Научная статья на тему 'SHEROBOD TUMANINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISH MASALALARI'

SHEROBOD TUMANINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
92
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IQTISODIY KO’RSATKICHLARI / QISHLOQ XO’JALIGI / TABIIY BOYLIKLAR / MEHNAT RESURSLARI / AHOLI SONI / INVESTITSION MUHITI / AHOLINING BANDLIK DARAJASI / AHOLINING DEMOGRAFIK SALOHIYATI / ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Ortiqova Sh.Z.

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani joylashgan oʼrni, geografiyasi, demografik va iqtisodiy koʼrsatkichlari, transport kommunikatsiyasi, salohiyati haqida soʼz boradi. Shuningdek Sherobod tumanining joylashgan oʼrin xususiyatlaridan kelib chiqib uning turizm imkoniyatlari, tumanda turizmni rivojlantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF ECONOMIC AND SOCIAL DEVELOPMENT OF SHEROBAD DISTRICT

This article talks about the location, geography, demographic and economic indicators, transport communication, potential of Sherabad district of Surkhandarya region. Also, based on the characteristics of the location of Sherabad district, its tourism opportunities, issues of tourism development in the district are highlighted.

Текст научной работы на тему «SHEROBOD TUMANINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISH MASALALARI»

Ortiqova Sh.Z.

Termiz Davlat Universiteti talabasi

SHEROBOD TUMANINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISH

MASALALARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani joylashgan o'rni, geografiyasi, demografik va iqtisodiy ko'rsatkichlari, transport kommunikatsiyasi, salohiyati haqida so'z boradi. Shuningdek Sherobod tumanining joylashgan o'rin xususiyatlaridan kelib chiqib uning turizm imkoniyatlari, tumanda turizmni rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so^zlar. Iqtisodiy ko'rsatkichlari, qishloq xo'jaligi, tabiiy boyliklar, mehnat resurslari, aholi soni, investitsion muhiti, aholining bandlik darajasi, aholining demografik salohiyati, ishlab chiqarish korxonalari.

Artikova Sh.Z. student

Termiz State University

ISSUES OF ECONOMIC AND SOCIAL DEVELOPMENT OF

SHEROBAD DISTRICT

Abstract. This article talks about the location, geography, demographic and economic indicators, transport communication, potential of Sherabad district of Surkhandarya region. Also, based on the characteristics of the location of Sherabad district, its tourism opportunities, issues of tourism development in the district are highlighted.

Key words: economic indicators, agriculture, natural resources, labor resources, population, investment environment, employment rate of the population, demographic potential of the population, production enterprises.

KIRISH

Sherobod tumani 1926 -yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Maydoni 2,73 ming km2. Chegarasining umumiy uzunligi 188 kmni tashkil etadi, shundan shimolda Boysun tumani bilan (50 km), janubdan Muzrabot (32 km), sharqdan Qiziriq (30 km) hamda g'arbdan Turkmaniston davlati bilan(76 km) chegaradosh. Relyefi tekislik, adir va tog'likdan iborat. Tekislik qismi cho'l landshaftli. Tuman g'arbida Ko'hitang tog' tizmasi (eng baland joyi Ayri ota cho'qqisi, 3139 m), tog'lar orasida Zarabog' va Pashxord botiqlari joylashgan. Janubiy g'arbidan shimoli-sharqqa tomon SherobodSariqamish qirlari o'tadi.

Foydali qazilmalardan katta zaxiraga ega bo'lgan osh tuzi, oltingugurt, ko'mir, yonuvchi slanets, marmar, granit va qurilish materiallari konlari mavjud. Asosan agrar- industrial, sanoati foydali qazilmalar va qishloq xo'jaligi negizida

rivojlanmoqda. Ixtisoslashuvi; Qurilish materiallari (zaxira: sement-707 mln.tonna, gips va angidrid-6,4 mln. tonna, pardoz toshlari- 2,5 mln. kub, minéral tuzlar-43,3 mln.tonna)

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Iqlimi. quruq subtropik iqlim. Yillik o'rtacha temperatura 18°. Yanvarning o'rtacha temperaturasi tekislik qismida 3,6°, tog'larda -6°, eng past tempatura -20°. Iyulning o'rtacha temperaturasi 32,1°, eng yuqori tempatura 48°. Yiliga 150 mm yog'in tushadi, g'arbiy tog' oldi zonasida 500 mm ga yetadi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga Sherobod tumani doimiy aholi soni 207,1 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 1,2 ming kishiga yoki 0,5 foizga ko'paydi. Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga, Sherobod tumani doimiy aholisi 201 972 kishini tashkil etmoqda.

