Научная статья на тему 'QISHLOQ HUDUDLARIDA AHOLI DAROMADLARI HOLATI VA OSHIRISH ISTIQBOLLARI'

QISHLOQ HUDUDLARIDA AHOLI DAROMADLARI HOLATI VA OSHIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

397
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kambag„allik / qishloq hududlari / kambag„allik darajasi / bandlik / kam ta‟minlangan aholi / urbanizatsiya / oziq-ovqat mahsulotlari / daromad / iqtisodiy o„sish / ocharchilik / poverty / rural areas / poverty level / employment / low-income population / urbanization / food products / income / economic growth / famine
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ HUDUDLARIDA AHOLI DAROMADLARI HOLATI VA OSHIRISH ISTIQBOLLARI»

QISHLOQ HUDUDLARIDA AHOLI DAROMADLARI HOLATI VA

OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Damirjon Odilovich Alimov

Toshkent davlat agrar universiteti samarqand filiali agrobiznes va logistika fakulteti iqtisodiyot (qishloq xo'jaligida) ta'lim yo'nalishi 2-bosqich bakalavriati talabasi

Ushbu maqolada barqaror iqtisodiy rivojlanishni saqlab qolgan holda mamlakat qishloq hududlari aholisini daromadini oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini rag'batlantirib iqtisodiy faol qatlamga o'tkazish, mamlakat aholisida kam ta'minlanganlarning ulushi keltirilib, mamlakatlar iqtisodiy ko'rsatkichlari O'zbekiston iqtisodiyoti bilan taqqoslangan holda muhokama qilingan. Shu asnoda qishloq hududlari aholisi daromadini oshirib kambag'allik darajasini qisqartirish uchun xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: kambag'allik, qishloq hududlari, kambag'allik darajasi, bandlik, kam ta'minlangan aholi, urbanizatsiya, oziq-ovqat mahsulotlari, daromad, iqtisodiy o'sish, ocharchilik

In this article, it is necessary to ensure the stable development of the economy, increase the income of the rural population of our country, encourage the population in need of social protection and transfer them to the economically active layer, reducing the share of the poor in the population of the country, the economic indicators of the world countries were discussed in comparison with the economy of Uzbekistan. In this context, conclusions and policy recommendations are given to reduce the level of poverty by increasing the income of the population living in rural areas.

Keywords: poverty, rural areas, poverty level, employment, low-income population, urbanization, food products, income, economic growth, famine

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015-2030-yillar uchun mo'ljallangan "Barqaror rivojlanish maqsadlari" dasturida 17 ta global maqsadning birinchisi etib "Mamlakatlarda aholining kam

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

ta'minlanganlik darajasini pasaytirish" maqsadini belgiladi.

October 5-6

Shuningdek mazkur hujjatda 8-maqsad sifatida "Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta'minlash asosida barqaror va keng qamrovli iqtisodiy o'sishga ko'maklashish maqsadi belgilandi. [5]

Jahon bankining 2017-yildagi hisobotiga ko'ra dunyo aholisining 9,7 foizi yoki 740 million kishi kuniga $1,90 dan kam daromad topishadi (2017 yil). Bu ko'rsatkich yildan yilga o'sib bormoqda (manba: The world by income and region-World Bank 2021). Xususan 2012-yilda bu ko'rsatkich 450 millionni 2008-yilda esa 300 millionni tashkil etgan. Bu albatta tashvishlanarli hol. [6]Yuqoridagi mavzuga doir raqamlar va ma'lumotlar ilk bor O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tgan 2020-yil 27-fevraldagi "Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish"ga qaratilgan chora-tadbirlar bo'yicha video selektor yig'ilishida ma'lum qilindi. Yig'ilishda dastlabki hisob kitoblarga ko'ra aholimizning 12-15 foizi yoki 4-5 million qismi kambag'al ekanligini ta'kidladi yurtboshimiz. Ushbu ko'rsatkichning 2/3 qismi qishloq hududlari aholisiga to'g'ri kelishi achinarli hol. [6]

