Научная статья на тему 'AGROSENOZ VA TABIIY EKOSISTEMALARDA MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVINI OHSHASHLIKLARI VA FARQLARI'

AGROSENOZ VA TABIIY EKOSISTEMALARDA MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVINI OHSHASHLIKLARI VA FARQLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
577
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Agrotsenozlar / Populyatsiyalar / turlar / biotsenozlar / biogeotsenozlar / ekotizmlar / Getyerotroflar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M.Abdullayeva, Sh.Ibragimova

Insoniyat o‘z faoliyatining ko‘p asrlik rivojlanish bosqichlarida iqtisodiy jihatdan eng arzon ishlab chiqarish qurilmasi asosida sanoat qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish kabi sohalarni rivojlanitirib keldi. Ekotizm mahsuldorligini bilib olish amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, insoniyatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda agrotsenoz va boshqa toifadagi tabiiy resurslardan foydalanishda asosiy manba bo‘lib qoldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AGROSENOZ VA TABIIY EKOSISTEMALARDA MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVINI OHSHASHLIKLARI VA FARQLARI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

AGROSENOZ VA TABIIY EKOSISTEMALARDA MODDA VA

ENERGIYA ALMASHINUVINI OHSHASHLIKLARI VA FARQLARI

M.Abdullayeva, dotsent, Sh.Ibragimova, talaba, Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Insoniyat o'z faoliyatining ko'p asrlik rivojlanish bosqichlarida iqtisodiy jihatdan eng arzon ishlab chiqarish qurilmasi asosida sanoat qishloq xo'jaligi, transport, qurilish kabi sohalarni rivojlanitirib keldi. Ekotizm mahsuldorligini bilib olish amaliy ahamiyatga ega bo'lib, insoniyatni oziq-ovqat bilan ta'minlashda agrotsenoz va boshqa toifadagi tabiiy resurslardan foydalanishda asosiy manba bo'lib qoldi.

Kalit so'zlar: Agrotsenozlar, Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar, ekotizmlar, Getyerotroflar.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 10-dekabr kuni qishloq xo'jaligi hodimlari bayrami munosabati bilan tantanali bayram yeg'ilishida dehqonchilikda yangicha chet el va ilg'or fermerlar tajribasini o'rganish yerlardan samarali foydalanishda bir qarich ham bo'sh jo y qolmasligi kerakligini suv, kasallik va hashoratlardan muhofaza qilishda tejamkor tehnologiyalarga o'tish zarurligi, bularni barchasi gektar boshiga paxta, bug'doy, sabzavot, poliz, uzumchilik va bog'dorchilikning hosildorligini 2-3 marta oshirish kerakligini ta'kidlab o'tdi. Fermer va dehqon kamida 2 marta, janubiy viloyatlarda 3 marta takroran ekinlar ekish orqali tuproqni ekologik holatini yahshilashga ekiladi, mahsulot hajmi keskin ortad.

- Agrotsenozlar dalalarning shaklllanishi ulardagi omillarni farqlari tizimlarda o'simliklar , modda hayvonlarning tabiiy tizimlardan farqlari; - Tuproq ikkala tizimda xam hayvonot olami uchun yagona yashash joyi bo'lganidan tarkibida yashovchilar uchun muddatli (vaqtincha yashash) bo'lganidan jarayon yillik o'zgarishini aniqlash;

-Chekka tizimning barqaror rivojlanishida tabiiy omillarning farqlar darajasini aniqlash, ko'rib o'tish sabablarini aniqlash;

-Sun'iy va tabiiy ekotizimlarning dinamik rivojlanishi qanday darajada davom etganligini solishtirma taqqoslash, bunda bir yillik mavsumiy o'zgarishlar aniqlandi;

-Fauna va floradan ikkala tizimni farqlriga omillar ta'siri

-Dukkakli o'simliklarni tuproq jonzotlariga ta'sirini o'rganish ;

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. -sun 'iy agroekosistemani tabiiy holatga o'tkazish ko'plab suv, ke3rakli hashoratlarga qarshi kurash ishlari tabiiy holatga o'tkazish ko'plab suv, zararli hashoratlarga qarshi kurash ishlari tabiiy tizimdagi xo'jayin-tekinxo'rlik hususiyatidan foydalanib, iqtisodiy jihatdan katta foyda olishni amalga oshirish imkoniyatini berar edi ;

Insoniyat o'z taraqqiyotida million yillar davomida yer sayyorasining manzarasini tubdan o'zgarishiga erishadi, kurrayi zamin tashqarisida ham ko'plab ilmiy izlanishlarni o'tkazib, tabiat sirlarini ochishga erishdilar, quyosh energiyasidan tortib yer mantiyasida (yadro) sodir bo'layotgan voqeliklardan foydalanish yo'lini izlamoqdalar.

