Научная статья на тему 'DEHQON XO‘JALIKLARI FAOLIYATINING ISTIQBOLLI RIVOJLANTIRISHGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR'

DEHQON XO‘JALIKLARI FAOLIYATINING ISTIQBOLLI RIVOJLANTIRISHGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
406
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DEHQON XO‘JALIGI / SOG‘LOM ISTE’MOL / AGRAR SEKTOR / AGRAR TARMOQ / QISHLOQ XO‘JALIK EKINZORLARI VA KO‘CHATZORLARI / CHORVACHILIK / TABIIY-IQLIM / SABZAVOTCHILIK / BOG‘DORCHILIK / TABIIY-IQLIM SHAROIT / MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raximov A.N., Ergashov Ya.I.

Dehqon xo‘jaliklari faoliyatining istiqbolli rivojlantirish ta’sir etuvchi omillar nazariy jihatlari yoritilgan. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining rivojlanishi uchun yangi yondashuvlarni, model va usullarni izlash hamda joriy etish haqida keng bayon etilgan. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS AFFECTING THE PROSPECTIVE DEVELOPMENT OF FARM ACTIVITIES

The theoretical aspects of the factors influencing the prospective development of the agricultural holdings are highlighted. The search for and implementation of new approaches, models and methods for the development of agricultural activities is widely described. Factors affecting the development of agricultural activity have been studied.

Текст научной работы на тему «DEHQON XO‘JALIKLARI FAOLIYATINING ISTIQBOLLI RIVOJLANTIRISHGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR»

Raximov A.N.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsent "Biznes va innovatsion menejment" kafedrasi mudiri

Ergashov Ya.I. mutaxassisligi tayanch doktoranti Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Ekonometrika va statistika"

DEHQON XO'JALIKLARI FAOLIYATINING ISTIQBOLLI RIVOJLANTIRISHGA TA SIR ETUVCHI OMILLAR

Annotatsiya. Dehqon xo'jaliklari faoliyatining istiqbolli rivojlantirish ta'sir etuvchi omillar nazariy jihatlari yoritilgan. Dehqon xo'jaligi faoliyatining rivojlanishi uchun yangi yondashuvlarni, model va usullarni izlash hamda joriy etish haqida keng bayon etilgan. Dehqon xo'jaligi faoliyatining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar o'rganilgan.

Tayanch so'zlar: Dehqon xo'jaligi, sog'lom iste'mol, agrar sektor, agrar tarmoq, qishloq xo'jalik ekinzorlari va ko'chatzorlari, chorvachilik, tabiiy-iqlim, sabzavotchilik, bog'dorchilik, tabiiy-iqlim sharoit, meva-sabzavotchilik va uzumchilik.

Rakhimov A.N. associate professor

Head of the Department of "Business and Innovation Management"

Karshi Institute of Engineering and Economics

Ergashov Ya.I. major doctoral student

Karshi Institute of Engineering and Economics "Econometrics and Statistics"

FACTORS AFFECTING THE PROSPECTIVE DEVELOPMENT OF

FARM ACTIVITIES

Abstract. The theoretical aspects of the factors influencing the prospective development of the agricultural holdings are highlighted. The search for and implementation of new approaches, models and methods for the development of agricultural activities is widely described. Factors affecting the development of agricultural activity have been studied.

Key words: Agriculture, healthy consumption, agrarian sector, agrarian network, agricultural fields and nurseries, animal husbandry, natural climate, vegetable growing, horticulture, natural climatic conditions, fruit and vegetable growing and viticulture.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishnmg 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida.

Mamlakatimiz keng ko'lamli islohotlar tufayli agrar sohada ham tub burilishlar sodir bo'lmoqda, jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo'jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 9 oktabrdagi PF-5199-son Farmoni, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2017 yil 10 oktabrdagi PQ 3318-sonli Qarorining qabul qilinganligi nafaqat fermerlik harakatini balki butun qishloq xo'jaligini yanada yuqori darajada taraqqiy etishiga zamin yaratildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktabrdagi PF-5199-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan, endilikda fermer xo'jaliklari faoliyatida tubdan o'zgarish, ya'ni fermer xo'jaliklarida bosqichma-bosqich ko'p tamoqli faoliyat yo'lga qo'yish ishlari amalga oshiriladi. Unga ko'ra, faqatgina qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug'ullangan fermer-tadbirkorlarimiz bozor talablaridan kelib chiqib o'zlarida qo'shimcha yo'nalishlarni joriy qiladi. Ushbu talabga javob bermaydigan, ko'p tarmoqli faoliyatni yo'lga qo'ymagan subektlar 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab yangilik va yangilanishga intiluvchan, yangi g'oyalar asosida ish yuritishga qobiliyatli, tadbrkorlik qilish, nafaqat o'zining, balki butun xalqimiz dasturxonini to'kin bo'lishiga hissa qo'shishga tayyor bo'lgan shaxslar, ayniqsa yoshlarga joylarini bo' shatib beradilar [ 1].

