Научная статья на тему 'Sun’iy yo’ldoshlar ma’lumotlari asosida sardoba suv ombori toshqinini o’rganish masalalari'

Sun’iy yo’ldoshlar ma’lumotlari asosida sardoba suv ombori toshqinini o’rganish masalalari Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
511
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sentinel sun’iy yo’ldoshlar tizimi / Sardoba suv ombori / suv toshqini. / Sentinel Satellite System / Sardoba reservoir / water flood.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muzaffar Matchanov Jumanazarovich, Salauat Abdireimov Jamalovich, To’rabek Matjonov Otabek O’g’li

Masofadan olingan ma’lumotlar asosida yer yuzasidagi voqea va hodisalarni o’rganishda sun’iy yo’ldoshlarning ahamiyati katta bo’lib ular jarayonlarni regio nal ko’lamda operativ tarzda tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada Sentinel 1A, Sentinel 2A, Sentinel 3 OLCI, SRTM, Google Earth, OSM ma’lumotlari asosida Sardoba suv toshqinini o’rganishga harakat qilingan. Ko'rib chiqilgan tahlillar va olingan natijalar 05.05.2020 yilgi ma’lumotga asoslanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF STUDYING THE SARDOBA RESERVOIR FLOOD BY USING SATELLITE DATA

Satellite data has been considered one of the primary sources of remote sensing for operatively investigating regional phenomena on the Earth. Sardoba water flood attempted to study in this article by using Sentinel 1A, Sentinel 2A, Sentinel 3 OLCI, SRTM, Google Earth, OSM data. The results and discussions mainly based on information taken at 05.05.2020.

Текст научной работы на тему «Sun’iy yo’ldoshlar ma’lumotlari asosida sardoba suv ombori toshqinini o’rganish masalalari»

SUN'IY YO'LDOSHLAR MA'LUMOTLARI ASOSIDA SARDOBA SUV OMBORI TOSHQININI O'RGANISH MASALALARI

Muzaffar Matchanov Jumanazarovich1 Salauat Abdireimov Jamalovich2 To'rabek Matjonov Otabek o'g'li1

Urganch Davlat universiteti1 Qoraqalpoq Davlat universiteti2

Masofadan olingan ma'lumotlar asosida yer yuzasidagi voqea va hodisalarni o'rganishda sun'iy yo'ldoshlarning ahamiyati katta bo'lib ular jarayonlarni regio nal ko'lamda operativ tarzda tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada Sentinel 1A, Sentinel 2A, Sentinel 3 OLCI, SRTM, Google Earth, OSM ma'lumotlari asosida Sardoba suv toshqinini o'rganishga harakat qilingan. Ko'rib chiqilgan tahlillar va olingan natijalar 05.05.2020 yilgi ma'lumotga asoslanadi.

Kalit so'zlar: Sentinel sun'iy yo'ldoshlar tizimi, Sardoba suv ombori, suv toshqini.

ISSUES OF STUDYING THE SARDOBA RESERVOIR FLOOD BY USING SATELLITE DATA

Satellite data has been considered one of the primary sources of remote sensing for operatively investigating regional phenomena on the Earth. Sardoba water flood attempted to study in this article by using Sentinel 1A, Sentinel 2A, Sentinel 3 OLCI, SRTM, Google Earth, OSM data. The results and discussions mainly based on information taken at 05.05.2020.

Key words: Sentinel Satellite System, Sardoba reservoir, water flood.

ВОПРОСЫ ИЗУЧЕНИЯ НАВОДНЕНИЕ САРДОБИНСКОГО ВОДОХРАНИЛИЩА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ СПУТНИКОВЫХ ДАННЫХ

Спутниковые данные считаются одним из основных источников дистанционного зондирования для оперативного исследования региональных явлений на поверхности земли. В данной статье попытались изучить поток воды в Сардобе, используя данные спутников Sentinel 1A, Sentinel 2A, Sentinel 3 OLCI, SRTM, Google Earth, OSM. Анализы и результаты основаны на информации, полученной в период 05.05.2020.