Ammo yaqin 300 yil davomida yaratilgan texnologiyalar natijasida tabiiy muhitni antropogen muhitni ham yaratishga erishdilar, natijada odamlar soni ortishi bilan yashash sharoiti uchun minglab texnik va texnologik jarayonlarning to'xtovsiz yaratilishi trillion tonnalab chiqindilarni yer yuzasiga, suv havzalariga tashlashlari bilan antropogen omillar bilan tabiiy omillar ustidan g'olib chiqdi. Barcha Yerdagi qurilmalar ishlab chiqayotgan mahsulotlarning barchasi havo, suv va biotik olam bilan tuproqqa tushib ifloslanish va zaharlanishni misli ko'rilmagan darajaga olib kelindi.

Ekologlar fikricha, ekologik krizis sotsial-iqtisodiy ko'rinishni osa, barcha xo'jalik yuritish sohasiga ham katta talafot keltiradi, barcha sohada faqat tabiatdan olaversak, chiqindilarni u qanday ko'rinishda bo'lmasin, qayta ishlash orqali yo'qotmasak, yoki chiqindisiz texnologiyalar yaratmasak, tabiatni eng go'zal makoni bo'lgan tuproq qavatini zaharlasak, unda o'sadigan yashil o'simliklar yashashi uchun sharoit yaratish davriga keldik, oldinga- barqaror rivojlanishga faqat chiqindisiz texnologiyalar orqali erishish mumkin. Akademik V.I.Vernadiskiy bundan 90 yil oldin aytganidek, "Bizning bilimlarimiz faqat fan yo'nalishida emas, balki muammolar bilan mashg'ul bo'lgan qolish mumkin" deganda go'yo ekologik muammolarda aksini topayotgandek tuyiladi.

O'simlik va hayvonot dunyosi hamda mikroorganizmlar o'zaro bog'lanibgina qolmay, ular noorganik dunyoga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.

Tabiatda har bir tur o'z o'rni va ahamiyatiga ega. Bu holat birinchi navbatda organizmlar o'rtasidagi munosabatlarga va muhit omillariga bog'liq.

Organizm va muhit o'rtasidagi mustahkam birlik qonuniyatlari majmui ekologiyaning nazariy asosini tashkil etadi. Organizm va muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni barcha biologiya fanlari ma'lum yo'nalishda talqin etsada, ekologiya organizmlarni yashash muhiti bilan bo'lgan o'zaro munosabatlari to'g'risida batafsil va atroflicha o'rganadi, tahlil etadi. Organizmlarning populyatsiya zichligi sur'atlarining o'zgarishini tadqiq etish fanning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu borada olingan ma'lumotlar iqtisodiy ahamiyatga molik turlar miqdor zichligining o'zgarishini tahlil etish va bu jarayonni boshqarish imkonini byeradi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar, ekotizmlar va biosfyera tushunchalari ekologiyaning o'rganish manbaini tashkil etadi.

Sinekologiyaning Ыг taгmog'i sifatida shakllangan agroekologiya qishloq xo'jalik landshaftlaгining kelib chiqishi, agгoekotizmlaгning shakllanish xususiyatlari va qonuniyatlarini, agroekotizmlar barqarorligi va ulardan oqilona foydalanish muammolarini o'гganadi.

Dastlab olib borilgan ekologik tadqiqotlaг asosan tabiiy senozlami o'гganishga qaratilgan edi. Agrotsenozlar esa organizmlarning tasodifiy yoki mavsumiy yig'inlari sifatida qaгalgan. XX asming 30 yillaгiga kelib agгotsenozlaгga bo'lgan e'tiboг kuchaydi, ularning taгkibiy to'zilmalari, funksiyalanishi va tashkillanish qonuniyatlari, biotsenozlarning mutanosib ekanligi asoslab byerildi.