Adabiyotlar tahlili. Berdiev A.H. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishda klaster tizimining istiqbollari, Sanjar Sadullaev, Shaxzoda Umarovalar dehqon va tomorqa xo'jaliklari yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo'llari. Sun'iy intellekt texnologiyalari optimallikka yaqin sharoitlarda kechadigan avtomatlashtirilgan jarayonlar va hodisalar bo'lib, statistik ma'lumotlarning kritik massasi to'planishi natijasida yaxshilanish imkoniyatiga ega [4]. Ular katta hajmda va katta tezlikda xalq xo'jaligining turli sohalari (iqtisodiy faoliyat turlari)ga kirib boradilar [5]. Noravshan to'plam axborotlarini guruhlarga ajratish, ularni qayta ishlash, yaxshi shakllanmagan jarayonlarni modellashtirish va prognoz qilish modellari D.T. Muxammadieva [6,7,8] va T.F.Bekmuratov tadqiqotlarida o'rganilgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Dehqon xo'jaliklari faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda ular rivojlanishini tahlil va prognoz qilishning iqtisodiy-matematik va ekonometrik usullari tadqiqotning metodologik jihatlarini tashkil etadi. Tadqiqotda axborotlar noravshanligini tashkil qiluvchi to'plamlar va unga kiruvchi omillar tahlil qilishning uslubiy yonddashuvi asoslanadi. Noravshan to'plamlar axborot bazasi asosida prognozlash hamda optimallashtirishninng imitatsion modellari ishlab chiqiladi va ular fermer xo'jaligi ma'lumotlari asosida sinab ko'riladi.

Tahlil va natijalar muhokamasi (asosiy qism). Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:

- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy ob'ektlar bilan integratsiyalash;

- boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor narxlarida sotib olish mexanizmini joriy etish;

- sog'lom iste'mol madaniyatini targ'ib qilish bo'yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish;

- xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg'or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish;

- ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;

- chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go'shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.

Ma'lumki, ayni paytda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo'jaliklari yetakchilik qilmoqda. Bu xo'jaliklarda 63,6 foizdan ziyod qishloq xo'jaligi mahsuloti yaratilmoqda. Shu bilan birga fermer xo'jaliklari ham qishloq xo'jaligi sohasini yanada rivojlantirishga salmoqli hissasini qo'shib kelmoqda. Ularning ulushi 34,7 foizni tashkil qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, 2019 yil boshi holatiga ko'ra, umumiy ekin maydonida 83,8 foiz, shu jumladan don ekinlari yer maydoni - 85,2 foiz, paxta ekin maydoni 83,8 foiz fermer xo'jaliklariga tegishli, kartoshka va sabzavot ekin maydoni esa ko'proq dehqon xo'jaliklariga ulushlariga to'g'ri keladi (ularga mos ravishda 86,4 va 68,4 foizni tashkil etgan). Ammo dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibini ko'radigan bo'lsak, dehqon xo'jaligiga 50,8 foiz, fermer xo'jaliklariga 48,2 foiz to'g'ri keldi. Bunda don va paxta hosili asosan fermer xo'jaliklari tomonidan ishlab chiqarilmoqda (ularga mos ravishda 78,7 va 99,4 foiz). Qolgan dehqonchilik mahsulotlari (kartoshka, sabzavot, meva, rezavorlar va uzum) dehqon xo'jaliklari tomonidan yaratilmoqda.

Agar qishloq xo'jaligi mahsulotlarning ishlab chiqarish sur'atini kuzatadigan bo'lsak, don ekinlari, paxta, sut mahsulotlari va qorako'l terini

ishlab chiqarish hamda qo'y va echkilar soni o'sish sur'atlari fermer xo'jaliklari, go'shtni ishlab chiqarish hamda parrandalar soni o'sish sur'ati esa - qishloq xo'jaligi korxonalarda yuqori, qolgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha o'sish sur'atlari dehqon xo'jaliklarida kuzatilgan. Hududlar kesimida kuzatadigan bo'lsak, dehqon xo'jaliklarning yalpi hududiy mahsulotidagi eng yuqori ulushi Surxondaryo (69,3 %), Navoiy (68,0 %), Buxoro (68,4 %), Namangan (68,0 %) viloyatlarda, fermer xo'jaliklarining eng yuqori ulushi - Samarqand (42,5 %), Sirdaryo (40,9 %), qishloq xo'jaligi korxonalarining ulushi Toshkent (4,3 %), Navoiy (3,1 %) viloyatlarda eng yuqori ekanligi kuzatilgan.

