Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA ANGOR TUMANIDA QISHLOQ XO’JALIGINING RIVOJLANISHI VA TUMANDADI QISHLOQ XO’JALIGI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN MUAMMOLARNI YECHISH MASALALARI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA ANGOR TUMANIDA QISHLOQ XO’JALIGINING RIVOJLANISHI VA TUMANDADI QISHLOQ XO’JALIGI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN MUAMMOLARNI YECHISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
253
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IQTISODIY KO’RSATKICHLARI / QISHLOQ XO’JALIGI / TABIIY BOYLIKLAR / MEHNAT RESURSLARI / AHOLI SONI / INVESTITSION MUHITI / AHOLINING BANDLIK DARAJASI / AHOLINING DEMOGRAFIK SALOHIYATI / ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ortiqova Sh.Z.

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining Angor tumanida qishloq xo’jaligining rivojlanish tendensiyalari va ayrim ijtimoiy ko’rsatkichlari tahlil qilinadi, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarilish, xizmat ko’rsatish tarmoqlari tarkibi va aholining ish bilan ta’minlanishida qishloq xo’jaligining ahamiyati baholanadi. Tuman aholisi orasida paydo bo’layotgan ish bilan bandlik muammolari, tumanda qishloq xo’jaligini intensive tashkil etishda vujudga kelayotgan muammolar va ularning asosiy sabablari, tumanning investitsion muhitining rivojlanishiga ta’sir etuvuchi omillar o’rganilib taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN ANGOR DISTRICT IN THE YEARS OF INDEPENDENCE AND ISSUES OF SOLVING PROBLEMS RELATED TO DISTRICT AGRICULTURE

This article analyzes the development trends and some social indicators of agriculture in Angor district of Surkhondarya region, evaluates the importance of agriculture in the production of agricultural products, the structure of service networks and the employment of the population. The problems of employment arising among the residents of the district, the problems arising in the intensive organization of agriculture in the district and their main reasons, the factors affecting the development of the investment environment of the district are studied and suggestions and recommendations are made.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA ANGOR TUMANIDA QISHLOQ XO’JALIGINING RIVOJLANISHI VA TUMANDADI QISHLOQ XO’JALIGI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN MUAMMOLARNI YECHISH MASALALARI»

Ortiqova Sh.Z.

Termiz Davlat Universiteti talabasi

MUSTAQILLIK YILLARIDA ANGOR TUMANIDA QISHLOQ XO'JALIGINING RIVOJLANISHI VA TUMANDADI QISHLOQ XO'JALIGI BILAN BOG'LIQ BO'LGAN MUAMMOLARNI YECHISH

MASALALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining Angor tumanida qishloq xojaligining rivojlanish tendensiyalari va ayrim ijtimoiy ko'rsatkichlari tahlil qilinadi, qishloq xo'jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarilish, xizmat ko'rsatish tarmoqlari tarkibi va aholining ish bilan ta'minlanishida qishloq xo'jaligining ahamiyati baholanadi. Tuman aholisi orasida paydo bo'layotgan ish bilan bandlik muammolari, tumanda qishloq xo'jaligini intensive tashkil etishda vujudga kelayotgan muammolar va ularning asosiy sabablari, tumanning investitsion muhitining rivojlanishiga ta'sir etuvuchi omillar o'rganilib taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Iqtisodiy ko'rsatkichlari, qishloq xo'jaligi, tabiiy boyliklar, mehnat resurslari, aholi soni, investitsion muhiti, aholining bandlik darajasi, aholining demografik salohiyati, ishlab chiqarish korxonalari.

Artikova Sh.Z. student

Termiz State University

DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN ANGOR DISTRICT IN THE YEARS OF INDEPENDENCE AND ISSUES OF SOLVING PROBLEMS RELATED TO DISTRICT AGRICULTURE

Abstract. This article analyzes the development trends and some social indicators of agriculture in Angor district of Surkhondarya region, evaluates the importance of agriculture in the production of agricultural products, the structure of service networks and the employment of the population. The problems of employment arising among the residents of the district, the problems arising in the intensive organization of agriculture in the district and their main reasons, the factors affecting the development of the investment environment of the district are studied and suggestions and recommendations are made.

Key words: economic indicators, agriculture, natural resources, labor resources, population, investment environment, employment rate of the population, demographic potential of the population, production enterprises.

KIRISH

Mamlakatimizda mustaqilligimizdan keyingi yillaridakichik hududlarni o'rganishga chuqur e'tibor qaratila boshlandi. Lekin, o'tgan asrda tadqiqotlar katta hududlar darajasida olib borilgan va yuzakiligi yorqin ko'zga tashlanib turadi, bugungi kun tadqiqotlar ko'lami esa mikro-mintaqalar darajasida olib borilmoqda va chuqur ilmiy tadqiqot ishlari va kuzatuvlarni talab qiladi. Hozirgi globallashuv davridan ma'lumki, umumiy tadqiqot - katta maydonlardan kichik maydonlarga- yani katta hududlar kichik hududlarga emas aksincha kichik hududlarda o'tkazilgan tadqiqotlar katta hududlar geografiyasiga xizmat qiladi, chunki geografik hodisalarning kelib chiqishi va har qanday mintaqadagi hodisalarning sabablari va oqibatlarini aniq ochib berish mukammal darajada olib boriladi va bu esa hududning iqtisodiy ijtimoiy ustunliklarini to'gri anglab yetishda,tabiiy resurslaridan samarali va intensiv foydalanishda, hududdagi muammolarni to'g'ri tushunishda va ularni hal qilishda muhum ahamiyat kasb etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Angor tumanining qishloq xo'jaligi tarmoqlariga to'xtaladigan bo'lsak, tuman g'alla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashgan. Bog'dorchilik va tokchilik bilan ham shug'ullaniladi. 2022- yilning yanvar-dekabr yakunlariga ko'ra, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 98,7 % i - dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar, 0,9 % i - o'rmon xo'jaligi, 0,4 % i -baliqchilik xo'jaligi hissasiga to'g'ri keladi. Bunda Angor tumani qishloq xo'jalik mahsulotlarining hajmi 1626 mldr so'mni tashkil etadi va o'tgan yilga nisbatan o'sish 100.4 foizni tashkil etdi. Agarda Angor tumanining qishloq xo'jaligi tarmoqlariga nazar tashlaydigan bo'lsak 61.3 foizni dehqonchilik tashkil etadi, chorvachilik esa 38.7 foizni tashkil qiladi. Xo'jalik toifalari bo'yicha tahlillar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 65,6% i -dehqon va tomorqa xo'jaliklariga, 26,7 % i - fermer xo'jaliklariga, 7,7 % i -qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g'ri kelishi ko'rsatilmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