MATERIALLAR VA USULLAR

Tadqiqotda mamlakatlararo aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot qiymati 1995-2019-yillar kesimida taqqoslandi. Shu bilan birga mamlakatimizda kambag'allik darajasini hududlar kesimida taqsimlanishi va ularda qishloq hududlari aholisini ulushi iqtisodiy tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan qishloq hududlarida aholini o'zini o'zi bandligini ta'minlashdagi muammolar yuzasidan o'tkazilgan so'rovnoma ma'lumotlari tahlil qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunda dunyo aholisi 7,8 milliard kishini tashkil etmoqda. Bunday shiddat bilan o'sib borayotgan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash butun dunyo mamlakatlarida dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Dunyoda ocharchilikda yashayotgan aholi soni esa 864 million kishiga yetgan. Bundan ko'rinib turibdiki aholi soni oshgani sayin oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda va daromadini oshirish bo'yicha bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. [7]

Qishloq hududlari aholisining daromadini oshirish bo'yicha bir qator chora tadbirlar jaxonning barcha mamlakatlarida amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasida ham aholi daromadini oshirish va kambag'allik darajasini qisqartirish bo'yicha amaliy

amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Binobarin, Prezidentimiz

October 5-6

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekiston tarqqiyoti strategiyasi"da qishloq xo'jaligi hodimlari daromadini 2 barobarga oshirish kerakligi ta'kidlangan. [1]

Respublikamizda mustaqillikning ilk yilllarida aholi daromadi ko'rsatkichlari past darajada bo'lgan. Bunga asosiy sabablardan biri sobiq sovet tizimidan qolib ketgan qarashlar va rejalashtirilgan bozor iqtisodiyoti tizimi hisoblanadi.

Quyidagi jadvalda MDH mamlakatlari va qit'amiz ayrim mamlakatlatlarining 1995-2018-yillar oralig'ida YaIMning aholi jon boshiga ulushi[8] keltirilgan.

1.1-jadval

Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaIM, AQSHdollari hisobida

Mamlakatlar 1995- 2019- O'sish, Mamlakatlar 20 19- O'sish,

yil yil marta marta

Xitoy 610 10217 16.7 Moldova 477 4494 9.4

Ozaybayjon 397 4805 12.1 Mo'g'iliston 632 4340 6.9

Vetnam 277 2715 9.8 Hindiston 374 2100 5.6

Armaniston 456 4623 10.1 Belarusiya 1371 6839 4.9

Litva 2169 19555 9.1 Rossiya 2666 11498 4.3

Gruziya 578 4698 8.1 Tojikiston 214 891 4.1

Latviya 2322 17794 7.7 Qirg'iziston 364 1374 3.7

Qozog'iston 1288 9812 7.6 Ukraina 936 3663 3.9

Estoniya 3131 23717 7.6 O'zbekiston 586 1719 2.9

Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi

Jadvaldaning birinchi ustunida mamlakatlar[2], ikkinchi ustunida 1995-yilda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot, uchinchi ustunda 2019-yilda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot hamda to'rtinchi ustunida esa necha barobar o'sish kuzatilgani o'z aksini topgan. Ushbu jadval orqali mamlakatlarni 25 yilda ko'rsatgan iqtisodiy ko'rsatkichlarini ko'rishimiz mumkin. Yuqoridagi yillar davomida O'zbekiston eng past natija ko'rsatgan mamlakatlar qatorida turibdi. Buning asosiy sabablaridan biri mamlakatdagi iqtisodiy ko'rsatkichlar ya'ni aholi daromadi pastligi, bandlik darajasinig yuqori bo'lmaganligi, inflyatsiya darajasi yuqoriligi va intensiv samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga fan texnika taraqqiyoti yutuqlari hamda innovatsiyalarni kam jalb qilinganligi deya baho berishimiz mumkin.

