Научная статья на тему 'QARSHI SHAHRINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI'

QARSHI SHAHRINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
603
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
YIRIK SHAHAR / SANOAT UZELI / MEHNAT RESURSLARI / MIGRATSIYA / AHOLI BANDLIGI / INFRATUZILMA / IJTIMOIY SOHA / DIVERSIFIKASIYA / SANOAT ISHLAB CHIQARISH / XIZMAT DOIRASI

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Murodova D.S.

Maqolada Qarshi shahrining demografik ko’rsatkichlari, Qarshi shahrini iqtisodiy -ijtimoiy rivojlanish holati va istiqbollari,mehnat resurslaridan foydalanish, shaharning ijtimoiy infratuzilmasi haqida ma’lumotlar tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC AND SOCIAL DEVELOPMENT OF KARSHI CITY

The article analyzes information about the demographic indicators of the city of Karshi, the state and prospects for the economic and social development of the city of Karshi, the use of labor resources, the social infrastructure of the city.

Текст научной работы на тему «QARSHI SHAHRINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI»

Murodova D.S. o'qituvchisi Qarshi Davlat Universiteti

QARSHI SHAHRINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI

Annotatsiya: Maqolada Qarshi shahrining demografik ko'rsatkichlari, Qarshi shahrini iqtisodiy -ijtimoiy rivojlanish holati va istiqbollari,mehnat resurslaridan foydalanish, shaharning ijtimoiy infratuzilmasi haqida ma'lumotlar tahlil qilingan

Kalit so'zlar: yirik shahar, sanoat uzeli, mehnat resurslari, migratsiya, aholi bandligi, infratuzilma, ijtimoiy soha, diversifikasiya, sanoat ishlab chiqarish, xizmat doirasi.

Muradova D.S. teacher

Karshi State University ECONOMIC AND SOCIAL DEVELOPMENT OF KARSHI CITY

Annotation: The article analyzes information about the demographic indicators of the city of Karshi, the state and prospects for the economic and social development of the city of Karshi, the use of labor resources, the social infrastructure of the city.

Keywords: large city, industrial hub, labor resources, migration, employment, infrastructure, social sphere, diversification, industrial production, services.

Qarshi shahri Qashqadaryo viloyatining ma'muriy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi hisoblanadi. Qarshi Janubiy O'zbekistonning yirik shahri bo'lib, 1926 yilda tashkil topgan.

Shahar maydoni 75,51 km2 ni tashkil qiladi. Aholisi 289,6 ming kishi, aholining soni jihatidan respublika shaharlari orasida 8-o'rindadir. Shaharning iqtisodiy geografik o'rni juda qulay. Qarshi shahri viloyatning va o'zlashtirilgan Qarshi dashtining deyarli markazida asosiy temir va avtomobil yo'llari kesishgan yerda, qadimdan dehqonchilik intensiv rivojlangan voha bilan keng yaylovlar Qarshi-Zarafshon, Surxon-Sherobod vodiysi oralig'ida va qulay sanoat uzelida joylashgan. Ayni vaqtda respublika miqyosidagi ishlab chiqarish kuchlari tez rivojlanayotgan hududda o'rnashgan.

1943 yilda Qashqadaryo viloyati tashkil topib, Qarshi shahri viloyat markaziga aylandi. 1960 yili Qashqadaryo viloyatining Surxondaryo viloyatiga qo'shilishi natijasida Qarshi shahri viloyat ixtiyoridagi shahar funksiyasini bajardi.1964 yil fevraldan boshlab Qashqadaryo viloyatining qaytadan tuzilishi

asosida u yana viloyat markaziga aylandi.Viloyat hududidagi bunday o'zgarishlar faqatgina Qarshi shahrigina emas, balki vohadagi boshqa shahar va shaharchalarning rivojlanishi va funksional tuzilishiga juda katta salbiy ta'sir ko'rsatdi. Natijada, Qarshi shahri yaqin vaqtgacha o'zining iqtisodiy va madaniy darajasi bo'yicha respublikaning boshqa viloyat markazlariga nisbatan ancha orqada qolib ketdi.

