Научная статья на тему 'AHOLI DAROMADI VA TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI'

AHOLI DAROMADI VA TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1658
244
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi turmush darajasi / aholi turmush sifati / daromadlar / shaxsiy daromad / real daromad / nominal daromad. / standard of living of the population / quality of life of the population / income / personal income / real income / nominal income.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Yaxshimuratova, Xasiyat Xudaybergenovna

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlari, turmush sifati indeksi, aholi daromadlari va viloyatlar kesimidagi tahlil qilingan, shuningdek, muallifning soha faoliyatiga oid istiqbolli fikrlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME TOPICAL ISSUES OF POPULATION INCOME AND WELL-BEING

This article describes the indicators of the standard of living of the population in the Republic of Uzbekistan, the index of the quality of life, the income of the population and the analysis of regions.

Текст научной работы на тему «AHOLI DAROMADI VA TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AHOLI DAROMADI VA TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHNING

AYRIM DOLZARB MASALALARI

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi ko'rsatkichlari, turmush sifati indeksi, aholi daromadlari va viloyatlar kesimidagi tahlil qilingan, shuningdek, muallifning soha faoliyatiga oid istiqbolli fikrlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: aholi turmush darajasi,aholi turmush sifati,daromadlar,shaxsiy daromad,real daromad,nominal daromad.

НЕКОТОРЫЕ АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ДОХОДОВ И БЛАГОСОСТОЯНИЯ НАСЕЛЕНИЯ

Яхшимуратова Хасият Худайбергеновна

Преподаватель Ташкентского государственного экономического университета

АННОТАЦИЯ

В данной статье описаны показатели уровня жизни населения Республики Узбекистан, индекс качества жизни, доходов населения и проведен анализ регионов.

Ключевые слова: уровень жизни населения, качество жизни населения, доход, личный доход, реальный доход, номинальный доход.

SOME TOPICAL ISSUES OF POPULATION INCOME AND WELL-BEING

This article describes the indicators of the standard of living of the population in the Republic of Uzbekistan, the index of the quality of life, the income of the population and the analysis of regions.

Key words: standard of living of the population, quality of life of the population, income, personal income, real income, nominal income.

Yaxshimuratova Xasiyat Xudaybergenovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Yakhshimuratova Khasiyat Khudaybergenovna

The teacher of Tashkent State University of Economics

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Har bir mamlakat har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xarakatlarni joriy etish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan maqsadi, aholi turmush darajasini oshirish, ularning manfaatlarini ko'zlash va oxir oqibat mamlakatda iqtisodiy o'sishga erishishdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat'iy nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi ba'lib yashashi - bizning bosh maqsadimizdir. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog'liq1. Demak, aholining turmush darajasi jihatidan farqlanishini aniqlash maqsadida tirikchilik minimumi aniqlanadi. Tirikchilik minimumi-iste'mol savatiga asosan belgilanadi. Iste'mol savatini aniqlash uchun unga kiradigan eng zarur oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar guruhi belgilanadi hamda ularni jon boshiga iste'mol me'yori aniqlanadi.

Professor Sh.Shodmonov aholi turmush darajasi aholining hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne'matlar bilan qondirilishi darajasidir deb fikr bildirgan2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Iste'mol savatini tashkil qilgan eng zarur iste'mol mahsulotlari va xizmatlari me'yori miqdorining joriy bozor baholariga ko'paytmasining yig'indisi tirikchilik minimumini tashkil etadi.

Aholi turmush darajasi -mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi hayot sharoitlarining yig'indisidir. Uning asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat:

-aholining daromadlilik darajasi; -insonning kamolot indeksi; -turmush sifati; -turmush sifati indeksi.

Aholining daromadlilik darajasi yalpi milliy mahsulotning aholi jon boshiga nisbati bilan izoxlanadi.Insonning kamolot indeksi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish,kutilayotgan umr ko'rish yoshi,aholining bilim darajasi ko'rsatkichlari bilan ifodalanadi.

1 Sh.M.Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil uchun moljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018

2 Sh.Sh. Shodmonov,B.E.Mamaraximov.Iqtisodiyot nazariyasi. Ma'ruzalar matni.-T.:IQTISOD-MOLIYA, 2016. 462467 betlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Aholining turmush sifatini ifodalaydigan ko'rsatkichlar:

- aholi jon boshiga YAMM;

- kutilayotgan umr ko'rish yoshi;

- shaxsiy baxt tushunchasi;

- daromadning muvofiqligi;

- oilada egallagan o'rni;

- salomatlilik;

- hayot tarzi.

