Научная статья на тему 'Tik o’suvchi bo’rigul (vinca erecta Regel E. Schamalh) va kichik bo’rigul (vinca minor) larning Samarqand sharoitidagi ayrim bioekologik xususiyatlari'

Tik o’suvchi bo’rigul (vinca erecta Regel E. Schamalh) va kichik bo’rigul (vinca minor) larning Samarqand sharoitidagi ayrim bioekologik xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
593
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Life Sciences and Agriculture
Область наук
Ключевые слова
vinca erecta Rege.e.t Schamalh / vinca minor / osmatik bosim epidermis / mezafil / hujayra shirasi. / Vinca Erecta Rege.e.t Schamalh / Vinca minor / эпидермис осмотического давления / мезафил / клеточный сок.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Mamadiyorov Muzaffar Umirzoqovich

Maqolada vinca erecta Regel.E.t Schamalh va vinca minor o’simliklarinig fiziolagik va ekologik xususiyatlari bo’yicha ma’lumotlar berilgan.Jumladan bu o’simlik turlarini suv rejimi ko’rsatkichlaridan suvni o’rnida saqlash xususiyatlari,o’simlik hujayrasi,shirasining osmatik bosimi yoki shira konsentratsiyalari aniqlangan.Bu xususiyatlar ularni suv,nam tanqisligiga chidamliligini ta’minlashga xizmat qilishi yoritilgan.Bularning barg hujayralarini tuzilishi ya’ni barg og’izchalarining ustki epidermasida uchramasligi,og’izchalar bargning ostki epidermasida joylashuvi,barg epidermasi hujayralarining qobiqlarini kuchli egri-bugriligi,qalin kutikula bilan qoplanganligi ularni nam tanqisligiga ham moslasha olish xususiyatlarini aks ettiradi.Bular xushmanzara doim yashil o’simliklar bo’lib o’zida,turli og’ir metallarni va havodagi zarralarni ko’p o’zlashtirish xususiyatiga egaligi uchun,shahar muhiti ekologik holatini yaxshilashda istiqbolli turlar hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НЕКОТОРЫЕ БИОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ПРЯМОРАСТУЩЕЙ БАРВИНОК (VINCAERECTAREGEL E.SCHAMALH) И БАРВИНОК МАЛЫЙ (VINSAMINOR) В САМАРКАНДЕ

В статье представлена информация о физиологических и экологических свойствах vinca erecta Regel. Et Schamalh и vinca minor. В частности, влагоудерживающие свойства этих видов растений по показателям водного режима, растительной клетки, Определено осмотическое давление или концентрация сока, которые обеспечивают устойчивость к нехватке воды и влаги. их сильная кривизна и толстое покрытие кутикулы отражают их способность адаптироваться к недостатку влаги. Эти красивые вечнозеленые растения способны поглощать различные тяжелые металлы и частицы в воздухе. являются перспективными видами в улучшении экологического состояния городской среды.

Текст научной работы на тему «Tik o’suvchi bo’rigul (vinca erecta Regel E. Schamalh) va kichik bo’rigul (vinca minor) larning Samarqand sharoitidagi ayrim bioekologik xususiyatlari»

TIK O'SUVCHI BO'RIGUL ( VINCA ERECTA REGEL E.SCHAMALH) VA KICHIK BO'RIGUL (VINCA MINOR) LARNING SAMARQAND SHAROITIDAGI AYRIM

BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mamadiyorov Muzaffar Umirzoqovich

Самарканд давлатуниверситеты,жисмониймаданият факултетиуцитувчиси

Maqolada vinca erecta Regel.E.t Schamalh va vinca minor o'simliklarinig fiziolagik va ekologik xususiyatlari bo'yicha ma'lumotlar berilgan.Jumladan bu o'simlik turlarini suv rejimi ko'rsatkichlaridan suvni o'rnida saqlash xususiyatlari,o'simlik hujayrasi,shirasining osmatik bosimi yoki shira konsentratsiyalari aniqlangan.Bu xususiyatlar ularni suv,nam tanqisligiga chidamliligini ta'minlashga xizmat qilishi yoritilgan.Bularning barg hujayralarini tuzilishi ya'ni barg og'izchalarining ustki epidermasida uchramasligi,og'izchalar bargning ostki epidermasida joylashuvi,barg epidermasi hujayralarining qobiqlarini kuchli egri-bugriligi,qalin kutikula bilan qoplanganligi ularni nam tanqisligiga ham moslasha olish xususiyatlarini aks ettiradi.Bular xushmanzara doim yashil o'simliklar bolib o'zida,turli og'ir metallarni va havodagi zarralarni ko'p o'zlashtirish xususiyatiga egaligi uchun,shahar muhiti ekologik holatini yaxshilashda istiqbolli turlar hisoblanadi.