Qarshi shahri viloyatimizning eng boy tarixga, rivojlangan madaniyatga ega bo'lgan O'zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, 14-asrdan Qashqadaryo deb atala boshlagan."Qarshi" nomining kelib chiqishi to'g'risida turli fikr va taxminlar mavjud. V.V. Bartold shaharning nomi mo'g'ul xoni Kepakxon qurdirgan "Qarshi" (qadimgi turkiychada "saroy" ma'nosini anglatgan) bilan bog'liq deb ta'kidlaydi. "Qutadg'u bilig" ("Saodatga yo'llovchi bilim") dostonida "Qarshi" atamasi "saroy" va "qarama-qarshi turish" ma'nosida qo'llangan. "Boburnoma"da ham bu nom mo'g'ul tilidan olinganligi ta'kidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning "qarshi" — saroy, qasr ma'nolari ko'proq qo'llanadi. Zamonaviy Qarshi shahri - mamlakatimizning janubiy-g'arbiy qismida, Qashqadaryoning sohilida dengiz sathidan 378 metr balandlikda joylashgan yer usti tekisligidan iborat bo'lib, ayrim joylarda ya'ni sharq tomondan sezilar sezilmas to'lqinsimon ko'rinishdadir.

Qashqadaryo sharoitida mehnat resurslaridan to'g'ri va oqilona foydalanish ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va tabiiy boyliklardan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shaharda mehnat resurslarining o'sishi, aholi sonining o'sishi uning tarkibi va migrasion harakatiga bog'liq. Shahar aholisining o'sishi 1960 yillardan keyin tez ko'payib bordi. Masalan, 1959 yil aholi ro'yxati bo'yicha shaharda 33 ming kishi yashagan bo'lsa, 2022 yilda 289,6 ming kishiga yetdi. Aholining bunday ko'payishi birinchi navbatda Qarshi cho'lini o'zlashtirish munosabati bilan hamda viloyat hududidan tabiiy manbalarning ko'plab topilishi shahar xo'jaligining rivojlantirish imkonini yaratadi, bu esa shaharga ko'plab kishilarning kelib joylashishiga sabab bo'ldi.

Aholining ko'payishi bilan mehnat resurslari (158,6 ming kishi) ham ko'payib bordi. Umumiy aholining 47,1 % ijtimoiy mehnatda band. Qolgan qismi yosh bolalar, o'smirlar, nafaqaxo'rlar hisoblanadi. Qarshi shahrida mehnatga layoqatli yoshlarni umumiy soni (165,5 ming kishi) o'sib bormoqda. Shuning uchun ham yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida shaharda tadbirkorlikni shakllantirish o'rta va kichik biznes va boshqa sohalarni rivojlantirishni talab etadi. Mana shu yo'l bilan o'sib kelayotgan mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlashda xalq iste'mol buyumlarini ko'proq ishlab chiqarish imkoniyatini tug'diradi.

O'zbekistonning janubiy mintaqa shaharlariga xos bo'lgan xususiyatlardan biri aholining tabiiy o'zgarishi bo'lib, shahar aholisi turmush sharoitini yaxshilanganligi tug'ilishni o'sib borganligidan dalolat beradi. Qarshi shahrida tug'ilish darajasi (har 1000 kishiga nisbatan) 29,7 promilleni, o'lim

darajasi 5,5 promille bo'lib, tabiiy o'sish 24,2 promilleni tashkil etdi.Shaharda kelganlar 2751 kishi, ketganlar 3231 kishini tashkil etdi.

Qarshi shahar aholisi yildan-yilga o'sib borayotganligi munosabati bilan mehnat resurslari ham ko'payib borganligini ko'rish mumkin

1-jadval

_Qarshi shahrining tabiiy harakati ko'rsatkichlari_

Ko'rsatgichlar 2002 2005 2007 2009 2010 2018 2022

Tug'ilish 17,9 17,0 20,2 20,7 20,4 20,7 29,7

O'lim 4,5 4,3 4,2 3,9 3,9 4,3 5,5

Tabiiy o'sish 13,4 12,8 16,0 16,8 16,5 16,4 24,2

Manba. Qashqadaryo viloyati statistika ma'lumotlaridan olingan.

