ANGOR TUMANI TARIXI VA ANGOR TOPONIMINING KELIB CHIQISHI
Ortiqova Shahnoza Zokir qizi
Termiz Davlat Universiteti talabasi Xudoyberdiyeva Dilso'z Rustam qizi
Termiz Davlat Universiteti talabasi Turdiyev Madiyor Najmiddinzoda
Termiz Davlat Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6810567
Annotatsiya. Toponimlar - geografik hodisa va jarayonlarni mano mazmunini o'zida aks ettiradigan atoqli otlardir. Toponimlarni ilmiy jihatdan o'rganish bugungi kunda muhum ahamiyat kasb etadi , ular ayni bir hudud yoki makonning o'tmishini izohlash bilan birga kelajagini pragnoz qilishda ham ahamiyatlidir. Bu maqolada Angor tumanining tarixi va rivojlanishiga muhum ta'sir ko'rsatuvchi omillar, Angor toponimining kelib chiqishi va xususiyatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: sug'orma dehqonchilik, Angor toponimi, dehqonchilik madaniyati, tranzit, kunlik migratsiya, qulay geografik o'rin, arxeologik yodgorliklar, savdo markazlari, savdo-iqtisodiy aloqalari.
ИСТОРИЯ АНГОРСКОГО РАЙОНА И ПРОИСХОЖДЕНИЕ ТОПОНИМА
АНГОРА
Аннотация. Топонимы - это именные существительные, отражающие географические явления и процессы с Мано-содержанием. Научное изучение топонимов приобретает актуальность и сегодня, они важны не только для объяснения прошлого той или иной территории или пространства, но и для прогнозирования ее будущего. В этой статье рассматриваются факторы , оказавшие значительное влияние на историю и развитие ангорского района, происхождение и особенности топонима ангора.
Ключевые слова: топоним ангора, орошаемое земледелие, культура земледелия, транзит, суточная миграция, благоприятное географическое положение, археологические памятники, торговые центры, торгово - экономические связи.
HISTORY OF ANGOR DISTRICT AND ORIGIN OF ANGOR TOPONYM
Abstract. Toponyms are noun nouns that reflect the mano content of a geographic phenomenon and processes. The scientific study of toponyms is of great importance today , they are also important in the interpretation of the past of the same territory or space, as well as in the pragnosis of its future. This article covers the factors that have an important influence on the history and development of Angor County, the origin and characteristics of Angor toponymy.
Keywords: irrigation farming, Angor toponym, peasant culture, transit, daily migration, favorable geographic location, archaeological monuments, shopping centers, trade and economic relations.
KIRISH
Geografiya fani nomiga e'tibor qaratadigan bo'lsak ,bunda "geo"-yer va "graphy" -yozaman degan manoni o'zida ifoda etadi yani bu fan yer yuzida ro'y beradigan tabiiy hamda iqtisodiy- ijtimoiy jarayonlarni o'rganib izohlaydi. Biz tadqiqotlarimiz davomida ayni bir joyni o'rganamiz , joy nomlari esa geografik bilimlarning ajralmas qismidir. Xaritaning tili - shartli belgi bo'lgani singari ,Geografik nomlar ham Geografiya fanining o'ziga xos tili hisoblanadi.
Bugungi kun ilmiy izlanishlari bizdan yirik hududlarni umumiy va sodda o'rganishimizni rad etadi , hudud katta ko'lamda o'rganilganda tadqiqot o'z vazifasini to'la -to'kis bajaraolmaydi ya'ni kichik hududlarlarni kattalashtirib, chuqar tadqiq qilish qilish kutilgan natijani berishi mumkin, shuning uchun biz hudud tanlashda aynan tuman miqyosidan boshladik.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Angor Surxon vohasida joylashgan qadimdan aholi yashab kelayotgan hududlardan biri . Tarixiy manbalarga ko'ra voha aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan. Vohada dehqonchilik madaniyati ikki- uch ming yillik tarixga ega va sug'orish ishlariga oid gidrotexnik inshoatlar mavjud bo'lgan.Vohaning kishilik jamiyatidagi rivojida Amudaryoning ahamiyati beqiyosdir . Angor nafaqat O'zbekistonning balki butun dunyoning eng qadimgi aholi manzilgohlaridan biridir.
