Научная статья на тему 'TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HAMKORLIKNI AHAMIYATI'

TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HAMKORLIKNI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
3356
216
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tabiat / hayotiy ehtiyojlar / “Rim klubi”.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Erkinova Shaxlo Davlatjon Qizi

Tabiat insonning barcha hayotiy ehtiyojlarini qondiruvchi noyob va betakror manbadir. Hayotimizni tabiatsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining „Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi"1992-yilda Rio-De-Janeyroda boʻlib oʻtgan dunyo mamlakatlarining rahbarlari ishtirok etgan mazkur forumda 179 ta mamlakat siyosiy va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari ishtirok etdilar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham bugungi kundagi ekologik muammolar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi: Davrimizning oʻtkir muammolaridan yana biri global iqlim oʻzgarishidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HAMKORLIKNI AHAMIYATI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HAMKORLIKNI

AHAMIYATI

Erkinova Shaxlo davlatjon qizi

talaba, Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Tabiat insonning barcha hayotiy ehtiyojlarini qondiruvchi noyob va betakror manbadir. Hayotimizni tabiatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining „Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi"1992-yilda Rio-De-Janeyroda bo'lib o'tgan dunyo mamlakatlarining rahbarlari ishtirok etgan mazkur forumda 179 ta mamlakat siyosiy va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari ishtirok etdilar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham bugungi kundagi ekologik muammolar bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi: Davrimizning o'tkir muammolaridan yana biri global iqlim o'zgarishidir.

Kalit so'zlari: Tabiat, hayotiy ehtiyojlar, "Rim klubi".

Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta'sirini his etmoqda. Ming afsuski,bunday o'zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug'dirmoqda". Agar insoniyatning barcha tarixiy tamadduni davomida butun tabiat va uning tabiiy resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir koringan bo'lsa, sanoat taraqiyoti davri, ya'ni, oxiriga 2asr bunday tasavvurning butunlay xato ekanligini isbotlab bergani tobora aniq va ravshan bo'lib bormoqda. Ma'lumki, bilimning uzgarib borishi va uning atrof muhitga ta'siri 21 -asrning eng asosiy muammolaridan biri bo'lib, insoniyat oldida turkiyan jiddiy muammolardan hisoblanadi. Ta'kidlash joizki,asosiy isish 1912-1940-yillarda kuzatilgan hamda 1976-yildan shu kungacha davom etmoqda. 1990-yillar esa ming yillikning eng issiq 10-yilligi bo'lgani rostdir.

O'zbekiston BMTning Biologik xilma-xillik to'g'risidagi konvensiyaga 1995-yilda qo'shilib, bioxilma-xillikni muhofaza qilish,uning tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish,tabiiy resurslardan foydalanishda odillikka rioya etish bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi. 1968 yilda 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat maorif va biznes boshqaruvi „Rim klubi" deb nomlanuvchi nodavlat tashkilotini tashkil etildi. Klubda insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va oldini olish yo'llarini maqsadli deb belgiladilar. 1972 yilda 13-martda „Rim klubi" uchun „O'sish chegaralari" maruzasi e'lon qilindi. Kelajakda sayyoramizning ekologik holatini bashorat qilish bo'yicha model tahlil qilingan. Modelda sayyorada o'sishni va uning chegarasini bartaraf etgan besh asosiy omil: aholi soni,qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi,tabiiy resurslar,sanoat ishlab chiqarishi,atrof-muhitning ifloslanishi asos qilib olingan. 1972 yilda BMTning atrof-

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. muhit bo'yicha Stokgolmda birinchi umumjahon konferensiyasi o'tkazildi.

Konferensiyada 26ta yiqilishdan iborat „Stokgolim deklaratsiyasi"da ekologik

talablarni qabul qilish bo'yicha 113 davlat ishtirokchilari qatnashdilar.