Aholining turmush sifati indeksi quyidagi ko'rsatkichlar bilan belgilanadi:

Aholining daromadlari aholi uchun shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda ,muxim manba bo'lib xizmat qiladi.Shu sababli turmush tarzini tavsiflovchi statistik ko'rsatkichlar kompleksida aholi daromadlari ko'rsatkichlari aloxida o'ringa ega. Aholi daromadlariga asosan mexnat uchun olgan ish xaqi, individual mexnat, tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar, mulk daromadlari va boshqa daromadlarni kiritishimiz mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida O'zbekiston aholi daromad turlari, jumladan tadbirkorlik,mulk daromadlari kabilar ko'payib bormoqda.

Aholi daromadlari, ularning tarkibi, kelish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko'rsatkichidir. Madomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo'lib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo'lib, aholi turmush darajasining markaziy bo'g'ini bo'lib hisoblanadi. Eng avvalo daromad deganda ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir. "Daromad" tushunchasi juda murakkab iqtisodiy kategoriyani ko'rsatadi. Bu o'rinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi, aholi shaxsiy daromadlarining quyidagi tariflarini keltirish mumkin:

Shaxsiy daromadlar - bu inson tomonidan pul va tabiiy shaklda olinadigan, ular tomonidan turmushning muayyan darajasini taminlash uchun foydalaniladigan mablag'lar majmuidir.

Agar "Shaxsiy daromadlar" tarifida biz ularning shakllanish manbalarini takidlasak, unda u quyidagi tarzda namoyon bo'ladi. Shaxsiy daromadlar -fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqarish va boshqa boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, ushbu davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar to'lovi qo'yilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik bilan bog'lik barcha pul va tabiiy tushumlar yig'indisidir. Aholi daromadi aholining turmush darajalari sifatini ko'rsatadi. Axoli daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, yani ixtiyorida bo'lgan va real daromad

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad-aholi tomonidan ma'lum vaqt oralig'ida olingan daromadlaming pul ko'rinishidagi miqdori hisoblanadi. Ixtiyorida bo'lgan daromad-shaxsiy iste'mol va jamg'arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo'lgan daromad.

Real daromad-narx darajasi o'zgarishi hisobga olib,aholining ixtiyorida bo'lgan daromadga sotib olish mumkin bo'lgan tovar va xizmarlar miqdorini ko'rsatadi, ya'ni daromadning xarid quvvatini bildiradi.

Respublikamiz aholisining daromadlarini ko'radigan bo'lsak,2022-yilning birinchi choragida O'zbekiston aholisining real daromadlari o'sishi 3,3 foizgacha sekinlashdi. Ushbu ko'rsatkich 2021-yilda 7,7 foizga teng bo'lgandi. Aholining daromadlar tarkibida pul o'tkazmalarining ulushi kamaydi. Shu bilan birga, aholi jon boshiga umumiy daromad 3,2 mln so'mgacha ko'tarildi.

Yanvar-mart oylarida aholining umumiy daromadlari 114,2 trln so'mga yetdi. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'sish nominalda 15,9 foizni, real ko'rsatkichda (inflyatsiyani hisobga olgan holda) 5,4 foizni tashkil etdi. O'sish sur'ati 2021 yilning birinchi choragidagi xuddi shu ko'rsatkichlarga — 22,1% va 9,8% nisbatan pasaygan. 2022 yilning ilk uch oyida aholi jon boshiga umumiy daromadlar 3,2 mln so'mgacha ko'tarildi. Nominal ko'rinishda tushumlar 13,6 foizga, real qiymatda 3,3 foizga (iste'mol narxlarini hisobga olgan holda) o'sdi. Bu ko'rsatkichlar ham 2021 yilning birinchi choragiga — 19,8% va 7,7% nisbatan kamroq hisoblanadi.

Toshkent shahrida aholi jon boshiga nisbatan nominal daromadlar 7,71 mln so'mni tashkil qilib, poytaxt uch oy davomida yetakchilikni saqlab qoldi. Keyingi o'rinlarda Navoiy viloyati — 5,76 mln so'm, Toshkent viloyati — 3,77 mln so'm, Buxoro viloyati — 3,47 mln so'm qayd etildi. Aholining nominal daromadlari eng past hudud esa Namangan viloyati bo'ldi — 2,33 mln so'm. Muhim jihatlardan biri aholi daromadlari Navoiy (+10,2 foiz), Farg'ona (+9,4 foiz) va Toshkent (+6,5 foiz) viloyatlarida oshdi. Buxoro (-0,6 foiz), Surxondaryo (-0,4 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog'istonda (-0,3 foiz) esa aholi daromadlari biroz kamaydi.

Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyati (xodimlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar) ulushi 62 foizdan 62,5 foizga oshdi. Mol-mulkdan olingan daromadlar ulushi o'tgan yilda 2,7 foizga teng bo'lgan bo'lsa, joriy yilda 3,1 foizgacha o'sdi. Transfertlardan olinadigan daromadlar (pul o'tkazmalari, nafaqalar, pensiyalar, stipendiyalar) ulushi bir vaqtning o'zida 0,3 foizga kamayib, 26,9 foizni tashkil etdi.

Ishchilarning daromadlari umumiy daromadning 32,8 foizini, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa 29,6 foizini tashkil qiladi. Mustaqil ravishda band bo'lganlarning

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

umumiy daromadlardagi ulushi bo'yicha Jizzax (44,1%), Buxoro (39,4%), Xorazm

(47%), Toshkent viloyati (35,7%) va Surxondaryo (35%) yetakchilik qilmoqda.

ffio «0/

/o

Samarqand

h:

1%

^0%

Farg'ona i,0% Andijon

Surxondaryo 18,5%

^4% Xorazm

Namangan 15,8%

^3%

Qoraqalpog'iston Respublikasi

7% ¿If Qashqadaryo

fhVI* $2%

Buxoro Toshkent sh.

Sirdaryo

Jizzax

Toshkent

Navoiy

14.

3%

1-rasm. 2022-yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo'yicha aholining umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o'tkazmalari hajmining ulushi3

Xorijdan pul o'tkazmalarining nominal o'sishi 8 foizni tashkil etdi, ammo shunga qaramay, ularning umumiy daromadlardagi ulushi 1 foizga kamaydi. Aholining umumiy daromadlarida pul o'tkazmalarining eng katta ulushi Samarqandda — 22,6 foiz (2021 yilda 25,6 foizni tashkil etgan), Farg'onada — 19,1 foiz (15,9 foiz), Andijonda — 19 foiz (21,2 foiz), Surxondaryoda — 18,5 foiz (21,1%) qayd etildi.

2022 yilning dastlabki uch oyida migrantlar O'zbekistonga 1,47 mlrd dollar jo'natgan, bu o'tgan yilga nisbatan 3 foizga ko'proqdir. Shu bilan birga, asosiy savdo hamkorlardagi iqtisodiy faollikning pasayishi, milliy valyuta kursining o'zgarishi va migratsion oqimlar joriy yilda transchegaraviy pul o'tkazmalari hajmining o'tgan yilga nisbatan 18-25 foizga kamayishi ehtimolini yuzaga keltirmoqda4.

XULOSA

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib,aholi pul o'tkazmalari kamayishi dunyodagi siyosiy vaziyatning murakkablashganligidan,shuningdek,aholining mol-mulkdan daromadlarining oshishiga sabab yangi turar joylarning ko'payishi va

3 Davlat statistika qomitasi ma'lumotlari

4 Markaziy bank ma'lumotlari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

aholining turar joyga bo'lgan ehtiyojining oshishi,joylarning minimal narxlarining oshishida ko'rsak bo'ladi.

Fuqarolar daromadlari darajasi ular farovonligining muhim ko'rsatkichidir. U jamiyatning har bir azosining dam olish, bilim olish, sog'liqni saqlash, zaruriy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilaydi. Undan tashqari, oila daromadlari haqidagi malumotlarni umumlashtirish mamlakat iqtisodiyotidagi holat haqida eng qimmatli axborot beradi va uning iqtisodiy-siyosiy kelajagini bashorat qilishga yordam beradi. Shuning uchun iqtisodchilar aholi daromadlari shakllanishini doimiy kuzatib boradi. Turmush darajasini sifatli tahlil qilish masalalari aholi turmush darajasini doimiy asosda monitoring qilishni davom ettirish, shuningdek, hayot darajasini monitoring qilish Milliy tizimini doimiy takomillashtirish bilan chambarchas bog'liqdir.

Mamlakatda aholi daromadlarining oshib borishi o'z navbatida ular turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin yaratmoqda. Xulosa qilib shuni aytishimiz umkinki Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne'matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida ta'riflash mumkin.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil uchun mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018

2. I.O.Yakubov, B.K. G'oyibnazarov, X.M. Abdusattorova, K.T. Ochilov. Balans muammolari, O'quv qo'llanma O'z PYOUJ nashriyoti T. 2004 37-49.

3. O'zbekiston Respublikasi Statistika Qo'mitasi ma"lumotlari.

4. http://www.worldbank.org.

5. T.Turgunov, I.Jalolov "Aholi turmush darajasi rivojlanishi statistic baholash: milliy va xalqaro tajriba" - "Jamiyat va boshqaruv" №4, 2018 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.