Raxmatov A.F.
Termiz Davlat Unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografya kafedrasi o'qituvchisi
Ortiqova Sh.Z.
Termiz Davlat Universiteti talabasi
ANGOR TUMANINING SANOAT TARMOQLARI TARKIBI VA TUMANNING INVESTITSION JOZIBADORLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining Angor tumani iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlari, sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish hajmi, qishloq xo'jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarilish va aholining demografik salohiyati tadqiq etiladi. Tuman aholisi orasidapaydo bo'layotgan ish bilan bandlik muammolari, tumanda sanoatning sust rivojlanayotganligining asosiy sabablari, tumanning investitsion muhitiga va ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishiga ta'sir etuvuchi omillar o'rganilib taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Iqtisodiy ko'rsatkichlari, qishloq xo'jaligi ,tabiiy boyliklar, mehnat resurslari, aholi soni, investitsion muhiti, aholining bandlik darajasi, aholining demografik salohiyati, ishlab chiqarish korxonalari.
Rakhmatov A.F. teacher
Department of Geography Faculty of Natural Sciences Termiz State University Artikova Sh.Z. student
Termiz State University
COMPOSITION OF INDUSTRY NETWORKS OF ANGOR DISTRICT
AND INVESTMENT ATTRACTIVENESS OF THE DISTRICT
Abstract: In this article, the economic and social indicators of Angor district of Surkhondarya region, the volume of production of industrial products, the production of agricultural products and the demographic potential of the population are studied. The problems of employment among the residents of the district, the main reasons for the slow development of the industry in the district, the factors affecting the investment environment and the development of production enterprises of the district were studied and suggestions and recommendations were made.
Key words: economic indicators, agriculture, natural resources, labor resources, population, investment environment, employment rate of the population, demographic potential of the population, production enterprises.
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqilligimizdan keyingi yillarida kichik hududlarni o'rganishga chuqur e'tibor qaratila boshlandi. Lekin, o'tgan asrda tadqiqotlar katta hududlar darajasida olib borilgan va yuzakiligi yorqin ko'zga tashlanib turadi, bugungi kun tadqiqotlar ko'lami esa mikro-mintaqalar darajasida olib borilmoqda va chuqur ilmiy tadqiqot ishlari va kuzatuvlarni talab qiladi. Hozirgi globallashuv davridan ma'lumki, umumiy tadqiqot - katta maydonlardan kichik maydonlarga- yani katta hududlar kichik hududlarga emas aksincha kichik hududlarda o'tkazilgan tadqiqotlar katta hududlar geografiyasiga xizmat qiladi, chunki geografik hodisalarning kelib chiqishi va har qanday mintaqadagi hodisalarning sabablari va oqibatlarini aniq ochib berish mukammal darajada olib boriladi va bu esa hududning iqtisodiy ijtimoiy ustunliklarini to'gri anglab yetishda,tabiiy resurslaridan samarali va intensiv foydalanishda, hududdagi muammolarni to'g'ri tushunishda va ularni hal qilishda muhum ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda siyosiy-ma'muriy jihatdan quyidagihu dudiy birliklardan tashkil topgan: O'zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovular. Hududlarni kichik maydon yoki hududda o'rganish vujudga keladigan muammolarni yuzaki emas balki keng doirada, chuqur tadqiq etishga imkon beradi.
Angor tumani Surxondaryo viloyatining janubiy hududlarida joylashgan tumanlaridan biri hisoblanib, mustqallik yillarida anchayin shiddat bilan rivojlandi. Angor tumani 1952 yil 16 aprelda Termiz va Sherabod tumanlari hududida tashkil e'tilgan bo'lib, viloyatning ma'muriy markazi Termiz shahridan 33 km shimoli-g'arbda joylashgan. Shimol tarafida Qiziriq, janubda Termiz tumani, sharqda Jarqo'rg'on va g'arbda va janibi-g'arbda Muzrabod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.39 ming km2, Surxondaryo viloyatining eng kichik tumanlaridan biri. Aholi soni 137,4 ming kishi (01.01.2022 yil ma'lumoti bo'yicha) ushbu ko'rsatkich bo'yicha Angor tumani viloyatda Boysun, Qiziriq, Termiz va Bandixon tumanlaridangina oldingi o'rinda turadi.Tuman asosiy hududi sug'oriladigan maydonlarda joylahgan, shuning uchun aholi zichligi yuqori har bir kilometr kvadratga 352,3 kishidan to'g'ri keladi bu esa Surxondaryoning o'rtacha aholi zichligidan 2.5 barobar yuqoridir va aholining zichligi bo'yicha viloyatda Termiz shahridan keyingi ikkinchi o'rinda turadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Tadqiqot natijasida tumanning iqtisodiy rivojlanishida quyidagi ommilar muhum ro'l o'ynaydi:
- Mamlakatimizda eng asosiy avtomobil transport yo'llaridan bi bo'lgan Katta o'zbek traktining ustida, Toshkent-Termiz yo'nalishida joylashganligi.
