Научная статья на тему 'ZARAFSHON VODIYSI EKOLOGIK VAZIYATINI OPTIMALLASHTIRISH VA BARQARORLASHTIRISH YO’LLARI'

ZARAFSHON VODIYSI EKOLOGIK VAZIYATINI OPTIMALLASHTIRISH VA BARQARORLASHTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
329
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fitomelioratsiya / irigatsiya / melioratsiya / degredatsiya / tuproq va suv erroziyasi / Phytomelioration / irrigation / reclamation / degradation / soil and water erosion

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nazarov, X.T., Ibragimov, L.Z., Qushoqova, F.U., Usmonxonova, D.F.

Mazkur maqolada Zarafshon vodiysida sodir bo’lgan ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari taxlil etilib uni bartaraf etish yuzasidan zaruriy meliorativ tadbirlar belgilash orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash bayon etilgan bo’lib ushbu tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha aniq taklif, tavsiya va metodik ko’rsatmalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Ways to optimize and stabilize the ecological situation in the Zarafshan valley

This article analyzes the causes of environmental problems in the Zarafshan valley and describes the need to ensure environmental sustainability by identifying the necessary reclamation measures to address them. Instructions are given.

Текст научной работы на тему «ZARAFSHON VODIYSI EKOLOGIK VAZIYATINI OPTIMALLASHTIRISH VA BARQARORLASHTIRISH YO’LLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ZARAFSHON VODIYSI EKOLOGIK VAZIYATINI

OPTIMALLASHTIRISH VA BARQARORLASHTIRISH YO'LLARI

Nazarov X.T., Ibragimov L.Z., Qushoqova F.U., Usmonxonova D.F.

Samarqand Davlat Universiteti

Annotasiya: Mazkur maqolada Zarafshon vodiysida sodir bo'lgan ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari taxlil etilib uni bartaraf etish yuzasidan zaruriy meliorativ tadbirlar belgilash orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash bayon etilgan bo'lib ushbu tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha aniq taklif, tavsiya va metodik ko 'rsatmalar berilgan.

Kalit so'zlar: Fitomelioratsiya, irigatsiya, melioratsiya, degredatsiya, tuproq va suv erroziyasi

Аннотация: В статье анализируются причины экологических проблем в Зарафшанской долине, описывается необходимость обеспечения экологической устойчивости путем определения необходимых мелиоративных мер для их решения, даются инструкции.

Ключевые слова: фитомелиорация, орошение, мелиорация, деградация, почвенная и водная эрозия.

Abstract: This article analyzes the causes of environmental problems in the Zarafshan valley and describes the need to ensure environmental sustainability by identifying the necessary reclamation measures to address them. Instructions are given.

Keywords: Phytomelioration, irrigation, reclamation, degradation, soil and water erosion

KIRISH

Zarafshon vodiysida turli-tuman landshaft tiplari mavjud bo'lib jumladan voha landshaft turlari ko'p tarqalganligi bilan xarakterli. Voha qadimdan dehqonchilik rivojlanganligini hisobga olsak asosan madaniy tuproqlar katta qismini egallaydi. Keyingi yillarda aholi soning oshishi tabiiy resurslarga bo'lgan talabni tinmay oshib borishini tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi nomunosib holatni keltirib chiqarmoqda. Vodiy landshaftlarida ekologik vaziyat keskinlashib borishi ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Zarafshon vodiysi ekologik vaziyatni tahlil etish landshaftlarda bo'lgan o'zgarishlarni aniqlash bugungi kunning muhim dolzarb vazifalaridan biridir.

Biz ilmiy tadqiqot ishimizda vodiyda ro'y beradigan salbiy jarayonlarni ilmiy tahlil qilgan holda ekologik vaziyatni optimallashtirish uchun zaruriy chora tadbirlar ishlab chiqish hamda landshaft ekologik barqarorligini ta'minlash uchun meliorativ tadbirlarni belgilashdan iborat. Buning uchun iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan

1164

Scientific Journal Impact Factor

O

holda landshaft o'zgarish sabablarini tahlil etish orqali rekultivatsiya tadbirlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash muhim ahamiyatga egadir. Voxadagi daryo, qayirlardagi degradatsiya jarayonlarini baxolash, monitoring qilish va uni bartaraf etish yuzasidan chora tadbirlar belgilash ishimizning vazifasi hisoblanadi.

