Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI OYKONIMLARINING AYRIM GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI'

SURXONDARYO VILOYATI OYKONIMLARINING AYRIM GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

595
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oykonim / geografik xususiyat / oykonimik indikator / oykonimlar / gidronomiya / tarix / iqtisodiy sharoit / oykonim / geographical feature / oykonimic indicator / oykonim / hydronomy / history / economic conditions

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sarvinoz O’tanovna Pardaeva

Maqolada Surxondaryo viloyati oykonimlari va uning geografik xususiyatlari haqida fikrlar bildirilgan. SHuningdek, viloyatning geografik nomlar ma’lum bir hududning tabiiy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlari bilan bog’liqligi, joylarni, aholi manzillarini nomlashda hududlarda muayyan geografik andoza va qoliplarga amal qilinishi kuzatiladi. Ana shunday qoliplar geografik jihatidan ma’lum me’yorlarga tushganligini ko’rsatadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article comments on the oikonomies of Surkhandarya region and its geographical features. It is also observed that the geographical names of the region are associated with the natural, historical, social, economic conditions of a particular area, in the naming of places, settlements follow certain geographical patterns and patterns in the regions. Such patterns show that they have fallen into certain geographical norms

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI OYKONIMLARINING AYRIM GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI»

SURXONDARYO VILOYATI OYKONIMLARINING AYRIM GEOGRAFIK

XUSUSIYATLARI

Sarvinoz O'tanovna Pardaeva

Termiz davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Surxondaryo viloyati oykonimlari va uning geografik xususiyatlari haqida fikrlar bildirilgan. SHuningdek, viloyatning geografik nomlar ma'lum bir hududning tabiiy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlari bilan bog'liqligi, joylarni, aholi manzillarini nomlashda hududlarda muayyan geografik andoza va qoliplarga amal qilinishi kuzatiladi. Ana shunday qoliplar geografik jihatidan ma'lum me'yorlarga tushganligini ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: oykonim, geografik xususiyat, oykonimik indikator, oykonimlar, gidronomiya, tarix, iqtisodiy sharoit.

ABSTRACT

The article comments on the oikonomies of Surkhandarya region and its geographical features. It is also observed that the geographical names of the region are associated with the natural, historical, social, economic conditions of a particular area, in the naming of places, settlements follow certain geographical patterns and patterns in the regions. Such patterns show that they have fallen into certain geographical norms.

Keywords: oykonim, geographical feature, oykonimic indicator, oykonim, hydronomy, history, economic conditions.

KIRISH

Istiqlol xalqimizga o'zini anglash baxtini va milliy, madaniy adabiy va diniy qadriyatlarini tiklash, asriy an'analarga qayta jon bag'ishlash imkoniyatini yaratdi. Joy nomlari uzoq tarixiy davrning yodg'orligi bo'lib xalqimiz tarixini, uning etnik tarkibini, shuningdek, aholi manzilgohlarining hududiy xususiyatlarini o'rganishda muhim manba hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimiz hududiga xos bo'lgan ayrim nomlarning turkiy tillar yoki tojik tiliga mansubligini, shuningdek, boshqa

May, 2022

348

hududlar toponimiyasini aniqlash maqsadida bir qator hollarda qiyosiy tadqiqot usuli qo'llaniladi. Oykonimlarning geografik xususiyatlarini tahlil qilishda mashhur o'zbek olimlari -Suyun Koraev, R.Musin, X,.Raxmatullaev, A.G'.G'ulomov, Sh.Sh.Shabduraxmonov, F.A.Abdullaev, Sh.R. Rahmatullaeva, A.P. Xojieva, M.Mirzaeva, X.Xasanova, S.Karaeva, T.Nafasova va boshqalar[1].

