i yoki 86,5 ming tonna fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelsa bu ko'rsatkich 2010 yilda 37 ming tonna yoki 54,4 % ni tashkil qiladi. Dehqon va tomorqa xo'jaliklari 2022 yilda jami 75,8 ming tonna yoki 45,3 % ini ishlab chiqargan bo'lsa, 2010 yilda ula 33,2 ming tonna yoki 45,2 % ini tashkil etgan. Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 2022 yilda 5 ming tonna yoki jamiga nisbatan 3 % ni tashkil qilib, bu ko'rsatkichlar 2010 yilda 3,2 ming tonna yoki 4,3 % ni tashkil etgan.
2022 yilda barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 105,1 ming tonna uzum (2010 yilda 49,7 ming tonna o'sha yilga nisbatan 2,1 martaga ko'p) ishlab chiqarildi. Uzum ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, 2022 yilda uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 55,1 % i yoki 57,9 ming tonna dehqon va tomorqa xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2010 yilda 29 ming tonnna yoki jamiga nisbatan 58,3 % ni tashkil qilgan. Fermer xo'jaliklari tomonidan 2022 yilda 45,3 ming tonna yoki 43,1 % uzum mahsulotlari yetishtirilgan bo'lsa, 2010 yilda 19 ming tonna yoki jamiga nisbatan 38,2 % ni tashkil qilgan. Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 2022 yilda jami 1,9 ming tonna yoki 1,8 % ini yetishtirgan bo'lsa, 2010 yilda ular 1,8 ming tonna yoki jamiga nisbatan 3,5 % ini yetishtirganlar.
Statistik tahlillar asosida viloyat aholisining so'ngi yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan qay darajada ta'minlanganligini o'rganib chiqildi. Qashqadaryo viloyatida doimiy aholi soni 2022 yil 1 yanvar holatiga ko'ra 3408345 kishi bo'lib, ularning qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan tibbiyot normasiga asosan taminlanganlik darajasi quyidagicha bo'ldi (2.3-jadval).
2.3-jadval.
May 12-131 ©
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari
jy
Qashqaryo viloyatida 2015-2022 yilda aholi jon boshiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan taminlanganlik darajasi tahlili4
Mahsulot turi Yalpi mahsulot hajmi, tonna Aholi jon boshiga YaM hajmi, kg Tibbiy ot normas i, kg5 Me'yorga nisbatan ta'minlanganligi, %
2010 2015 2022 201 0 201 5 2022 2010 2015 2022
Kartoshk a 9770 0 1659 26 1801 97 37,3 56 52,8 54,6 68 103 97
Sabzavotl ar 3214 00 4910 72 5182 89 122, 8 165, 9 152 109,2 112 152 139
Poliz ekinlari 8610 0 1412 76 1830 60 32,9 47,7 53,7 19,2 171 248 280
Mevalar va rezavorla r 7340 0 1299 90 1673 41 28 43,9 49 76,7 37 57 64
Uzum 4980 0 9446 4 1051 49 19 31,9 30,8 13,9 137 229 222
Jadvaldan co'rinib turibdiki, kartoshka, mevalar va rizavor o'siml iklar aholini
to liq darajada taminlash uchun yetarli emas. Kartoshka mahsulotlari 2010 yilda aholini 68 % ga ta'minlagan, 2015 yilga kelib 103 % ni tashkil qilgan, ammo 2022 yilda 97 % ni tashkil qilib 6 % ga tushib ketgan. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida aholining ko'payishi hamda oxirgi yillarda iqlim sharoitining og'ir kelishi hisoblanadi. Meva va rezavor mahsulotlari ham 2010 yilda 37 % ga aholini ta'minlagan bo'lsa, 2015 yilda 57 % ni, 2022 yilda 64 % ni tashkil qilgan. Aslida bu ko'rsatkich normaga nisbatan 36 % ga kam sanaladi. Ma'lumki, so'nggi yillarda iqlim sharoitining noqulayligi tufayli qishloq xo'jaligi uchun ancha qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Natijada respublikada aynan meva mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yillarga nisbatan keskin kamayib ketdi. Shu sababli viloyat aholisining oziq-ovqat havfsizligini ta'minlashda noqulay ob-havo sharoitlarni hisobga olgan holda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda innovatsion ishlanmalarni
4 Qashqadaryo viloyati qishloq xo'jaligi boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi muallif tomonidan ishlab chiqilgan
5 https://lex.uz/docs/5182749. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining buyrug'i, 24.12.202®^:
sosida
May 12-13
587
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
kechiktirmasdan joriy etishimiz va buning natijasida aholining o'simlikchilik mahsulotlari bilan ta'minlanganlik darajasini sezilarli darajada oshirishimiz mumkin.