Tayanch so'zlar: vinca erecta Rege.e.t Schamalh, vinca minor, osmatik bosim epidermis, mezafil, hujayra shirasi.

НЕКОТОРЫЕ БИОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ПРЯМОРАСТУЩЕЙ БАРВИНОК (VINCAERECTAREGEL E.SCHAMALH) И БАРВИНОК МАЛЫЙ (VINSAMINOR) В САМАРКАНДЕ

В статье представлена информация о физиологических и экологических свойствах vinca erecta Regel. Et Schamalh и vinca minor. В частности, влагоудерживающие свойства этих видов растений по показателям водного режима, растительной клетки, Определено осмотическое давление или концентрация сока, которые обеспечивают устойчивость к нехватке воды и влаги. их сильная кривизна и толстое покрытие кутикулы отражают их способность адаптироваться к недостатку влаги. Эти красивые вечнозеленые растения способны поглощать различные тяжелые металлы и частицы в воздухе. являются перспективными видами в улучшении экологического состояния городской среды.

Ключевые слова: Vinca Erecta Rege.e.t Schamalh, Vinca minor, эпидермис осмотического давления, мезафил, клеточный сок.

SOME BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS DIRECTLY GROWING (VINCA ERECTA

REGEL.E.SCHAMALH) AND BARVINOK SMALL (VINSA MINOR) IN SAMARKAND

The article provides information on the physiological and ecological properties of vinca erecta Regel.Et Schamalh and vinca minor plants. In particular, the water retention properties of these plant species from the indicators of water regime, plant cell, The osmotic pressure or concentration of the sap has been determined. These properties serve to ensure their resistance to water and moisture shortages. their strong curvature and thick cuticle cover reflect their ability to adapt to moisture shortages. These beautiful evergreen plants are able to absorb a variety of heavy metals and airborne particles. , are promising species in improving the ecological condition of the urban environment.

Key words: Vinca Erecta Rege.et Schamalh, Vinca minor, osmotic pressure epidermis,

mesafil, cell sap._

DOI: 10.24411/2181- 0761/2020-10018

Kirish. Atrof-muhit ekologik holatini yaxshilashda chiroyli manzara beruvchi va shifobaxsh o'simliklarni o'rganish muhim ahamiyatga ega [1]. Hozirgi globallashuv sharoitida atrof-muhit ekologik holatini biologik yo'l bilan yaxshilashga Respublikamizda katta e'tibor berilmoqda [2]. Bizni ilmiy tadqiqotimizda ham asosan Tik o'suvchi bo'rigul

(Vinsa erecta Regel.E.t Schamalh ) va kichik bo'rigul (Vinca minor) larning bioekologik xususiyatlari o'rganildi.

Mavzuni dolzarbligi: Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishining farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish,aholi va tibbiyot muassasalarini,arzon,sifatli dori vositalari bilan ta'minlanishini yaxshilash bo'yicha chora tadbirlarini amalga oshirish, aholi salomatligini yaxshilash uchun yuzaga kelgan va kelayotgan ekologik muammolarni bartaraf qilish lozimligi aytib o'tilgan. Shu kabi dolzarb muammolarni hisobga olgan holda, istiqbolli doim yashil shifobaxsh o'simliklardan foydalanish hozirgi davrda dolzarb muammo hisoblanadi.

