Научная статья на тему 'O‘SIMLIK RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA UNING EKOLOGIK OQIBATLARI'

O‘SIMLIK RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA UNING EKOLOGIK OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1058
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Irrigаtsiya erоziyasi / rеkultivаtsiya / fitоtsеnоzlаr / аgrоfitоtsеnоzlаr / ekоlоgik muаmmоlаr / tехnоgеn chiqindilаr / rеgiоnаl muаmmоlаr / shаmоl erоziyasi / tаbiаtni muҳоfаzа qilish / suv оmbоrlаri / dеfоlyatsiya / zаnjir / qаzilmа bоyliklаr.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh.Xalmatova, Sh Mag‘ripov, J.Yoqubov

Ushbu mаqоlаdа o’simlik rеsuslаridаn sаmаrаli tеjаb tеrgаb fоydаlаnish хоzirgi kundа dоlzаrb mаvzulаrdаn biri ekаnligi. Ushbu nоqulаy ekоlоgik shаrоitlаrning tаrkib tопishi nаtijаsidа, yaylоvlvrning o’rmоnzоrlаr, to’qаyzоrlаr хаvf оstidа qоlmоqdа.O’simlik rеsurslаrdаn fоydаlаnish jаrаyonidа dоlzаrb muаmmоlаr, chunоnchi хo’jаlik vа mаishiy chiqindilаr bilаn iflоslаnishi, yaylоvlаrdа erоziyani kuchаyishi to’qаyzоrlаrning yuqоlib bоrishi, tоg’ yon bаg’irlаridа yaylоvlаrdа nоtug’ri fоydаlаnish vа bоshkа muаmmоlаr паydо bo’lаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘SIMLIK RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA UNING EKOLOGIK OQIBATLARI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. O'SIMLIK RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA UNING

EKOLOGIK OQIBATLARI

Sh.Xalmatova,

qishloq xo'jalik fanlari nomzodi, dotsent, Sh.Mag'ripov, magistr, J.Yoqubov, talaba, Fargona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'simlik resuslaridan samarali tejab tergab foydalanish xozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri ekanligi. Ushbu noqulay ekologik sharoitlarning tarkib tonishi natijasida, yaylovlvrning o'rmonzorlar, to'qayzorlar xavf ostida qolmoqda.O'simlik resurslardan foydalanish jarayonida dolzarb muammolar, chunonchi xo'jalik va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi, yaylovlarda eroziyani kuchayishi to'qayzorlarning yuqolib borishi, tog' yon bag'irlarida yaylovlarda notug'ri foydalanish va boshka muammolar naydo bo'ladi.

Kalit so'zlar: Irrigatsiya eroziyasi, rekultivatsiya, fitotsenozlar, agrofitotsenozlar, ekologik muammolar, texnogen chiqindilar, regional muammolar, shamol eroziyasi, tabiatni muxofaza qilish,suv omborlari, defolyatsiya, zanjir, qazilma boyliklar.

Annotation: This article discusses the fact that the efficient and economical use of plant resources is currently one of the relevant topics. As a result of these unfavorable environmental conditions, forests, groves and pastures remain in danger. In the process of using plant resources, urgent problems arise, such as pollution by agricultural and household waste, increased erosion on pastures, destruction of groves, improper use of pastures in the foothills and other problems.

Keywords: Irrigation erosion, recultivation, phytocenoses, agrophytocenoses, environmental problems, technical waste, regional problems, wind erosion, nature conservation, reservoirs, defoliation, chain, fossil resources.

Kishilik jamiyatining yangi taraqqiyot bosqichlariga qadam qo'yishi ishlab chiqarish kuchlarining muayyan darajada o'sishiga ta'sir etgan. Inson yashash uchun oziq-ovqat yetishtirish va kiyim-kechak tayyorlash maqsadida ma'lum miqdorda turli tabiiy resurslardan foydalangan. Aholi soni kam bo'lgan ibtidoiy jamiyat bosqichida tabiat, umuman olganda, inson ta'siri natijasida unchalik zarar ko'rmagan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy boskichlarda odamning atrof-muhitga bo'lgan ta'sir miqiyosi asrdan asrga, XX asr o'rtalariga kelib esa yildan-yilga orta borgan.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Avvallari asosan tirik tabiat aziyat chekkan, chunki inson yashash uchun hayvonot dunyosi va o'simliklardan foydalangan. Qazilma boyliklarning topilishi va ulardan keng miqiyosda foydalanishga o'tilishi sanoat korxonalarining, keyinchalik esa rivojlangan sanoat tarmoqlarining vujudga kelishiga imkon yaratdi. Dehqonchilik yaylov chorvachiligi azaldan tarkib topgan, ular inson yashashi uchun eng zaruriy noz-ne'matlar manbai sifatida hozirga qadar ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Ana shu maqsadda yerlarni o'zlashtirish, changalzorlarni qirqish evaziga dehqonchilik maydonlari kengaytirib borildi, juda katta plantatsiyalarda sug'orish maydonlari dalalar vujudga keldi.

