Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORI ASOSIY KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISH TENDENSIYALARI VA ULARNING STATISTIK TAHLILI'

O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORI ASOSIY KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISH TENDENSIYALARI VA ULARNING STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
256
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mehnat bozori / bandlik darajasi / ishsizlik darajasi / ish haqi / aholi daromadlari / ishchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasi / mehnat sharoitlari / bandlikning malakaga muvofiqligi / bandlikning o‘sishi / mahnatga layoqatli yosh / dinamika qatori / davriy qatorlar / o‘sish koeffitsiyenti va sur’ati. / labor market / employment level / unemployment rate / wages / personal income / level of professional training of workers / working conditions / suitability for employment / employment growth / working age / time series / periodic series / coefficient and growth rate.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abrayev, Sherzod Xurromovich

Ushbu maqolada mehnat bozori asosiy ko‘rsatkichlarining ahamiyati, ularning tavsifi, yillar bo‘yicha dinamik qatorlari, so‘nggi yillarda O‘zbekiston hududlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy mehnat ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalari hamda statistik tahlillari amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHANGING TENDENCIES OF THE MAIN INDICATORS OF THE LABOR MARKET IN UZBEKISTAN AND THEIR STATISTICAL ANALYSIS

In this article, contains the meaning of the main indicators of the labor market, their description, time series by year, trends in changes in the main indicators of labor in recent years in the regions of Uzbekistan and types of economic activity, and also carried out a statistical analysis.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORI ASOSIY KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISH TENDENSIYALARI VA ULARNING STATISTIK TAHLILI»

O'ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORI ASOSIY KO'RSATKICHLARINING

O'ZGARISH TENDENSIYALARI VA ULARNING STATISTIK TAHLILI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10532889

Abrayev Sherzod Xurromovich

O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statitika agentligi, boshqarma boshlig'i o 'rinbosari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi e-mail: sh.abraev@stat.uz

Annotatsiya. Ushbu maqolada mehnat bozori asosiy ko 'rsatkichlarining ahamiyati, ularning tavsifi, yillar bo'yicha dinamik qatorlari, so'nggi yillarda O'zbekiston hududlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha asosiy mehnat ko 'rsatkichlarining o 'zgarish tendensiyalari hamda statistik tahlillari amalga oshirilgan.

Kalit so'zlar: mehnat bozori, bandlik darajasi, ishsizlik darajasi, ish haqi, aholi daromadlari, ishchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasi, mehnat sharoitlari, bandlikning malakaga muvofiqligi, bandlikning o'sishi, mahnatga layoqatli yosh, dinamika qatori, davriy qatorlar, o 'sish koeffitsiyenti va sur 'ati.

Аннотация. В данной статье проведены значение основных показателей рынка труда, их описание, динамические ряды по годам, тенденции изменения основных показателей труда в последние годы в регионах Узбекистана и видах экономической деятельности, а также осуществлены статистический анализ.

Ключевые слова: рынок труда, уровень занятости, уровень безработицы, заработная плата, доходы населения, уровень профессиональной подготовки работников, условия труда, пригодность к трудоустройству, рост занятости, трудоспособный возраст, динамический ряд, периодический ряд, коэффициент и ставка роста.

Abstract. In this article, contains the meaning of the main indicators of the labor market, their description, time series by year, trends in changes in the main indicators of labor in recent years in the regions of Uzbekistan and types of economic activity, and also carried out a statistical analysis.

Key words. labor market, employment level, unemployment rate, wages, personal income, level of professional training of workers, working conditions, suitability for employment, employment growth, working age, time series, periodic series, coefficient and growth rate.

KIRISH

Mehnat bozori har qanday mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo'lib, uning holati va o'zgaruvchan tendensiyalari fuqarolar hayotiga bevosita ta'sir qiladi. Jumladan, O'zbekiston ham mehnat bozorining asosiy ko'rsatkichlari o'zgarishining muayyan tendensiyalariga ega bo'lib, ular statistik tahlil va o'rganishni talab qiladi. Mehnat bozorining holati va ko'rsatkichlar dinamikasi umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va aholi farovonligini baholash uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatimizda mehnat bozorining asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha aniqroq ma'lumotlarni olish va tendensiyalarni baholash maqsadida mehnat bozori statistikasi metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan faol ish olib borilmoqda.