Ilmiy kuzatishlarni doim yashil bo'lib turuvchi,insonlar kayfiyatini ko'taruvchi,asosan gazon sifatida ekiladigan va shifobaxsh xususiyatga ega bo'lgan bo'rigulni ikki turini biologik xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan. Bo'rigul turkumiga kiruvchi tadqiqot olib borilgan turlar ko'p yilik o'tsimon o'simliklar bo'lib,ular yer usti va yer ostki organlarida alkaloidlar(vinervin, tambozin, vineredin, tvinin, pubetsin, minorin, vinkamin, izovinkamin, vinkominorin, izamaydin, akuamisin, devinkon) mavjud. Shu sabali ulardan tabobatda nerv, yurak qon-tomirlari kasalliklarini davolashda foydalaniladi [1,2]. Jumladan tik o'suvchi bo'rigul tarkibidagi vinkamin va devinkan yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda ishlatiladi, kichik bo'riguldan ham shu kabi foydalanish mumkin. Kichik bo'rigul damlamasidan gijjalarni haydash, qon to'xtatish va teri kasalliklarini davolashda foydalanish mumkin.

Mavzuning maqsadi: Tik o'suvchi bo'rigul (Vinsa erecta Regel.E.t Schamalh ) va kichik bo'rigul (Vinca minor) larning Samarqand shahridagi ayrim bioekologik xususiyatlari( suvni saqlash xususiyati , hujayralarnining osmotik bosimi) ni aniqlash.

Tadqiqot usullari va materiallari: Vinca erectaning poyasi bir nechta bo'lib to'p hosil qiladi, tik o'suvchi, shoxlanmaydigan bo'yi 30-75 sm. Poya diametri 0,1-0,5 sm. Barglari oddiy ellepssimon yoki lansetsimon bandsiz poyada qarama-qarshi joylashgan, chetlari qirqilmagan butun uzunligi 4,6-6,2 sm, kengligi 2,2-3,3 sm. Uning barglari ustki va ostki tomondan kutikula va bir qatorli epidermis to'qimasi bilan qoplangan. Og'izchalar faqat ostki epidemisda uchraydi. Bargni ustki epidermisi ostida ikki qator ustunsimon hujayralar ularning ostida esa 5-7 qatorli bulutsimon to'qima hujayralari joylashgan.

Vinca minor doim yashil ildizpoyali har yili gullab meva beradigan yarim buta o'simlik hisoblanadi. O'simlik ikki turdagi vegetativ va generativ poya hosil qiladi. Bu poyalarni bo'g'im oraliqlariga qarab bir-biridan ajratiladi. Vegetativ poyalarining bo'g'im oraliqlari uzun bo'lib gorizontal yo'nalishda o'sadi,shox hosil qiladi,bo'yi 25-50sm.Barglari oddiy tuxumsimon,o'tkir uchli,yaltiroq,qalin ustki tomoni yashil,ostki qismi esa yashil -kulrang uzunligi 2,5-5,3 sm,eni 1,3 -2,8 sm,qisqa bandli, poyada qarama-qarshi ko'rinishda joylashgan. Barglari qalin kutikulka bilan qoplangan.

Epidermis bir qavatli. Barg og'izchalari bargning ostki tomonida joylashgan. Barg tomirlari asaosan bargning ostki tomonida bo'rtib chiqqan. Barg mezofili tik o'suvchi bo'rigulga nisbatan yupqaroq bo'ladi.Bargning ustki tomonidan ko'rinishi yaltiroqligi esa yuqori turadi. Bargning ostki tomonida ko'p sonli og'izchalar uchraydi.

Barg mezofili dorsavental tipida bo'lib 2-3 qatorli ustunsimon va 6-8 qatorli gavak to'qima hujayralaridan iborat. Bo'rigul turkumiga kiruvchi bu ikki turda barg epidermis hujayralari qobiqlarini kuchli egri-bugriligi qalin kutikula qavati mavjudligi, bargning ust qoplovchi to'qima hujayralarida barg og'izchalarining uchramasligi ularni nam tanqisligiga moslashish xususiyati yaxshi rivojlanganligini ko'rsatadi. Bundan tashqari barg hujayralarining osmatik bosimi yuqoriligi ham ularni nam tanqisligiga moslashuvida katta rol o'ynaydi. Tadqiqot jarayonida anatomik,fiziologik, morfologik usullardan foydalaniladi.Bargning anatomik,morfologik belgilari anatoma-morfologik usuldan foydalanib o'rganiladi.