Ishlab chiqarishning xususan, mahsulotlarining ko'plab ishlab chiqarilishi, transport qurilish ishlarining keng miqyosda amalga oshirilishi, qishloq xo'jalik mahsulotlarining iste'molchilarga ma'danlarni olinishi, sayyoramiz tabiatining barcha joylarda o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Bu, ekologik tangliklarning vujudga kelishi uchun shart-sharoit yaratmoqda. Bu o'z navbatida, tabiatdagi muvozanatning buzilishiga sabab bo'lmoqda bundan turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Tabiatni muhofaza qilish muammolarini ularning qamrab olish maydonlariga qarab dunyo miqiyosida regional va maxalliy tarkib topgan muammolarga ajratish mumkin. Yer shari miqiyosida tarkib topgan muammolar ayni paytda barcha insoniyatga tegishli bo'lib, xamma davlatlarning birgalikda qo'rgan chora-tadbirlari natijasidagina bu muammolarni hal qilish mumkin, regional muammolar sayyoramizning ayrim yirik bo'laklariga, maxalliy muammolar esa unchalik katta bo'lmagan joylar (korxonalar, suv ombori) asosiy e'tibor sugorish maydonlari va hokazolarga xos. Binobarin, dunyo miqyosidagi (global), keyinchalik regional va lokal (mahalliy) muammolar yechimiga qaratilishi lozim.

Atmosfera xavosining turli texnogen chiqindilar bilan haddan ziyod ko'p ifloslanib borayotganligi dunyo miqyosidagi muammolardan biridir. Ishlab chiqarish jarayonida har yili milliardlab tonna turli xil moddalar atmosferaga qo'shilmoqda. O'rmonlarning yonishi , organik yoqilg'ilarning ko'plab yoqilishi, sanoat ishlab chiqarishi, transport harakati ifloslanishning asosiy manbalaridir. Miqdori yildan-yilga ortib borayotgan ushbu moddalarning ichida karbonat angidrid gazi asosiy o'rin tutadi. Texnogen ifloslanish oqibatida yiliga atmosferaga 22 milliard tonnadan ortiq karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Hisob-kitoblarga qaraganda keyingi asr davomida ushbu gazning miqdori 10-15% ga ko'paygan. Karbonat angidrid gazi miqdorining quyi qatlamlarida havoning o'rtacha harorati 2-40 ga ko'tarilishi taxmin qilinmoqda.

Havo xarorati asosan ushbu gazning quyoshdan kelayotgan hayot uchun zararli qisqa to'lqinli nurlarni qaytarib, ayni vaqtda yerdan qaytgan uzun to'lqinli issi qlik miqdorini tutib qolishi jarayonida ko'tarilib ketadi. Ya'ni yer yuzasi ortiqcha isib, havoning harorati ko'tarilib ketadi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Havo haroratining ko'tarilib borishi, bir tomondan, inson yashishi uchun turli qiyinchiliklar tug'dirsa, ikkinchi tomondan, Arktika va Antarktikadagi muzliklarning erishini tezlashtiradi. natijada okean sathining 26-165 sm gacha ko'tarilishi taxmin qilinmoqda. Suv sathining ko'tarilishi materiklarda ko'plab materiklarda ko'plab foydalanilayotgan yerlarning suv ostida qolishiga olib keladi.

Atmosfera ozon qatlamining borgan sari kamayib borishi natijasida yuz berishi mumkin bo'lgan noxush oqibatlarning oldini olish umumbashariyat oldida turgan ikkinchi muammodir.