USULLAR

Ushbu maqolada O'zbekistonda mehnat bozori asosiy ko'rsatkichlarining o'zgarish tendensiyalarini qiyosiy tahlil qilishda dinamika o'rtacha sur'atlarini hisoblash, ma'lumotlarni guruhlash va jamlash, arifmetik o'rtacha, o'rtacha o'sish sur'ati hamda nisbiy ko'rsatkichlar usullaridan foydalanilgan. Masalan, bandlik darajasidagi o'zgarishlarni kuzatish uchun yillar, hududlar yoki iqtisodiyotning alohida tarmoqlari bo'yicha tahlili amalga oshirildi. Bunday tahlil qaysi sohalarda bandlikning ortishi yoki kamayishi, bunga qanday omillar ta'sir etishi mumkinligini aniqlash imkonini beradi.

TAHLIL

Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida, shuningdek aholi bandligini ta'minlash va ishsizlikni kamaytirish bo'yicha davlat siyosatini amalga oshirishda demografik holat muhim o'rin tutadi.2023-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra mamlakatimizda yashovchi doimiy aholi soni 36,0 mln. kishini tashkil etib, yil davomida 768,8 ming kishiga yoki 2,1 % ga ko'paygan. Bundan ko'rinib turibdiki har yili aholi soni o'rtacha 700 ming kishiga ortmoqda. Aholining asosiy qismini, ya'ni 56,7 %ini mehnatga layoqatli yoshdagilar tashkil etgan bo'lsa, o'z o'rnida 31,9 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar va 11,4%i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to'g'ri kelmoqda.O'tgan 2022-yilda respublikamizda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 20 505,3 ming kishini tashkil etgan bo'lib, ushbu ko'rsatkichni 2018-yil ma'lumotlari bilan taqqoslanganda 713,6 ming kishiga yoki

3,6 foizga ko'payganligi kuzatildi1. Bu esa o'z o'rnida yangi ish o'rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta'minlash va ishsizlikni kamaytirish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi.Mehnat bozorining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblangan bandlik darajasi ko'rsatkichi ma'lum bir ish joyida band bo'lgan iqtisodiy faol aholi ulushini aks ettiradi. Respublikamizdagi iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan bandlik darajasi 2019-yilda 90,7 foizni tashkil etgan. 2022-yilga kelib ushbu ko'rsatkich 91,1 foizga yetganligini kuzatish mumkin (1-rasm).

1-rasm. O'zbekiston Respublikasidagi bandlik darajasi, % da

Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, 2022-yilda respublikamizdagi jami bandlar soni 13706,2 ming kishini tashkil etib, 2018-yilga nisbatan taqqoslanganda 433,1 ming kishiga yoki 3,3 foizga ortgan (2-rasm).

Shuni ta'kidlash kerakki, band aholining 25,1 foizi qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida band bo'lib, bu boshqa sohalarga nisbatan yuqori ulushni tashkil etadi. Shuningdek, nisbatan yuqori ulushga ega bo'lgan faoliyat turlaridan sanoat sohasida bandlar 13,2 foizni, ulgurji va chakana savdo sohasida 11,1 foizni, qurilish sohasida 9,6 foizni va ta'lim sohasida bandlar 9,3 foizni tashkil etgan.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari

C\ vo

fS о О

00 во

го

Iп ~

О m

во

I/Î

О 1Л

го

ГО VO VO

ГО

VO

во

ГО

VO

ЧС

ro cC

t- VO

2018 "20^2

2-rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha bandlar soni, ming kishida.

Mehnat bozorining asosiy ko'rsatkichlaridan yana bittasi ishsizlik darajasidir. U doimiy ish joyiga ega bo'lmagan va ishga kirishishga tayyor iqtisodiy faol aholi ulushini aks ettiradi.

O'zbekistonda so'nggi yillarda ishsizlik darajasining pasayish kuzatilmoqda, bu esa mehnat bozoridagi ijobiy tendensiyalardan dalolat beradi. Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2022-yilda ishsizlik darajasi 8,9% ni tashkil etgan.

Aholining farovon hayot kechirish va turmush darajasining yaxshilanishida asosiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri - bu aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromad ko'rsatkichi hisoblanadi.

Statistik tahlil natijalariga ko'ra, 2022-yilda aholining umumiy daromadi 634797,0 mlrd.so'mni tashkil etib, jon boshiga to'g'ri keladigan daromadi esa 17807,3 ming so'mga teng. Aholining umumiy daromadlari 2021-yilga nisbatan 22,3 foizga oshgan bo'lsa, jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar 19,8 foizga ko'payganini kuzatish mumkin (1-jadval).