- Viloyat markazi hisoblangan Termiz shahriga boshqa tumanlardan ko'ra yaqinroq joylashganligi va viloyat markaziga kunlik aglomeratsiya haj mining kattaligi.
- Iqtisodiy jihatdan viloyatda yaxshi rivojlangan Jarqo'rg'on tumani bilan chegardosh ekanligi.
- Tuman hududidan Qorasuv daryo va Zang kanallari, va ulardan uzunroq bo'lgan Sheraboddaryoning shu hududdan oqib o'tishi va hududda sug'orish ishlarida keng foydalanishga imkon borligi.
- Viloyat hududidagi eng katta savdo markazlaridan biri bo'lgan»Surxon kelajagi savdo»savdo markazining aynan Angor tumanida joylashganligi.
Yuqoridagi omillar Angor tumaning rivojlanishida muhum ahamiyat kasb etadi va rivojlanishini ta'minlab beradi.
Tuman aholining zichligi bo'yicha viloyatda yetakchi o'rinlarda turadi(har bir kilometr kvadratga 345 kishidan). Bunga sabab hududda sug'orish uchun yetarlicha maydonning mavjudligi va suv bilan yaxshi ta'minlanganligidi. Tuman nomining ma'nosiga e'tibor qaratiladigan bo'lsa ham bu nom bevosita qadimdan hududda obikor dehqonchilik qilinganligi bilan bog'liq. Hududning umumiy yer fondi 18.5 ming gektar shundan 15.8 ming gektarida ekin ekish maqsadida foydalaniladi.
TADQIQOT NATIJALARI
2021 yilning yanvar-iyun oylarida tumanda 91,6 mlrd. so'mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo'lib, shundan 42,1 mlrd. so'm yoki umumiy hajmning 46,0% ni kichik biznes sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko'rishimiz mumkin.
Yanvar-iyun oylarida Angor tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning tarkibi (mlrd. so'mda)
91,6 42,1 47,9 42,0
2021 yil 2020 yil
Jami sanoat mahsuloti
Angor tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidan davlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini ko'rish mumkin. Angor tumanidagi sanoat korxonalari tomonidan 2021 yanvar-iyun oylarida 6,8 mlrd. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o'sish sur'ati o'tgan yilning shu davriga nisbatan 105,2% ni tashkil etdi, shuning bilan birga ishlab chiqarish hajmining to'liq nodavlat sektorida ishlab chiqarilib, umumiy hajmga nisbatan 100,0 % tashkil etdi.
Surxondaryo viloyati va shahar, tumanlarda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini tumanlararo hamda tumanlarni shahar ko'rsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini aholi jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori dinamikasini kuzatish va o'sish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. 2021 yilning yanvar-iyun oylarida Angor tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 91,6 mlrd. so'mni tashkil etib, mazkur ko'rsatkich Surxondaryo viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 3,5 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 677,5 ming so'mni yoki o'tgan yilga nisbatan o'sish sur'ati 112,6 % ni tashkil qilganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, tumanda iste'mol tovarlari ishlab chiqarilishi 33,5 mlrd. so'mni tashkil qilib, Surxondaryo viloyatining jami iste'mol tovarlari ishlab chiqarilishida 3,4 % ni tashkil etdi. Ammo bu ko'rsatgichlar tuman aholisini boshqa tumanlar bilan solishtirganda nisbatan past ko'rsatgich hisoblanadi.
