Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA ANGOR TUMANIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISHI VA TUMANNING INFRATUZILMASINI YAXSHILASH MASALALARI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA ANGOR TUMANIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISHI VA TUMANNING INFRATUZILMASINI YAXSHILASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
32
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IQTISODIY KO’RSATKICHLARI / QISHLOQ XO’JALIGI / TABIIY BOYLIKLAR / MEHNAT RESURSLARI / AHOLI SONI / INVESTITSION MUHITI / AHOLINING BANDLIK DARAJASI / AHOLINING DEMOGRAFIK SALOHIYATI / ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Ortiqova Sh.Z.

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining Angor tumanida ijtimoiy sohani rivojlanish tendensiyalari va ayrim ijtimoiy ko’rsatkichlari tahlil qilinadi, xizmat ko’rsatish tarmoqlari tarkibi va aholining ish bilan ta’minlanishida ijtimoiy sohaning ahamiyati baholanadi. Tuman aholisi orasida paydo bo’layotgan ish bilan bandlik muammolari, tumanda infratuzimani yaxshilashda olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligi o’rganib chiqiladi, tumanning investitsion muhitining rivojlanishiga ta’sir etuvuchi omillar o’rganilib taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF THE SOCIAL SECTOR AND THE IMPROVEMENT OF THE INFRASTRUCTURE OF THE DISTRICT IN THE ANGOR DISTRICT IN THE YEARS OF INDEPENDENCE

This article analyzes the development trends and some social indicators of agriculture in Angor district of Surkhondarya region, evaluates the importance of agriculture in the production of agricultural products, the structure of service networks and the employment of the population. The problems of employment arising among the residents of the district, the problems arising in the intensive organization of agriculture in the district and their main reasons, the factors affecting the development of the investment environment of the district are studied and suggestions and recommendations are made.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA ANGOR TUMANIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISHI VA TUMANNING INFRATUZILMASINI YAXSHILASH MASALALARI»

Ortiqova Sh.Z. talabasi

Termiz Davlat Universiteti

MUSTAQILLIK YILLARIDA ANGOR TUMANIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISHI VA TUMANNING INFRATUZILMASINI

YAXSHILASH MASALALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining Angor tumanida ijtimoiy sohani rivojlanish tendensiyalari va ayrim ijtimoiy ko'rsatkichlari tahlil qilinadi, xizmat ko'rsatish tarmoqlari tarkibi va aholining ish bilan ta'minlanishida ijtimoiy sohaning ahamiyati baholanadi. Tuman aholisi orasida paydo bo'layotgan ish bilan bandlik muammolari, tumanda infratuzimani yaxshilashda olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligi o'rganib chiqiladi, tumanning investitsion muhitining rivojlanishiga ta'sir etuvuchi omillar o'rganilib taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Iqtisodiy ko'rsatkichlari, qishloq xo'jaligi, tabiiy boyliklar, mehnat resurslari, aholi soni, investitsion muhiti, aholining bandlik darajasi, aholining demografik salohiyati, ishlab chiqarish korxonalari.

Artikova Sh.Z. student

Termiz State University

ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF THE SOCIAL SECTOR AND

THE IMPROVEMENT OF THE INFRASTRUCTURE OF THE DISTRICT IN THE ANGOR DISTRICT IN THE YEARS OF

INDEPENDENCE

Abstract. This article analyzes the development trends and some social indicators of agriculture in Angor district of Surkhondarya region, evaluates the importance of agriculture in the production of agricultural products, the structure of service networks and the employment of the population. The problems of employment arising among the residents of the district, the problems arising in the intensive organization of agriculture in the district and their main reasons, the factors affecting the development of the investment environment of the district are studied and suggestions and recommendations are made.

Key words: economic indicators, agriculture, natural resources, labor resources, population, investment environment, employment rate of the population, demographic potential of the population, production enterprises.

KIRISH

Mamlakatimizda mustaqilligimizdan keyingi yillaridakichik hududlarni o'rganishga chuqur e'tibor qaratila boshlandi. Lekin, o'tgan asrda tadqiqotlar katta hududlar darajasida olib borilgan va yuzakiligi yorqin ko'zga tashlanib turadi, bugungi kun tadqiqotlar ko'lami esa mikro-mintaqalar darajasida olib borilmoqda va chuqur ilmiy tadqiqot ishlari va kuzatuvlarni talab qiladi. Hozirgi globallashuv davridan ma'lumki, umumiy tadqiqot - katta maydonlardan kichik maydonlarga- yani katta hududlar kichik hududlarga emas aksincha kichik hududlarda o'tkazilgan tadqiqotlar katta hududlar geografiyasiga xizmat qiladi, chunki geografik hodisalarning kelib chiqishi va har qanday mintaqadagi hodisalarning sabablari va oqibatlarini aniq ochib berish mukammal darajada olib boriladi va bu esa hududning iqtisodiy ijtimoiy ustunliklarini to'gri anglab yetishda,tabiiy resurslaridan samarali va intensiv foydalanishda, hududdagi muammolarni to'g'ri tushunishda va ularni hal qilishda muhum ahamiyat kasb etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Xizmat ko'rsatish sohasini mamlakatimiz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish dolzarbligicha qolmoqda. Shu bilan birga, mazkur tarmoqni rivojlantirishdagi jiddiy kamchiliklarni ta'kidlash joiz, xususan, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko'paytirish hamda mahalliy byudjetlarni to'ldirishning istiqbolli manbai sifatida xizmat ko'rsatish imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda. 2023 yilning 1-yanvar holatiga Surxondaryo viloyatidagi maktablarda 529 351 nafar o'quvchi tahsil olmoqda.Angor tumanida esa bu ko'rsatkich24 824 o'quvchi tashkil etadi 50 dan ziyod maktabgacha tarbiya, muallimlar tayyorlash 46 ta umumiy o'rta ta'lim muassasasi va 7 ta kasb-hunar kollegi, 2 iqtidorli bolalar litseyi mavjud. 1ta kutubxona, 1 ta madaniyat uyi, 14 qishloq klubi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog'i, "Orzu" kinoteatri aholiga xizmat ko'rsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulatoriyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, Markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2022 yil).