Voha landshaftlari ekologik holatini optimallashtirish orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash borasida olib boriladigan meliorativ tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan yo'l xaritalarini tuzish asosiy masalalaridan hisoblanadi. Buni hal etish bugungi kunning dolzarb vazifasin bo'lishi bilan bir qatorda hududning geoekologik muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga ekologik barqarorlikni ta'minlashning garovidir.

Keyingi yillarda tog'larda tog' etaklarda ekologik muvozanatning buzulishi ko'proq o'simliklarning xo'jasizlarcha ayovsiz qirqilib olinishi, sel hodisalarining katta masshtablarda sodir bo'lishi bilan bog'liqdir. Tabiat zanjirining bir halqasi o'simlik dunyosining uzilishi boshqa xalqlarning ham jiddiy zarar ko'rishiga va oqibatda ekologik balansning buzilishiga olib kelgan. Bu hol faqat ekologik vaziyatni jiddiylashtirdi, balki barcha tabiiy resurslarning ham zarar ko'rishiga, ya'ni tuproqning tog' yon bag'irlarida yuvilib ketishiga, yaylov va noyob o'rmonzorlar hamda mevali dataxtzorlar maydonlarining keskin kamayib ketishiga, hayvonot dunyosining aziyat chekishiga, qolaversa yerning o'ydim-chuqurligining bir necha o'n va yuz baravar oshishiga iqlimiy sharoitlarning o'zgarishiga va boshqa ko'pgina inson uchun qulay bo'lgan tabiiy sharoitlarini va resurslarini jiddiy o'zgarishiga sababchi bo'lmoqda. Ushbu nohush hodisalar hozirda ham davom etib kelmoqda va buzilgan muvozanat qayta tiklanmaganligi ko'pgina joylarda falokatli buzilish hollari ya'ni ekologik stress holatini sodir bo'lishiga sabab bo'lmoqda, bu esa o'simlik va tuproqlarda degradatsiya jarayonini kuchayishiga, natijada cho'llanishni kuchayishiga olib kelmoqda. Ekologik vaziyatning jiddiylashuvi asosan daryo bo'ylaridagi to'qayzorlarning to'xtovsiz qirqilishi suv bilan ta'minlangan joylarida surunkasiga qo'y boqish va yarim buta, buta daraxtzorlarni, shuvoqni yoqilg'i sifatida aholi yashash joylarida yoppasiga qirqib olinishi natijasida sodir bo'lmoqda.

Zarafshon qayirlaridagi zich qamishzorlar va dov daraxtli to'qayzorlar betinim o'tin tayyorlash, mol boqish, yog'in tushish vahokozolar ta'sirida kuchli zararlanmoqda. Ularning maydonlari bir necha barborar kamayishi tufayli qayirlarda sho'rlanish, eroziy, suv toshqinlari kabi noxush hodisalar sodir bo'lmoqda. Quyidagi jadvalda voha tuproqlarini erroziyaga uchrash darajasi Samarqand viloyati misolida bayon qilingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Zarafshon vohasida tuproq eroziyasining holati

(Samarqand viloyati misolida )

Tumanlar Erroziyag Shu jumladan

/r a uchragan Shamol Suv

maydonlar erroziyasi erroziyasi

Samarqand 1440 210 1990

Bulung'ur 14980 12710 2270

Jomboy 10310 9319 991

Payariq 15382 11334 3047

Nurobod 21410 2031 1100

Pastdarg'om 3638 2219 1419

Narpay 940 300 640

Paxtachi 2718 - 2718

Ishtixon 2771 1419 925

Zarafshon vohasida sug'oriladigan yerlarning eroziyaga uchrashini ushbu jadval orqali kuzatishimiz mumkin. Tuproqlar erroziyaga suv va shamolning ta'sirida ro'y berishini hisobga olgan holda fitomeliorativ tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Yerning 70% o'simlik qoplami bilan qoplanganda erroziya darajasi 30% qisqaradi. Demak o'simlik qoplamini saqlash, himoya zonalarini tiklash, shamol va suv erozziyasini bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega bo'lib ekologik holatni barqarorlashtirishda yordam beradi.

