Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI IRRIGATSIYA TIZIMLARI VA ULARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI'

SURXONDARYO VILOYATI IRRIGATSIYA TIZIMLARI VA ULARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
834
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
irrigatsiya inshootlari / kanal / havza boshqarmasi / nasos stansiyasi / magistral kanal / sun’iy sug’оrish / irrigatsiya sistemasi. / irrigation facilities / canal / basin management / pumping station / main canal / artificial irrigation / irrigation system / artificial irrigation.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mustayev Kurbonmurod Raxmon O’g’li, Ortiqova Shahnoza Zokir Qizi

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati suv zahiralari, ularning tarqalishi, vohada irrigatsiya inshootlarining rivojlanishi bayon etilgan. Shu bilan birga suv ombor va kanallarning asosiy ko’rsatkichlari va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SURKHONDARYO REGION IRRIGATION SYSTEMS AND THEIR SIGNIFICANCE IN THE NATIONAL ECONOMY

This article describes the water reserves of the Surkhandarya region, their distribution, and the development of irrigation facilities in the oasis. At the same time, the main indicators of reservoirs and canals and their importance in the national economy are discussed.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI IRRIGATSIYA TIZIMLARI VA ULARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI»

SURXONDARYO VILOYATI IRRIGATSIYA TIZIMLARI VA ULARNING XALQ

XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI Mustayev Kurbonmurod Raxmon o'g'li

Termiz davlat universiteti magistranti Ortiqova Shahnoza Zokir qizi

Termiz davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6810498 Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati suv zahiralari, ularning tarqalishi, vohada irrigatsiya inshootlarining rivojlanishi bayon etilgan. Shu bilan birga suv ombor va kanallarning asosiy ko'rsatkichlari va ularning xalq xo'jaligidagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: irrigatsiya inshootlari, kanal, havza boshqarmasi, nasos stansiyasi, magistral kanal, sun'iy sug'orish, irrigatsiya sistemasi.

ОРОСИТЕЛЬНЫЕ СИСТЕМЫ СУРХОНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ И ИХ ЗНАЧЕНИЕ В НАЦИОНАЛЬНОМ ХОЗЯЙСТВЕ Аннотация. В данной статье описаны водные запасы Сурхандарьинской области, их размещение, развитие ирригационных сооружений в оазисе. При этом обсуждаются основные показатели водохранилищ и каналов и их значение в народном хозяйстве.

Ключевые слова: ирригационные сооружения, канал, бассейновое хозяйство, насосная станция, магистральный канал, искусственное орошение, оросительная система, искусственное орошение.

SURKHONDARYO REGION IRRIGATION SYSTEMS AND THEIR SIGNIFICANCE

IN THE NATIONAL ECONOMY Abstract. This article describes the water reserves of the Surkhandarya region, their distribution, and the development of irrigation facilities in the oasis. At the same time, the main indicators of reservoirs and canals and their importance in the national economy are discussed.

Keywords: irrigation facilities, canal, basin management, pumping station, main canal, artificial irrigation, irrigation system, artificial irrigation.

KIRISH

Surxondaryo viloyatini tirik bir organizm deb qarasak, uning tanasida oqayotgan qon Surxon vohasining suv resurslaridir. Bu suv manbalari orasida Surxondaryo, Sheroboddaryo hamda viloyat janubiy chegarasidan oqib o'tuvchi Amudaryoning o'rni beqiyosdir. Surxondaryo aholisi qadimdan daryo va soylar bo'yida yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanib kelishgan. Jazirama yoz haroratidan odamlarni asosan suv himoya qiladi, chanqoqlikni suv qondiradi.[1]

Shuni ta'kidlab o'tish joizki, daryodan suv ichish boshqa undan madaniy ekinzorlarni sug'orishda foydalanish boshqa. Vodiy bo'ylab qariyb 200 km masofaga cho'zilib oqqan Surxondaryo daryosi ham xuddi boshqa daryolar singari minglab yillar mobaynida inson ehtiyojlari bilan zarracha ishi bo'lmasdan o'z yo'lida to'g'ri oqib suvini Amudaryoga quygan.[11] Daryoning o'zani va qayirida barpo etilgan bir hovuch ekinzorlarni hisobga olmaganda, chap va o'ng qirg'oq bo'ylab yastanib yotgan bepoyon cho'l va chala cho'llarni o'zlashtirish va sug'orish uchun albatta daryoga band solish, to'g'on va dambalar qurish, ulkan magistral kanallar qazish taqozo qilingan. Suraondaryo daryosiga uzoq moziyda shu maqsadda bir ^cha marta bandlar

sоlinib, to'g'оnlar, suvayirg'ichlar, irrigatsiya inshoоtlari qurilgan. Lеkin yillar to'zоni, asrlar to'poloni ularni buzib kеtgan.[12]