TADQIQOT NATIJALARI

Tuman transport tarmoqlariga to'xtaladigan bo'lsak, Angor tumanining asosiy transport tarmog'i avtomobil transporti hisoblanadi. Tuman hududidan temir yo'l o'tmagan bu esa tuman rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Surxondaryo viloyatining transport xizmatlari 2021 yilni yanvar-dekabr oylarida 1608.4 mlrd so'mni, o'sish surati esa 116,3 foizni tashkil qilgan, bu ko'rsatkich 2022 yil davrning aynan shu vaqtida 1926,9 mlrd so'mni va 112.8 foiz o'sishni tashkil qiladi, Angor tumanida esa bu ko'rsatgich 99 mlrd so'mni, o'sish esa 110,1 foizni tashkil etadi.

Angor tumanida avtomobil transporti yaxshi rivojlangan chunki tuman Katta o'zbek traktining ustida Termiz va Toshkentni bog'laydigan M-39 asosiy yo'li ustida joylashgan. Bu tumanning hozirgi iqtisodiy rivojlanishida muhum ahamiyat kasb eyadi. Angor tumani hududidagi xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan yo'llarning umumiy uzunligi 22 kilometrni, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan yo'llar esa 35 kilometrni tashkil qiladi. Tumanning avtomobil transportida tashkil etadigan xizmatlar aylanmasi 97.8 mlrd so'mni, o'sish su rati esa 108.7 foizni tashkil qiladi.

Bir so'z bilan aytganda, tumanda ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish va rivojlantirishda quyidagi masalalarni hal etish maqsadga muvofiqdir. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida uning iqtisodiy va intellektual salohiyatidan samarali foydalanish talab etiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Tuman hududining nisbatan kichik ekanligini ham unda yer resurslarining cheklanganligini hisobga olgan holda tuman hududida tabiiy resurslardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, hamda tumanning paxta yetishtirish salohiyatini hisobga olish kerak.

- Tumanda horijiy investitsiyalar yordamida sabzavot, poliz, xom meva, uzum kabilarni qayta ishlash korxonalari muhum ahamiyat kasb etadi, yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlarga asoslanadigan bo'lsak tuman katta hajmda meva va sabzavot ekinlarini yetishtirmoqda, bularni esa tuman hududida qayta ishlash katta samara beradi va aholini ish bilan ta'minlashda ham ustunlikka ega bo'ladi.

-Pilla xomashyosini qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalar, xom ashyoni qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalar qurilishi va ishga tushirilishi

tumanning iqtisodiy rivojlanishini yanada oshiradi va iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni ko'paytiradi.

- Tuman hududida ichimlik suvi muammosini hal qilish uchun yer osti suvlaridan keng foydalanish kerak, chunki hozitgi ichimlik suvi bilan ta'minlanish tuman hudida qoniqarli darajada emas.

- Tumanda xizmat ko'rsatish sohalarini yaxshilash kerak ayniqsa bu shahar ichida avtomobil tirbandligini oldini oladi va yo'l haqqining tushushini ta'minlaydi hamda tuman hududida servis tarmoqlarini mahallalar kesimida joylashtirish aholining bu tarmoqlar bilan bo'ladigan muammolarni yechimi bo'la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. Toshkent.O'zbekiston, 2016.

2.Soliev.A O'zbekiston geografiyasi.Universitet. T:.-2014.

3.Ro'ziev. A Surxondayo geografiyasi. Jayxun.T:.-1996.

4.Surxondaryo viloyati statistika to'plami. Termiz-2018.

5.Abdunazarov.H.M Ortiqova.Sh.Z General Geographical Description Of Angor District Eurasian Journal of History, Geography and Economics VOLUME 3 December 2021

6.Rakhmatov A. F. Artikova Sh. Z. Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct 2021

7.Rakhmatov A. F. Ortikova Sh. Z. Surxondaryo viloyati bog'dorchiligining geografik ko'rinishi Journal of Geography and Natural Resources https ://topjournals.uz/index.php/j gnr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.