Vohada yer osti suvlar sathi ko'tarilib borishi, qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda yo'l qo'ygan xatolar va daryo suviga oqava suvlar va zovur suvlarning tashlanishi daryo suvini minerallashuviga sabab bo'lib, daryo quyi qismiga borgan sari minerallashuvi oshib borishi quyidagi jadvalda ko'rsatilgan

Zarafshon daryosi suvi minerallashuv darajasi (mg/l)

Hududlar Minerallashuv darajasi

Ravotxo'ja 280-300

Samarqand 500-550

Xatirchi 700-850

Navoiy 1000-1100

Buxoro 1300-1500

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Voha ekologik holatiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan biri sug'orishda foydalaniladigan suv hisoblanadi. Voha asosiy suv zaxirasi Zarafshon daryosi va uning irmoqlari bo'lib, daryo suvi boshlanishidan quyi qismiga borgan sari minerallashuv darajasi oshib borishi kuzatiladi, buning sababi daryo suviga tashlanadigan maishiy xo'jalik oqava suvlari tashlanishi bo'lib, shahar oqva suvlarini tozalamasdan daryoga tashlanishi suvni minerallashuv darajasini oshishiga olib kelib suvdan sug'orishda foydalanish tuproqlarni sho'rlanishiga sabab bo'lib minerallashish darajasini oshishiga sabab bo'lib yer osti suvlarini ko'tarilib ketishi tuproqlar sho'rlanishini oshiradi, buni bartaraf etish uchun yer osti suvlar sathini pasaytirish uchun zovurlar qazish, tuproqlar sho'rini yuvish maqsadga muvofiq bo'lib suvlarni gidrogeologik holatini hisobga olib meliorativ tadbirlar amalga oshirish zarur.

Zarafshon vodisi qirg'oqlarida ekin yerlarini ko'payishi hudud ekologik holatiga keskin ta'sir ko'rsatib ayrim ayrim rayonlarda bu ta'sir natijasida vujudga kelgan holat ancha achinarli bo'lib, ekosistemada tuzatib bo'lmas holatlarni keltirib chiqarmoqda. Bu holatni ilmiy asoslangan tarixiy izlanishlar natijalari asosida hal qilish zarur, aks holda bu boshqa bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Voha ekologik holatini buzilish sabablarini aniqlash unga ilmiy baho berish va o'z vaqtida uni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Buning uchun vodiy hududi landshaft kompanentlarini kompleks o'rganish ularda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni aniqlash, ularni o'zgarganlik darajasiga qarab guruhlarga ajratish zarur ayrim o'zgarish sabablariga javobgar bo'lgan tashkilot rahbarlariga nisbatan ma'muriy choralari ko'risha zarur deb hisoblaymiz. Voha ekologik holatini to'g'ri baholab, uni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo'llash zarur va kechiktirib bo'lmaydigan vazifadir Yuzaga kelgan ekologik muammolar sabablarini aniqlash geografik nuqtai-nazardan baholash har-bir o'zgarish sabablarini joyda qiyosiy, solishtirma va kartografik usullardan foydalanib baholash, masalani tez va samarali hal qilinishi bosh omil bo'lib buni kechiktirib bo'lmaydigan masala bo'lib vodiy suv va tuproq resurslaridan to'g'ri foydalanish, o'simlik qoplamini tiklash orqali amalga oshirish mumkin, natijada vodiy ekosistemasining tiklanishi fauna va flora qatlamida muvozanatni bujudga keltirish orqali biologik xilma-xillikni ta'minlash zarur.

XULOSA

Ekologik muammolarni tahlil qilgan holda uning kelib chiqish sabablarini monitoring ekologik xafni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan zaruriy fitomeliorativ, gidromeliorativ, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini yo'lga qo'yish orqali vohada ekologik barqarorlikni taminlash mumkin. Vohada ekologik

Scientific Journal Impact Factor

о

barqarorlikni ta'minlash orqali ijtimoiy-ekologik muammolarni bartaraf etish mumkin bu o'z navbatida aholi salomatligiga va oziq-ovqat xavsizligi masalalarini hal qilishda muhim ahamiyatga egadir.