Ключевые слова: ^утниковая система Sentinel, Сардобинское водохранилище, наводнение.

DOI: 10.24411/2181- 0761/2020-10015

Mavzuning dolzarbligi. Suv toshqinlari ko'plab davlatlarning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va boshqa sohalarini izdan chiqaradigan tabiiy ofatlar sirasiga kiradi. Achinarlisi shuki, arid iqlim sharoitidagi mamlakatlarda suv toshqinining salbiy ta'sirlari doimo e'tibordan chetda qolavergan. Shulardan birisi, Sardoba suv ombori bo'lib, unda 01.05 2020 yil kuni sodir bo'lgan texnogen ofat barchaning diqqat markazida turgan masalaga aylanib ulgurdi. Ushbu masalani Yevropa Ittifoqining Sentinel sun'iy yo'ldishlar tizimi: Sentinel-1A, Sentinel-2A va Sentinel-3 OLCI ma'lumotlari asosida o'rganish mumkin.

Sentinel-1A Yevropaning radarli sun'iy yo'ldoshi bo'lib 03.04.2014 yilda ishga tushirilgan [1]. U Yevropa Ittifoqining Kopernikus dasturi doirasida uchirilgan, aktiv usulda

masofadan ma'lumotlar olishga mo'ljallangan, birinchi sun'iy yo'ldoshidir. Sun'iy yo'ldosh C-bandli Sintetik Diafragma Radari bilan jixozlangan va bu unga har qanday atmosferik va ob-havo sharoitida, tunu-kun Yer yuzasidagi voqea va hodisalarni tasvirga olish imkonini beradi. Uni uchirishdan asosiy maqsad atrof-muhitni har tomonlama, asosan, okenalarda neft to'kilgan hududlarni aniqlash va kuzatish, ayzberglarning harakatini kartalashtirish, yerdan foydalanish holatining o'zgarishi, tuproq namligi, suv toshqinlarini o'rganish va boshqalardan iborat [2].

Tadqiqot ishining maqsadi. Masifadan olingan ma'lumotlar asosida Sardoba suv omborida sodir bo'lgan texnogen ofatdan ko'rilgan zararni aniqlash.

Material va metodlar. Sentinel-1A sun'iy yo'ldoshining shu sanaga yaqin vaqtda olingan tasvirlari 29-aprel va 5-mayga to'g'ri keldi. Ammo, toshqin hududi haqidagi masofadan olingan ma'lumotlar daryo.uz saytida 02.05.2020 yilgi holatbo'yicha, Sentinel 3 OLCI yo'ldoshi ma'lumotlari asosida keltirildi [3]. Sentinel 3 OLCI ning har kunlik ma'lumotlarini olish imkoni mavjud va texnogen ofat sodir bo'lgan davrda bulutlilik voqeani to'liq o'rganishda qiyinchilik tug'diradi [4] (1-rasm). Shu sababli ham Sentinel 1A ning yuqori aniqlikdagi ma'lumotlaridan foydalanish maqsadga muvofiq (1-jadval).

1-jadval

Tahlil ucun foydalanilgan sun'iy yo'ldosh ma'lumotlari_

Sun'iy yo'ldosh Sana Fazoviy aniqlilik Yuklab olish va o'rganish uchun batafsil ma'lumot

Sentinel 1A 29.04.202 0 10X10 S1A IW GRDH 1SDV 20200429T132316 20 200429T132341_032343_03BE56_0401

Sentinel 1A 05.05.202 0 10X10 S1A IW GRDH 1SDV 20200505T012956 20 200505T013021_032423_03C11E_7886

SRTM 2014 90 srtm_50_04 Version 4.1

Sentinel 2A 23.08.201 9 10X10 L1C_T42TVK_A021767_20190823T061755

Sardoba hududi haqida yetarli geografik ma'lumotlar, jumladan, asosiy kanal va drenaj tizimlari, yirik aholi manzilgohlari va boshqalar Sentinel Scientific Hub, USGS Earthexplorer, OSM va Google Earth suratlari asosida shakllantirildi va qiyoslandi.