October 5-6

81

Yuqoridagi kamchiliklarni kamaytirish maqsadida mamlakat o'z oldiga 2026-yilga qadar kambag'allik darajasini 2 barobarga kamaytirish va mamlakat eksport hajmini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish hamda xususiy sektorning eksportdagi hajmini 60 foizga yetkazishni maqsad qilib qo'ydi. [1]

O'zbekiston Respublikasida kambag'allik darajasini kamaytish maqsadida juda kata salmog'li ishlar qilindi. Xususan "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" kabi ro'yxatlar shakillantirilib, qishloq hududlari aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga subsidiyalar va kam foizli kreditlar berilmoqda. Bu kabi sayi harakatlar zamirida mamlakatda kambag'allik darajasini qisqartirib qishloq hududlari aholisini xususiy hamda yakka tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullantirish orqali aholi daromadlarini oshirish ko'zda tutilgan.

Quyidagi jadvalda mamlakat kam ta'minlangan aholisini umumiy aholidagi ulushi[8]ni yillar kesimida ko'rish mumkin.

1.2-jadval

O'zbekiston Respublikasida kam ta'minlangan aholi ulushi, % da

Ko'rsatkic 2001 2005 2010 2015 2020

h nomi

Kam ta'minlangan aholi ulushi 27.5 25.8 17.7 12.8 11.5

Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi

Mamlakatda 2001-yilda kam ta'minlangan aholi 27.5 foizni tashkil etgan va 2005-yilda bu ko'rsatkich qariyib 3 foizga kamaygan. 2010-yilda kam ta'minlanganlar mamlakat aholisini 17.7 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2015-yilda mamlakatda o'tkazilgan chuqur islohotlar tufayli ushbu ko'rsatkich 5 foizga kamaygan. 2020-yilda esa kam ta'minlanganlar mamlakat aholisini 11.5 foizini tashkil qildi. Natijalardan 2000-yilga nisbatan kambag'allik darajasi 16 foizga kamayganligini ko'rishimiz mumkin. Bunday raqamlar mamlakatda 20 yil davomida aholi daromadi sezilarli darajada oshgani va iqtisodiy munosabatlar yaxshilanganidan dalolat beradi.

Quyida hududlar bo'yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlari[8]ni ko'rishimiz mumkin. Aholi daromadlari bo'yicha real o'sish sur'atlarini hisoblashda narx omillari ta'sirini chiqarib tashlash maqsadida inflatsiya ko'rsatkichlarining asosiy turlaridan biri - iste'mol narxlari indeksidan (INI) foydalanildi.

October 5-6

82

1.3-jadval

Hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan umumiy daromadlari, ming

so'm

Hududlar 2000 2005 2010 2015 2020

O'zbekiston Respublikasi 96.4 371.8 2192.8 5410.6 12125.6

Qoraqalpog'iston Respublikasi 60.6 203.2 1498.9 3908 9437.4

Andijon 111.2 328.6 1838.1 4835 10765.7

Buxoro 87.6 342.4 2524.4 6411.6 14680.8

Jizzax 54.2 216.8 1810.7 4809.6 10935.9

Qashqadaryo 72.4 270.8 1896.4 4642.7 10203.9

Navoiy 117.17 540.8 3881.6 8761.4 19938.7

Namangan 65.3 242.4 1566.7 4113.2 9267.5

Samarqand 74.4 247 2029 4631 10529.1

Surxondaryo 66.2 274 1718.4 4560.8 9748.4

Sirdaryo 75.2 277.2 2215.1 5813.9 10935.4

Toshkent 91.2 363.6 2433.3 6123.7 13130

Farg'ona 105.5 309.9 1723 4418.3 8858.9

Xorazm 73.6 258.8 2105.3 5052.2 12276.8

Toshkent sh. 244.3 1269.9 4505.9 10614.4 25545.3

Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi

2020-yilda aholi jon boshiga o'rtacha umumiy daromadlar qiymati Toshkent shahrida (25545.3 ming so'm) hamda Navoiy (19938.7 ming so'm), Buxoro (14680.8 ming so'm), Toshkent (13130 ming so'm) viloyatlarida yuqori natijalar qayd etilgan. Bunga hududlar aholisi daromadi yuqoriligi, aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning (yollanib ishlovchilarning ish haqi va mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlar) salmog'i ko'pligi, hududda sanoat va erkin iqtisodiy zonalarni sonining ortiqligi va urbanizatsiya darajasining yuqoriligi asosiy sabablardan biri bo'lib qolmoqda.