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tеrmiz Arхеоlоgiya muzеyida eramizdan avvalgi 4-1 ming yilliklarga tеgishli Qadimgi Baqtriya sug'orma ashyolari, хususan, sоpоldan yasalgan quvurlar saqlanadi. Muzeyning "Surxondaryo bronza davrida" degan bo'limidagi miloddan avvalgi 3-1 ming yilliklarga tegishli ko'rgazmalarda Surxondaryo hududida "Sopol madaniyati" davrida sun'iy sug'orish tarmog'i paydo bo'lganligi qayd etilgan. Ajdodlarimiz Surxondaryo daryosining suvini sopol quvurlarda cho'llarga oqizib kelishgan. Bunga qadimgi Bandixon vohasi misol bo'ladi.

Bundan tashqari Surxondaryoda ming-minglab gektar yerlarni sug'oradigan irrigatsiya inshootlari - magistral kanallar, to'g'onlar, suv omborlari eramizdan avvalgi ming yilliklarda ham ishlab turgan bo'lib, hozirgidan bir necha barobar kattaroq shahar va qishloqlarni suv bilan ta'minlab turgan.[2]

"O'zbekiston irrigatsiyasi" kitobida berilgan ma'lumotda Baqtriya davlatining asosiy daromadi sug'oriladigan yerlardan dehqonchilikdan kelar ekan.[6] Baqtriya hududida misli ko'rilmagan irrigatsiya inshootlari barpo etilgan. Arxeologlarning fikricha, hozirgi Sharobod magistral kanali aynan bundan 2000 yil oldingi eski kanalning o'rnida qurilgan. Surxondaryo havzasi hududida qadimgi sug'orma madaniyat izlari va irrigatsiya to'rlari hozirgi kunda ham saqlanib qolgan. Eramizdan oldin qazilgan qadimgi magistral kanal Sangardak daryosidan suv olib Surxondaryo daryosining o'ng sohili bo'ylab yuzlab kilometr masofada daryoga parallel ravishda oqib borgan va Jarqo'rg'on hududida ikki tarmoqqa bo'lingan. Kanal suvi Sherobod va Termiz tumanlaridagi ekin maydonlarini suv bilan ta'minlagan. Kanal suvi yo'ldagi soyliklardan tosh va g'ishtdan tiklangan ko'tarilmalar orqali o'tkazib borilgan. Bunday ko'tarilmalardan biri Qumqo'rg'ondagi eski "Makedon ko'prigi" ning qoldiqlari bugungi kundarda ham saqlanib turibdi.

Surxondaryo havzasi hududida bunyod etilgan magistral kanallar va suv omborlari Surxondaryo viloyati tumanlarining xalq xo'jaligini barqaror rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Ana shunga qat'iyan e'tibor qilingan holda Surxondaryo vodiysida barcha ekin maydonlarini suv bilan ta'minlaydigan Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashkil etilgan. Mazkur boshqarma uchta yirik sug'orish irrigatsiya sistemasi va bitta magistral tizimdan tarkib topgan.

Birinchisi To'palang-Qoratog' irrigatsiya sistemasi bo'lib u asosan, Surxondaryo daryosining bosh irmoqlari bo'lgan To'palang va Qoratog' daryolaridan suv oladi. Irrigatsiya sistemasi suv yo'llarining uzunligi 804 km ni tashkil etadi. Bu sitema Surxondaryo vohasining shimoliy qismidagi barcha ekin maydonlarini obi-hayot bilan ta'minlaydi.

Ikkinchi irrigatsiya sistemasi Surxon-Sherobod irrigatsiya sistemasi deb

ataladi. Uning suv yo'llarining uzunligi 445 km ga teng.

Uchinchi sistema Amu-Zang irrigatsiya sistemasi. Mazkur sistema asosan Amudaryodan suv olib, Surxondaryo vohasining janubiy qismidagi ekin maydonlarini suv bilan ta'minlaydi.

