Egamberdiyeva U. T.
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborat tizimlar fakulteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi dotsenti
Yusupuva S. G.
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborat tizimlar fakulteti magistranti
ZANGIOTA TUMANI DEMOGRAFIK JARAYONLARI
Annotatsiya. Zangiota hududidagi demografik holatni o'rganish uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini o'rganish uchun zarurdir. Ushbu maqolada Zangiota tumanida vujudga kelgan demografik jarayonlar o'rganiladi. Zangiota tumanidagi demografik jarayonlar aholi soni, tug'ilish, o'lim va migratsiya kabi asosiy jihatlarini hisobga olgan holda tahlil qilinadi. Tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasi kabi rasmiy manbalar tomonidan taqdim etilgan statistik ma'lumotlarni tahlil qilishga asoslangan.
Kalit so'zlar: yosh tarkibi, bandlik, demografiya, aholi soni, tug'ilish, o'lim, migratsiya.
Egamberdineva U. T. associate professor
Faculty of Geography and Geographic Information Systems Department of Economic and Social Geography National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
Yusupuva S.G. master
Faculty of Geography and Geographic Information Systems National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
DEMOGRAPHIC PROCESSES OF ZANGIOTA DISTRICT
Abstract. Studying the demographic situation in Zangiota region is necessary to study its socio-economic development. This article examines the demographic processes in Zangiota district. Demographic processes in Zangiota district are analyzed taking into account the main aspects such as population, birth, death and migration. The research is based on the analysis of statistical data provided by official sources such as the Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan.
Key words: age structure, employment, demography, population, birth, death, migration.
Aholi soni mamlakat taraqqiyoti va farovonligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Aholining soni va tarkibi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga, uning innovatsion rivojlanish va faoliyatning turli sohalarida yuqori ko'rsatkichlarga erishish qobiliyatiga bevosita ta'sir qiladi. Inson resurslarining miqdori va sifati mamlakatning iqtisodiy o'sish sur'atlarini, turmush darajasi ko'rsatkichlarini, jahon bozoridagi kuchi va raqobatbardoshligini belgilaydi.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida demografik jarayonlarni o'rganish juda dolzarb va muhim ahamiyatga ega. Buning bir necha sabablari bor: aholi soni, tuzilishi va tarkibidagi o'zgarishlarni aniqlash tuman rivojlanishini rejalashtirish, jumladan, yangi turar-joy majmualari, infratuzilma, ta'lim va tibbiyot muassasalarini qurish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Demografik jarayonlarni tahlil qilish, shuningdek, aholining kelajakdagi ehtiyojlarini bashorat qilish va shunga mos ravishda rivojlanish rejalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Masalan, aholining yosh tarkibini bilib, turli yosh guruhlari - bolalar, yoshlar, qariyalar uchun qanday xizmatlar va dasturlarni ishlab chiqish kerakligini aniqlash mumkin. Bu ijtimoiy adolatni ta'minlash va aholining barcha qatlamlari ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi
Aholi tarkibining asosiy belgilaridan biri yosh tarkibidir. Aholining yosh guruhlari bo'yicha ma'lumotlarini to'plash yoshlar, mehnatga layoqatli aholi va keksalar ulushi nisbatlarini aniqlash imkonini beradi.
Aholining jinsiy tarkibini o'rganish erkaklar va ayollar nisbatini aniqlaydi. Bu, ayniqsa, gender tengligi bilan bog'liq omillarni va har bir jinsga xos muammolarni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Etnik tarkib: Aholining etnik tarkibini o'rganish tumanda yashovchi madaniy guruhlar va millatlarning xilma-xilligi haqida ma'lumotga ega bo'lishga yordam beradi.
Bandlik: Aholi bandligi tarkibini tahlil qilish turli yosh guruhlari va iqtisodiyot tarmoqlarida band va ishsizlarning ulushini aniqlash imkonini beradi. Bu aholining iqtisodiy faolligi va bandlik bilan bog' liq muammolarni tahlil qilishga imkoniyat yaratadi.
Aholi tarkibini tahlil qilish Toshkent viloyatining Zangiota tumanida aholining turli guruhlari dinamikasi va xususiyatlarini o'rganishga imkoniyat yaratadi. Ushbu bilimlar aholining ehtiyojlari va talablarini hisobga olgan holda tegishli rivojlanish strategiyalari va dasturlarini shakllantirishga yordam beradi.
Zangiota tumani doimiy aholi soni bo'yicha Toshkent viloyatida 13-o'rinda turadi. Jami viloyat aholisining 6 % i shu tumanga to'g'ri keladi.
1-rasm. Hududlar bo'yicha jami aholi soni(yil boshiga; ming kishi).
Manba: O'zR Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari
Doimiy aholi soni dinamikasini tahlil qiladigan bo'lsak 2010 yildan 2017 yilgacha ko'payib borgan. 2018 yilda tuman aholisi 193 ming kishi bo'lgan. 2023 yilda bu ko'rsatkich yana kamayib 167,2 kishi bo'lgan. Bunga sabab Tuman hududidan ba'zi yerlarning Toshkent shahriga o'tkazilishidir.