Viloyatda oxirgi yillarda qishloq xo'jaligi sohasida olib borilgan jadal islohotlar natijasida viloyatning asosiy turdagi qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi bir qancha ijobiy tomonga o'sganini ko'rishimiz mumkin. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o'sishi nafaqat ekin maydonlarining ko'payishiga, balki ularning o'rtacha hosildorlik darajasining oshishiga ham bog'liq sanaladi (2.1-rasm).
CO "2010
co co c^
rn S § * 3 ^ 2015
IÜI llll
DON VA KARTOSHKA SABZAVOTLAR OZIQBOP POLIZ MEVA VA UZUM
DUKKAKLI REZAVORLAR
EKINLAR
2.1-rasm. Qashqaryo viloyatida 2010-2022 yillarda asosiy turdagi qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi, (s/ga)6
CO
ID (N
m m
llll
t ,H «> <H us ,H
LT) C^ L/l
Xulosalar. Yuqoridagi jadvallarda so'nggi yillarda viloyatning asosiy turdagi qishloq xo'jaligi ekinlarining bir gektarga to'g'ri keladigan o'rtacha hosildorligi keltirilgan. Uzum, meva va rezavorlar hosildorligi jadvaldan yillar davomida o'sib borganligini hamda shu yillar davomida deyarli ikki barobar oshganligini ko'rishimiz mumkin. Ammo qolgan qishloq xo'jaligi ekinlarining hech birida hosildorlik muntazam o'sishi kuzatilmaydi. Ayniqsa, don va dukkakli ekinlarda buni yaqqol ko'rishimiz mumkin. Buning sababi fermer xo'jaliklarida boshoqli don ekinlarini o'stirishda agrotexnik tadbirlarni bajarishning texnologik talablariga rioya qilinmaganligi natijasida dondan yuqori va sifatli hosil olinmayapti. Buning asosiy sababi boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnika tadbirlarini o'z vaqtida sifatli qilib o'tkazmasligidir. Ayniqsa tuproq unumdorligiga ahamiyat
6 Qashqadaryo viloyati qishloq xo'jaligi boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi m; muallif tomonidan ishlab chiqilgan
May 12-13
588
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
bermaslik, yerni ekishga sifatli tayyorlanmasligi, organik va ma'dan o'g'itlar yetarli miqdorda va to'g'ri nisbatlarda qo'llanilmasligi, g'allani sug'orishni o'z vaqtida va sifatli o'tkazmaslik, kasallik va zararkunandalarga hamda begona o'tlarga qarshi o'z vaqtida choralar ko'rmaslik, g'alla navlarining hosildorlik imkoniyatidan to'la foydalana olmaslik don sifatining pasayishiga olib kelmoqda. Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlarning bajarilishining texnologik talablariga to'la rioya qilingandagina yanada yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi. Umuman olganda, g'alla hosildorligi tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan nav xususiyati, qo'llanilayotgan agrotexnik tadbirlarga bog'liq. Boshoqli don o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta'sir etuvchi agrotexnik tadbirlardan har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitiga mos nav tanlash, yerni ekishga sifatli tayyorlash, navdor va ekish sifati yuqori urug'lik bilan mintaqa uchun maqbul muddat va meyorda ekish, ekilgan urug'likni bir tekisda undirib olish, bug'doy maysalari to'la to'plangan holda tinim davriga kirishi uchun barcha agrotexnik tadbirlarni o'tkazish, sug'orish, ma'dan va organik o'g'itlar bilan oziqlantirish, o'suv davrida ildizdan tashqari azotli o'g'itlar bilan oziqlantirish, suspenziya sepish, begona o'tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, yetishtirilgan hosilni nobutgarchiliksiz yig'ib olishga bog'liq.
REFERENCES:
1. Abduraximov M. K. O'simlikshunoslik. Darslik. - Samarqand: SamDU nashri, 2021 yil - 5-7 bet.
2. R.X.Ergashev, Sh.Sh.Fayziyeva, S.N.Xamrayeva. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. Toshkent «Iqtisod-moliya» 2018, 359-bet
3. https://lex.uz/docs/5182749. Ozbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining buyrug'i, 24.12.2020 yildagi 0007-20-son
4. Qashqadaryo viloyati qishloq xo'jaligi boshqarmasi ma'lumotlari
5. Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari
May 12-13