O'simliklarni a'zolarida, ya'ni barglarida suvni saqlash qobiliyati Nichipirovich metodi orqali o'rganiladi.

Bu o'simliklar hujayralarinig shirasi konsentratsiyasi refroktometriya usuli orqali o'rganiladi.

Olingan natijalar: Bizni Ilmiy tadqiqot ishlarimiz Samarqand davlat universiteti Biologiya fakultetini tajriba maydonida 2018-yil aprel-avgust oylarida olib bordik.

Havoning harorati yuqori va nisbiy namligi kam bo'lgan vaqtda ya'ni iyul-avgust oylarida vinca erecta va vinca minorlarning assimilyatsiya qiluvchi to'qimalari jumladan barglarini suvni saqlash qobiliyati o'rganildi. Suvni saqlash xususiyati o'simliklarni turiga,yashash sharoitiga, barglarini tuzilish xususiyatlari bilan bog'liq bo'ladi. O'simliklarni suvni o'rnida saqlash xususiyatini aniqlab ularni suv tanqisligiga chidamlilik darajasi haqida ham ma'lumotga ega bo'lish mumkin.

Bunda tik o'suvchi bo'rigul va kichik bo'rigul o'simlik turlarini suvni saqlash qobiliyati aniqlanganda quyidagi natijalar olindi: tik o'suvchi bo'rigulni suvni o'zida saqlsh xususiyati iyulda 74,1% avgustda 78,5%. Kichik bo'rigulda esa iyulda 83,4% avgustda 87,3% ekanligi aniqlandi. Bundan ko'rinib turibdiki, kichik o'suvchi bo'rigul suvni o'zida yaxshiroq saqlaydi.

Tik o'suvchi bo'rigul va kichik bo'rigulda 2018-yil aprel-avgust oylarida hujayralarning osmotik bosimi aniqlandi va quyidagi natijalar olindi [3].

Turli oylarda o'simlik hujayrasidagi osmotik bosim(atm)

o'simlik turi aprel may iyun iyul avgust

Tik o'suvchi bo'rigul 17 atm 20 23 28 31

Kichik bo'rigul 19atm 23 25 31 33

Bundan ko'rish mumkinki atmosfera havosi issiq bo'lishi bilan tuproq namligi kamayib boradi.Shu sababli bu o'simliklar suvni o'ziga olish uchun hujayralarning osmotik bosimi ortishi amalga oshadi.

Xulosa. Tik o'suvchi bo'rigul va kichik bo'rigul turlari yil davomida yashil o'simliklar bo'lganligi sabali ularni shahar muhitida gazon sifatida ekish muhim ahamiyatga ega.Shu bilan birga ular xushmanzara o'simliklar hisoblanadi.Bu o'simliklarni yer usti organlarida ko'plab alkoloidlar bo'lib ulardan nerv yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalanish mumkin.

Bu o'simliklarni suvni o'rnida saqlash xususiyati hamda hujayralarning osmotik bosimi yuqori bo'lganligi sababli nam tanqisligi sharoitiga yaxshi moslasha olishi ularni nam tanqisligi mavjud bo'lgan hududlarda yaxshi o'sib rivojlanishini ta'minlaydi.

ADABIYOTLAR:

1 Арнаутова 2004 - Арнаутова Ю.Е. Колдуны и святые: антропология болезни в средние века. СПб., 2004.

2 Ibragimov A.Yu.Shifobaxsh ne'matlari: Toshkent 2016 yil 4046.

3. O'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligi va biologiya fanlari doktori K.C.Safarovning ilmiy va pedagogik faoliyatiga bag'ishlangan ''O'simliklar introduksiyasi;yutuqlari va istiqbollari'' mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari;Toshkent,2018-yil 285b.

4 Палов М. Энциклопедия лекарственных растений. Пер. с немец./ Предисл. И.А.Губанова. - М.:Мир, 1998. - с.467, ил.

5. Ракова Т.Н. Лекарства вокруг нас. Воронеж: ВГАУ, 2000. -272с.: ил. 6 Скворцов В.Э. Растения Средней полосы России: Атлас-определитель. - М.: 5 за знания, 2008. - 336 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.