Angor aholisini suv bilan ta'minlashda Sheraboddan oqib keluvchi ariqlardan foydalanilgan. Hududida aholi manzilgohlarining paydo bo'lishi milloddan avvalgi VI-IV asrlarga tog'ri keladi. Kushon podshohligi davrida (milloddan avvalgi I-III asrlarda) dehqonchillik manzilgohlari paydo bo'la boshlagan. Hozirgi Angor shaharchasida joylashgan Zartepa qal'asi markaz vazifasini bajargan .Tumanning hozirgi markazi bo'lgan Angor shaharchasining vujudga kelishi va aholining sonining ortishida 1900 yilda Jarqo'rg'ondan qazib kelingan kanal bilan bog'liq. Angor tumani hududida topilgan eng qadimgi topilmalar milloddan avvalgi IV-II asrlarga borib taqaladi . Angor shaharchasi va tumanning boshqa hududlarida ko'plab arxeologik yodgorliklar saqlanib qolgan .Tuman Buyuk Ipak yo'lining ustida joylashgan va unda joylashga qadimgi arxeologik yodgorliklar hisoblangan Zartepa, O'rdalitepa, Bolaliktepa, Teshiktepa va Nog'oratepa karvonlar to'xtaydigan va dam oladigan istehkom vazifasini bajargan. Angor tumani hududida hozirgi kunda yigirmadan ortiq tarixiy obida mavjudligi aniqlangan va bu taixiy-arxeologik yodgorlilar olimlar tomonidan o'rganilmoqda. Angor hududida Navshahar,Xayrobod,Oftobrobot, Zang , Takiya, Istara va Kayran nomli yirik qishloqlar mavjud bo'lgan . Bu qishloqlarning aksaryati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13-martdagi 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berildi.
Angor tumani Surxondaryo viloyatining eng janubiy tumanlaridan biri. Viloyat markazi hisoblangan-Termiz shahridan 32 kilometr shimoli- g'arbda , Katta O'zbek Trakti bosh yo'lining ustida ,Toshkent-Termiz oralig'ida joylashgan . Angorning tuman sifatida tashkil topishi 1952 yilga to'g'ri keladi va Termiz va Sherabod tumanlarining ma'lum bir qismini egallagan lekin 1962-yil dekabr oyida Termiz tumani hududiga qo'shib yuboriladi. Hozirgi Angor tumani 1979 yil dekabr oyida tashkil etilgan. Shimolda Qiziriq , Janubda Termiz tumanlari , Sharqda Jarqo'rg'on va G'arbda va Janibi-G'arbda Muzrabod tumanlari bilan chegaradosh . Maydoni 0.39 ming km2 , Surxondaryo viloyatining kichik tumanlaridan biri . Aholi soni 134,7ming kishi (01.01.2021 yil ma'lumoti bo'yicha ) ushbu ko'rsatkich bo'yicha Angor tumani viloyatda Boysun, Qiziriq, Termiz va Bandixon tumanlaridangina oldingi o'rinda turadi.Tuman sug'oriladigan hududda joylahgan , shuning uchun aholi zichligi yuqori har bir kilometr kvadratga 345 kishidan to'g'ri keladi bu esa Surxondaryoning o'rtacha aholi zichligidan 2.5 barobar yuqoridir. Angorning tuman sifatida tashlkil topishida bir qancha omillar muhum ahamyat kasb etgan .
- Yuqorida aytilgani singari Angor tumanlar o'rtasida tranzit yo'l vazifasini bajaradi. Hududidan Respublika va Xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan yuklar toshiladi.
-Viloyat markazi bo'lgan Termiz shahriga yaqin joylashganligi va markazga bo'lgan kunlik migratsiyaning qulayligi. Iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan Jarqo'rg'on tumani bilan chegaradoshligidir.
- Qiziriq , Sherabod, Termiz , Muzrabod va Jarqo'rg'on tumanlari bilan chegaradoshligi va ularning markazida joylashganligi sababli ular orasida bo'ladigan savdo- iqtisodiy aloqalarida bevosita ishtirok etadi , geografik o'rning bunday qulayligini tarixiy ahamiyatini yuqorida ko'rib o'tdik.
- Viloyat doirasida ahamiyatga ega bo'lgan yirik savdo markazlari hududida joylashgan. Bu qo'shni tuman aholisining savdo mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarnini qondirishda ham muhumdir.
TADQIQOT NATIJALARI
Angor sug'orib dehqonchilik qilinadigan vohada joylashgan bu hududda yashaydigan aholi qadimdan bu ish bilan shug'ullanib kelgan . Bevosita uning nomini kelib chiqishi ham aynan shu bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Angor- Surxondaryo viloyatida joylashgan tuman va uning markazi nomi . Bu toponim kelib chiqishi turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi, shu hududda yashaydigan aholi ekin yig'ishtirib (g'alla va donli ekin maydonlari) olingan ochiq yerni shu nom bilan atab kelgan . Termiz tumani va unga yaqin sug'orib dehqonchilik qilinadigan , yaylov sifatida foydalaniladigan yerlarda bu nomdan keng foydalanilgan. "angor" atamasi ekin o'rib olingan yer,qadimgi maydon o'lchovi , qat'iy meyorga teng emas turli hududlarda turlicha belgilangan. Angor hududidan oqib o'tadigan Qorasuv daryo bo'ylarida yashagan aholi bug'doy va arpa yetishtirish bilan shug'ullangan va ekin yig'ishtirib olingan yerni "angora" deb atashgan . Bu so'z Afg'onchada(pushtun) hosili yig'ishtirib olingan dala , "angara" to'siq degan ma'nolarni anglatadi.Eronchada esa bu so'z aholi manzilgohi shahar degan manoda ishlatiladi.