Mintaqamizdagi orol bo'yi muammolarini bartaraf etish borasida olib borilayotgan islohotlar samarasida 1995-yil 18-20-sentyabr kunlari o'tkazilgan orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish bo'yicha konferensiyasi davomida 5 ta Markaziy Osiyo mamlakatlarining prezidentlari tomonidan ilk bor tarixiy„Nukus deklaratsiyasi" imzolandi va, unga binoan, bu mamlakatlar barqaror rivojlantirish va „21-asr uchun kun tartibi"ga qat'iy tarzda tarafdori ekanliklari o'z tasdiqini topdi. Bugungi kunda bu masalalar bo'yicha prezidentimiz ham o'z fikr va mulohazalarini bildirmoqda: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga e'tiborni kuchaytirishimiz kerak. Avvalo, orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo'yicha boshlagan misli ko'rilmagan ishlarimizni davom ettirib, dengizning qurigan tubida o'rmonzorlarni kengaytirish Nukus Urganch Xiva shaharlari atrofida „yashil belbog'lar" barpo etishimiz lozim". Orol va uning bo'yidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini ham tashvishga solmoqda. Orol muammosi bugungi kundagi eng yirik regional halokatlardan biri bo'lib, orol atrofida yashaydigan 35 milliondan ortiq kishi,shu jumladan, O'zbekiston aholisining ham katta qismi uning ta'siri ostida yashamoqda. Kattaligi bo'yicha dunyoda 4-o'rinda turgan orol dengizi bugungi kunda yildan-yilga qurib bormoqda.

Sayyoramizda sodir bo'lgan ekologik inqirozlar va boshqa sabablar tufayli 1 milliarddan ortiq aholi nochor holda yashamoqda.,, Hozirgi kundagi sayyoramiz ekologik holatining yomonlashuvi ortib bormoqda. Bu o'rinda shuni aytish o'rinliki, ko'pgina davlatlarning rahbarlari iqtisodiy rivojlanishini ekologik muammolardan ajratib bo'lmasligini, tashqi muhitning yomonlashuvi iqtisodga zarar yetkazishi aniqligini anglamoqda. Qashshoqlikning asosiy sabablaridan biri global darajada ekologik muammolarning sodir bo'lishidir. Shuning uchun ekologik muammolarni hal qilmasdan aholining farovon hayotini ta'minlab bo'lmaydi"degan fikrlarni bildirishda komissiya a'zolari. 1983-yilda BMT qoshida tashkil etilgan tashqi muhit va rivojlanish Xalqaro komissiyasi shu nuqtai nazardan ish tutdi. Komissiyaning,aholining zaif qismi bo'lgan qashshoqlar ko'payishi tashqi muhit holatining yomonlashuviga olib keladi. Bu holatni yaxshilash sayyoramizda yashayotgan har bir kishining insoniylik burchidir. Ma'lumki, keyingi yillarda dunyo okeani, dengiz va katta daryolar suvining neft mahsulotlari, zaharli kimyoviy moddalardan ifloslanib bormoqda. Okean, dengiz suvlarini muhofaza qilish boyicha dastlabki shartnoma 1954 yilda Londonda tuzilgan edi. Tabiatni muhofaza qilish masalalari jahonda eng ustuvor masala bo'lgani uchun uni xalqaro shartnoma va bitimlar bilan tartibga solinadi. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi BMTning „Iqlim o'zgarishi bo'yicha" (1993-yil,may) xalqaro bitimiga, „Ozon qatlamini muhofaza qilish tog'risida"gi Vena bitimiga va ozon qatlamini