Yerdan foydalanish unumdorligini kuzatadigan bo'lsak, garchi Qashqadaryo (13,6 %), Jizzax (10,3 %) va Samarqand (10,1 %) viloyatlarda eng ko'p ekin maydoni bo'lsa ham, ammo 1 gektar yer maydonidan olingan daromad Navoiy (39813,0 ming so'm), Andijon (33889,9 ming so'm) va Toshkent (28091,7 ming so'm) viloyatida yuqori [6].

Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar, xususan, qishloq xo'jaligi mahsulotlari marketingining shakllanishi va rivojlanishiga ko'plab omillar ta'sir etadi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

a) tabiiy-iqlim sharoitlar;

b) moddiy-texnik va ilmiy-texnologik sharoitlar;

v) tashkiliy-iqtisodiy sharoitlar;

g) ijtimoiy sharoitlar.

Har bir omil o'z funksional vazifalarida bir-biri bilan uzviy bog'lanib ketadigan bir nechta belgilardan iborat.

Tabiiy-iqlim sharoitlar agrar mahsulotlar bozori faoliyat ko'rsatishining eng muhim omillaridan biri bo'lib, barcha sohalarda inson faoliyati ularga bog'liq. Muayyan tabiiy-iqlim sharoitlar yil davomidagi quyoshli kunlar soni, yog'adigan yog'inlar va ularning davriyligi, umumiy harorat, yer sifati, uning joylashuvi va relefi, sug'orish uchun ishlatiladigan suvning mavjudligi, toza havo va hokazolar bilan tavsiflanadi.

O'zbekiston sabzavotchilik, bog'dorchilik va uzumchilik uchun qulay hudud hisoblanib, mamlakatimizda jahon bozorida talab yuqori bo'lgan meva, uzum va sabzavotlarning ko'plab turlari yetishtirib kelinadi. Agar meva-sabzavot va uzum mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bozorning tegishli segmentlarida harakat qilishsa, ularning ishlab chiqargan mahsulotlari raqobatbardoshligi oshadi.

Tahlillarimiz ko'rsatishicha, meva-sabzavot va uzum mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish vazifalarini hal etishda yangi bozorlarni topish va o'zlashtirish muammosi yil sayin dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan har qanday korxonada bu sohadagi tadqiqot, tahliliy ishlarni olib borish juda muhim hisoblanadi. Yangi bozorlar mahsulot raqobatbardoshligini va sotish faoliyatining rentabelligini keskin o'zgartirishi,

shuningdek, mahsulotni yangi bozorga chiqarib, uning hayot siklini uzaytirishi mumkin.

Shuni inobatga olish kerakki, talabning mavsumiy o'zgarib turishi tufayli bir mahsulotni har xil davlatlarning turli nuqtalarida muvaffaqiyatli sotilishiga erishsa bo'ladi. Yangi bozorlarda sotuvlar hajmining oshishiga esa, birinchi galda, arzon ishchi kuchi, soliqlar va bojxona to'lovlarining ancha past darajasi hamda yangi bozorlardagi bir qator boshqa omillar hisobidan erishish mumkin. Yana bir gap. Tovarning raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun, agar ichki bozorda uning raqobatbardoshligi keskin pasaygan bo'lsa, yangi bozorlarga chiqishga urinish juda muhim.

Tabiiy-iqlim sharoitlar omilining xususiyatlaridan biri shundaki, inson hali bu sharoitlarni o'z hohish-istaklari bo'yicha o'zgartirishga qodir emas, u tabiat ofatlarining zarbalarini yumshatishi mumkin, xolos. Bunday sharoitlarda ilm-fan yutuqlaridan foydalanish, meva, uzum va sabzavot yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish va hokazolar.

Sabzavotchilik, bog'dorchilik va uzumchilikda unchalik mexanizatsiyalashmagan texnologik jarayonlarning mavjudligi konstruktorlar va olimlarni birinchidan, oson mexanizatsiyalashtiriladigan navlarni, ikkinchidan, yangi mexanizatsiya vositalarini yaratishga undashi lozim.

O'zbekistonda sabzavotchilik, bog'dorchilik va uzumchilik sohasida chuqur ilmiy tadqiqotlar o'tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Respublikada ikkita ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot instituti va qishloq xo'jalik yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlarida bir nechta kafedralar mavjud.