Binobarin, ozon qatlamining freon (xlor, ftor, uglerod)lar tomonidan yemirilishi uning ul'trabinafsha nurlarni qaytarish qobiliyatini borgan sari kamaytiradi. Hozirgi vaqtda turli sanoat chiqindilarining atmosferaga to'xtovsiz chiqarilishi XXI asr oxiriga borib ahvolning yana ham murakkablashuviga olib keladi. Albatta, ozon qatlamining shuncha miqdorga kamayib ketishi unchalik katta oqibatlarga olib kelmasligi mumkin, lekin o'rtacha to'lqindagi ultrabinafsha nurlarning yer yuzasiga kelishi ko'payadi: o'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ushbu nurlar boshoqli ekinlarning (bug'doy, sholi,appa) hamda kartoshka soyaning mahsuldorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, baliqlarning yashash sharoitlarini tezlashtiradi.

Dunyo miqyosida muammolardan yana biri cho'lu biyobonlarning ko'payib borish jarayonlaridir.Olingan ma'lumotlarga qaraganda hozirda arid va yarim arid iqlim zonalarining 95% maydoni cho'lga aylanish arafasida turibdi, ya'ni qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining tezkorlik bilan amalga oshirilishi o'simlik va tuproq qoplamlarining tabiiy potensial imkoniyatlaridan bir necha baravar oshiqroq foydalanilishi natijasida ular mahsuldorligi kamayib bormoqda. Dexqonchilik qilinayotgan unumdor yerlar sho'rlanib borayotganligi tufayli ularning hosildorligi kamayib, oddiy toshloq va qumloq tuproqlardan farqi qolmayapti. Yaylovlarda to'xtovsiz mol boqilishi, buta va daraxtlar yoqilg'i sifatida ayovsiz kesib tashlanayotganligi qumli maydonlar sahnini kengayishiga sabab bo'lmoqda.

O'zbekiston tabiati g'oyat rang-barang bo'lgani kabi, uning o'simlik dunyosi ham nihoyatda boydir. Darhaqiqat, O'zbekistonda qumli gilli, toshloq, gipsli, soz tuproqli yerlar, sho'rxok cho'llar, tog' oldi past tekisliklari, adirlar past va o'rtacha balandlikdagi tog'lar daryo vodiylari va tog' oldi botiqlarining mavjudligi o'simlik olamining nihoyatda serob bo'lishligining tabiiy omillaridir.

Xo'sh, hozir o'simlik dunyosidan inson handay foydalanmoqda O'zbekistonning davlat o'rmon fondi 5,04 mln. gektarni tashkil qiladi. O'rmon bilan 2.4 mln. gektar yer band, shundan tog'lar daryo vodiylari va o'rtacha balandlikdagi tog'lar, nixoyat serviqor baland tog'lar, daryo vodiylari va tog' oldi botiqlarining mavjudligi o'simlik olamining nihoyatda serob fusunkor bo'lishligining tabiiy omillaridir.

Kuchli shamolar, garmsel va defoliatsiya hamda eroziyaga qarshi kurashishning eng maqbul, samarador va arzon mablag' samarador va arzon mablag' sarflanadigan

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. chorasi ihota daraxtzorlarini yaratishdir. Farg'ona vodiysining markaziy va g'arbiy

rayonlarida Qarshi, Sherobod cho'llarida markaziy va g'arbiy yaratishdir. Farg'ona vodiysining , Buxoro vohasida, Qizilqum va Orolbo'yida kuchli (sekundiga 15-20 m va undan ham ortiq tezlik bilan shamollar sug'orma dexqonchilik va yaylov chorvachiligi uchun har yili ko'plab talafot yetkazadi. Shamol ekinlarni payxon qilishi bilan birga tuproqning ustki qatlamidagi chirindiga boy qismini yalab ketadi (ba'zan 10-15 sm ga kadar) yoki kum bilan ko'mib yuboradi. Yozdagi garmsel esa g'o'za va boshqa ekinlarning bargini qovjiratib, gullarini to'kib yuboradi. Shamollarning halokati ta'sirida,garmsel va eroziyani oldini olishning oson usuli dala ixota daraxtzorlarini yaratishdir. To'g'ri tashkil qilingan ixotazorlar to'xtatib qolishi yoki eng kam tezlikka qadar kamaytirish mumkin. Buning natijasida ekinzorlarga keltiradigan nomaqulub hodisaning to'lig'i ixotazorlar, shuningdek kulis usulida ekiladigan madaniy o'simliklar xamda almashlab ekishni to'liq tatbiq qilingan holda tashkil qilinsa, ularning samaradorligi yanada ortadi.