Bunday holatda bozor munosabatlari sharoitida ko'payib borayotgan aholini ish bilan ta'minlash muammosini keltirib chiqaradi. Ana shunday muammolarga duch kelmaslik uchun aholi bandligini ta'minlash va yangi ish joylarini yaratish dasturi bo'yicha ish olib borish zarur. Buning uchun yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni tashkil etish, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish ayrim ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish, yangi ish o'rinlarni yaratish imkoniyatini vujudga keltirish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori bo'yicha Qarshi shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari viloyatimiz markazi-Qarshi shahrining bosh rejasi 2013 yil 13 sentabrda ishlab chiqilgan. Shaharda ko'p qavatli - 9- 4 qavatli, kamqavatli - 2—3 qavatlli hamda alohida 1—2 qavatli turar-joy binolari qurilishi ko'zda tutilgan. Har bir hududdagi aholi soniga qarab, maktab, bog'cha, mahalla guzarlari, kichik xiyobonlar yaratish mo'ljallangan.Qarshining tarixiy-me'moriy qismi atrofida muhofaza hududi tashkil etish rejalashtirilgan. Yodgorliklar yaqinida reklama taxtalari, tarixiy imoratlarga muvofiq kelmaydigan turli binolar qurishga chek qo'yiladi.Avtomobil yo'llari transporti muassasalari (avtovokzal, avtobekatlar, avtomobil yo'llari servis xizmati) qo'shimcha yangilanishlarga ega bo'ladi.Shahardagi mavjud magistral yo'llarni yanada kengaytirish, keyinchalik shahar chekkasidagi aylanma yo'llarga chiqish va Shahrisabz, G'uzor, Koson, Yangi Nishon kabi viloyatdagi boshqa aholi punktlariga yo'lovchilarni tashish nazarda tutilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi "Qarshi lezer" qo'shma korxonasida bo'lib, Qashqadaryo viloyatida charmpoyabzal sohasini yanada rivojlantirish dasturi, meva-sabzavot yetishtirish, yangi logistika markazi

tashkil qilish, Yakkabog', Kitob, Shahrisabz tumanlarida tokzorlar barpo etish bo'yicha qator istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. Qashqadaryo viloyatida charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish hududda yetishtiriladigan teri xomashyosini sifatli qayta ishlashni tashkil qilishda muhim o'rin tutadi. Shu maqsadda viloyatda 2017-2018 yillarga mo'ljallangan umumiy qiymati 12,9 million dollarlik 18 investitsiya loyihasini amalga oshirish bo'yicha manzilli dastur ishlab chiqildi.Mazkur dasturga muvofiq Qarshi shahri, Dehqonobod, Kitob va Nishon tumanlarida 5 poyabzal, Kitob tumanida charm-attorlik mahsulotlari, "Qarshi lezer" korxonasida tayyor charm ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. Bu viloyatda yiliga 1 million dona terini qayta ishlash, 460 ming juft poyabzal va 100 ming dona charm-attorlik mahsulotlari tayyorlash, 200 dan ortiq yangi ish o'rni tashkil etish imkonini beradi. "Qarshi lezer" qo'shma korxonasida amalga oshirilayotgan qiymati 9,1 million dollarlik loyiha namoyish etildi. Loyiha hayotga tatbiq etilishi natijasida yuqori sifatli, raqobatbardosh tayyor charm ishlab chiqarish, yiliga 45 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilmoqda. Bosqichma-bosqich ishga tushiriladigan korxonada 300 dan ortiq ish o'rni yaratilib, ularga asosan kollej bitiruvchilari qabul qilinadi.

