Olimqulov Ya.M.
Madanov I.A.
Samadov J.E.
Termiz Davlat Unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta'limyo'nalishi talabasi
SURXONDARYO VILOYATIDA ANORCHILIGINING AHAMIYATIVA
ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: Ushbu yozilgan maqolada yurtimizda anorchilikka qaratilgan e 'tibor hamda uning istiqbollari, Surxondaryo viloyatida xususan Sherobot tumanida bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar, tumanda joylashgan, anorni qayta ishlash va undan xalqimiz extiyoji uchun zarur bo'lgan mahsulotlar tayyorlanishi yoritilib o'tilgan. Xulosa o'rnida anorning xususiyatlari va sohani rivojlantirishda xorij davlatlari tajribalaridan o'rganish katta samara ekanligi keltirilgan.
Kalit so'zlar: Qulay tabiiy geografik sharoit, qishloq xo^jalik mahsulotlari, bog'dorchilik maxsulotlari, anorchilik, sharbat ishlab chiqarish, plantatsiyalar, sitrus mevalar, bog'dorchilik maxsulotlarini qayta ishlash, intensiv bog'lar, tog' oldi tumanlar, anor ko'chatlari, fermer xo'jaliklari.
Olimkulov Ya.M.
Madanov I.A.
Samadov J.E. student
Faculty of Natural Sciences, Geography Termiz State University
SIGNIFICANT PROSPECTS OF ANORMALITY IN SURKHONDARYO
REGION
Annotation: In this written article, attention to pomegranate cultivation in our country and its prospects, projects implemented in this regard in Surkhandarya region, especially in Sherobot district, processing of pomegranates in the district and production of products necessary for the consumption of our people are highlighted. In the conclusion, it is stated that learning from the experiences of foreign countries is a great benefit in the characteristics ofpomegranate and the development of the industry.
Key words: Favorable natural geographical conditions, agricultural products, horticultural products, pomegranate cultivation, juice production, plantations, citrus fruits, processing of horticultural products, intensive orchards, mountain regions, pomegranate nurseries, farms.
Asosiy qisim: O'zbekistondagi bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar, rejalar to'g'risida so'nggi yillarda O'zbekiston fermerlari anor plantatsiyalarining maydonini faol ravishda kengaytirmoqdalar. Shu bilan birga, O'zbekistonda anor yetishtirish ham bog'bonlar, ham mamlakat rasmiylari tomonidan istiqbolli hisoblanadi.
Respublikada barcha toifadagi xo'jaliklarda jami 15, 5 ming gektar shundan, 12, 3 ming gektar fermer va qishloq xo'jaligi korxonlarida va 3, 2 ming gektar dehqon va aholi tomorqalarida anorzorlar mavjud.
Shundan, hosilli anorzorlar 6, 4 ming gektar (3, 6 ming gektar fermer va q/x korxonalarida, 2, 8 ming gektar dehqon va aholi tomorqalarida) va yosh anorzorlar 9, 1 ming gektar bo'lib, ularning o'rtacha hosildorligi 160170 sentnerni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan va qishloq xo'jaligi ekinlari davlat reestriga anorning 5 ta jumladan, "Achiq-dona", "Desertniy", "Kazake-anar", "Tuya tish" va "Qizil uluchshenniy" kabi mahalliy navlari kiritilgan.
Anor yetishtirishga ixtisoslashgan. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib, anor yetishtirishga ixtisoslashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda, Masalan, Surxondaryo viloyatida Sherobod, Muzrobod tumanlari, Qashqadaryoda Kitob tumani, Namanganda Chust tumani, Sirdaryoda Mirzaobod, Sardoba tumanlari hamda Farg'onada Quva va Toshloq tumanlarining ayrim hududlari anorchilikka ixtisoslashtirildi.
Yer yuzida shifobaxsh ne'mat - anorning yuzlab turlari uchraydi va mevasi tarkibida inson salomatligi uchun ko'plab foydali mikroelementlar mavjud. Uning nafaqat mevasi, balki poyasi, shoxi, guli, ildizi va po'stlog'i ham koni foyda.
Anor yer yuzidagi eng foydali mevalardan biri hisoblanadi. Uni qadim zamonlardan beri sevib iste'mol qilishadi. Tarkibida turli-tuman vitaminlar, biriktiruvchi to'qimalar, mikroelementlar mavjud.
Undan musallas, punsh va mevaning lotincha nomi sharafiga qo'yilgan grenadin ichimligi tayyorlanadi. Grenadin - bu anorning oddiy sharbati. Anor sharbati vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi, shu bois uni organizmning sillasi quriganida, kamqonlikda, aterosklerozda, nafas olish yo'llari infeksiyalarida, bronxial astmada, anginada, radioaktiv nurlanishida ichish tavsiya etiladi.
Anorning shirin navlaridan olinadigan sharbat infeksiya kasalliklari va jarrohlik operatsiyalaridan keyin, buyrak sanchiqlari va oshqozon-ichak buzilishlarida samarali tiklovchi vosita sifatida yaxshi foyda beradi. Anorning nordon navlaridan olinadigan sharbat esa, diabet kasalligida yordam beradi. Agar maxsus tavsiyalar bo'lmasa, ichiga bir osh qoshiq asal solingan anor sharbatini kuniga bir stakandan ichish tayinlanadi. Diqqat: anor sharbati oshqozon yarasi kasalligida, oshqozon shirasining kislotalilik darajasi katta bo'lgan gastritda tavsiya etilmaydi! Tabiiy anor sharbatiga biroz suv qo'shish lozim, chunki uning tarkibidagi kislotalar tish emalini yemirishga qodir.