O'zbekiston voxalarini kanallar belbog'i o'rab olgan. Hayot bag'ishlovchi mana shu kanallar tufayli vohalarga yozning jazirama chillasida qulay mikroiqlim vujudga keladi, paxtazorlar, sholi-bug'doyzorlar, uzumzorlar, bog'zorlarning noz-ne'matlari kishilarga sahovatli meva-cheva, shira, ulashadi. Farg'ona, Chirchik, Zarafshon, Xorazm vohalari qadimdan kanallar vodiysidir, xalq ushbu kanallar vujudga kelgandan beri yerlarda o'troq hayot kechirmoqda. Kanal yoqalari odatda sersoya daraxtzorlar bilan qoplangan bo'lishi kerakligini hamma yahshi tushunadi. Hisob-kitoblarga karaganda, O'zbekistonda hozirda mavjud bo'lgan 190 ming km. dan ortiq kanallarining bor -yo'g'i 7 ming km.li kismi yoki 3,6% i daraxtzorlar bilan qoplangan. Katta Farg'ona nomli, Malik va boshqa bir necha irrigatsiya tarmoqlarining ikki chekkasida suv bo'yi so'lim go'shaga aylanadi, kishilar og'ir mehnatdan so'ng yaxshi dam oladilar Lekin ikki chekkasida birorta ham daraxt u yoqda tursin, buta ko'rinmaydigan Qarshi, Janubiy Mirzacho'l, Amu- Buxoro, Amu-Korakul. Sherobod va boshqa o'nlab magistral kanallarning ikki chekkasi qamishzor, yulg'inzor, botqoq, sho'rxok bilan qoplangan.

Daraxtzorlardan iborat bo'lgan kanal yoqalarida sizot suvlarining sathi kamida 23 metrda yoki undan pastda yotadi, suv ifloslanmaydi, qum, tuz va boshqalar bilan bug'lanmaydi, suvning kanal qirg'oqlarini urib va o'pirib ketish hodisalari olinadi, bug'lanish miqdori ancha kamayadi. Kolaversa, mevali daraxtlardan inson uchun meva-cheva yetishtiriladi, qurilishbob daraxtlardan esa imoratlar uchun yog'och material tayyorlash mumkin bo'ladi. O'zbekistonda bunday ishga loqaydlik bilan qarash natijasida irrigatsiya kanallarining ikki chekkasida mintaqa (agarda kanalda suv sarfi sekundiga 25 m3 dan oshsa, qirg'oqdan 100 metrli suvni muhofaza qiluvchi zona ajratilishi lozim) daraxtzorlari haligacha hech bo'lmaganda asosiy magistral kanallarning yoqalarida vujudga keltirilmagan.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

O'rta Osiyoning tekislik mintaqasida barcha daiyo va soylaming qayirlari XX-asrning ikkinchi yaгmiga qadar quyuq to'qayzoгlaг bilan band edi, to'qay ko'pincha turang'il, tol, jiyda, yulg'in kabi daraxt va butalardan iboгat bo'lib, ulaгda tuгli qusЫar (qiгg'ovul, bedana, yovvoyi kaptar va xokazolar), yovvoyi hayvonlar (yovvoyi cho'chqa, tulki, kuyon, Buxoro bug'usi, chiyabo'ri), sudгalib yuruvchi hayvonlar yashaгdi. To'qayzorlar, turli giyohlarga boy chorva mollarini boqishga qulay, chunki yozning issiq jaziramasi shuningdek yeгlaгda daгaxtlarning ko'pligi va suvning mavjudligi bu tufayli unchalik sezilmaydi. Dafatan, XX- asming oxirida ko'plab to'g'on, suv omborlari quгilishi natijasida daryolarning suv rejimining tartibga solinishi, daгyolaгning qayiгlaгidagi to'qayzoñaming ekologik shaгoitlaгini keskin o'zgaгtiгib yubordi, chunki o'lkamizning tabiiy shaгoitiga ko'ra daгyolaг eгta bahoгda qoгlaгni tez erishi va yomg'iгlar suvi hisobiga toshib va yozda esa muzliklarning erishi tufayli to'lib oqar edi. Shuning uchun qayir usti va ba'zan quyi teггasalaг suv toshishi hisobiga zamin obi hayotga to'yib oto va ba'zi pastkamliklar va botiqlar vujudga kelar edi. Buning ustiga daryolarning suv rejimi tartibga tushishi bilan bu xodisalarga barham berildi, endilikda daryolarning to'lib oqishi har doim sodir bo'lmayotir, binobarin qayirlarga ham suv chiqib bormayotir. Buning ustiga daryo suvlarining keyingi vaqtlarida turli kimyoviy zaharli ashyolar bilan ifloslanishi, minerallashuv darajasini oshib borishi to'qay o'simliklarini normal o'sishiga salbiy tasir ko'rsatmokda. Sizot suvlarning minerallashuvi 2-3 baravar oshib, tuproqda tuz to'planmoqda.