Geografik joy nomlari (toponimlar)ni o'rganish bugungi kunning eng zaruriy masalalaridan biri hisoblanadi. Sababi, har bir joy nomi shu hududning tabiatini, tarixini, madaniyatini, shu hududda yashovchi xalqlarning urf-odati va an'analarini o'zida aks ettiradi. Yurtimizda so'nggi yillarda geografik joy nomlarini o'rganishga katta e'tibor berilmoqda. Hukumatimizning geografik joy nomlarini o'rganishga qaratgan yuksak e'tiborini 2011 yil 12 oktyabrda qabul qilingan «Geografik ob'ektlarning nomlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni[2] va unga muvofiq holda 2012 yil 16 oktyabrda tasdiqlangan geografik ob'ektlarning nomlari sohasidagi ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari haqidagi O'zbekiston Respublikai Vazirlar Mahkamasining 295-sonli qarori [3] misolida ko'rib turibmiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Surxondaryo toponimik xavzasini o'z ichiga qamrab oladi, u respublikamizning eng janubiy qismida joylashgan bo'lib, SHarkda Bobotog', SHimolda Bosh Hisor tizmasi, SHimoliy-g'arbda Boysun va Ko'xitang tizmalari, janubda Surxon-SHerabod cho'llari bilan o'rab olingan. Nihoyatda murakkab cho'l, adir, tog', balandtog'ga mansub reltef formalari mavjud va quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

shimol, shark, g'arb tarafda tog'lar bilan bog'liq oronimlar, buloq, soy, daryo, ko'llar bilan bog'lik gidronimlar turkumining keng tarkalishi; markaziy qismida pastak tog'lar, janubda esa cho'l, tekisliklar bilan bog'liq holda shakllangan oronimlarning keng rivojlanishi;

ushbu rayonda stratigrafik qatlamning turkiy hamda forsiy uzakdagi ko'rinishlari gegemonlik qilishi;

«qurg'on», «obod» ko'shimchali oronimlar arealining mavjudligi «Qumqo'rg'on», «Jarqo'rgon», «Muzrabod», «SHerobod» va hokazolar[4].

Joy nomlarini geografik tahlil etish ma'lum hududda yashagan aholining shug'ullangan kasb-koriga yoki boshqa bir o'ziga xos jihatlariga ko'ra alohida areallarni ajratishda katta ahamiyatga egadir.

Geografik nomlarni uch yo'nalishda tasniflash mumkin:

1. Hududiy yo'nalishda geografik toponimlar.

May, 2022

2. Semantik yo'nalishda - so'z turkumlari va gap tuzilishi jihatidan.

3.Tarixiy yo'nalishda - qadimgi ma'nosi oydin, qadimgi manosi nooydin nomlar.

Bulardan tashqari geografik nomlarni joyning rel'efi nomlari- oronimlar, suv bilan bog'liq - gidronimlar, el-elatlar bilan bog'liq etnonimlar, kishilar nomi -patronimlar, -entroponimlar, shahar nomi - urbonimlar, o'simlik va hayvon nomlariga qo'yilgan fitonim va zoonimlar, umuman yer ustidagi aholi manzillari, yo'llar, komunikatsiyalar nomlari - oykonimlarga bo'lib o'rganish mavjud.

Geografik nomlar xalq tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lib ularda joy nomlarini yaratgan kishilarning turmush hayoti, yashash tarzining o'ziga xos xususiyatlari o'z ifodasini topadi[5]. Joy nomlari turli tarixiy hodisalar, xalqlar, migratsiyasi, xalqaro aloqalar shuningdek, til taraqqiyoti bilan bog'liq holda shakl va mazmun jihatidan o'zgarishi mumkin.

Joy nomlari o'zining qadimiyligi va turg'unligi bilan ajralib turadi. Surxondaryo viloyatining geografik joy nomlari hali yaxshi o'rganilgan emas.

Ma'lumki geografik nomlar ma'lum bir hudud bilan, ushbu hududning tabiiy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlari bilan bog'liqdir. SHu uchun ularni o'rganishda hududning tabiati, tarixini ham hisobga olish zarur. Zero geografik nomlar uzoq davrlar mahsuli bo'lib, vaqt o'tishi bilan shaklan va mazmunan o'zgarib boradi va bu nomlar elat, qabila, xalqlarning ko'chishi asnosida boshqa joyga o'tib qoladi[6].

Joy nomlari bir necha turlarga bo'linadi. Bular gidronomiya, ya'ni daryolar, ko'llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo'ltiqlar, sharsharalar, bo'g'izlar nomlari;

oronimiya ya'ni rel'ef shakllari nomlari (tog'lar, cho'qqilar, qirlar, tekisliklar, vodiylar, platolar);

oykonimiya (polinimiya, urbanonomiya) ya'ni qishloq va shaharlarning nomlari; mikrotoponimiya ya'ni kichik ob'ektlar nomlari[7].