Yuqorida nomlari zikr etilgan uchala irrigatsiya sitemasi suv tanqisligi sodir bo'lgan paytlarda ham bir-birini suv bilan ta'minlashga yordam beradigan va o'zaro chambarchas bog'langan holda tashkil etilgan. Suv olish va suv berish borasida uchala irrigatsion sistema ham Surxondaryo vodiysidagi eng katta suv ombori Janubiy Surxon suv ombori bilan bog'liqdir.(1-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

jadval) To'palang-Qоratоg' irrigatsiya sitеmasidagi daryolar Janubiy Sura^n suv оmbоriga suvni shimоl tоmоndan, ya'ni tabiiy nishablik yo'li bilan yеtkazib bеradi.

1-jadval

Surxondaryo havzasida barpo etilgan kanallar

T/r Kanallar nomi Qaysi daryo yoki suv omboridan suv oladi Suv sig'imi, m3/sek Kanaldan suv ichadigan tumanlar

1 Zang Janubiy Surxon va Oqtepa suv ombori 86 Jarqo'rg'оn, Angоr, Muzrabоd, Tеrmiz

2 Hazarbog' To'palangdaryo 110 Dеnоv, Оltinsоy, Sho'rchi, Bandiхоn

3 Qumqo'rg'on Surхоndaryo 30 Sho'rchi, Qumqo'rg'оn

4 Dayto'lak Dеnоv-Yurchi bоtqоqligi 8 Dеnоv, Sho'rchi

5 Sherobod Janubiy Surхоn suv оmbоri 150 Bandiхоn, Qiziriq, Sherobod, Muzrabоd

6 G'arbiy Sherobod kanalidan 5 Qiziriq

7 Sharqiy Muzrabod Sherobod kanalidan 4 Bandiхоn, Qiziriq, Muzrabоd

8 Amu-Zang Amudaryo 120 Qumqo'rg'оn, Jarqo'rg'оn

9 Bobotog' Amu-Zang kanalidan 30 Qumqo'rg^n, Jarqo'rg'оn

10 Bandixon Sherobod kanalidan 12 Bandiхоn

11 Zang-9 Janubiy Sur^n suv оmbоri 25 Muzrabоd

12 To'palang-Qoratog' To'palangdaryo 25 Sariоsiyo

13 Hayrobod To'palangdaryo 10 Dеnоv

Manba: 1-jadval Xudoyberdiyev va Odinayev ma'lumotlari asosida tuzildi.[10]

Amu-Zang irrigatsiya sistеmasi ham Janubiy Surхоn suv оmbоrini suv bilan ta'minlab turadi. Birоq Amudaryo o'zani Janubiy Surхоn suv оmbоridan ancha past bo'lganligi sababli uning suvini kеltirish katta miqdоrda mablag' talab qilish yo'li bilan amalga оshiriladi. Suv оmbоriga janub tоmоndan 90 km uzunlikdagi Amudaryo suvini uch jоyda o'rnatilgan nasоs stansiyalari yordamida yuqori ko'tarib kanallarga tashlab yеtkazib bеradi. Surхоn-Sherobod Janubiy Sur^n suv оmbоridan suv оladi. Sherobod nasоs stansiyasi Sherobod magistral kanaliga Shu yеrdan suv chiqarib bеradi va bu kanal Surхоn-Sherobod cho'llarida o'zlashtirilgan yеrlarni va ekin maydоnlarini suv bilan ta'minlaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ma'lumоtlardan ko'rinib turibdiki, Surхоndaryo havzasida mavjud bo'lgan har uchala irrigatsiya stemas^ bir-biriga bоg'laydigan manba vоdiyning markaziy qismida jоylashgan Janubiy Surхоn suv оmbоri hisоblanadi. Janubiy Surхоn suv оmbоri va u оrqali butun Surхоndaryo havzasidagi irrigatsiya sistеmalarini har tоmоnlama qo'llab-quvvatlay оladigan bоsh manba bo'lib To'palang suv оmbоri хizmat qiladi.