Xuddi shu yilda aholi jon boshiga o'rtacha umumiy daromadlar qiymati bo'yicha Farg'ona(8858.9 ming so'm), Namangan(9267.5 ming so'm) va Surxondaryo(9748.4 ming so'm) viloyatlari past ko'rsatkichni qayd etdgan. Bunga esa aholi sonining ko'pligi, urbanizatsiya darajasini yuqori bo'lmagani va qishloq hududlari aholisining daromadi pastligi asosiy sabablaridan biri bo'lib kelmoqda.

October 5-6

83

Tadqiqotchilarning qishloq hududlari aholisini o'zini o„zi band qilishini ta'minlashda ularga yaratilishi lozim bo'lgan shart-sharoitlarni o'rganish maqsadida 2020-yil Samarqand viloyatining 4 ta tuman(Ishtixon, Nurobod, Payariq, Qo„shrabot)larida yozma tarzda o'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijalariga ko'ra "Sizga tadbirkolik faoliyati bilan shug'illanishizdagi to'siqlar nimada" degan savolga qatnashchilarning "kredit foizlarining yuqoriligi" (51%), "yetarli malakaga ega emasligi" (24%), "ishlab chiqargan mahsulotni sotishdagi muammolar" (15%), "yangi texnika texnologiyalarni xarid qilishdagi qiyinchiliklar" (10%) deb o„z fikrlarini bildirishgan. [4] Shu bois, biz tadqiqot natijasida kreditga beriladigan mablag'larning qishloq hududlari aholisi uchun foizi yuqoriligini va aholining o„z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishda yetarlicha bilim va ko'nikmalarga ega emasligini, o„z mahsulotlarini sotishi va yangi texnologiyalarni qo'llashdagi muammolarni hamda mamlakatning qishloq hududlari aholisini daromadi va turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni amaldagi holatini tahlil qilish lozimligini ko'rishimiz mumkin

Maqolani kirish qismida aytilganidek, tadqiqotning asosiy maqsadi O'zbekistonning qishloq hududlari aholisi daromadini oshirish orqali, kambag'allik darajasini qisqartirishga oid amaliy takliflar ishlab chiqish hisoblanadi. Shu maqsadda sohaga oid bo'lgan boshqa tadqiqotchilarning jamoatchilikdan olgan so'rovnomasidan ham foydalanilgan. Natijaga ko'ra qishloq hududlarida aholi bandligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda chekka-chekka hududlarga ya'ni urbanizatsiyalashmagan hududlarga infratuzilmalarni yetkazib borish, u yerda ham ishlab chiqarish obyektlarini ya'ni zavod va korxonalarni barpo etish lozimligi o'z aksini topdi. Bunda qishloq hududlarining aholi daromadi tarkibida mehnat faoliyatidan olinadigan daromadning ulushini oshirish zarurligi ko'rsatildi.

Shuningdek qishloq hududlari aholisiga o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish uchun subsidiyalar va foizi past bo'lgan kreditlarni berishni joriy qilish hamda ularga o'z biznesini va tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish uchun mutaxasislar tomonidan yetarlicha ko'rsatmalar berilishi zarurligini o'rganildi.

XULOSA

October 5-6

REFERENCES

1. Sh. Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston taraqqiyoti strategiyasi"

2. Adaxonov X. O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish. http : //pedago glar.uz

3. Sh. Shodmonov, U. G'afuruv "Iqtisodiyot nazariyasi" Toshkent- "Fan va texnologiya"-2005

4. Saidmurodov M. Qishloq xojligida aholi daromadlarini oshirishda, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari. Междуродная конференция академических наук. https://doi.org/10.5281/zenodo.6590455

5. United Nations.Department of Economic and Social Affairs. Sustainable Development.

(https://sustainabledevelopment.un.org/content/documents/6754Technical%20report %20of%20the%20UNSC%20Bureau%20%28final%29.pdf)

6. Uzakov K. Qashshoqlini kamaytirishda oilaviy bizesni roli. http ://ijpsss.iscience. uz/index.php/ijpsss

7. Sh. Xolmo'minov "Mehnat bozori iqtisodiyoti" Toshkent-2021

8. http://.stat.uz

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.