Nemis ekologi V.TisЫyer (1971) talqiniga ko'ra biotsenozning baгcha xususiyatlari agrotsenozlar uchun ham mos keladi. Jumladan; a) agrotsenozlar doimo atrofdagi tabiiy birliklar har xil turga yoki turlar tizimiga mansub organizmlar hisobiga shakllanadi; b) agrotsenozlaming u yoki bu to'zilmalari almashib tuгadi, undagi ayrim yoki biг necha tuгlaг qo'shni biotsenozlaгga o'tishi, ulaг o'rnini ekologik talab darajasi yaqin bo'lgan boshqa turlar egallashi mumkin, bu holat agrotsenozga va uning yaxlitligiga ortiqcha ta'siг ko'гsatmaydi; v) oгganizmlaг uyg'unlashgan hayotiy funksiyalari hisobiga yaxlitligini saqlaydi, agrotsenozlar barqarorligini qarama-qarshi munosabatlar uyg'unligini ta'minlaydi; g) agгotsenozlaгda turning miqdor zichligi boshqa tur tomonidan boshqariladi; d) agrotsenozlarning chegaralanishida tashqi omillar asosiy ahamiyatga ega bo'ladi.

Ko'pgina tekshimvlaT uгan elementi toгiyga nisbatan yuqori haгakatchan deb ko'гsatadi. Masalan, uranni tupгoqka yutilishi 82,2-98,5% gacha toriy esa 98,5-99 % gacha yutiladi. Uran-238 ni tuproq tomonidan yutilishi rNni kamayishi bilan ortadi.

N.V.Aгxipov va boshqalaг (1984) tomonidan radionuklidlar ekilgan o'simliklaг tanasida ulami to'planishini o'гganib, u o'simlik turiga, qaysi a'zoligiga, гadionuklidni kimyoviy xususiyatiga, tuproqni xossalaгiga bog'liq deb ta'kidlaydilar. O'simlik doni, mevasida bu moddalaT eng kam miqdoгda to'planishi bayon etilgan.

Tabiatda ekotizm xilma-xil, qamrovi keng, bitta xildagi atom aylanma harakatda bir necha bor ishtirok etadi. Ayrim ekotizmni hamma joyda uchratish mumkin, masalan lishaynikni daraxt tanasidagi to'plamida, kichkina ko'lmak suvda, o'tloqda, o'rmon, cho'lda, dashtda, okeanda, umuman yer yuzasida hayot bor joyda uchraydi.

Ba'zan ekotizmni ba'zi turlarida moddalarni yuvilib ketishi shunchalik ko'pki, uni bir me'yorda ushlab turish qiyin, shuning uchun tashqaridan moddalar kelib turmasa jarayon to'xtab qoladi. Bularga oqar daryolar, tog'' yonbag'irlari, suv havzalari kiradi. Boshqa ekotizmda to'la aylanish ro'y byeradi va ularni avtonom deb ataladi (o'rmonlar, o'tloq-pichanzorlar, ko'llar va hokazo). Ammo bundan ekotizm

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. byerk degan ma'no kelib chiqmaydi, atmosfyera orqali sayyorada aylanma harakatda uzluksiz davom etavyeradi.

Ekotizmni bir bo'lagini tashkillovchi biogeotsenoz haqidagi ta'limot V.N.Sukachev (1942) tomonidan kiritilgan bo'lib, ma'lum maydondagi quruqlikda o'simliklar dunyosi orasida kechadigan jarayonlardir.

Enyergiya manbai hamma tirik organizmlarning yashashi uchun hamda ekotizmda moddalar almashinuvi uchun kyerakdir, bu faqat quyosh yog'dusi va haroratidan fotosintez jarayonida hosil bo'ladi. Getyerotroflar enyergiyani ozuqalardan oladi. Hamma tirik organizmlar bir-birlari uchun ozuqadir, ya'ni enyergetik jihatdan o'zaro bog'lanadilar. Har bir tizimda trofik aloqalar zanjirga bog'langandir. Har qanday organizm: baktyeriya, o'simlik bo'lsin boshqalar uchun yemishdir. Masalan, shiralarning dushmani xon qizi qo'ng'izi, sirfid pashshasi lichinkasi, hasharotxo'r qushlar kabilardir. O'rmonzorda yuzlab har xil turdagi bo'g'imoyoqlilar, fitone'matodlar, tekinxo'r zamburug'lar va xokozolar yashaydi. Bunday misollar tabiatda ko'plab uchraydi hatto hayvonot bilan oziqlanadi, o'simliklarni ham eydilar. Shunday qilib, ovqatlanish (trofik) zanjiri biotsenozda murakkab bo'lib hosil bo'layotgan enyergiya biridan ikkinchisiga o'tib, hayot rivojini davom ettiradi.