Anor mevasi po'chog'idan tayyorlangan qaynatma ichak yoki oshqozon yallig'lanishi holatida yordam beradi, dizenteriya va gemorroyga qarshi kurashda qo'shimchasamaraberadi.
Anorning hamma qismlari foydali: po'chog'i ham, donalari ham, sharbati ham, danaklari ham, gullari ham, ildizi ham... U xo'l meva sifatida ham, murabbo ko'rinishida ham shifobaxsh hisoblanadi. Anor o'z tarkibi va foydali xususiyatlariga ko'ra shu darajada noyobki, uni ham tibbiyotda, ham kosmetologiyada qo'llashadi.
Anorli surtmalar va vannalar kosmetologiyada pigment dog'lar, sepkillar, husnbuzarlarni yo'q qilishda, yuz terisini oqartirishda, tirnoq va sochlarni mustahkamlashda faol ishlatiladi. Ayni jihatlar inobatga olingan holda Surxon vohasi, xususan, Sherobod tumanida o'ziga xos anorchilik maktabi yaratilgan va u muttasil rivoj topib bormoqda. Gap shundaki, vohaning boshqa hududlariga nisbatan Sherobodning yeri, suvi, iqlimi anor yetishtirish uchun juda ham qulay. Eng muhimi, mirishkorlarning ko'p yillik tajribasi bois bugungi kunda Sherobod anorlari yetti iqlimga ma'lum va mashhur.
Respublikadagi anorzorlarning uchdan bir qismi, ya'ni 33 foizi Surxondaryo viloyatida joylashgan. Aynan Sherobod tumanida 33 ta mahalla anor yetishtirishga ixtisoslashgan. Tumanning drayver tarmog'iga aylangan anorchilik tajribasini o'rganish va uni yondosh tumanlar - Bandixon, Qiziriq hamda Muzrabotda joriy qilish maqsadida amaliy harakatlar boshlangan.
1-jadval
Surxondaryo viloyatidagi bog'dorchilik bilan shug'ullanadigan fermerlar
va ularning yer maydoni
Tuman nomlari Fermerlar soni Umumiy maydoni ga Shu jumladan, bog'zorlar ga
Angor 82 1053 474
Bandixon 19 235 72
Boysun 78 4070 329
Denov 95 1450 520
Jarqo'rg'on 56 924 409
Qiziriq 43 457 142
Qumqo'rg'on 44 467 123
Muzrabot 34 409 202
Oltinsoy 74 1292 377
Sariosiyo 142 3970 579
Termiz 70 604 230
Uzun 100 1072 441
Sherobod 174 3274 730
Sho'rchi 91 1357 483
Termiz sh. 1 10 4
JAMI: 1101 18725 4471
Izoh: Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma'lumoti
bo'yicha tuzilgan.
Sherobodda mavjud anorzorlarning 1 ming 521 gektari aholi tomorqasi, 3 ming 551 gektari esa fermer xo'jaliklariga qarashli. Ana shu bog'lardan har yili aholi 5 ming 815 tonna, qishloq xo'jaligi korxonalari esa 8 ming 612 tonna hosil oladi.
E'tiborli tomoni shundaki, viloyatda yetishtirilayotgan anor mahsulotlari eksport geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Hozirda hosilning qariyb 50 foizi dunyoning o'ndan ortiq davlatiga eksport qilinyapti. Joriy yilda esa Surxon vohasidan eksportga yo'naltiriladigan 15 ming tonna, ya'ni 12 mln. 442 ming AQSH dollariga teng bo'lgan mahsulotning 8 ming tonnasi sherobodlik dehqonlar tomonidan yetkazib beriladi. Darvoqe, o'tgan yili viloyatda 6 ming tonna anorni qadoqlash, 2 ming tonna meva sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ham ishga tushirildi. Umumiy qiymati 50, 7 mlrd. so'm bo'lgan loyiha asosida qariyb yuz kishi ish bilan ta'minlangan.
Kelgusi yili Surxon vohasida yana 3 ming 114 gektar maydonda (1 ming 655 gektari Sherobod tumanida) yangi anor bog'larini barpo etish rejalashtirilgan. Shu maqsadda iqlim sharoitiga mos serhosil anor ko'chatlari ham yetishtirilmoqda. Yangi anorzorlar barpo etilishi hisobiga birgina Sherobod tumanida yillik anor ishlab chiqarish ko'rsatkichini 100 ming tonnaga yetkazish imkoniyati yaratiladi.
Umuman olganda anor va anordan olinadigan ichimlik mahsulotlarini Yevropa va MDHdavlatlariga eksport qilish va bu borada esa Italiya va Fransiya davlatlari tajribasini o'rganish va ularni amalda qo'llashimiz kerakdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. А. А. Soliyev "Qishloq xo'jaligi geografiyasi" Toshkent - 2002
2. XacaHOB П. А. "ВОЗНИКНОВЕНИЕ ТЕОРИИ О ВЫСОТНЫХ ОБЛАСТЯХ И ЕЕ СВОЕОБРАЗНОЕ РАЗВИТИЕ" "Экономика и социум" №11(90) 2021
4. Rakhmatov Abdukholiq Farkhodovich "Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region | Middle European Scientific Bulletin" https://cejsr. academicjournal. io/index. php/journal/article/view/822
5. Raxmatov A. F. Olimqulov Y. M. АЗВИТИЕ ЖИВОТНОВОДСТВА НА ГОРНЫХ И ПРЕДГОРНЫХ ПАСТБИЩАХ СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ. "Экономика и социум" №11(90) 2021 https://www. iupr. ru/teknomer
6. www. agroinspeksiya. uz