1. O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanishning holati to'g'risida milliy ma'ruza. (2004-2006) T., 2006-y.

2. O'zbekiston Respublikasida cho'llanishga qarshi kurash harakati Milliy dasturi. T., 1998-y.

3. Alibekov L.A. Ландшафты и типы земель Зарафшанских гор и прилегающих равнин. Т., изд. Фан 1982г

4. Raxmatullayev A.R, Mamajonov R.I. Zarafshon daryosi suvidagi sifat o'zgarishlar. To'plam: O'zbekistoning ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish. Samarqand, 1998-y, 103-107-b

5. Raxmatullayev A.R. Tabiatda qo'rg'oshin. J.Ekologiya xabarnomasi, 2001.

6. Abbasov S.B., Juraev J.S., Usmonxonova D.F. O'rta Zarafshon lanshaftlari cho'llanish jarayonlariga grunt suvlarining ta'siri.// Cho'llanish muammolari: dinamik, baholash, yechim xalqaro ilmiy-amaliy konfirensiya materiallari to'plami. -Samarqand, 2019-y, -B. 116-117.

7. Nazarov X.T, Usmonxonova D.F, Mustafoeva Sh, Orifjonova I. Zarafshon vohasida geoekologik holatni optimallashtirish orqali ijtimoiy-ekologik muammolarni barqarorlashtirish yo'llari.// Innovation in the modern education system. -Vashington (AQSH), 2021-y, -B. 152-156.

8. Nazarov Kh.T., Ibragimov L.Z., Ganiev Z.A., Tirkashev S.Kh. (2018). Using alternative energy is the guarantee of ecological steadiness. Science and world. № 2 (54). Vol. II. Pp.80-84.

9. Назаров Х. Т., Ибрагимов Л.З. (2019), Geographical properties of tourism development in Zarafshan Valley. «Евразийский Научный Журнал. №1. Pp. http://journalpro.ru.

10. Nazarov Kh.T., Ganiyev Z. A., Ibragimov L. Z. (2018). Natural Resources in Unconventional Energy Production Capacity onthe Basis of the Study: A Case Study of Mirzachul Region. International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD). www.ijtsrd.com. Volume - 2 | Issue - 6. Pp. 1162-1165.

11. Nazarov Kh. T.Jbragimov L.Z., Jumayeva S. O.,Vakhobova N.S. (2019).

ECONOMIC SOCIAL AND ECOLOGICAL SIGNIFICANCE OF USE

REFERENCES

263-265-b

Scientific Journal Impact Factor

О

ALTERNATIVE ENERGY. (A case study of Mirzachul valley). Евразийский Союз Ученых (ЕСУ). №1. (58). https://euroasia-science.ru.

12. Nazarov Kh.T and others. (2016). The issues production of electron energy from wind resources Uzbekistan.

Republican scientific-practical conferences. Samarkand. Pp.24-29.

13. Nazarov Kh.T., Ibragimov L., Ganiyev Z.A. (2019). The feature of vertical and spatial development of exogenous morphogenesis processes of Zarafshan valley. Science and world. № 1 (65). Vol. II. Pp. 60-63.

14. Ibragimov, L. (2016). Importance of studying natural and geographical potential of regions in economic-geographical research (A case study of Samarkand Region). Science and World. International scientific journal. Russia [online] № 7 (35) Vol. II. pp.111-114 Available at: http: //scienceph.ru/.

15. Ibragimov, L. (2016). Importance of studying natural and geographical potential of regions in economic-geographical research (A case study of Samarkand Region). Science and World. International scientific journal. Russia [online] № 7 (35) Vol. II. pp.111-114 Available at: http: //scienceph.ru/.

16. Ibragimov, L. (2017). Specialization of agriculture - as the solution to the problem of employment (A case study of Samarkand Region). European Science Review. Austria [online] 1 (2), pp.19-23. Available at: http:// www.ew-a.org.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.