2022- yilning 1- aprel holatiga Sherobod tumanida 49,3 % ayollar va 50,7 % erkaklar tashkil etgan. Demak, Sherobod tumanida ayollar soni erkaklar sonidan kam ekanligini kuzatishimiz mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Xo'jaligi asosan agrar- industrial, sanoati foydali qazilmalar va qishloq xo'jaligi negizida rivojlanmoqda. Ixtisoslashuvi; Qurilish materiallari (zaxira: sement-707 mln.tonna, gips va angidrid-6,4 mln. tonna, pardoz toshlari- 2,5 mln. kub, mineral tuzlar-43,3 mln. tonna), to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati(etishtirish 21 ming. tonna), tuzni qayta ishlash va anorchilik klasteri (5,9 ming tonna anor yetishtirildi 2020 yil) tashkil etadi.Sanoati: Dastlabki ma'lumotlarga asosan, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Sherobod tumanida faoliyat ko'rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 263,1 mlrd. so'mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va 2022- yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 97,9 % ni tashkil etdi. 22,2 mlrd. so'mlik iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 124,9 foizni tashkil etadi.Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta'minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo'lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari bozor kon'yunkturasi o'zgarishlariga ham, iste'molchi talabi o'zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo'lib, iste'mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o'ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida tumanda 263,1 mlrd. so'mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo'lib, shundan 26,1 mlrd. so'm

yoki umumiy hajmning 9,9 % ni kichik biznes sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko'rishimiz mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda yaqin kelajakda tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

1. Tumanda sanoat tarmoqlarining diversifikatsiyasi past darajada. Yaqin kelajakda tuman xududida kompleks tog' -kon geologik qidiruv ishlarini jadal sur'atlarda olib borish hisobiga bu yerda yangi tog' -kon sanoat korxonalarini qurib ishga tushirish muhim ahamiyatga ega.

2. Ma'lumki tuman anori bilan mashhur hisoblanadi. Kelajakda anor plantatsiyalarini ko'paytirish va shu joyning o'zida qayta ishlash zarur. Shu sababli tumanda anorni eng so'nggi zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash korxonalarini barpo etish va uni to'g'ridan-to'g'ri dunyo bozoriga olib chiqish darkor. Eksport-import hajmini yanada rivojlantirish, yangi investorlarni jalb qilish lozim.

3. Tuman xududida joylashgan Xo'jaikon tuz konini qayta madernizatsiya qilish orqali osh tuzini qazib chiqarish hajmini oshirish va bu hududda turizmni jadal suratlarda rivojlantirish zarur.

4. Tuman o'ziga xos tabiiy iqlim sharoitiga ega bo'lib, bu yerga qishloq xo'jaligining bog'dorchilik, meva-sabzavotchilik, polizchilik sohasini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek tuman yer fondi tarkibiga yaylovzorlarning katta maydonlarga egaligi chorvachilik sohasining qoramolchilik, qo'y va echkichilik, asalarichilik kabi sohalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

5. Tumanda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sanoat asosida qayta ishlovchi yangi zamonaviy korxonalarni qurib ishga tushirish orqali xalq ist'emol mollarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga egadir.

6. Tuman yer fondining katta qismini tog'liklar egallaydi. Bu yerda o'sadigan dorivor o'simliklar bazasida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish maqsadga muvofiq.

7. Tumanda bir qancha tarixiy, biologik hamda shifobaxsh ob'ektlar bor. Bularga Jarqo'ton arxeologik yodgorligi, Xo'jaikon tuz koni, Imom Termiziy maqbarasi va boshqa qator ko'zga ko'rinarli ob'ektlar mavjud. Shu sababli tumanda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida kompleks infrastruktura sohalarini barpo qilish maqsadga muvofiqdir.

7. Kichik va o'rta biznes sohalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida rivojlantirish orqali ichki va tashqi bozor uchun sifatli xalq iste'mol mollarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish.

8. Tumanda aholiga xizmat ko'rsatish, jumladan ichki avtomobil yo'llar, turar joylar qurilishi, elektr-energiya, gaz, ichimlik suvi bilan ta'minlash, sog'likni saqlash, ta'lim xizmatlari, shuningdek maishiy xizmat turlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishni taqoza etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. Toshkent.O'zbekiston, 2016.

2.Soliev.A O'zbekiston geografiyasi. Universitet.T:. -2014.

3.Ro'ziev. A Surxondayo geografiyasi. Jayxun.T:.-1996.

4.Surxondaryo viloyati statistika to'plami. Termiz-2018.

5.Abdunazarov.H.M Ortiqova.Sh.Z General Geographical Description Of Angor District Eurasian Journal of History, Geography and Economics VOLUME 3 December 2021

6.Rakhmatov A. F. Artikova Sh. Z. Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct 2021

7.Rakhmatov A. F. Ortikova Sh. Z. Surxondaryo viloyati bog'dorchiligining geografik ko'rinishi Journal of Geography and Natural Resources https ://topjournals.uz/index.php/j gnr

8. stat.uz sayti

9. agro.uz sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.