Bugungi Qarshi ko'p funksiyali shahar hisoblanadi. Shahardagi sanoat tarmoqlari tarkibida yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati yetakchi o'rin tutadi. Paxta tozalash zavodi, yog'-sut zavodi, tikuv fabrikasi, qurilish materiallari, metallarga ishlov beruvchi kombinatlar viloyat iqtisodiyotining rivojiga munosib ulush qo'shib kelmoqda. Hozirgi vaqtda Qarshi shahrida 20 dan ortiq qo'shma korxona faoliyat ko'rsatadi. "Mevalar kamalagi" O'zbekiston-Britaniya, "Qarshiyog'" O'zbekiston-Singapur qo'shma korxonalari mahalliy xomashyoni qayta ishlash yo'li bilan mahsulot ishlab chiqaradi.Qarshi va uning tevaragida paxta, ipak, yog' zavodlari, metal ishlash korxonalari, tikuvchilik fabrikalari, binokorlik materiallari kombinati kabi korxonalar qurilib, Qarshi sanoat tuguniga aylandi. Cho'lni o'zlashtirishda Qarshi tayanch manzil hisoblanadi. Temiryo'l va avtomobil yo'llari Qarshida birlashadi. Bu hol Nishon, Talimarjon,Koson kabi shahar va shaharchalarning ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantiradi. Shaharda Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali va boshqa ta'lim muassasalari bor.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida Qarshi shahridagi Islom Karimov ko'chasida joylashgan Bolalar bog'i nomini "Vatanparvarlar" deb o'zgartirish, bu yerda ana shu sharafli nomga uyg'un ruhda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan topshiriq bergan edi.

Bog'ni barpo etishdan maqsad yoshlarda tariximiz va madaniyatimizdan g'ururlanish tuyg'usini kuchaytirish, Vatan ravnaqi yo'lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz nomini abadiylashtirish, armiyamiz qudrati va salohiyatiga ishonchni kuchaytirishdan iborat. Qariyb 7 gektar hududdagi

"Vatanparvarlar" bog'i ana shu maqsadlarga hamohang tarzda yangi qiyofa kasb etdi. Bu yerda 2018-2019 yillarda 29,3 milliard so'mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Sun'iy ko'l, kirish darvozasi, amfiteatr, blendaj, o'q otish joyi va lukodrom qurilishi yakunlandi.Muzey qurilishi,parashyutdan sakrash minorasi qurilishi, ko'kalamzorlashtirish ishlari qurib bitkazildi.Bog' hududiga Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan, turli yillarda xizmat qilgan 24 ta harbiy texnika maketi o'rnatilgan. Maxsus tayyorlangan blendajni ko'rgan kishi ko'z o'ngiga Ikkinchi jahon urushida mardonavor jang qilgan vatandos hlarimiz keladi.Bog'da o'rnatilgan O'zbekiston xaritasining ulkan maketida har bir viloyatning buyuk siymolari, qadimiy obidalari, serviqor tog'lari, daryolari,bepoyon kengliklari aks ettirilgan. Bog' yaqinida qurilgan 4 ta zamonaviy ko'p qavatli turar joy, xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy yopiq suzish havzasi hudud manzarasini yanada go'zallashtiradi.Davlatimiz rahbari "Vatanparvarlar" bog'i yonida qad rostlagan yangi suv sporti majmuasi bilan tanishdi. Ushbu zamonaviy inshootda 25x11 metrlik to'rt yo'lakdan iborat ikkita suzish havzasi mavjud. Tashqi ko'rinishi parvoz qilayotgan qushni eslatadigan inshoot havzasidagi suv maxsus filtrlar yordamida to'liq yangilab turiladi. Yuvinish, ovqatlanish, tibbiyot va fitnes xonalarida barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yerdagi zamonaviy sharoitlar ota-onalarning, yoshlarning suv sportiga qiziqishini oshiradi.

Qashqadaryo iqtisodiy rayonida ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatida Qarshi shahrining o'rni katta. 2018 yilda jami korxonalar soni 4695 ta bo'lib, shunda n sanoatda 567 ta, qishloq xo'jaligida 127 ta, qurilishda 739 ta, savdo va umumiy ovqatlanishda 1035 ta, boshqalar 2227 tani tashkil qiladi.