Janubiy Surxon suv ombori O'zbekistonning eng yirik sun'iy dengizlaridan biri hisoblanadi. U Surxondaryo havzasining o'rta qismida, Sho'rchi va Jarqo'rg'on tumanlari hududida 1962-yilda bunyod etilgan.(2-jadval) Janubiy Surxon suv omborining to'g'oni Surxondaryoning o'rta oqimida, daryo vodiysining eng tor yerida, mutlaq balandligi 390 m ga teng bo'lgan joyda qurilgan. Suv ombori qurilmasdan oldin bu yerda Zarkamar-Xo'jamulki to'qayzori mavjud bo'lgan.[6]

Janubiy Surxon suv omborida baliqchilikni rivojlantirish ham yaxshi yo'lga qo'yilgan.[3] Bu yerda mahalliy zog'ora baliq, tillabaliq, laqqa baliqlardan tashqari boshqa joylardan keltirilgan karp, tostolobik kabi baliqlar ham urchitilib ko'paytirilmoqda va ko'plab ovlanib, aholini baliq go'shti bilan ta'minlamoqda.

O'zbekiston Respublikasining eng janubiy issiq subtropik rayonlaridan biri bo'lgan Surxondaryo havzasi hududida Janubiy Surxon suv omborining bunyod etilishi bu joyning mikroiqlimining o'zgarishiga sabab bo'ldi.[4] Suv omborining tevarak atrofi aholining sevimli dam olish joyiga aylandi. Suv ombori atrofiga 20 ming tupdan ko'proq manzarali va mevali daraxtlar ekilib, yashil zonalar tashkil etilgan. Bu Janubiy Surxon suv omborining rekreatsion ahamiyatining kattaligidan dalolat beradi. Suv ombori atrofida shahar va qishloq seliteb landshaftlari ham barpo etilgan. Bunga Qumqo'rg'on shaharchasi, Yangiyer va Xo'jamulki qishloqlari, Gagarin nomidagi posyolka misol bo'la oladi.

2-jadval.

№ Suv ombori Ishga tushgan yili Sug'orish maydoni, ga Suv sig'imi, mln m.kub Amaldagi suv sig'imi, mln m.kub To'g'on

Uzunligi, km Balandligi, m

1 Janubiy Surxon 1967 150110 800 503 5,2 30

2 To'palang 1986 61620 500 120 0,17 167

3 Uchqizil 1984 4950 160 160 4 11,5

4 Oqtepa 1982 24700 120 83 4,6 3

5 Degrez 1962 2200 12,8 12,8 3,5 12,7

Manba: 2-jadval Xudoyberdiyev va Odinayev ma'lumotlari asosida tuzildi.[9] Surxondaryo havzasining janubiy qismida, Surxondaryo vodiysining o'ng sohilida joylashgan Kattaqum cho'li yaqinida, tektonik jarayon tufayli vujudga kelgan cho'kmada Uchqizil suv ombori qurilib ishga tushirilgan. Buning natijasida Termiz tumani hududidagi qumoq va gilli cho'l landshaftlari o'zlashtirilib, ularning o'rnida madaniy landshaftlar bunyod etildi.[8] MUXOKAMA

Uchqizil suv ombori foydalanishga topshirilgandan buyon Termiz tumani hududida tashkil etilgan minglab gektar ekin maydonlarini va fermer xo'jaliklarining yerlarini vegetatsiya davrida suv bilan ta'minlab kelmoqda. Shu bilan birga Kattaqum cho'lidagi qumoq va och tusli bo'z tuproqli yerlarni o'zlashtirishga va ularni qishloq xo'jaligi tasarrufiga kiritilishiga katta imkoniyat yaratib berdi.

Uchqizil suv omboridan va uning tevarak atrof-muhitidan rekreatsion maqsadlarda foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Bu yerda dam olish uylari va sanatoriya tashkil qilinib, ulardan voha aholisi foydalanmoqda.

Oqtepa suv ombori Bobotog' massivining janubi-sharqiy qismida barpo etilgan. Suv ombori Amu-Zang magistral kanali orqali Amudaryo suvi bilan to'ldiriladi. Undan kanal orqali oqib chiqadigan suvlar Janubiy Surxon suv omboriga borib quyiladi.

Xo'jaipok daryosi vodiysida Degrez suv omborining ishga tushirilishi bilan daryo konussimon yoyilmasining katta maydonini egallab yotgan cho'l landshaftlarini o'zlashtirish imkoniyati tug'ildi. O'zlashtirilgan yerlarga ingichka tolali paxta, bug'doy, makkajo'xori, no'xat, poliz ekinlari ekilib, mevali bog'lar yaratilib, qishloq xo'jaligiga katta miqdorda daromad keltirmoqda.

Degrez suv ombori Hazorbog' kanali suvidan va qisman Xo'jaipok daryosi suvidan to'ldiriladi. Uning suvi Sho'rchi va Oltinsoy tumanlarining ekinzorlarini sug'orishga ishlatiladi.