Ushbu noqulay ekologik sharoitlarning tarkib topishi natijasida to'qayzorlarning hayoti xavf ostida qolmoqda. Hozirgi vaqtga qadar yuqorida kursatilgan omillar va ularni qirqib, yangi yerlar ochilishi natijasida, ularning maydonlari qisqarib bormoqda.

Endilikda Chirchiq. Ohangaron, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon daryolarining yoqalaridagi noyob to'qayzorlar deyarli yo'qolib ketmokda, ba'zi joylarda esa bundan 20-30 yil burunroq ular izsiz yo'qoldi. Sababi — yangi yerlarni o'zlashtirish jarayonida to'qayzorlar ayovsiz qirib tashlandi daryo yokasiga qadar ekila boshlandi va chigit daryo yoqasiga qadar ekila boshladi.

Amudaryo mansabida katta-katta to'qayzorlar mavjud. Bu yerda daraxt va butalardan iborat bo'lgan to'kayzorlarning maydonlari qisqarib borgan. Lekin Orolbo'yida boshlangan cho'llashish hodisasi tufayli bu maydon hozirda bir necha marta qisqardi. Yesbergen Shig'anoq to'qayining, Nazarxon to'qayini, hammasi, Qulatov, Bezergen, Matniyoz to'qayzorlari, Sho'rtamboy tukayining asosiy kismi o'zlashtirilib, sholi va boshka ekinlar ekila boshlandi. Qolgan to'qaylarda (Erkindaryo, Kuxnadaryo, Gedey va boshkalar) suvsizlik tufayli, shuningdek yong'in tushishi natijasida ancha zarar ko'rdi. Baday to'qayida ikki marta yong'in chiqib, daraxtlarning 6Q—7Q% i kuydi, 731 gektar maydondagi to'qay yo'q qilindi. Ahvol shu zaylda davom eta bersa, Amudaryo mansabidagi barcha noyob to'qayzorlardan yaqin orada asar ham

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. qolmaydi, binobarin shu bilan birga bu jarayon natijasida barcha hayvonot olami ham katta aziyat chekadi. Albatta, bunga yo'l qo'ymaslik imkoniyatlarini izlash, tezda amaliy choralar ko'rish hayot talabiga aylanmoqda.

Ustyurt, Qizilqum, Qarshi, Forish, Karnob cho'llari qorakul kuylari boqiladigan yaylovlar bo'libgina qolmay, keyingi vaqtlarda bu yerlarda turli ma'danlar: gaz, neft oltin va boshqa noyob mineralogik xom ashyolar qazib olina boshlandi. Keng miqiyosda geologik-qidiruv ishlari, uzoq masofalarga cho'zilgan quvurlari yotqizilishi katta magistral temir va avtomobil yo'llari qurilishi, yangi sanoatlashgan shaharlar bunyod etilishi cho'llarning avvalgi "tinch" hayotini buzdi. Yaylovlarning katta qismini suv bilan ta'minlanishi chorvachilikni barcha joylarida taraqalishiga acoc bo'ldi. Biroq cho'llarning ichkari qismlariga insonning tez-tez kirib borishi tufayli bu j oylarda, cho 'llarning o 'simliklarning va hayvonot dunyosining ekologik muvozanati buzilmokda. Yangi konlarni topish maqsadida katta chuqurliklarga qadar burg'ulash ishlarini amalga oshirish natijasida cho'l o'simliklari keng maydonlarda payhon qilinmoqda. Avtomobil ayniqsa, uch o'qli og'ir yuk tashuvchi avtomashinalarning duch kelgan joydan yo'l solib haydalishi giyohlarning ezilib payhon bo'lishi, shuning natijasida qumlarning uchib yurishi katta maydonlarda yuz bermoqda. Xozirda barxan qumlarining jami maydoni 1 mln. gektardan oshdi, shundan 200 ming gektar qismi sug'oriladigan yerlar chegarasida vujudga kelgan. Bu jiddiy xavf bo'lib, ularni tegishli chora-tadbirlar qo'llash bilan to'xtatib qolish zaruriyatga aylandi.