Mahsulotning asosiy qismini yoki O'zbekistonning janubiy mintaqasini qariyb 14,0 foizi to'g'ri kelib, bu yerda yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari bilan birga yoqilg'i, qurilish va mashinasozlik korxonalarining ayrim tarmoqlari rivojlangan. Viloyat xalq iste'mol mollari (XIM) ishlab chiqarish geografiyasi ham tor doirada bo'lib, bunda Qarshi shahrining ahamiyati juda katta (43,6%). "Kashteks" fabrikasi, Yog'-ekstraksiya va un zavodlari, meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonalarda 2018 yilda 127,1 ming kishi band bo'lgan, shundan davlat korxonalari va tashkilotlarda 30,8 ming kishi va nodavlat korxona tashkilotlarda 96,3 ming kishi band bo'lgan.

2018 yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi 12,3%, sanoat mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha Qarshi shahrida 113,4 % sezilarli darajada ishlab chiqarish hajmining oshishi ta'minlandi.Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning tabaqalanishi tahlili Qarshi shahrida 6352,4 ming so'm o'rtacha viloyat darajasi ko'rsatkichidan ancha yuqori. (4463,1 ming so'm).Kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi Qarshi shahrida 60,0 %. Bugungi kunda viloyatda 2 mingdan ziyod sanoat korxonalari faoliyat ko'rsatadi, ulardan 536 tasi Qarshi shahrida joylashgan. Viloyatda 502 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilgan bo'lib,ulardan 100 tadan ortig'i Qarshi shahriga to'g'ri keladi.

Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1776,8 mlrd so'm,viloyatdagi ulushi 11,5 %ni tashkil etdi, faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni Qarshi shahrida 4475 ta, yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar 657 ta.Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonaning asosiy qismi Qarshi shahrida 27 ta,faoliyat ko'rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning 3646 tasi (22,5 %) Qarshi shahriga to'g'ri keladi.

Qurilish ishlari 907,5 mlrd so'm 108,3 %, shu jumladan hududiy qurilish pudrat tashkilotlari 97,6 mlrd so'm,o'sish sur'ati 64,3 %.Qurilish ishlarining hajmi viloyatdagi ulushi 26,2 %ni tashkil qildi..Qurilish ishlarining eng yuqori o'sish sur'ati Qarshi shahrida kuzatildi. Xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 3724,3 mlrd so'm, o'tgan yilga nisbatan o'sish 110,8%, bozor xizmatlari umumiy hajmida Qarshi shahrida 53,4%ni egallaydi.Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlarning maksimal o'sishi 9,4 %, aholi jon boshiga ko'rsatkichlar 13824,5 ming so'm 109,4 %.Chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2189,7 mlrd so'm, o'sish sur'ati 102,8 %.Chakana savdo aylanmasida yirik korxonalar va kichik tadbirkorlikning ulushi 75,4 va 24,6 %.Viloyat bo'yicha tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 7,4 % ni tashkil etib, eng katta ulush Qarshi shahrida 24,6 % kuzatilgan.

Shaharlarning iqtisodiy geografik o'rni, aholisi, transport va kommunal tizimlar bilan ta'minlanganlik darajasi xorijiy investorlarni mazkur hududda sanoat korxonalarini joylashtirishga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda barpo etilgan sanoat korxonalarining aksariyati shahar joylarda qurilganligi fikrimizning isbotidir.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida mamlakatimiz sanoatining o'zak korxonalari o'rni kattadir. 2018 yilda va keyingi yillarda iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish va diversifikasiya, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiyalash va texnologik jihatdan yangilash jarayonini jadallashtirish hisobiga, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga doir dasturi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi natijasida sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmi o'sganligini ko'rish mumkin.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 113,4 foizga, xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish 2,2 foizga, qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti 17,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 11,6 foizga, pullik xizmat ko'rsatish 9,7 foizga o'sishga erishildi. Tashqi savdo aylanmasi 32,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport 18,8 mln import hajmi 13,8 mln AQSH dollariga yetdi.