To'palang suv ombori Surxondaryo havzasining shimoliy qismida Sariosiyo tumani hududidan oqib o'tadigan To'palang daryosi o'zanida 1982-yilda qurila boshlandi. 1986-yilga kelib suv ombor to'liq ishga tushdi. Shundan boshlab qurg'oqchilik va sel xavfi bartaraf etildi. To'palang suv omboridan foydalanish boshqarmasi tuzilib, ekinzorlarga suvni talab va me'yorga qarab berish jilovi insonning qo'liga o'tdi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda Surxondaryo havzasida bunyod etilgan magistral kanallar va suv omborlari viloyat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Surxondaryo havzasi doirasida suv muammosi yechimini topish maqsadida amalga toshirib kelinayotgan tadbirlar va barpo etilgan irrigatsion inshootlar daryo va soylar oqimini tartibga solib suv rejimini mumkin qadar maqsadga muvofiq o'zgartirdi, undan vegetatsiya davrida qishloq xo'jalik ekin maydonlarini sug'orishda keng va me'yoriy ravishda taqsimlash hamda foydalanish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi.

Janubiy Surxon suv omborining qurilishi munosabati bilan Surxondaryo havzasidagi umumiy ekin maydonining yarmidan ko'pi yetarli darjada suv bilan ta'minlandi. Suv omborining qurilib ishga tushirilishi natijasida Qiziriq-Sherobod cho'lida 71 ming gektardan ortiqroq yerlar o'zlashtirilib, qishloq xo'jaligi tasarrufiga kiritildi.[6] Bundan tashqari ilgaridan foydalanib kelinayotgan 52 ming gektar yerning suv ta'minotini yaxshilash imkonini berdi. Yangidan o'zlashtirilgan yerlarda ingichka tolali paxta, don ekinlari, mevali bog'lar, uzum, sabzavotlar, poliz ekinlari ekilib, katta miqdorda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.

REFERENCES

1. Abdunazarov Husan Menglievich, Niyazov Xo'jaqul Mirzoboboevich, Mustaev Qurbonmurod Rahmon o'g'li. Surxondaryo viloyati qishloq xo'jaligini ixtisoslashtirish va rivojlantirishda tabiiy geografik omillarning o'rni. ijins [Internet]. 2022 yil 23 may [2022 yil 7 iyulda keltirilgan];

https://ijins.umsida.ac.id/index.php/ijins/article/view/642

2. Nuralievich, E. M. ., & Rahmonvich, M. Q. . (2021). The Importance of Water Resources in the Development of Agriculture in Surkhandarya Region and Issues of their Effective Use. International Journal of Culture and Modernity, 9, 67-72. Retrieved from http://ijcm.academi cjournal.io/index.php/ijcm/arti cle/view/80

3. Rakhmatov A. F. Artikova Sh. Z. Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct 2021

4. Rakhmatov A. F. Ortikova Sh. Z. Surxondaryo viloyati bog'dorchiligining geografik ko'rinishi Journal of Geography and Natural Resources https://topjournals.uz/index.php/j gnr

5. Tuxtaev Baratali Mustofoqul O'g'li. (2022). SURKHAN STATE RESERVE MAIN PROBLEMS AND PRINCIPLES OF NATURE PROTECTION. Indonesian Journal of Innovation Studies, 18. https://doi.org/10.21070/ijins.v18i.631

6. Ирригация Узбекистана. В 4 т. Гл. Ред. А.С.Садыков. Т. 1. Т., "Фан", 1975

7. Рузиев А.Н. Сурхондарё вилояти. - Тошкент, 1996.

8. Х,икматов ФД., Сирлибоева З.С., Айтбаев Д.П.Куллар ва сув омборлари географияси,

гидрологик хусусиятлари.-Т.:Университет, 2000.-122 б.

9. Худайбердиев А.А. Грунтовые воды. // Сурхандарьинская область. Природа. -Ташкент, 1961. -с.109-119.

10. Худойбердиев Одинаев А. Тупаланг сув омбори бунёдкорлари. -Тошкент: Шарк, 2006. -256 б.

11. Шулц В.Л., Машрапов Р. Урта Осиё гидрографияси, Тошкент, 1969. - 327 б.

12. В.Л. Шульц - Реки Средней Азии. Л - 1965.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.