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. yemiruvchi moddalar yuzasidan monreal bayonnomasiga (1993-yil, may), xavfli chiqindilami tгanschegaгa oгqali tashish va ulami yo'q qilish nazoгati bo'yicha Bazel bitimlariga (1995-yil, avgust) imzo chekdi. 1995- yil oktyabrida O'zbekistonda biologik turia- bo'yicha Konvensiya qabul qilindi. 1997-yilda qabul qilingan „Yo'q bo'lib ketish xavfi bo'lgan o'simlik va hayvon tuñarini sotish yuzasidan konvensiya"ga hamda „Sohil bo'yidagi yeгlaгni va suvli botqoqlami muhofaza qilish bo'yicha" Ramsar bitimlaгiga qo'shildi va tasdiqlandi. Tabiatni muhofaza qilish muammolari bo'yicha O'zbekiston 1996-yilda Turkiya bilan, 1997-yilda XXR (Xitoy) bilan xalqaro hamkorlik bitimiga imzo chekdi. Vengriya, Slovakiya Izrail Lyuksemburg Litva kabi mamlakat^ bilan ekologiya masalalaгi bo'yicha bitim tuzildi. O'zbekistonning baгqaroг rivojlanish jaгayoniga qo'shilishi 1994-yildan boshlandi. 1995-yilda Nukus shahrida BMT tomonidan orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish bo'yicha xalqara Konvensiya 1994- yilda qabul qilingan orol to'g'risidagi qaroгni yanada rivojlantirish imkonini berái. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida tabiatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha qatoг xalqaгo yig'ilishva konvensiyala^a qatnashishi natijasida mamlakatimizning ekologik muhitini muhofaza qilish bo'yicha ijobiy siljishlaTga erishildi. Respublika tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi xalqara ekologik kengashning (XEK) faol qatnashchisi bo'lib, qabul qilingan qaroriarini izchillik bilan bajarib kelmoqda.

Xulosa. Bugungi kunda sodñ bo'layotgan ekologik inqirozning asosiy sabablaridan biri kishilaming hali tabiat qonunlarini chuquг bilmasliklaгi, ya'ni, ekologik bilim^ va taгbiyaning tog,гi yo'lga qo'yilmaganligi hamda ayгim kishilarning tabiat boyliklariga ochko'zlaгcha munosabatda bo'lishlaгi oqibatidiг. Ekologik muammolarni hal qilish uchun avvalo aholiga, ayniqsa, yoshlarga chuqur bilim, tarbiya berishni yaxshilash, korxonalarda ekologik jihatdan saqlan texnologiya yaratish, o'simlik va hayvonot dunyosini, atmosfera havosini, suvni, yerni muhofaza qilish kabi tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish orqali erishish mumkin.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdullaeva, M. T., & Usmanova, T. E. (2022). FUNDAMENTALS OF ORNAMENTAL PLANT PROTECTION. Eurasian Journal of Academic Research, 2(1), 104-104.

2. Asadullaeva N. Pedagogical Factors Of Formation Of Active Life Position Among Young Generation //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 01. - С. 576-584.

3. Kuzibaevna, O. G. (2020). TECHNOLOGIES OF DEVELOPING THE ECOLOGICAL CULTURE OF STUDENTS IN THE PROCESS OF LEARNING A FOREIGN LANGUAGES IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Solid State Technology, 63(1s), 1816-1825.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

4. Abdullaeva, M. T., & Ibragimova, S. S. (2022, January). THE ROLE OF ECOLOGICAL EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL CULTURE IN OUR YOUTH. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 1).

5. Abdullaeva, M. T., Usmonova, T. E., & Inomov, H. E. (2021). Influence of number of seedlings and amount of fertilizers on the development of root system of winter wheat. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 805-809.

6. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Ахмедова, Д. М. (2020). ВЛИЯНИЕ ПИТАТЕЛЬНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ ИСКУССТВЕННОГО И ЕСТЕСТВЕННОГО ЭКРАНОВ В ПЕСКЕ НА РОСТ, РАЗВИТИЕ ХЛОПЧАТНИКА. Universum: химия и биология, (12-1 (78)), 14-18.

7. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Хаджибалаева, Н. М. (2020). Изучение режима орошения хлопчатника в условиях гидроморфных почв. Universum: химия и биология, (2 (68)).

8. Abdullayeva, M. T. L., & Maqsudova, G. M. (2021). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 159-165.

9. Xolikulov, M. R. (2020). THE HERB (Capparis spinosa L) IS AN IMPORTANT HONEY PLANT. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(3), 165-170.

10. Kholikulov, M. R. (2019). Current Status of Plant Resources in The Ferghana Valley and Opportunities To Use Them. Indonesian Journal of Innovation Studies, 8.

11. Pulatova N. Ethnoecological Culture Of The Uzbek People Today And Pedagogical Aspects Of Its Formation In Students //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 485-490.

12. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

13. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

14. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

15. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

16. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.