2-jadval

Qarshi shaharda ^ sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish_

Ko'rsatkichlar O'lchov birligi 2015 yil 2016 yil 2017 yil 2018 yil

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish Mlrd. So'm 1560,9 1824,0 1544,8 1711,3

O'tgan yilga nisbatan % 110,0 107,8 100,6 113,4

Nodavlat sektorda Mlrd. 1560,9 1824,0 1544,8 1711,3

sanoat mahsulot So'm

ishlab chiqarish

Umumiy hajmga nisbatan iste'mol % 73,3 69,7 58,4 51,6

mollari ishlab

chiqarish

Nodavlat sektorda Mlrd 885,9 1190,5 856,5 882,7

iste'mol mollari so'm

ishlab chiqarish

Umumiy hajmga nisbatan % % 100 100 100 100

Manba. Qarshi shahri passport ma'lumotlaridan olingan

Nomoddiy ishlab chiqarish (xizmat doirasi) iqtisodiy geografiyaning muhim o'rganish obyektidir, chunki, nomoddiy ishlab chiqarish ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim sohasi bo'lib, u o'z navbatida moddiy ishlab chiqarishning yanada taraqqiy etishiga hamda aholi moddiy turmush darajasining rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli ham Qashqadaryo ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyoti, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, xalq moddiy va madaniy turmush darajasining o'sib borishi natijasida xizmat doirasi geografiyasi kengayib bordi va unda band bo'lgan ishchi va xizmatchilarning soni ham oshib bordi.

Uy-joy va kommunal xo'jalik xizmati ancha murakkab tarmoq uning rivojlanishi bevosita aholi turmush sharoitining yaxshilanishiga hamda ijtimoiy mehnat unumdorligining oshishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu tarmoq aholiga obodonlashtirilgan uy-joy berish va uni saqlash unga xizmat ko'rsatadigan elektr energiya, tabiiy gaz, isitish, suv, kanalizatsiya bilan ta'minlash va tashqi injenerlik tarmoqlari ishlatish: katta ko'chalar va yo'laklarni tozalab turish, yashil zonalarni tashkil etish kabi barcha sohalarni o'z ichiga oladi. Uy-joy va kommunal xo'jaligida nomoddiy ishlab chiqarishda band aholining ancha qismi shug'ullanadi.

Shahar uy-joylar 38,4 ming kv.m. bo'lib, bugungi kunda ulkan qurilishlar olib borilayotgan shahardir. Ayniqsa, 1960 yillardan keyin ko'plab uy-joylar, maktablar, teatrlar, ma'muriy va jamiyat binolari qurildi. Bunyodkorlik ishlarining sur'ati haqida quyidagi dalillar dalolat beradi. 1956 yilda shaharda bor yo'g'i 4 ta ikki qavatli bino pedagogika institutining kichik korpusi, o'rta maktab, sakkiz kvartirali turar joy va bolalar bog'chasi bor edi. Endilikda shaharda ko'p qavatli uylar, maktab binolari, ma'muriy binolar va meditsina muassasalari, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 turar joy mitti tumanlari, "Paxtazor", "5-shaharcha", "Geologlar" shaharchasi barpo etildi. Bu mitti tuman va shaharchalarning hammasi 4 va 5 qavatli uy-joy binolaridan iborat bo'lib barcha maishiy qulayliklarga ega. Birgina 2018 yilda 37,0 ming kv.m. yakka tartibdagi uy-joylar foydalanishga topshirildi. "O'zburneft" aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Nasaf ko'chasida 24 xonadonli "Muborakneftgaz" unitar sho'ba

korxonasi tomonidan Mustaqillik shox ko'chasida 40 xonadonli, Xonobod ko'chasidagi investitsiya kiritish sharti bilan berilgan 2 ta 40 xonadonli turar joy binolari foydalanishga topshirildi. Har bir mikrorayonda bolalar maydonchasi, bolalar o'ynaydigan joylar, maktab va maktabgacha bolalar muassasalari, oziq-ovqat sanoat mollari magazinlari, dorixonalar, aholiga maishiy xizmat ko'rsatadigan muassasalar mavjud. Qarshi shohbekatida 6 km ga cho'zilib ketgan bo'sh yerlar o'rniga ko'p qavatli uylar qurildi. Qarshi temir yo'l shohbekatidan boshlanadigan O'zbekiston ko'chasi butun shaharni janubdan shimolga tomon kesib o'tib to Qashqadaryo qirg'oqlariga qadar boradi. Qarshi shahar atrofidagi yerlar hisobiga o'sib va kengayib bordi.