Geologik kidiruv ishlarini toponimika fani bilan xamkorlikda olib borish, uni muvaffakiyatli yakunlash uchun zamin yaratib beradi. CHunki birkancha geografik nomlarning ma'nosida usha joy uchun xususiyatli bulgan kazilma boyliklar nomi aks etishi ma'lum. Chunki bu yerdagi ayrim elementlar kadimdanok maxalliy axoli uchun ma'lum bulgan va shu tufayli ular geografik nomlarning ma'nosida uz aksini topgandir.

Ba'zan gidronimlar shaklidagi atamalar xam aynan qazilma boyliklar bilan bog'lik tarzda shakllangan toponimlarga misol bo'la oladi. CHunki yer osti suvi ham muhim kazilma boyliklar tarzida

o'rganiladi. Shu boisdan xam Surxondaryodagi Xo'jaipok,

May, 2022

Achchibuloq, Obigarm kabi atamalar tarkibida foydali elementlar mavjud bulgan mineral suv manbalari-buloq, ko'llar mavjudligidan dalolat beradi.

Hududning relbefi, tog' jinslarining turlari, iklimi, ichki suvlari, tuproq qoplami, organik dunyosi bilan bog'liq ravishda shakllangan xalq terminlari va joy nomlaridir.

CHohak - gips katlamlarining tartibsiz ravishda kalashib yotishini anglatadigan tushuncha.

Surxondaryo viloyatlarining tog'li xududlarida yashovchi aholi chohak tosh, "mingchukur" deya ataydi. SHu boisdan Machaydaryo xavzasida CHoxaklining g'ori, CHaxokli maydon kabi toponimlar mavjud.

Urg'ochitosh - slanets katlamlari tezda katkat bo'lib bo'laklarga ajralib ketish xususiyatidan kelib chiqqan xolda Surxondaryo viloyatlarining tog'li xududlarida shu atama tarzida ifoda zgiladigan toponimlar uchraydi. Masalan, Sangardakdaryo havzasidagi (Bog'cha kishlog'i atrofi) kichik soy Urg'ochitoshli nomi bilan yuritiladi.

Bayir — Cho'l Bayir - Surxontog'da joylashgan karst massividir. Aslida bayir cho'llarda shamol tufayli paydo bo'lgan uydim - chuqur joylarga nisbatan aytiladi [8]. Surxantog' kuchli karstlangani uchun CHulbayir nomini olgan).

Surxondaryo viloyatining, Bobotog' etagidagi daryo va kishloq Selga nomi bilan agalgan. Kuklam yoki kuz faellari keladigan soylik va shuningdek, daryo ogzida sel olib kelgan loyka kumlardan iborat unumdor yerlar «selga» yoki «selga yerlari» deb ataladi. Selga, tugrirok shakli selgox-«sel» va tojikcha xarakat joyi affiksi «goh» kushimchasidan tarkib topgan [9]. Bunday unumdor yerlar aslida sobik selxonaning kosa kismidir. Uning tagiga tuplangan loyqa yillar davomida kalinlashib, unumdor tuprokni tashkil etadi. Selxonalar gidrotexnik inshootlar, sel kuchiga uzoq bardosh bera olmaganligi uchun, muvaqqat suv tuplanadigan hududlar kuruqlikka aylanib, selxonalarning nomigina saklanib qolish xolati ko'p uchraydi.

Surxondaryo hxududida ko'mir, neft, gaz, kimmatbaxo, yarim kimmatbaxo toshlar, kimyoviy xom ashyolar, qurilish materiallari, gidro-mineral yer osti boyliklari kabi konlar mavjudligini anglatib turuvchi toponimik atamalar mavjud. Ular kadimgi davrlarda, ya'ni geologik kidiruv ishlari olib borilmasdan oldingi davrlarda xam joylashgan urnining tabiiy geografik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllangan bo'lib, yoki mahalliy aholining olib borgan mashg'ulotiga ko'ra, aynan o'sha toponim joylashgan nuqtada qazilma boyliklar turi mavjudligi xususida axborot berib turadi. Qazilma boyliklarning

o'ziga xos indikatori — ko'rsatkichi sifatida ishtirok etadi.

May, 2022

SHunday xususiyatga ega bo'lgan ayrim toponimik atamalarga misollar keltiramiz.