Cho'lda ko'chib yuruvchi qumlarning vujudga kelishi, bir tomondan qo'ylarning ilmiy asoslangan usulda boqishni tashkil qilishga xalal bersa, ta'minlamaslik ikkinchi tomondan, aholini yoqilg'i bilan to'la taminlanganlik tufayli sodir bo'lmoqda. Qizilqumda, Qarshi cho'lida aholi punktlari va quduqlar atrofida, hatto bir necha o'n km. masofagacha rosmana o'sgan saksovul, cherkez, qandimni uchratish amri mahol, chunki ular allaqachon yoqilg'i sifatida foydalanish uchun qirqib ketilgan. Qizilqumda har bir xo'jalik aholisi yiliga o'rta hisobda 200-220 tonna atrofida saksovulni o'tin qilib yoqadi, binobarin, bu yerdagi o'nlab chorvador xo'jaliklar har yili qanchadan-qancha saksovulni qirqib, o'tin qilib yoqilishini xisoblab chikish qiyin emas. Shuning uchun ham cho'lda yangi saksovulzorlarni keng miqyosda tez fursatlarda bunyod etish qiyin masala.

Keyingi o'n yillikda cho'llarda ko'chib yuruvchi qumlarni keng maydonlarda o'simliklarni urug'ini ekish bilan yangi saksovulzorlar, cherkezzorlar, qandimzorlar tashkil kilish tufayli to'xtatib qolishga erishildi. Ushbu yo'l bilan 120 ming gektar maydondagi barxanlar, shuningdek, mexanik usulni qo'llash bilan 30 ming gektar maydonda qumlar harakati to'xtatildi. Hozirda har yili kamida 40-45 ming gektar maydonda saksovul, cherkez, qandim va boshqa o'simliklar urug'ini ekish bilan cho'l yaylovlarining mahsuldorligi ko'paytirilmoqda. Bu borada Amu-Buxoro kanali bilan Buxoro kanali bilan Buxoro vohasi oralig'idagi katta maydonda eski vujudga kelgan

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. barxanlar dengizni (Paykend degan joyda) hamda Buxoro to'xtatish dolzarb sohasining janubi-g'arbiy tomonida Qizilqum bilan tutash bo'lgan qumliklarning harakatini ayni masaladir. Bu yerlarda mahsuldor yaylovlarning bunyod etilishi avvalo, Buxoro vohasini qum bosish xavfidan xalos qilsa, boshqa tomondan, katta maydonlarda yangi yaylovlar tashkil topar edi.

Tog'larda o'rmonlarning ahamiyatini baholash naqadar qiyin, eroziya xodisasini, shuningdek sel, o'pirilish, surilma, soylarda toshqin kabi bir necha falokatli jarayonlarning oldini olishda eng asosiy omil sifatida muxim ro'l o'ynaydi. O'rmonlar yaylovlar va pichanzorlarning mahsuldor bo'lishi uchun shart-sharoit yaratadi. qolaversa mevali meva-cheva, qurigan archalar esa o'tin daraxtzorlar turli va qurilish materiali sifatida foydalaniladi. O'rmon shuncha boy xosiyatga ega ekan uning maydonlarini tobora ko'paytirish har birimiz sharafli ish deb bilishimiz lozimdir.

Binobarin, o'rmonlar respublikamizda tog'larida bor-yo'g'i 2% maydonni egallaydi, bu raqam nihoyatda oz bo'lib, tog'larda eroziya, sel, surilma hodisalarining keng miqyosda sodir bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Shuni unutmaslik kerakki, tog' yon bag'irlarida eng ko'p yuvilish har gektar maydonda 525 tonnani tashkil qiladi. Shuning uchun ham tog'lik zonada 85,0% maydon turli darajada eroziyaga uchragan.