Iishni bajarishda bir qanda GAT dasturlari ishlatildi. Jumladan, SNAP dasturi Sentinel 1A suv toshqini hududini tahlil qilishda, ArcMap dasturi raster va vektor tahlillarni olib borish, QGIS dasturi ma'lumotlar o'lchamlarini o'zgartirish, iMSEP va Google Earth ma'lumotlar to'plashda keng foydalanildi.

Natijalarni hosil qilishning umumiy jarayoni quyidagi metodologik ketma-ketlik asosida bajarildi (2-rasm).

Suv toshinidan ko'rilgan zarar maydonini aniqlash uchun Sentinel 2A ning 23 avgust 2019 yilgi, bulutsiz davrida va ekinlar yaxshi rivojlangan davri tanlandi. Aprel oyida suv ombor hududi bulutlar bilan muntazam qoplangan. Yilning qish oylarida dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni aniqlash murakkab bo'lishi mumkin.

Suv toshqini hududini aniqlash uchun tanlangan davrdagi (1-jadval) suratlar radiometrik to'g'irlandi, 7X7 oynani surish usulida filterlandi, faqrni aniq ko'rish uchun rasmlar binarlashtirildi, sur'atlarning xususiyatidan kelib chiqib -23 va -17 qiymatlarda suvli hududni yaqqol ko'rish imkoni bo'ldi. Natijalar geometrik to'girlandi [5,6,7].

1-rasm. Sardoba suv ombori suv toshqining 30 aprel-08 may kunlardagi tasviri,

Sentinel3 OLCI [4].

SRTM ma'lumotlari asosida yer yuzasining geomorfologik holati IDW interpolyatsiya usulidan foydalangan holatda o'rganildi va suv oqimi yo'nalishi, to'planishi hududlari ko'rib chiqildi. Rel'ef holatini tasvirlash uchun gorizontallardan foydalanildi.

2-rasm. Ish jarayonining umumiy metodologiyasi.

Tadqiqot natijalari va xulosalar. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, 5-may kungi holat bo'yicha suv toshqini ostida qolgan umumiy hudud 299,9 km2 bo'lib, shundan 205,44 km2 maydon O'zbekiton va 94,46 km2 maydon esa Qozog'iston hududiga to'gri keldi. Toshqindan zarar ko'rgan aholi manzilgohlari, ekin dalalari va boshq yerlaning ulushi ham O'zbekistonda katta bo'ldi (2-jadval).

2-jadval.

Sardoba suv toshqini holati bo'yicha ma'lumotlar jadvali

№ Hudud nomi Jami maydon (km2) Suv bosgan maydon (km2) Soni

Umumiy UZB KAZ UZB KAZ

1 Ekin dalalar 1317,32 127,829 80,94 46,889 - -

2 Boshqa yerlar 507,51 103.9 80,33 23,57 - -

3 Aholi manzilgohlari - 68,1712 44,172 24,0012 12 5

4 Suv bosgan hudud - 299.9 205,44 94,46 - -

5 Suv ombor maydoni 53,61 34.211 - - - -

1-Sardoba suvomborining toshqindan keyingi 05.05.2020 yildagi maydoni. 2-68,171 km2 maydon o'z ichiga 05.05.2020 yilda suv ostida qolgan aholi manzilgohlari, oldindan mavjud suv havzalari, Qozog'iston respublikasining kosmosuratga kirmagan hududlarini oladi.