Shaharda ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo'yicha katta ishlar qilindi.Keyingi yillarda respublika shaharlari o'rtasida o'tkazilayotgan shaharlarning obodonligi va ko'kalamzorlashtirish bo'yicha ko'rik tanlovlarda Qarshi shahri yaxshi o'rinlarni egallab keldi. Keyingi yillarda shaharda ichimlik suvi shuningdek texnikada xo'jalik ehtiyojlari uchun ishlatiladigan suv bilan ta'minlash ishlari yaxshilandi. Markazlashgan suv ta'minoti natijasida shaharni suv ta'minoti 95,2 foizni tashkil etadi, 97,6 km ichimlik suv quvurlari o'tkazildi.

Qarshi shahrining tabiiy gaz bilan ta'minlash ustida ham ko'pgina ishlar qilindi. Bundan bir necha yillar muqaddam Qarshi shahriga Qora-Xitoy konidan 25 km li gaz quvuri olib kelindi. Hozirgi vaqtda shahardagi barcha sanoat korxonalari, maktablar, kasalxonalar, madaniy-maishiy, ma'muriy va muassasalar tabiiy gaz bilan isitilmoqda. Shahardagi mitti tumanlar, shaxsiy uylar to'la gazlashtirilgan bo'lib gaz ta'minoti 97,9 foizni tashkil qiladi. Hozirgi kunda shaharda 54 ta umumta'lim maktablari, 4 ta akademik litsey, 15 ta kasb-hunar maktablari, 4 ta oliy o'quv yurtlari mavjud bo'lib, umumta'lim maktablarida 54,7 ming, kasb-hunar maktablarida 9,7 ming va akademik litseylarda 2,3 ming o'quvchilar,oliy o'quv yurtlarida 18,1 ming talaba o'qiydi.Qarshi shahridan uncha olis bo'lmagan joyda gidrouzel qurilgan bo'lib, hozirgi vaqtda bu joy shaharliklarning sevimli dam olish joyiga aylangan. Qarshi shahrini iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish:

- Shaharning ichimlik va oqova suvi bilan ta'minlash zarur, buning uchun shahar hududini uch qismidan kanallar (ariqlar) o'tkazish;

- Shahar aholisini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta'minlash dasturini ishlab chiqish;

- Aholini ish o'rinlar bilan ta'minlash maqsadida o'rta va kichik biznesni rivojlantirish yangi ishchi o'rinlarini tashkil qilish;

- Zamonaviy uy-joylarni qurish, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarni rivojlantirish;

- Shaharda qadimiy aholi manzilgohlari ko'p bo'lib ularni asrab-avaylash, kelajak avlodlarga tarixiy-arxeologik yodgorlik sifatida yetkazish;

- Issiq va quruq iqlim sharoitida shahar atrofida dam olish zonalar (dam olish uchun fuqarolar Kitob, Shahrisabz tumaniga borishadi) tashkil etish;

- Shaharni yanada rivojlantirish uchun infratuzilma va investisiya muhitini yaxshilash asosida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish yo'llarini izlab topish va boshqalar;

- Zamonaviy turar joylar qurilishi munosabati bilan birga kommunal xizmat sohasini rivojlantirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.Ahmedov E.O'zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. -T:Ibn Sino nashriyoti,2002.

2.Bo'riyeva M.R., Tojiyeva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. - Toshkent., 2011.

3.Murodova D.S. Economic geographical factors affecting the formation of city addresses. - Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. November, 2022. - P. 29-34

4.P.R.Qurbonov.Janubiy O'zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari. Monografiya.Toshkent "Mumtoz so'z", 2019.

5.Qarshi shahar pasporti. Qarshi,2018.

6.O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.12-jild. Toshkent,2006. 7.Yangiboyev.M. Qashqadaryo viloyati aholi joylashuvi va rivojlanishining regional muammolari. Qarshi,1998

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.