O'zbekiston tog'larida 1400-3000 metr oralig'idagn 193,2 ming gektar maydon archazorlar o'sadigan mintaqa hisoblanadi. Archalarni ko'paytirish hozirga qadar eng qiyin masala edi, endilikda archa urug'ini ekib ko'paytirish tajribasi amalga oshirilmoqda. Bu borada o'rmonchi mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi. Shunga ko'ra, har yili 250 gektar maydonga yosh nihollar ekilmoqda, biroq bu juda ham kam. Ish ko'lamini kengaytirish uchun avvalo ko'chat yetishtirishni ko'paytirish kerak. Tog' yon bag'irlarida 800-2300 metr balandlikda yong'oq va boshqa mevali o'rmonlar mavjud. O'zbekistonda yong'oqzorlar, olmazorlar, nokzorlar, olchazorlari xandon pistazorlar ko'proq maydonni tashkil qiladi. Tog' vodiylarida mevali daraxtzorlarni va archazorlar maydonlarini kengaytirib borish faqat o'rmonchi mutaxassislarning ishigina bo'lib qolmay, balki xar bir insonning, ayniqsa o'sha yerdagi xo'jalik mexnatkashlarining olijanob ishiga aylanmog'i lozim. Chunki o'rmonlarni saqlash va ular kengaytirish avvalambor tog'liq, qolaversa, tog' oldi rayonlarining mutasaddi raxbarlari bog'liq. Eng avvalo togliq joylardagi xonadonlarning barchasi mutasaddi raxbarlari va xo'jaliklarning mexnatkashlariga tegishli miqdorda o'tin, ko'mir, gaz bilan ta'minlash eng muhim masala. Yoqilg'ining yo'qligi sababli maxalliy aholi o'sib daraxtlarni qirqib, qishga o'tin g'amlab oladi. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, Bo'stonliq rayonida har bir xonadon har yili o'rtacha yokish uchun 15-20m utin tayyorlaydi. Ugom-Chotqol zonasida yiliga 21 ming m3 daraxt va butalar qirqilmoqda. Keyingi 10 yil mobaynida bu joyda archazorlarning 80% n qirqilib o'tin sifatida yoqildi. Umuman olganda, O'zbekistonning tog'lik zonalaridagi aholining sonini oshishi sababli tog'larda keyingi

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 50 yil mobaynida o'rmonlarning 30% i yo'qolib ketdi. Demak, tog'lardagi o'rmonlar maydonini kengaytirishdan avval ular bekorga qirqilib ketishining oldini olish zarurdir.

O'rta Osiyo o'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxasislarining ma'lumotiga ko'ra, O'zbekistonda eroziya hodisalariga qarshi kurashish, kuchli darajada eroziyaga berilgan tog' yok bag'irlarini bundan buyon yanadi uydim-chuqur bulib ketishining oldini olish, toshloq bo'lib qolgan yon bag'irlarda va uzoqlarda o'simlik o'sishi uchun qulay ekologik sharoitlar yaratish kerak. Buning uchun taxminan 160 ming gektar maydonda o'rmon uchun yaratish kerak, shundan 45 ming gektar maydonda o'rmonlarni sun'iy usulda, qolgan joylarda esa tabiiy usulda vujudga keltirish mumkin. Shuningdek, xo'jalikning agroo'rmon meliorativ fondida xuddi shunday toifadagi maydonlar 210 ming gektarni tashkil qiladi. Tog' yon bag'irlarini terrasalash yo'li bilan kamida 70 ming gektar maydonda yem-xashak yetishtirish mumkinligi aniqlandi. Bu hol tog' yon bag'irlarida yangi yaylovlarni vujudga keltirish va mollar sonini oshirish imkonini beradi.

O'simlik resurslaridan foydalanish jarayonida dolzarb muammolar, chunonchi, yaylovlarning turli sabablarga ko'ra kamayib borayotganligi, cho'llarda ko'chma qumlarning ko'payib borayotganligi yaylovlarning neft mahsulotlari, xo'jalik va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi, sizot suvlari sathi ko'tarilishi tufayli yerlarning zaharlanishi, yaylovlarning cho'lga aylanishi, tog' oldi va tog' yaylovlarida eroziyaning kuchayishi, to'qayzorlarning yo'qolib borishi, tog' yon bag'irlarida yaylovlardan noto'g'ri foydalanish va daraxt, butalarni qirqish, pichan o'rishni pala-partish tashkil kilish tufayli surilma va sellarning keng miqyosda kuchayishi va boshqa muammolar paydo bo'ldi. Vujudga kelayotgan muammolar zanjiri cho'l, tog' oldi va tog'lardagi yaylovlardan oqilona foydalanilmayotganligi, yaylovlarning

mahsuldorligini barcha joylarda baravariga oshirilmayotganligidan darak beradi. Shuning uchun turli nomaqlub hodisalar yuz berib, buning natijasida yaylovlarning bir foydalanishdan chiqib qolmoqda yoki haddan tashqari kamayib ketmoqda.