O'z ilmiy ishlanmalari va ilg'or xorijiy tajribalarni uyg'unlashtirish qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorining ko'plab muammolarini samarali hal qilishga va shu tariqa insonlarning doimiy o'sib boradigan ehtiyojlarini, ayniqsa, assortiment va sifat jihatidan to'laroq qondirishga imkon beradi.

Qishloq xo'jaligi uchun minitexnikalar ishlab chiqarish masalalarida taraqqiyot mavjudligiga qaramay, yakka tartibdagi kichik dehqon xo'jaliklari hali o'z agrar mahsulotlari ishlab chiqarishida zamonaviy mexanizatsiya vositalaridan keng foydalanish imkoniyatidan mahrumlar.

Agromahsulotlar ishlab chiqarishda xo'jalik yuritishning bu shakllari infratuzilmasi rivojlangan mintaqalar va sabzavotchilik, bog'dorchilik hamda uzumchilikka ixtisoslashgan tog'oldi hududlarida eng istiqbolli hisoblanadi. Chunki ular o'zlari joylashgan yerdan foydalanish va tarmoqlarning oqilona uyg'unlashuvini ta'minlaydi. Ular qayta ishlash korxonalarini o'z xom ashyo bazasi asosida rivojlantirish va mavjud mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, shu tariqa aholi zich joylashgan mintaqalarda muhim ijtimoiy muammolarni hal etishga imkon beradi. [3]

1-jadval

Aholining qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan me'yor bo'yicha ehtiyoji [7]

Mahcy.noT TypH Eup KHrnnra HH^^HK Yillik ehtiyoj Yillik ishlab chiqarish

ehtiyoj (kg) (ming tonna) (2020 yil, ming tonna)

Kartoshka 54.8 4033.3 3143.5

Sabzi 28.2 20266.3 27686.0

Mevalar va rezavorlar 91.2 4513.1 3964.0

Uzum 15.9 11423.5 16392.0

Poliz 25.4 16825.1 21344.0

Go'sht 42.0 3301.0 2526.2

Sut 140.0 11203.0 11010.0

Tuxum (ming dona) 121.0 9683.2 7825.0

Fikrimizcha, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:

- meva-sabzavot ishlab chiqaruvchilarga bevosita xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi faoliyatini takomillashtirish;

- meva-sabzavot mahsulotlari xalqaro bozorini doimiy o'rganish va sotish jarayonlarini takomillashtirish bo'yicha marketing xizmatlarini tashkil etish va bu xizmatlar samaradorligini oshirish;

- mintaqaviy meva-sabzavotlar bozorlarining rivojlanish tendensiyalari bo'yicha tahlillar o'tkazish, talab hajmi va taklif hajmi (alohida mahsulotlar bo'yicha) hamda bozor kon'yunkturasi koeffitsienti kabi bozorni o'rganishda foydalaniladigan bir qator ko'rsatkichlardan foydalanish;

- tashqi bozorlarni o'rganish natijalari asosida segmentatsiyalash, aniq bozordagi raqobat darajasini baholashga asoslangan holda tovar assortimenti bo'yicha xalqaro marketing strategiyalarini shakllantirish va rivojlanishni ta'minlash;

- qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportchilariga jahon standartlari talablariga to'liq javob beradigan xalqaro sertifikat va lisenziyalar, shu jumladan, Global GAP, ISO va boshqa hujjatlarni olishiga ko'maklashish;

- respublikaning barcha hududlarida muntazam ravishda qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportidagi muammoli masalalar muhokamasiga bag'ishlangan uchrashuvlarni tashkillashtirish;

- agrosanoat majmuasining meva-sabzavot etishtirish tarmog'ida marketingdan foydalanishning o'ziga xos jihatlarini ko'zda tutish;

- qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosi tartiblarini yanada liberallashtirish; - meva-sabzavot agroklasterlari faoliyatini rag'batlantirish;

- eksportdagi monopolistik tuzilmalarga yo'l qo'ymaslik;

- chegarani kesib o'tishda korrupsion elementlarni bartaraf etish;

- qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti sug'urta mexanizmlarini takomillashtirish;

- qishloq xo'jaligi mahsuloti uchun oldindan to'lov talablarini bekor

qilish.