Qishloq xo'jalik ekinlarini ayrim ekinlarini viloyat va tumanimiz kesimida tahlil qiladigan bo'lsak quyidagi raqamlarni ko'rishimiz mumkin: 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 723,8 ming t. don (2021- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 0,7 % ga ko'p) ishlab chiqarildi. Don ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 72,6 % i fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelishi ko'rsatilmoqda. Bunda Angor tumani 38868 tonna don ekinlari yetishtirgan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 350,5 ming t. kartoshka (2021- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 1,2 % ga ko'p) ishlab chiqarildi. Kartoshka ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda,

kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 90,7 % i dehqon va tomorqa xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelishi ko'rsatilmoqda. Bunda Angor tumani 18033 tonna kartoshka ekini yetishtirilgan.

Qayd etilishicha, so'nggi uch yilda viloyatda sabzavot maydonlari 35 ming gektarga kengaytirilgan va 10 ming gektarda intensiv bog'lar, tokzor va issiqxonalar barpo etilgan, so'nggi yillarda Angor tumanida 6,5 ming gektarda ertaki ekin sifatida ko'kat, karam, brokkoli, qizil lavlagi, bulg'or qalampiri kabi mahsulotlarni yetishtirmoqda. Bundan tashqari, 21 ming aholi xonadonidagi 2,3 ming gektar tomorqada ham ushbu eksportbop ekinlar ekilmoqda. Buning hisobiga, tumanda joriy yilning o'zida qariyb 10 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingan.

2022-yil hosili uchun Angor tumani g'allakorlari 5 650 gektar yerda mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos ertapishar va serhosil navli urug'larni ekib, undirib oldi. Ekinlar zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinishi samarasida kutilgan hosil yetishtirildi va6 317 tonna tovar-don yig'ib olindi. O'rib olingan maydonlarda o'rtacha hosildorlik 77-80 sentnerni tashkil etdi. Angor tumanidagi "Zamin Angor klaster" MCHJ, "Sayidnosirxon", "Angor Xomkon mirishkori", "Xomkon mirishkor dehqonlari" kabi fermer xo'jaliklari yirik fermer xo'jaliklar hisoblanadi.

Angor tumaning qulay geografik joylashishiga qaramasdan hududda bir qancha muammolar mavjud bular sanoatning tuman hududida sust rivojlanganligi qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligining pastligi, hududga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori kamligi va aholining ish bilan ta'minlashda vujudga kelayotgan muammolar hisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Tuman hududining nisbatan kichik ekanligini ham unda yer resurslarining cheklanganligini hisobga olgan holda tuman hududida tabiiy resurslardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, hamda tumanning paxta yetishtirish salohiyatini hisobga olish kerak.

- Tuman hududida paxta-to'qimachilik klasterini rivojlantirish muhum ahamiyatga ega, chunki hozirda tuman hududida faoliyat ko'rsatayotgan paxta tozalash zavodi to'liq integratsiyalashmagan va mahsulot narxining ko'tarilishiga sabab bo'moqda.

- Tumanda horijiy investitsiyalar yordamida sabzavot, poliz, xom meva, uzum kabilarni qayta ishlash korxonalari muhum ahamiyat kasb etadi, yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlarga asoslanadigan bo'lsak tuman katta hajmda meva va sabzavot ekinlarini yetishtirmoqda, bularni esa tuman hududida qayta ishlash katta samara beradi va aholini ish bilan ta'minlashda ham ustunlikka ega bo'ladi.

-Pilla xomashyosini qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalar, xom ashyoni qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalar qurilishi va ishga tushirilishi tumanning iqtisodiy rivojlanishini yanada oshiradi va iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni ko'paytiradi.

- Tuman hududida ichimlik suvi muammosini hal qilish uchun yer osti suvlaridan keng foydalanish kerak, chunki hozitgi ichimlik suvi bilan ta'minlanish tuman hudida qoniqarli darajada emas.

- Tumanda xizmat ko'rsatish sohalarini yaxshilash kerak ayniqsa bu shahar ichida avtomobil tirbandligini oldini oladi va yo'l haqqining tushushini ta'minlaydi hamda tuman hududida servis tarmoqlarini mahallalar kesimida joylashtirish aholining bu tarmoqlar bilan bo'ladigan muammolarni yechimi bo'la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. Toshkent.O'zbekiston, 2016.

2.Soliev.A O'zbekiston geografiyasi. Universitet. T:.-2014.

3.Ro'ziev.A Surxondayo geografiyasi. Jayxun.T:.-1996.

4.Surxondaryo viloyati statistika to'plami. Termiz-2018.

5.Abdunazarov.H.M Ortiqova.Sh.Z General Geographical Description Of Angor District Eurasian Journal of History, Geography and Economics VOLUME 3 December 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.