Aslini olganda har bir bo'lak enyergiya o'simliklarni yashil qismida yutilib qolishi juda ham qisqa bo'ladi, ular faqat 4-6 ketma-ket qator bo'yicha boradi, ya'ni birinchini egan organizm boshqasiga yem bo'ladi, ana shuning o'zi zanjirsimon ovqatlanish deb yuritiladi.

Har bir qatorning oziqlanish zanjiridagi o'rnini trofik daraja deb yuritiladi. Birinchi trofik darajadagilar produtsentlardir, ular organik massa hosil qiladilar, o'simlikxo'r konsumentlar 2-trofik darajadagilar; go'shtxo'rlar, ya'ni o'simlikxo'rlar bilan yashaydiganlar 3 darajali; o'z navbatida boshqa go'shtxo'rni eb yashovchilar 4 darajani va xokozo tashkil qiladilar. Shunday qilib konsumentlar 1, 2, 3, 4 va boshqa tartibda ozuqa zanjirini tashkil etadilar.

Umuman, yashashga mansub bo'lgan turlar keng spektrda ovqatlanish zanjirida turlicha trofik darajada bo'ladilar, masalan, inson ratsionida o'simlik, o'simlikxo'r, go'shtxo'r darajalilarni o'z ichiga oladi. Demak, turli zanjirsimon ovqatlanishda 1- 2-va 3-darajadagi konsumentlardan foydalanadi. Ba'zi turlar, masalan, o'simliklar bilan oziqlanadigan shiralar, quyonlar, tuyoqlilar doimo 2-qator oziqlanishida bo'ladilar.

Konsumentlarda enyergiya balansi quyidagicha boradi: yutilgan ovqat to'la o'zlashtirilmaydi, o'sha qism yana tashqi muhitga qaytadi (ekskrement) va boshqa tartibdagi ozuqa zanjirda ishtirok etadi. Ovqatlarni hazm bo'lish darajasi ovqatni turi va organizmdagi hazm qiluvchi fyermentlar turiga bog'liq. Hayvonlarda ozuqalarni o'zlashtirilishi 12-30 foiz (saprofitlarda 75 foiz) va undan ortiq bo'ladi (go'shtxo'r). Organizmda assimilyatsiya qilingan ovqatlar hisobiga hosil bo'lgan enyergiya ikki xil sarf bo'ladi. Ko'pchilik qismi hujayrani ish faoliyati uchun sarflansa, parchalanish

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. mahsuli organizmdan siydik, axlat, tyerlar, turli chiqindilar, qarbonat angidrid kabilar

bilan chiqib ketadi. Hamma metobolitik jarayonlarni saqlab turish uchun ketgan

enyergiyani shartli tarzda nafas olish uchun sarflanadi deb hisoblanadi. O'zlashtirilgan

ovqatning ozroq qismi organizm to'qimalariga transformatsiya qilinadi, ya'ni o'sishga,

zahiraga to'planishi va tanani kattalashuviga sarf etiladi.

Ekotizmdagi produtsentlar tomonidan quyosh enyergiyasini kimyoviy bog'lanish organik moddalarni hosil qilishga olib keladi. Demak, ma'lum vaqt ichida o'simlik tomonidan yaratilgan organik massa birlamchi mahsulot deb ataladi. Bu miqdor xo'l va quruq massa yoki enyergetik jihatdan "djoul" soniga ekvivalent qilib olinadi. Umumiy birlamchi mahsulot deb, o'simlik tomonidan ma'lum vaqt davomida hosil qilingan moddaga aytiladi, u fotosintez tezligiga bog'liqdir. Mahsulotning bir qismi o'simlikning hayotiy faoliyati uchun (nafas olishga) sarf bo'ladi, bu qism ko'proq bo'lishi mumkin. Tropik va yetilgan o'rmonlarda bu miqdor 40-70 foizni tashkil qiladi (umum mahsulotga nisbatan).