Istiqbolda dehqon va tomorqa xo'jaliklarini yanada rivojlantirish hamda ularning qishloq xo'jaligida mustahkam o'ringa ega bo'lishlari uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim:

-dehqon xo'jaliklarida etishtirilayotgan mahsulotlarni hisoblash tartibini takomillashtirish, ya'ni ma'lumotlarning haqqoniylik darajasini oshirish;

-qishloq hududlarida dehqon xo'jaliklariga xizmat va ta'minot ko'rsatishga ixtisoslashgan xususiy shoxobchalarni tashkil etilishini rag'batlantirish;

-dehqon xo'jaliklarida etishtirilgan chorva mahsulotlarini kooperasiya asosida sotib olish, saqlash, tayyorlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etish; -dehqon xo'jaliklari faoliyatini moddiy-texnik resurslar bilan ta'minlashni kuchaytirish, jumladan, lizing asosida moddiy-texnika vositalarini xarid qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

-dehqon xo'jaliklari daromad va xarajatlari shakllanishini hisobga olish uslubiyotini takomillashtirish lozim. Bugungi kunda dehqon xo'jaliklari faoliyatini statistik va iqtisodiy jihatdan tahlil qilish uchun samarali va sodda hisobot tizimini shakllantirish juda muhim.

-dehqon xo'jaliklarini rivojlantirish, jumladan ular faoliyatini baholashning me'zonlari va indikatorlar tizimini takomillashtirishga yo'naltirilgan ilmiy amaliy va fundamental tadqiqot ishlarini kengaytirish.

Xulosa va takliflar Yuqoridagi o'zaro tasirlar natijasida dehqonchilik tizimlari paydo bo'ladi. Dehqonchilik tizimi belgilanishi mumkin elementlarning tanib olinadigan nisbatdagi birikmasi sifatida, ular oldindan belgilangan muddat davomida kutilgan miqdorda kutilgan standartdagi identifikatsiya qilinadigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. 1-jadval komponentlarini taqqoslashni taklif qiladi ikkita ekstremal dehqonchilik tizimi. ko'rsatadiki, aksariyat hollarda ikki tizimning tarkibiy qismlari qarama-qarshidir komponentlar spektrining uchlari. Shuning uchun, har qanday tizimda ishlab chiqarish miqdori asosan maydon 1 birlik uchun hosil bo'lsa-da, tizim turiga keskin tasir qiladi. etishtirilgan hosilning to'g'ri bahosini olish uchun zarur bo'lgan ishlarning tabiati. Quyidagi panelda mustaqillikdan oldingi va mustaqillikdan keyingi tashqi Mo'g'uliston agrobizneslariga mos keladigan hosilni baholash yondashuvlari bilan taqqoslangan. shunga o'xshash o'lchamdagi (taxminan 1 million ga) dehqon xo'jaligining ishlab chiqarishini baholash.

Takliflar.

- sog'lom iste'mol madaniyatini targ'ib qilish bo'yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish;

- xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg'or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish;

- ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;

- chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go'shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi «Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo'jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5199-son farmon. // Xalq so'zi, 2017 yil 10 - oktyabr.

2. Raximov A.N. Aholiga xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati): iqt. fan. fal. dok. diss.- T.: TDIU, 2020.-165 b.

3. Jo'raev A.M. Agrar sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish muammolari va echimlari. -T.: Mehnat, 2019.-236 b

4. Бостром Н. Искусственный интеллект. Этапы. Угрозы. Стратегии. М.: Манн, Иванов и Фербер, 2016. 496 с.; Люгер Д.Ф. Искусственный интеллект. Стратегии и методы решения сложныхпроблем. М.: Вилямс, 2005. 864 с.

5. Росс А. Индустрии будущего. М.: АСТ, 2017. 288 с.; Сигел Э. Просчитат будущее. Кто кликнет, купит, соврет или умрет. М.: Алпина Паблишер, 2018. 374 с.; Шваб К.М. Четвертая промышленная революция. М.: Эксмо, 2017. 288 с

6.Мухамедиева Д.Т. Статистическое моделирование в селском хозяйстве с применением теории нечетких множеств.Ташкент: Институт кибернетики НТЦ «Современные информационные технологии». 2004. -200 с.

7. Tulkun Bekmuratov and Dilnoz Mukhamedieva. Qualitative Evaluation of Fertility Land Under Fuzzy Information // Intelligent Technologies and Robotics, Publisher Name: Springer, Cham, 07 November 2019, pages 223-231, (SCOPUS)DOI 2020 yil uchun:

8. Muhamediyeva D.T. Particle swarm method for solving the global optimization problem using the equilibrium coefficient // IOP Conf. Series:Journal of Physics: Conference Series (2020)

9. Alimova M.T. Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tenden^yalari. Monografiya. T.: "Iqtisodiet", 2021y., 282b., B. 126

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.