Kichik sanoat zonalari tumanda 1 ta Kichik sanoat zonasi va 1 ta Yoshlar sanoat zonalari tashkil etilgan bo'lib, o'z faoliyatini boshlash istagida bo'lgan tadbirkorlarga barcha kommunikatsiya va qulayliklarga ega bo'lgan yer maydonlari ajratib berilgan. Bugungi kunda Kichik sanoat zonasida 14 ta bino inshoatlarga tadbirkor subyektlari joylashtirilib ishga tushirilgan. KSZ hududida joylashgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarining umumiy qiymati 12,0 mlrd so'm. Amalga oshirilgan loyihalar doirasida 65 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan. Angor tumani hududiga ishga tushushi rejalashtirilgan asosiy sanoat korxonalar va xizmat ko'rsatish shahobchalari kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi»O'zbekiston Respublikasining 2022-2026yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to'g'risida"gi PQ-72-sonli qaroriga asosan tumanda 2022-yilda 1 ta loyihalar doirasida 15,0 mln AQSh dollar miqdoridagi to'g'ridanto'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan. Jumladan, "Top Quality Brand" MChJ negizida terini qayta ishlash hamda charmdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha 15,0 mln AQSh dollarlik loyihani amalga oshirish belgilangan. 4-chorakda amalda qo'shimcha loyihalar hisobiga "Top Quality-Brand" MChJ tomonidan 10,0 mln AQSh dollar. TERMEZ AGRO EXPERT" MChJ XK tomonidan 0,5 mln AQSh dollar. "Angor Surxon Non-Tomorqa Xizmati" MChJ tomonidan 0,1 mln AQSh dollar. "Angor Savdo Ko'ngilochar Markazi" MChJ tomonidan 3,6 mln AQSh dollar. "SAHMAHMUT YILDIZ" MChJ XK tomonidan 1,0 mln AQSh dollar. "Qodir Shaxb" MChJ XK tomonidan 1,0 mln AQSh dollar. "Tanovar Surxon" MChJ XK tomonidan 0,5 mln AQSh dollarlik to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hamda xorijiy kredit mablag'lari o'zlashtirish rejalashtirilib, 2022 yil 24-dekabr holatiga jami 10,0 mln AQSh
dollarlik to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hamda xorijiy kredit invetitsiya mablag'lari jalb qilishga erishildi.
Yoshlar sanoati va tadbirkorligi zonasida jami 30 ta lotlarga ajratilib barcha yer maydoni tadbirkorlik subyektlariga ajratib berilgan. Bugungi kunda 30 ta lotlarga qiymati 19,0 mlrd so'mlik loyihalar joylashtirilgan bo'lib, 191 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Angor tumaning qulay geografik joylashishiga qaramasdan hududda bir qancha muammolar mavjud bular sanoatning tuman hududida sust rivojlanganligi qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligining pastligi, hududga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori kamligi va aholining ish bilan ta'minlashda vujudga kelayotgan muammolar hisoblanadi.
Bir so'z bilan aytganda, tumanda ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish va rivojlantirishda quyidagi masalalarni hal etish maqsadga muvofiqdir. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida uning iqtisodiy va intellektual salohiyatidan samarali foydalanish talab etiladi.
XULOSA
Tuman hududining nisbatan kichik ekanligini ham unda yer resurslarining cheklanganligini hisobga olgan holda tuman hududida tabiiy resurslardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, hamda tumanning paxta yetishtirish salohiyatini hisobga olish tuman hududida paxta-to'qimachilik klasterini rivojlantirish muhum ahamiyat kasb etadi, hamda tumanda horijiy investitsiyalar yordamida sabzavot, poliz, xom meva, uzum va pilla xomashyosini qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalar, xom ashyoni qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalar qurilishi va ishga tushirilishi tumanning iqtisodiy rivojlanishini yanada oshiradi va iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni ko'paytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.Toshkent.O'zbekiston, 2016. 2.Soliyev.A O'zbekiston geografiyasi. Universitet.T:.-2014. 3.Ro'ziyev.A»Surxondayo geografiyasi". Jayxun.T:.-1996. 4.Surxondaryo viloyati statistika to'plami.Termiz-2018.
5.Abdunazarov.H.M Ortiqova.Sh.Z General Geographical Description Of Angor District Eurasian Journal of History, Geography and Economics VOLUME 3 December 2021
6.Rakhmatov A. F. Artikova Sh. Z. Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct 2021
7.Rakhmatov A. F. Ortikova Sh. Z. Surxondaryo viloyati bog'dorchiligining geografik ko'rinishi Journal of Geography and Natural Resources https://topjournals.uz/index.php/jgnr