Ushbu muammolarni tez va to'lig'i bilan hal qilish avvalo yaylovlardan extiyojga yarasha foydalanishni tashkil qilish, yaylovlarga vaqti-vaqti bilan dam berib, ularni tiklanishiga imkoniyat yaratish, saksovul, cherkez, qandim, quyon suyak kabi , butalarni qirqilishini qat'iyan man etish, axolini o'tin, ko'mir, bilan ta'minlash, harakatdagi qum uyumlarini o'simliklarini urug'ini ekish bilan yoki turli mexanik, kimyoviy fizik usullarni bilan mustaxkamlash, shuningdsk, maydonlarda agrofitotsenozlar cho'llarda avtomashinalarning harakatini tartibga solish, geologik-kidiruv ishlari tugagandan burg'ulash obyektlarida rekultivatsiya ishlarini olib borish, yerlarga o'simliklar urug'ini ekib, buzilgan yaylovlarni qayta tiklash ishlarini amalga oshirish kerak. Tog' oldi tog'lik zonada avvalo yaylovlardan foydalanishni, darkor, yon bag'irlar juda qiya bo'lgan, ya'ni eroziyaga moyil bo'lgan joylarda buta, yarimbuta daraxtlarni qirqishni butunlay to'xtatish, mol boqish chegaralari mevali, mevasiz

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. daraxt ko'chatlarini ekishni, tashkil qilish archalar qirqilishiga chek qo'yish yalangliklarda archaning nihollarini ekish bilan ularning maydonlarini yangi o'rmonlar yaratish, shuningdek xandon pista, bodom, tog'olcha,yong'oqzorlani muxofaza qilish va tog' yon bag'irlarida bog' maydonlarini kengaytirib zaruriy vazifa bo'lmog'i kerak.

Tik yon bag'irlarda surilma, eroziya, tuproq surilishi, o'pirilish, sel kabi ofatlarning oldini olish uchun tegishli tashkiliy xo'jalik agrotexnik o'rmon-meliorativ va tadbirlarni barcha joylarda keng tatbiq qilish dasturini amalga oshirish uning asosiy ishiga aylanmog'i kerak.

Adabiyotlar:

1. Abdullaeva, M. T., & Usmanova, T. E. (2022). FUNDAMENTALS OF ORNAMENTAL PLANT PROTECTION. Eurasian Journal of Academic Research, 2(1), 104-104.

2. Abdullaeva, M. T., & Ibragimova, S. S. (2022, January). THE ROLE OF ECOLOGICAL EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL CULTURE IN OUR YOUTH. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 1).

3. Abdullaeva, M. T., Usmonova, T. E., & Inomov, H. E. (2021). Influence of number of seedlings and amount of fertilizers on the development of root system of winter wheat. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 805-809.

4. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Ахмедова, Д. М. (2020). ВЛИЯНИЕ ПИТАТЕЛЬНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ ИСКУССТВЕННОГО И ЕСТЕСТВЕННОГО ЭКРАНОВ В ПЕСКЕ НА РОСТ, РАЗВИТИЕ ХЛОПЧАТНИКА. Universum: химия и биология, (12-1 (78)), 14-18.

5. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Хаджибалаева, Н. М. (2020). Изучение режима орошения хлопчатника в условиях гидроморфных почв. Universum: химия и биология, (2 (68)).

6. Abdullayeva, M. T. L., & Maqsudova, G. M. (2021). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 159-165.

7. To'lanovna, A. M., & Maxammadjonovna, M. G. (2021). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA.

8. Зокирова, С. Х., Акбаров, Р. Ф., Кадирова, Н. Б., & Махсталиев, Н. С. У. (2020). Характеристика галечниковых почв Ферганской области и их пути к улучшению. Universum: химия и биология, (2 (68)).

9. Xolikulov, M. R. (2020). THE HERB (Capparis spinosa L) IS AN IMPORTANT HONEY PLANT. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(3), 165-170.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

10. Kholikulov, M. R. (2019). Current Status of Plant Resources in The Ferghana Valley and Opportunities To Use Them. Indonesian Journal of Innovation Studies, 8.

11. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

12. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

13. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

14. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

15. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

16. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). Иннoвaциoннoе решение для получения 6rora5a. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.