1-jadval

Aholi daromadlarining umumiy ko'rsatkichlari2, yillar kesimida

Ko'rsatkichlar 2015 2020 2021 2022

Aholi umumiy daromadlari, mlrd.so'm 169344,3 414968,7 519181,4 634797,0

Aholi jon boshiga umumiy daromadlar, ming so'm 5410,6 12122,2 14869,8 17807,3

Aholi real umumiy daromadlari, mlrd.so'm 160485,5 367456,6 468448,4 569631,2

Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar, ming so'm 5127,5 10734,3 13416,8 15979,3

Shuningdek, aholi real umumiy daromadlari 2022-yilda 569631,2 mlrd. so'mni hamda jon boshiga real umumiy daromadi esa 15979,3 ming so'mni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan o'sish sur'ati 9,7 foizga hamda 7,5 foizga ko'paygan.

Mehnat statistikasining yana bir muhim ko'rsatkichi - ish haqi miqdori hisoblanadi. O'zbekistonda ish haqining bosqichma-bosqich oshirilishi kuzatilmoqda.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, respublikamizda o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko'rsatkichi 2022-yilda 3 204,3 ming so'mni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 3,0 barobarga oshgan (2-jadval).

2-jadval

O'zbekiston Respublikasining o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko'rsatkichi, yillar kesimida (ming so 'mda)3

2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022

O'zbekiston Respublikasi 1 064,2 1 251,5 1 542,6 1 946,8 2 227,1 2 662,0 3 204,3

Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha:

Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi 692,9 848,1 1 016,2 1 368,9 1 501,7 1 665,7 2 207,3

Sanoat 1 515,2 1 655,6 2 040,1 2 382,4 2 748,8 3 224,9 3 738,8

Qurilish 1 099,6 1 180,1 1 369,6 1 704,2 1 879,7 2 286,5 2 598,3

Savdo 970,7 1 077,3 1 232,8 1 397,4 1 452,8 1 679,3 2 014,9

Tashish va saqlash 1 389,4 1 518,4 1 848,1 2 185,0 2 551,2 3 247,9 3 889,6

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari

Yashash va ovqatlanish 612,0 686,5 764,7 890,2 888,3 1 203,0 1 533,5

bo'yicha xizmatlar

Axborot va aloqa 1 808,3 2 172,2 2 827,6 3 351,3 3 879,8 4 843,2 6 676,6

Moliyaviy va sug'urta 2 018,7 2 578,8 3 352,1 4 589,9 5 973,2 7 832,0 10 067,5

faoliyati

Ta'lim 1 038,2 1 159,3 1 380,8 1 703,0 1 971,5 2 307,6 2 664,0

Sog'liqni saqlash va 877,3 967,1 1 151,0 1 454,8 1 759,9 2 097,3 2 516,8

ijtimoiy xizmatlar

San'at, ko'ngil ochish va 1 205,5 1 305,3 1 568,1 1 870,0 2 171,6 2 578,8 2 875,1

dam olish

Boshqa turlari 1 041,1 1 192,4 1 623,0 2 354,1 2 578,2 3 257,6 4 174,1

Shuningdek, iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko'rsatkichining eng yuqori ko'rsatkichi Moliyaviy va sug'urta faoliyatiga to'g'ri kelib, 10 067,5 ming sum (2016- yilga nisbatan 5,0 barobarga oshgan)ni tashkil etgan. Bundan tashqari, o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori ko'rsatkichi boshqa sohalarga nisbatan axborot va aloqa (6 676,6 ming so'm), tashish va saqlash (3 889,6 ming so'm) hamda sanoat sohalari (3 738,8 ming so'm)da kuzatiladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, mehnat bozorining bandlik darajasi, ishsizlik darajasi, ish haqi va aholi daromadlari kabi asosiy ko'rsatkichlarning o'zgarish tendensiyalari statistik tahlilni talab qiladi. Statistik tahlil natijalari orqali O'zbekistondagi mehnat bozori ko'rsatkichlarini boshqa davlatlar bilan taqqoslash, milliy mehnat bozorining xususiyatlari va muammolarini aniqlash mumkin. Bu esa, O'zbekiston hukumatiga mehnat bozorini rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, bandligini ta'minlash va mamlakatni umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to'g'risida"gi Qonuni. Toshkent shahri, 2021-yil 11-avgust, O'RQ-707-son (https://lex.uz/docs/5569619).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi ""O'zbekiston - 2030" strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-300-son qarori.

3. Q.X.Abdurahmonov. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. - T.: "Mehnat", 2009.

4. X.Shodiyev., I.Xabibullayev. Statistika. T.: - 2013 y.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.