Yana shuni aytib o'tish mumkunki angor so'zi anxor so'zidan olingan bo'lishi ham mumkin . Surxondaryo va Sherabodaryodan ochiq yaydoq yerga chiqarilgan kanal nomi ham aynan shu nom bilan ifodalangan .Qashqadaryoga Samarqanddan qazilgan kanalning nomi ham Anxor bo'lgan bu so'z O'zbekchadan Angor Fors-tojikchada Angar nomi bilan talafuz qilingan.Eski Angor, Eski Angar , Angar , Angor , Eski Anxar , Angaralik degan so'zlarning kelib chiqishi anxor so'zi bilan bog'liq.
MUHOKAMA
Angor nomini ko'plab tarixiy kitoblarda uchratish mumkin , misol uchun :Sharofiddin Ali Yazdiyning " Zafarnoma "asarida ham Angor qishlog'i nomini ko'rishimiz mumkin. Rossiya Federatsiyasining Sibir o'lkasidan Angara nomli daryola oqib o'tadi , Old osiyo mamlakatlarida Angor echkilari mashhur hisoblanadi, Turkiyada esa Angor qal'asi mavjud. Lekin ayrim olimlar Angor so'zining manosini karvonlar to'xtab, qo'nib o'tadigan joy manosidan kelib chiqgan deb hisoblaydilar.
XULOSA
Til millatning urf odatlari ,manaviy -madaniy, diniy-ijtimoiy qarashlari yig'indisidir .O'zbek tili so'z boyliklarining ko'pligi va ularning turli manolarda qo'llanishi va joy nomlarining paydo bo'lishiga xissa qo'shishi bilan ahamiyatlidir.Surxondaryoda 15 minga yaqin joy nomlari mavjud bo'lib shulardan 1000 ga yaqini joy nomlari bilan bog'liq . Olib borilgan tadqiqot asosida Angor toponimining kelib chiqish manbalari o'rganildi , mazmun mohiyati o'zaroq taqoslandi . Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki: har bir toponim ma'lum bir ilmiy manaviy ahamiyatga ega .Tuman yoki boshqa mikrotoponim o'z zamirida xalq , elat va qabila doirasida mazmun
mohiyatga e'ga bo'ladi.Bu joynomlari zamirida O'zbek xalqining tarixi shashirindir.
milliy urf odati
REFERENCES
1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.Toshkent.O' zbeki ston, 2016.
2. Soliev.A O'zbekiston geografiyasi.Universitet.T:.-2014.
3. Ro'ziev.A Surxondayo geografiyasi .Jayxun.T:.-1996.
4. Surxondaryo viloyati statistika to'plami.Termiz-2018.
5. Abdunazarov.H.M Ortiqova.Sh.Z General Geographical Description Of Angor District Eurasian Journal of History , Geography and Economics VOLUME 3 December 2021
6. Rakhmatov A. F. Artikova Sh. Z. Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct 2021
7. Rakhmatov A. F. Ortikova Sh. Z. Surxondaryo viloyati bog'dorchiligining geografik ko'rinishi Journal of Geography and Natural Resources https://topjournals.uz/index.php/j gnr
8. Jo'rayev.E " Qumqo'rg'on tumani , undagi joy nomlari toponimlari,ularning kelib chiqish xususiyatlari" mavzusidagi Bitiruv Malakaviy ishi
9. Ortikova Sh. Z "Angor tumanining iqtisodiy va demografik salohiyati "Science and Innovation xalqaro ilmiy jurnali part 3
10. Tursunov. S "Surxondaryo viloyati toponimlari" Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonasi nashriyoti 2008 yil
11. Tursunov S. N, Tursunov A. S, Tog'ayeva M. R. Sherobod tarixidan lavhalar. Toshkent "Yangi Nashr" 2014.
12. Nafasov T. O'zbekiston toponimlarining izohli lug'ati, Toshkent "O'qituvchi" 1988
13. Nafasov T. O'zbek nomnomasi Qarshi "Nasaf' 1994
14. Hasanov H. Geografik nomlar imlosi Toshkent "Fan" 1967