VO
m
чо
m
га VO
m
oo
m
(N
On vo
vo
m
VO
VO
m
m
On ON
E: ^
ON on
I I 1 I
VO
(N VO
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil yil
2-rasm. Zangiota tumani jami aholi soni(yil boshiga; ming kishi)
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.
Tug'ilish darajasining o'zgarishi aholi tarkibiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Tug'ilish ko'rsatkichi oshsa, aholi tarkibida yoshlarning ulushi ortadi. Bu o'sib borayotgan yoshlarning ehtiyojlarini qondirish uchun ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqa ijtimoiy xizmatlarga qo'shimcha sarmoya kiritishni talab qilishi mumkin.
Tumanda tug'ilish jarayonini tahlil qiladigan bo'lsak 2010- yilda 7100 kishi tug'ilgan. Ammo 2012- yilga qadar pasaygan, 2014 yilga kelib eng yuqori ko'rsatkichga chiqqan (7271 kishi). Tug'ilishning pasayishi 2015 yildan
kuzatilgan va 2018 yilgacha davom etgan. Yuqorida takidlaganimizdek tuman huddudidan bir qismi Toshkent shahriga o'tkazilishi munosabati bilan 2018 yildan tug'ilish kamaygan, 2022 yilda 4641 kishini tashkil qilgan. 2022- yil yanvar-dekabr oylarida tug'ilganlar soni 4641 kishini tashkil qildi va 2021 -yilning shu davriga (4806 kishi) nisbatan 165 taga kamaygan. Shunga mos ravishda tug'ilish koeffitsiyenti 27,7 promilleni tashkil qilgan.
3-rasm. Zangiota tumanida tug'ilganlar soni (yilda; kishi)
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.
O'lim darajasining o'zgarishi ham aholi tarkibiga ta'sir qiladi. Agar o'lim darajasi pasaysa, katta yoshdagi guruhlar ko'proq miqdorda namoyon bo'ladi. Bu sog'liqni saqlash, pensiya ta'minoti va qariyalarni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq vazifalarni keltirib chiqaradi.
Zangiota tumanida qayd etilgan o'lim holatining asosiy qismi - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, o'simtalardan, nafas olish a'zolari kasalliklaridan vafot etganlar hissasiga to'g'ri keladi.
2022- yil yanvar-dekabr oylarida 1095 ta o'lim qayd etilgan bo'lib, har 1000 aholiga nisbatan o'lim koeffitsiyenti 6,5 pro milleni tashkil etdi. Eng kam o'lim ko'rsatkichi 2019 yilga to'g'ri keladi(960 kishi). 2020 yildagi pandemiya sababli viloyatning boshqa tumanlaridagi kabi o'lim ko'rsatkichi ancha ortgan va 1405 kishini tashkil qilgan. 2021 yilda bu ko'rsatkich yana ortib 1482 kishiga yetgan.
4-rasm. Zangiota tumanida o'lganlar soni (yilda; kishi)
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.
Tumanda o'lganlarning jinsiy tarkibiga e'tibor qaratadigan bo'lsak 2G22 yilda o'lganlar tarkibida erkaklarning ulushi yuqoriroq. Ayollar 460 kishi erkaklar 635 kishini tashkil qiladi.
5-rasm. Zangiota tumanida o'lganlar soni (2G22 yilda; kishi)
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.
O'rtacha umr ko'rish davomiyligi, oila tarkibidagi o'zgarishlar va jinslar nisbati kabi demografik tendentsiyalarni o'rganish ham aholi tarkibidagi o'zgarishlarni hisobga olishga yordam beradi.
Respublikamiz barcha hududlarida bo'lgani kabi tumanda ham meditsina xizmatini va aholining turmush darajasining yaxshilanishi, kishilarning tibbiy savodxonligining ortishi o'rtacha umr ko'rish davomiyligining ortishiga sababchi bo'lmoqda.
Migratsiya oqimlari aholi tarkibiga ham ta'sir qiladi. Boshqa mintaqalar yoki mamlakatlardan kelgan migrantlar oqimi bilan muayyan etnik guruhlarning nisbati o'zgarishi mumkin. Bu aholining hudud bo'ylab bir tekis taqsimlanishiga va ijtimoiy xizmatlarga bo'lgan ehtiyojga ham ta'sir qiladi.
Zangiota tumanidagi migratsiya jarayonlari hududning yosh tarkibi va demografik holatiga ta'sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Bu hudud O'zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahriga chegaradosh bo'lib, mamlakatning migratsiya uchun jozibador joylaridan biri hisoblanadi.
Zangiota tumaniga ko'chib kelayotganlarning asosiy qismi O'zbekistonning boshqa hududlari, shuningdek, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston kabi MDH davlatlaridan kelganlar hisoblanadi. Aksariyat muhojirlar hududga ish izlab, yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida keladi.