Ekotizmda piramida qoidasi. Har bir trofik darajada turli ozuqa barpo bo'lishi va uni ishlatilishi har xil kechadi. Lekin hamma ekotizmda o'ziga xos miqdor jihatdan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlar o'rtasida o'zaro nisbat bo'ladi, uni mahsulotlarning piramida qoidasi deb ataladi, har bir avvalgi trofik darajadagi birligi ichida to'plangan biomassa keyingisida kamayib boradi. Grafik tarzda bu qoida piramida shaklini oladi, bunda ozuqa zanjiridagi enyergiya sarfini anglaymiz.

Ekotizm mahsuldorligini bilib olish amaliy ahamiyatga ega bo'lib, insoniyatni oziq-ovqat bilan ta'minlashda agrotsenoz va boshqa toifadagi tabiiy resurslardan foydalanishda asosiy manba bo'lib qoldi, birlamchi mahsulot mahsuldorligini oshira borish aholini ovqat bilan ta'minlashga xizmat qilsa, ikkilamchisi, qishloq xo'jalik va sanoat, hayvonlarini ko'paytirish, oqsilga bo'lgan talabni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy resurslardagi birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarni ko'paytirishning optimal me'yorini aniqlash bilan ularning mahsuldorligini oshirish XXI asrda olimlar oldidagi muhim vazifa bo'lib qoladi, chunki o'sib borayotgan aholi soni yanada ko'proq va sifatli mahsulotga talab darajasi ortadi.

Tabiatda barcha tirik organizmlar muayyan muhitda yashaydi. Muhit - bu organizmlarni o'rab turuvchi tabiatning bir qismi bo'lib, organizm - larning holatiga, ko'payishi, o'sishi va yashovchanligiga to'g'ridan-to'g'ri yoki nisbiy ta'sir ko'rsatadi. Har bir organizmni yashash muhiti bir qancha organik va noorganik tabiatning elementlaridan tashkil topadi. Bunda ba'zi elementlar organizmlarni birinchi navbatda ehtiyoji uchun zarur bo'lsa, ayrimlari ularga beytaraf yoki zara rli ta'sir etadi.

Hayot sharoiti - bu har bir organizmning yashashi uchun zarur bo'lgan muhit elementlarining yig'indisidir.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Organizmlar yashashi uchun zarur bo'lgan yoki ularga salbiy ta'sir etuvchi muhit elementlari ekologik omillar deb aytiladi.

Yirtqich-o'lja, parazit-xo'jayin munosabati organizmlar o'rtasidagi ovqat orqali bo'ladigan aloqalardir. Chunki getyerotroflar boshqa getyerotroflar yoki avtotroflar hisobiga yashaydi. Ma'lumki, yirtqichlar o'ljasini ushlab qonsizlantirib, so'ng eydi. Shuning uchun yirtqichlardan o'ziga xos xulq atvor (faol reaksiya) tez harakat va boshqalar shakllangan bo'ladi.

Mushuksimonlar oilasiga mansub bo'lgan gepardlar o'lja ketidan quvganda 1 sekundda 20 metrni bosadi, soatiga 110, hatto 140 km tezlikda chopa oladi. Yirtqichlar o'z o'ljasini taqib qilish va ularni ushlash paytida muayyan enyergiya sarf etadi va ma'lum qarshilikka ham uchraydi. Bu esa yirtqich va o'ljada o'ziga xos ekologik moslashishning shakllanishi va ayni organizmlar guruhining progressiv himoya vosita lari bilintirmay qo'yadigan aks soya, chalg'ituvchi va ogohlantiruvchi rang, narsalarga va boshqa turlarga taqlid qilish, himoya qalqoni, tikanlar va boshqalar vujudga keladi.

Bularning barchasi tabiiy tanlashning hosilasi hisoblanadi. Yirtqichlarda o'ziga xos moslanishning belgisi - ularning keng ovqatlanish spektriga ega ekanligidadir. Buning asosida yirtqichlar alohida bir o'ljaga bog'lanib qolmasdan, sharoitga qarab osonlikcha bir o'ljadan ikkinchisiga o'ta oladi.

