УДК: 911.3: 314
Mirzaliyev S.R. Karimov Y. T.
Juraxujayev D.D.
Tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchilari O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
URGUT TUMANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Anotatsiya. Ushbu maqolada Urgut tumanining tabiiy sharoiti, demografik holati, xojalik tarmoqlari va ularning viloyat miqyosidagi tutgan o'rni haqida batafsil fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Tabiiy sharoit, demografik holat, aholi, tug'ilish, o'lim, yer fondi, qishloq xo'jaligi, sanoat.
Mirzaliyev S.R. teacher Karimov Y.T. teacher Jurakhuzhayev D.D.
teacher
Department of Natural Sciences Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF URGUT DISTRICT
Anotation: this article reflects in detail on the natural conditions, demographic situation, economic sectors and their role at the provincial level of the Urgut district.
Keywords: natural conditions, demographic status, population, birth, death, Land Fund, agriculture, industry.
Urgut tumani mamlakatimizning eng rivojlangan ma'muriy birliklari biri hisoblanadi. Mazkur tuman 31-dekabr 1964-yilda tashkil etilgan. Maydoni 1,12 ming kv.km. Tuman Samarqand viloyatning janubiy-sharqiy qismida joylashgan bo'lib shimoliy-sharqda Zarafshon daryosi orqali Bulung'ur tumani, shimolda Toyloq, shimoliy-g'arbda va g'arbda Samarqand tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi, janubda Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 1120,3 km2. Aholisi 564 ming kishi (2022). Viloyat aholisini 13.1% ni tashkil qiladi. Tumanda bitta shahar (Urgut), 14 qishloq fuqarolari yig'ini (Baxrin, Beshbuloq,
Jartepa, Ilonli, Ispanza, Mirzaqishloq, Beshkapa 1 va Beshkapa 2 Sanchiqul, Uramas, Yangiariq, Qoratepa, G'o's, Buloqboshi) bor. Markazi Urgut shahri.
Aholisi, asosan, o'zbeklar, shuningdek, tojik, rus, ukrain, tatar, yahudiy, ozarbayjon va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o'rtacha zichligi 1 km2 ga 503 kishi (2022). Aholisi jinsiy tarkibi 52.9% ayollar, 47.1% erkaklar tashkil qiladi. Tug'ilganlar soni 16936 nafar. Shundan: 8858 nafari qiz bola, 8078 nafari o'g'il bola. O'lganlar soni 2806 nafar, shundan: 1584 nafari ayollar, 1222 nafari erkaklarni tashkil qildi (2022y). Tabiiy ko'payish 14130 kishi. Ko'chib kelganlar soni 109 nafar, ko'chib ketganlar soni 1082 nafar. Migratsiya saldosi -973 ni tashkil qildi (2022y).
Xo'jaligining yetakchi tarmoqlarini qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish va mahalliy sanoat tarmoqlari tashkil etadi. Tumanda sanoat mahsuloti hajmi 2081,2 mlrd so'm, aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti 3860,4 ming so'm Samarqand viloyati tumanlari ichida Jomboy, Tayloq, Samarqand, Paxtachi tumanlaridan keyin 5 o'rinda turadi. Istemol mollari ko'rsatkichi bo'yicha 3436,4 ming so'm Tayloq, Jomboy, Samarqand, Paxtachi tumanlaridan keyin 5 o'rinda turadi (2022 yil dastlabki ma'lumotiga ko'ra). Tumandagi 800 dan ziyod korxonaning 52 tasi o'rta, 261 tasi kichik, 506 tasi mikrofirmalar. Marmarni qayta ishlash, g'isht, shlakbeton plitalar ishlab chiqarish, tamaki fermentatsiyasi, meva, go'sht, sutni qayta ishlash, non pishirish, qandolatchilik, har xil yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari bor. Avtomobil, muzlatkich, televizor va radioapparaturalarni ta'mirlash korxonalari ishlab turibdi. Urgut tumanida hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Hunarmandchilik bilan 3500 dan ziyod kishi shug'ullanadi. Urgut tumanida Belgiya bilan hamkorlikdagi «UrgGazkarpet» qo'shma korxonasi, O'zbekiston-Turkiya «UrgANTET YaShAM», «Urgut qoplon», «Urgut SaMNegin» gilam ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatadi. Marmar toshni qayta ishlaydigan «Urgut LADO marmar», qurilish buyumlari ishlab chiqaradigan «Samplastik», tamakini qayta ishlaydigan «UzVAT» qo'shma korxonalari ishlab turibdi. Tuman qishloq xo'jalik tamaki, g'alla, sabzavot, kartoshka, meva, uzum hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan.