Yoshlarning qishloqlardan Toshkent kabi shahar atrofiga ko'chishi ham tuman aholisining yosh tarkibiga ta'sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Buning sababi, yoshlarning katta shaharlarda bilim olishga intilishi va ish topishi qishloqlarda yoshlar salmog'ining kamayishiga olib keladi.
Bundan tashqari, migratsiya mintaqadagi demografik jarayonlarga, masalan, tug'ilish va o'limga ta'sir qilishi mumkin. Masalan, migrantlar ulushi yuqori bo'lgan hududlarda tug'ilishning pasayishi kuzatilishi mumkin.
Demak, migratsiya jarayonlari Zangiota tumanining yosh tarkibi va demografik holatini tahlil qilishda e'tiborga olinishi lozim bo'lgan muhim omil hisoblanadi.
Zangiota tumani migratsiya jarayonlarini tahlil qiladigan bo'lsak tumanga ko'chib keluvchilar 2010- 2011- yillarda juda kam bo'lgan. Tumanga ko'chib keluvchilar salmog'i 2012- yilda oshgan va bu ko'rsatkich 2018 yilgacha davom etgan. 2018-2019 -yilda ko'chib keluvchilar ming kishiga kamaygan. 2020-yildan yana ko'payishni boshlagan 2021- yilda esa eng yuqori ko'rsatkichga 3084 kishiga yetgan.
00
O^iNm^Ti/O'-.Ot^OOONO^iN
ooooooooooooo (N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N(N
6-rasm. Zangiota tumaniga ko'chib kelganlar soni (yilda; kishi)
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.
Zangiota tumanidan ko'chib ketganlar soni ham 2012 yildan boshlab oshib borgan bu jarayon 2018 -yilda nisbatan pasaygan. 2022 -yilga kelib ko'chib ketganlar soni 6519 kishiga yetgan. Migratsiya saldosini hisoblaydigan bo'lsak 2022 yilda minus saldo bilan 4798 kishiga teng bo'lgan.
Zangiota tumanidan ko'chib ketganlar soni (yilda; kishi)
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
7-rasm. Zangiota tumanidan ko'chib ketganlar soni (yilda; kishi)
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.
Toshkent viloyati bo'yicha nikoh tuzish koeffitsyientining 2022 -yilda avvalgi yilga nisbatan eng ko'p o'sishi Nurafshon shahar (1,7 promillega) da kuzatiladi. Nikoh koeffitsiyentining eng ko'p pasayishi Ohangaron shahar (0,5 promillega) O'rtachirchiq tumanida 3,5 promille kuzatiladi. Viloyat bo'yicha nikoh tuzish 7,8 promillega teng. Zangiota tumanida nikoh tuzish 8,1 promillega teng bo'lib viloyat bo'yicha to'rtinchi o'rinda. Tuman aholisinihg bir qismi 2018 - yilda Toshkent shahriga o'tkazilishi bilan tuman demografiyasida o'zgarish kuzatilgan. Shu sababdan demografik o'zgarishlarni o'rganish uchun 2018 yil ma'lumotlariga taqqoslaymiz. Shu yili nikoh tuzish 1591 birlikka teng bo'lgan bo'lsa 2022- yilda 1361 birlikka teng bo'lgan, bu ko'rsatkich 230 taga kamaygan.
8-rasm. Zangiota tumanida tuzilgan nikohlar soni (2022-yilda; birlikda)
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.
2022- yil yanvar-dekabr oylarida 378 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo'lib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 2.3 promilleni tashkil etgan hamda 2021- yilga nisbatan o'zgarish kuzatilmagan (2021- yil yanvar-dekabr oylarida 2,3 promille bo'lgan). Zangiota tumani ajralishlar ko'rsatkichi bo'yicha viloyatda Qibray tumanidan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
00 m
00 m
m m ^ч m
9-rasm. Nikohdan ajralishlar soni (yilda; birlikda).
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.
Tadqiqot natijalari: Tahlillar shuni ko'rsatdiki, so'nggi yillarda Zangiota tumanida aholi soni sezilarli darajada kamaygan. Tug'ilish darajasi barqaror bo'lib qolmoqda.
Tumanning iqtisodiy rivojlanishi uchun demografik jarayonlarni tahlil qilish ham muhimdir. Demografik jarayonlar haqidagi ma'lumotlar sog'liqni saqlash va ta'lim xizmatlarini rejalashtirish uchun zarurdir. Aholining tarkibi va uning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ushbu xizmatlarning mavjudligi va sifatini ta'minlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilishi mumkin.
Umuman olganda, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida demografik jarayonlarni o'rganish rejalashtirish va rivojlantirishning ajralmas qismi hisoblanadi. U resurslardan samarali foydalanish va odamlarning sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari. 2010-2022 yillar.
2. Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari. 2010 -2022 yillar.