Tabiatda yirtqichlar ovqatlanishi uchun imkoni boricha kam enyergiya sarf etishga harakat qiladi. Shuning uchun ham ular son jihatdan ko'proq bo'lgan va oson ovlanadigan, lekin biologik to'la qiymatli o'lja bilan ovqatlanadilar. Oq ayiqlar xilma xil jonivorlar bilan oziqlanadi: tyulenlar, baliqlar, leminlar, oq tulki va boshqalarni ovlaydi. Lekin bularning ichida u tyulenlar go'shtini xush ko'radi yoki levislar sichqondan tortib qo'tosgacha barcha hayvonlarni ovlasada, tog' qo'chqorlari va echkilarni bir necha soatlab poylab yotadi. Yaqin vaqtgacha yirtqichlarga zararli hayvonlar sifatida qaralar edi.

Foydalangan adabiyotlar:

1.Barotov P. Tabiatni muhofaza qilish. T., "O'qituvchi"., 1991.

2. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. 1,2 qism, T., "O'qituvchi" 1994.

3. Otaboev Sh. Nabiev M. Inson va biosfyera. T., "O'qituvchi"., 1995.

4. Tursunov X.T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. "Saodat RIA",

1997.

5. To'xtaev A.S. Ekologiya. T., "O'qituvchi".,1998.

6. Qodirov E.V. va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik asoslari. T., "O'zbekiston", 1999

7. Хамидов Г. Медоносные ресурсы Узбекистана и пути их рационального использования //Автореф. дисс. - 1988

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

8. Хамидов Г.Х, Давидов М.А, Акбарова М.Х., Холикулов М.Р. Узбекистан асалли усимликлари ва асаларичилик истикболлари. Фаргона: Poligraf Super Servis. 2019. 156 с.

9. Abdullaeva, M. T., & Usmanova, T. E. (2022). FUNDAMENTALS OF ORNAMENTAL PLANT PROTECTION. Eurasian Journal of Academic Research, 2(1), 104-104.

10. Abdullaeva, M. T., & Ibragimova, S. S. (2022, January). THE ROLE OF ECOLOGICAL EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL CULTURE IN OUR YOUTH. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 1).

11. Зокирова, С. Х., Акбаров, Р. Ф., Кадирова, Н. Б., & Махсталиев, Н. С. У. (2020). Характеристика галечниковых почв Ферганской области и их пути к улучшению. Universum: химия и биология, (2 (68)).

12. Xolikulov, M. R. (2020). THE HERB (Capparis spinosa L) IS AN IMPORTANT HONEY PLANT. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(3), 165-170.

13. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Ахмедова, Д. М. (2020). ВЛИЯНИЕ ПИТАТЕЛЬНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ ИСКУССТВЕННОГО И ЕСТЕСТВЕННОГО ЭКРАНОВ В ПЕСКЕ НА РОСТ, РАЗВИТИЕ ХЛОПЧАТНИКА. Universum: химия и биология, (12-1 (78)), 14-18.

14. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Хаджибалаева, Н. М. (2020). Изучение режима орошения хлопчатника в условиях гидроморфных почв. Universum: химия и биология, (2 (68)).

15. Kholikulov, M. R. (2019). Current Status of Plant Resources in The Ferghana Valley and Opportunities To Use Them. Indonesian Journal of Innovation Studies, 8.

16. Gaybullaeva M. F. The Role Of Biomass In Saving Natural Resources //The American Journal of Horticulture and Floriculture Research. - 2021. - Т. 3. - №. 02. - С. 1-6.

17. Pulatova N. Ethnoecological Culture Of The Uzbek People Today And Pedagogical Aspects Of Its Formation In Students //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 485

18. Abdullaeva, M. T., Usmonova, T. E., & Inomov, H. E. (2021). Influence of number of seedlings and amount of fertilizers on the development of root system of winter wheat. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 805-809.

19. Abdullayeva, M. T. L., & Maqsudova, G. M. (2021). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 159-165.

20. To'lanovna, A. M., & Maxammadjonovna, M. G. (2021). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

21. Ismoilovich, I. M. (2021, July). Issues of transformation of educational experience of developed countries. In Euro-Asia Conferences (pp. 227-239).

22. Pulatova N. Ethnoecological Culture Of The Uzbek People Today And Pedagogical Aspects Of Its Formation In Students //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 485-490.

23. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

24. Салойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

25. Салойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

26. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

27. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения

"Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.