Jermoy kishlog'i - Surxondaryo viloyatining janubiy qismida joylashgan bo'lib, bu yerda neft mavjudligidan dalolat berib turadi. Yer mahalliy aholi leksikasida jer tarzida ifodalanib, yerda moy, ya'ni neft mavjud ekanligini kursatmokda,

Viloyat toponimlari quyidagicha tasnifladik:

1. Etnooykonimlar. Bunday oykonimlar turli xil xalqlarning, urug'-aymoqlar nomlaridan kelib chiqadi. Aytish joizki, viloyat toponimlarning asosiy qismini aynan etnotoponimlar tashkil etadi. Ular quyidagilardir: Nayman, Uyg'ur, Do'rmon, Ming, Qo'ng'irot, Kurlaut, Qiyot, Burqut, Yobg'u, Qipchoq, SHunqor, Mo'g'o'l .

2. Gidrooykonimlar - aholi yashaydigan joy nomlari tarkibida suv bilan bog'liq terminlar qatnashadi. Viloyat hududida quyidagi gidrooykonimlar uchraydi: Jo'yiadoq, Rabot, Korez, Dahana, Ko'lixatib, Katta Oqrabot.

3. Din va diniy shaxslarga bilan bog'liq oykonimlar: Eshonlar, Maxsumlar, Xo'jalar, Yangimachit, Baxshiyon, SHexon, Xo'japorso, Rabotishex.

4. Obe'ktning geografik o'rni va o'sha joyning xususiyatini bildiruvchi oykonimlar: Teshiktepa, Teraklik, Panob, SHo'robod, CHorbog', Rabot, Sariosiyo, Bodomcha, CHuqurko'cha, CHorbog'.

5. Aholi punktlarini dastlabki tipini bildiruvchi oykonimlar: Yangirabot, Yangihayot, Yangiobod.

6. Tarkibida rang - tus bildiruvchi qo'shimchali oykonimlar: Ko'kdala

7. Kasb-hunariga qarab nom berilgan oykonimlar: Temichi, Novvoy, CHitgaron, Buyrabof, Dukchilar, Sartaroshlar, Toqido'z, Halvogaron, Arobachi, Qamchinbof, Charmgaron,Qassobon.

8. Orooykonimlar: Talgandum, Bug'doytepa

Surxondaryo viloyatida tumanida bunday nomlar juda ko'p va ular xilma-xil.

Oykonimlarni tahlil qilishda funksional-stilistik, ruhiy-psixologik yondoshuvlardan foydalanish oykonimlarning yangi informatsion tomonini ochish imkonini berdi. Bu masala oykonimlarning hosil bo lish mexanizmining umumiy nazariyasini ishlab chiqish, oikonimlarni denotatlar boyicha tasniflash tamoyillarini ishlab chiqish, tipik topografik asoslar va oykonim yasash modellarini ornatishda muhim ahamiyatga ega.

XULOSA

May, 2022

REFERENCES

1. Begmatov E., Uluqov N. O'zbek onomastikasi terminlarining izohli lug'ati. -Namangan, 2006. - B.69.

2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. «Geografik ob'ektlarning nomlari to'g'risida».2011 yil 12 oktyabr

3. O'zbekiston Respublikai Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrda "Geografik ob'ektlarning nomlari sohasidagi ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari haqida" 295-son qarori.

4. Uluqov N. O'zbek tili gidronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi: Filol. fan. d-ri. ... diss. avtoref. - Toshkent, 2010 - B. 204.

5. Xromov A.L.Ocherki po toponimii i mikrotoponimii Tadjikistana. - Dushanbe: Irfon, 1975. - B. 3-4, 9.

6. Oxunov N., Ahmadaliev Yu. Farg'ona viloyati oykonimlarining nomlanish xususiyatlari. - Farg'ona, 2010. - B. 29.

7. Rajabov O'. Toponimik indikatorlarning funktsional-semantik xususiyatlari: filol. fan. nomzodi... dis. avtoref. - Toshkent, 2009. - B. 24.

8. Qodirov A.A. Toponomika va geografik atamashunoslik. (ma'ruzalar matni). Buxoro, 2004. -76 b.

9. Qoraev Suyun. O'zbekiston viloyatlari toponimlari. "O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" Toshkent. "Davlat", 2005 y.- 237 b.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.