Suv toshqini asosiy kanallar yo'nalishida sodir bo'lgan va kanaldan 2 km uzoqlikdagi yerlar suv ostida qolgan. Xavfli vaziyatlarni oldini olish uchun markaziy dernaj oldindan tayyorlanilgan va suv shu drenaj orqali chiqib ketgan. Ammo, suv ko'lami drenajning suv olib chiqish imkoniyatidan kattaligi sababli hudud bo'ylab yoyilgan. Suv omborning pastki suv chiqaradigan qismlari mustahkam bo'lib toshqin Navoiy aholi ma nzilgohi tomonidagi dengiz sathidan 300 mert balandlikdagi qismida sodir bo'lgan. Taxminimizcha, suv omborda uning texnik imkoniyatidan ko'ra ko'proq suv ushlab turilgan yoki suv hajmi ortgan sari qurilish davom qilib boravergan. Sentinel 3 OLCI ma'lumotlariga ko'ra toshqin suvi to'plangunga qadar amalda katta hududni yuvib o'tgan. Ammo, bulutlar bu holatni aniqlashga to'sqinlik qiladi. Suv yuvib o'tgan va zarar ko'rgan hududini interpolyatsiya qilish yoki tuproq namligini aniqlash orqali aniqlash ham mumkin. Rel'ef, kanal va drenajlar holatiga ko'ra eng jiddiy talofat O'zbekiston hududida Navoiy, Uchtom, Shodlik, Barlos va yana ikkita kichik aholi manzilgohlarida yuzaga kelgan hamda suv u manzilgohlarni yuvib o'tgan. Mirzaobod va Qozog'istonning Orgebas, Firdousi, Jenis, Jantaqsay, Do'stlik aholi manzilgohlari suv to'planish hududida qolgan (3 -rasm).

3-rasm. Sardoba suv toshqini hududi karta sxemasi.

O'rganigan holatlar bo'yicha quyidagicha xulosalar qilish mumkin:

- Olingan natijalar masofadan olingan ma'lumotlarga asoslanadi va 05.05 2020 yilgi holatni ifodalaydi.

- Respublikamizda ko'pchilik suv omborlarning quyi qismlarida aholi manzilgohlari joylashgan va ularni ehtimoliy toshqindan muhofaza qilish va evakuatsiya rejalarini ilmiy asoslangan holatda qaytadan ko'rib chiqish zarur.

- Evakuatsiya rejalarini ishlab chiqish uchun iMSEP dasturi tavsiya etiladi.

- Sardoba suv omborida ehtimoliy toshqin xavfsizlik qoidalari inobatga olingan, ammo unda texnik imkoniyatlardan ko'p suv ushlab turilgan bo'lishi mumkin.

- Uchtom aholi manzilgohi mutlaqo noto'g'ri hududga joylashtirilgan.

- Maqolada qo'llanilgan metodologiya Erasmus+ EPCA loyihasi tomonidan tayyorlanilgan o'quv kurslari materiallari va dasturi - iMSEP asosida tayyorlanilgan bo'lib, ulardan suv toshinini o'rganish va modellashtirishda keng foydalanish mumkin.

ADABIYOTLAR:

1. https://en.wikipedia.org/wiki/Sentinel-1A

2. https://sentinels.copernicus.eu/documents/247904/1877131/Sentinel-1-Product-Definition

3. https://daryo.uz/2020/05/03/foto-sardobadagi-toshqinning-fazodan-korinishi?

4. https://apps.sentinel-hub.com/eo-browser/

5. https://moodle-epca.gis.lu.se/mod/assign/view.php?id=501/

6. http://dl.urdu.uz/mod/folder/view.php?id=133298

7. Kussul N., Shelestov A., Skakun S. "Flood Monitoring on the Basis of SAR Data", In: F. Kogan, A. Powell, O. Fedorov (Eds.) "Use of Satellite and In-Situ Data to Improve Sustainability". NATO Science for Peace and Security Series C: Environmental Security, 2011, pp.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.