Urgut tumani 2022 yil (dastlabki) holatiga ko'ra 4708,2 mlrd so'mlik mahsulot yaratgan. Bu yaratgan mahsulotlarini hajmi bo'yicha Samarqand viloyati tumanlari ichida Kattaqo'rg'on tumani (5392,8 mlrd so'm) dan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
2023 yil yanvar-mart oylarida Samarqand viloyatda ishlab chiqarish sanoati tarkibida Urgut tumanning ulushi boshqa hududlarga nisbatan yuqori hisoblanadi.
Samarqand viloyati sanoatida Urgut tumaning ^ ulushi (% hisobida)
T/R Maxsulotlar Samarqand viloyati Urgut tuman
1 Ishlab chiqaradigan sanoat 100 6.3
2 Oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 100 3.1
3 Ichimliklar ishlab chiqarish 100 0.0
4 Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish 100 0.3
5 Toqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 100 11.1
6 Kiyim ishlab chiqarish 100 16.2
7 Teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish 100 58.2
8 Yog'och va pokak buyumlar (mebeldan tashqari), pohol va to' qish uchun materiallardan buyumlar ishlab chiqarish 100 6.2
9 Qogoz va qogoz mahsulotlari ishlab chiqarish 100 43.0
10 Yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish 100 1.7
11 Koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab 100 0.0
chiqarish
12 Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 100 20.2
13 Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish 100 0.0
14 Rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish 100 9.5
15 Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish 100 1.9
16 Metallurgiya sanoati 100 0.5
17 Mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish 100 20.4
18 Kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish 100 0.0
19 elektr uskunalar ishlab chiqarish 100 31.0
20 Boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar ishlab chiqarish 100 1.6
21 Avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish 100 0.0
22 Boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish 100 0.0
23 Mebel ishlab chiqarish 100 5.9
24 Boshqa tayyor buyumlar ishlab chiqarish 100 35.3
25 Mashina va uskunalarni tamirlash va o'rnatish 100 6.4
Mazkur jadval Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida
tayyorlandi.
Keyingi yillarda tuman uchun Pastdarg'om tumanida ajratilgan yerda paxta ham ekilmoqda. Tumandagi asosiy texnika ekini-tamaki. Urgut tumani yer fondi 112 ming ga ni tashkil etadi. 9 ming ga yerga tamaki, 14,8 ming ga yerga don ekinlari, 1,2 ming ga yerga kartoshka, 145 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 2907 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. Urgut tumanida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishning o'sish suratlari 2010 yilda 97.7%, 2011 yilda 118.1% va 2022 yiga kelib 104.6 %ni tashkil qildi. Urgut tumani 1,4 ming ga yer bog' va tokzor bilan band, 46,8 ming ga yer yaylov. Tumanda 30.406 ming ga sug'oriladigan yer bor.
Tuman chorvachiligida qoramolchilik, parrandachilik, pillachilik yetakchi o'rinda. Yetishtiriladigan qishloq xo'jalik mahsulotlarning asosiy qismi fermer va shirkat xo'jaliklari hissasiga to'g'ri keladi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, Urgut tuman hududi kichik bo'lsada relefi tog', tog'oldi va tekisliklardan tashkil topgan. Bu esa o'z navbatida aholisi
va uning joylashuvi bir biridan farq qiladi. Hududda aholi zich joylashgan aholining notekis taqsimlanishiga olib kelgan. Tuman sanoat mahsulotlari hajmi bo'yicha viloyatda yetakchi o'rinlarga ega. Qishloq xo'jaligida asosan donli ekinlar, poliz ekinlari hamda tamaki eng ko'p yetishtiriladi. Yuqoridagilardan ayon bo'ladiki, tumanning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash uchun bu borada yirik masshtabli tadqiqot ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Komilova, N. K., Haydarova, S. A., Xalmirzaev, A. A., Kurbanov, S. B., & Rajabov, F. T. (2019). Territorial structure of agriculture development in Uzbekistan in terms of economical geography. J. Advanced Res. L. & Econ., 10, 2364.
2. Mukhamedov, O. L., Jurakhujaev, D. D. U., Shamuratova, O. B., & Yusupov, B. K. (2020). Territorial Aspects Of The Development Of Geodemographic Processes In Jizzakh Region. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(11), 12-16.
3. Murtazaev, I. B., Komilova, N. K., Khudoyberdiyeva, I. A., & Abdieva, Z. A. (2021). Some prospective directions of effective development of the economy of navoi region. Psychology and education, 58(1), 2047-2057.
4. Soliyev A. S., Bo'rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari - Toshkent: Tafakkur, 2011-y. 160 b
5. O'zbekiston Milliy ensklopediyasi. -T.: O'zbekiston Milliy ensklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. 2002y.
6. Samarqand viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlari.